June 20

"Toshkent politexnika" muziyiga tashrif !!!

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Toshkent politexnika muziyiga tashrif uyushtirildi.

Poytaxt markazida joylashgan muzey ekspozitsiyasi uchta: “Dunyo avtomobilsozligi tarixi”, “O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati tarixi”, “Interfaol mashg‘ulot” qismlaridan iborat. “Dunyo avtomobilsozligi tarixi” deb nomlangan birinchi qismda dunyo avtomobilsozligining rivojlanish tarixidan hikoya qiluvchi dastlabki avtomobillar, jumladan, bugungi kunda antikvar avtomobilga aylangan “Wolksvagen Juk”, “Moskvich 400”, “GAZ-13”, “Chayka” hamda bug‘, elektr, ichki yonuv dvigаtelli avtomobillarning maketlari bilan boyitilgan muzeyda talabalar avtomobillarning yaratilish tarixi va asoschilari haqidagi ma'lumotlarni muzey xodimi keng tanishtirdi.