''Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan muzeyga tashrif''
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi bilan yaqindan tanishish maqsadida Temuriylar tarixi muziyiga tashrif uyushtirildi.
Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan)dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yogʻoch oʻymakorligidagi eshik oʻziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida "suls" uslubida insonni yaxshilikka undovchi soʻzlar bitilgan. Bino asosida foye, magazinlar, maʼmuriyat, vestibyul, kassa, axborotmaʼruza zali va boshqa texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996-yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar ham muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etn., numizmatika yodgorliklari, qoʻlyozmalar, tasviriy sanʼat namunalari bor.