February 4, 2023

"Toshkent davlat transport universitetida" Ishsizlik muammosini birgalikda hal qilamiz!

23.11.2022-yil.

Nega Darkor22?

Darkor22 HR loyihasining boshlanish sababi β€” ishsizlikni qisman bo'lsa ham tugatish, kadrlar sifatini oshirish va bozorni malakali xodimlar bilan to'ldirishdir. Agentlik tajribasi bor, ishsiz kadrlarni ish beruvchi va ishchi talablaridan kelib chiqib ularni uchrashtiruvchi "ko'prik" vazifasini bajaradi. "Darkor22" Yoshlar ishlari agentligi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlik qiladi. Ish beruvchilar vebsaytimizdagi nomzodlar bo'limidan xohalagan sohalarida xodim topishlari mumkin. Ish izlayotganlar esa nomzodlar bo'limining quyi qismidagi so'rovnomani to'ldirishlari kerak bo'ladi. So'rovnoma ma'lumotlari admin tomonidan tekshirilib, faol holatga o'tkaziladi. Kursga ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar esa kurslar bo'limining pastgi qismidagi formani to'ldirsa, agentlik call-center operatorlari bog'lanishadi. Kurslarimizda bepul o'qishingiz ham mumkin, qachonki biz bilan hamkorlik qilayotgan davlat tashkilotlaridan yo'lllanma bilan kelsangiz.

Bizdagi kurslar va kurslardan maqsad

Hozirda "Darkor22" HR agentligida β—˜ Sotuv menejeri; β—˜ Assistent o'qituvchi; β—˜ Enaga; β—˜ Ofitsiantlik bo'yicha kurslarga qabul boshlangan. Kurs davomiyligi 2 (ikki) oy. O'quv dasturi mutaxassislikka qo'shimcha ravishda etika-estetika, psixologiya, chet tillari (rus tili va ingliz tili bo'yicha boshlang'ich bilimlar) enagalar uchun ratsion, sotuv menejerlari uchun xalqaro sotuv platformalari, ofitsiant, enaga va assistent o'qituvchilar uchun kompyuter savodxonligi darslarini o'z ichiga oladi. Bu bilimlarni berish uchun respublika bo'ylab kuchli mutaxassislar jalb qilingan. Maqsad esa bo'lajak kadrlarni xalqaro standardlarga mos tayyorlash. Bizning kadrlar kurslarni bitirgandan so'ng maxsus sertifikat bilan nufuzli kompaniyalarga ishga joylanadi. Sertifikatda kadrning til bilish darajasi, kompyuter savodxonligi, sertifikat va boshqa xususiyatlari aks etadi. Bizning sinovlardan o'tgan bo'lajak xodimlarga ustunlik beriladi va ardoqlanadi. "Darkor22" β€” ijtimoiy barqarorlikdan iqtisodiy farovonlikka, biz bilan!

Tadbirda Darkor22 bosh direktori va Toshkent davlat transport universitet talabalari qatnashdilar.

Tadbirdan maqsad talabalarni bo'sh ish o'rinlari bilan ta'minlash va kasb hunarga o'qitish. Tadbir mazmunli tarzda o'tdi.