April 15, 2023

'' Toshkent temir yo'llari texnika tarixi muzeyiga tashrif ''

08.04.2023

2023-yilning 08-apreli kuni Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan Toshkent temir yo'llari texnika tarixi muzeyiga tashrif buyurildi.
Ushbu muzey Markaziy Osiyoda temir yoʻlning 100 yilligini munosabati bilan barpo etilgan bo'lib, Poytaxtimizning Markaziy vokzalida ilgari ishlatilgan qismlar va lokomotivlar majmuasi namoyish etiladi.

Ochiq osmon muzeyida 13 paravoz, 17 teplovoz, 3 elektrovoz, 10 vagon hamda XX asrlarga oid taʼmirlash va qurilish texnikalari bilan talabalar tyutorlar tomonidan tanishtirilib chiqildi.

Talabalar tashrif davomida Ozbekistom temir yo'llari tarixi bilan yaqindan tanishib chiqishdi.