" Toshkent Davlat Transport Universiteti talabalari O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti ishchi xodimlari bilan uchrashuv
2022-yil 29-noyabr kuni O'zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi transport va turizim obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamentining ma`sul xodimlari tomonidan "Jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish" mavzusida tushuntirish ishlari bo`lib o`tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan departamentning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha ma'sul xodim davra suhbatini ochib, yoshlar oʼrtasida respublika boʼylab jinoyatchilik hamda huquqbuzarlikka oid sodir etilayotgan voqea-hodisalar, ogohlik va hushyorlikka daʼvat etish borasida barcha oliy taʼlim muassasalarida “Ichki ishlar xodimlari va yoshlar” shiori ostida qator tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti TTB fakultetidan talabalar qatnashdilar.Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbirdan so'ng talabalar departamentning sport zal va otish uchun mo'ljalangan xonalar bilan tanishdilar.