"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi mavzusida talabalar turar joyida davra suxbati"
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIKORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDAQonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilinganSenat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan1-bob. Umumiy qoidalar1-modda. Ushbu Qonunning maqsadiUshbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Oldingi tahrirga qarang.2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikKorrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)3-modda. Asosiy tushunchalarUshbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;Oldingi tahrirga qarang.korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;(3-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplariKorrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:qonuniylik;fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;ochiqlik va shaffoflik;tizimlilik;davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;javobgarlikning muqarrarligi.5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariKorrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarKorrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi telegram kanali test rejimida faoliyati yo‘lga qo‘yildi. OTMlarda o‘quv jarayonlari, imtihonlar va qabul jarayonlarida AKT imkoniyatlari keng joriy etilmoqda.
Korrupsiya illati va uning oqibatlaridan aholi, ayniqsa professor-o‘qituvchilar, talabalarning keng qatlamlarini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari, ma’ruza matnlari, slaydlar, infografikalar OTMlarda keng targ‘ib qilindi. Shuningdek, jamoat joylarida ta’lim muassasalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz”, “Korrupsiya ‒ jamiyatni yemiradi”, “Korrupsiya salbiy illat”, “Pora ‒ eng yomon chora” kabi shiorli bannerlar o‘rnatildi.
Korrupsiyaning ma’lum bir mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni to'g'risida ma'lumot berilib, mazkur qonun 6 bob, 34 ta moddadan iboratligi, u – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi haqida ma'lumotlar berib o'tildi.