June 1, 2023

"Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyiga tashrif"

18.05.2023 yil

Transport tizimlari boshqaruvi fakultetining bir guruh tyutorlari va talabalari 18.05.2023 yil kuni Q.Zoirov nomidagi Sog‘liqni saqlash muzeyiga tashrif buyurishdi. 1973 yilda Moskva tibbiyot akademiyasi professori M.Ya.Yarovinski tomonidan tashkil etilgan. M.Yarovinskiy nafaqat Toshkentda, balki butun respublikada birinchilardan bo‘lib tibbiy etika va deontologiya kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Bu yerda tibbiyot rivojlanishiga oid materiallarni ko‘rish, maketlr yordamida gigiyena qoidalariga rioya qilish qoidalari va ayniqsa infeksion kasalliklarni oldini olish qoidalari bilan tanishib chiqish mumkin. Tashrif buyuruvchilarda eng ko‘p qiziqish uyg‘otadigan yana bir eksponat - bu odamning anatomik tuzilishini aks ettirgan shishadan yasalgan odam manekeni. Bunday eksponat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida atigi 5tani tashkil qiladi.

Muzeyda Abu Ali ibn Sino yashab oʻtgan 10—11-asrlardagi tibbiyot tarixiga oid manbalar koʻp. Buyuk hakimga bagʻishlangan memorial zalda tabibning koshinkor siymosi, 5 jildli "Tib qonunlari" asari, unda tasvirlangan jarrohlik asboblari, uning xotirasiga Hamadonda tiklangan maqbara maketi saqlanadi.

Muzeyda kinolektoriy mavjud. Tibbiyot tarixi, ilmiy tibbiyot, kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari, ichish, chekish, giyohvandlikning oqibatlari va oddini olish, sogʻlom turmush garzi toʻgʻrisida vaqtvaqti bilan suhbatlar oʻtkaziladi. Alkogolizm, chekish, narkomaniya va SPID toʻgʻrisida filmslayd bor.