February 3, 2023

"Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda (Maqsud Shayxzoda) ning tavalludining 114 yilligi"

07.11.2022-yil.

Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda (Maqsud Shayxzoda) (1908.25.10 (7.11), Ozarbayjon Respublikasi, Ganja viloyati, Oqtosh sh. — 1967.19.2, Toshkent) — shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Bokudagi doril-mualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928-yil fevralda Toshkentga surgun qilingan. Sh. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin „Sharq haqiqati“ (1929—32), ʻʻQizil Oʻzbekistonʼ’, ʻʻYosh leninchi’’ gaz.lari (1932), „Guliston“ jur. (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933-yil Bokudagi ped. institutining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938-yildan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi ped. Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan.

Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi.

Shayxzoda 1952-yilda ENKVD xodimlari tomonidan hibsga olinib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 1954-yilda ozod etil gan.

Tadbirni Ozarbajon madaniyat saroyi ma'sul hodimi ochib berdilar. Tadbirda yozuvchi va shoir hayoti va ijodi xaqida eslandi. Tadbirda universitet talabalari va o'qituvchi proffesorlar qatnashdilar.