June 22

Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli rahbarlari bilan uchrashuv

Toshkent davlat transport universitetida bitiruvchi talabalar va “Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK masʼullari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvdan maqsad bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash va temir yoʻl transporti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yoshlarni tanishtirish edi.
Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchi yoshlar “Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli” UKning vakant ish oʻrinlariga ishga kabul qilinadi.