September 21

#Camomiles

— camomiles are beginning of our story —

Chapter 1 || •Armin Kim

—Ko'z yoshlaringni boshqa kun uchun asrab qo'y qizaloq. ] Kompaniyaning kelishgan qahvarang ko'zli raxbari, xozirgina ishidan ayrilgan, xipcha bel-u, so'z bilan ta'riflab bo'lmas xusn soxibasi tomon yuzlandi

— Ishing ham, kompaniyang ham o'zingga buyursin! Meni ishga oladigan qancha kompaniya bir ekanini bilasanmi? YUZSIZ!!! ] Qiz bor xaxrini yigitga sochgancha, xona eshigini butun qavatni larzaga solgancha yopib butun boshli kompaniyani tark etdi, qizning xonadan chiqib ketganini kuzatib turgan yigit esa, qo'liga telefonini olgancha, saqlanmagan raqamga qo'ng'iroq qildi

— Eshitaman janob Jeon..

— Menga Kim Mina xaqidagi barcha ma'lumot kerak, ertagacha muxlat. ] Telefonini o'chirgan yigit, gadjetni stol ustiga qo'ydi

— O'yinni sen boshlading mitti qushcha —

Jeon Jungkook

__ Tong, Seoul 9:32, mashxur ko'chalardan birida joylashgan turar joy binosi, 7-qavatdagi 64-raqam ostidagi kvartiradan taralayotgan budilnik ovozi xatto yo'lakga ham eshitilmoqda, qiz erinibgina ko'zlarini ochib, telefonidan taralayotgan ovozni o'chirdi, o'rnidan qo'zg'algancha oynadan tushayotgan ertalabgi quyosh nurlarini to'sib qo'ygan pardalarni devor burchagiga surdi. Oynani ochib atrofga bir on tikilib turarkan, yuziga va tunggi kiyim matolaridan tanasiga urilgan sovuq kuz xavosini sezgach oynani yopgancha oshxona tomon yo'l oldi, o'zi uchun sevimli qaxvasini tayyorlagach, yengil nonushta va qaxvani mexmonxonadagi sto'lga qo'ydi, yotoqxonada xabar kelganini bildirgancha telefondan chiqgan ovozni sezgach, telefonini olish uchun yotoqxonasiga kirdi. Telefonini qo'liga olgancha xabar ustiga bosdi, nomalum raqamdan kelgan surat, suratni ko'rgach, peshonasidan sovuq ter chiqdi. Rasmdagi oynadan manzarani tamosha qilayotgan qiz bu .. Mina.. ishonish qiyin, qiz ko'zlariga ishonmagacha suratdan keyin kelgan izohni o'qidi

— Qushcham, tanangdagi bu ko'ylak, mening zahar xonimimni butunlay yashiribdi.. Men uchun ham huddi shu stillda kiyinasan deb umid qilaman —

~~~~~~~~~~~~~~~~~