#wildflower
Yaponiyaning sokin tongi… Osmon hali to‘liq yorishmagan, lekin olis ufq allaqachon oltin tusga bo‘yalib ulgurgan. Mayin kuz shamoli ohangdor ohangda shitirlab, shinam ikki qavatli uyning balkon pardalarini yengil hilpiratardi. Havoda hali yoz nafasi butkul tark etmagan xushbo‘y havo suzib yurardi.
Balkonda turgan qiz, qo‘llarini sovuq temirlarga asta yondirib, ko‘chaga tikildi. Shahar allaqachon uyg‘ongan, piyodalar yo‘lakchasidan odamlar shoshilib o‘tib borardi. Lekin uning nigohi faqat bittasida edi—qoramtir sochli yigit…
Uning ismini ham bilmasdi. Qachonlardir tasodifan ko‘rib qolgan va o‘shandan buyon har kuni kutadigan, har kuni ko‘rishga umid bog‘laydigan sirli yigit. Balki u bu qizning mavjudligini ham bilmas, lekin har kuni bir vaqtda yo‘lakchadan o‘tishi aniq. Shu bois qiz yana va yana balkonga chiqaverardi.
Bugun ham yigitni ko'rish ilinjida balkonda turibdi. Yigitning esa odatdagidek, boshlari biroz egilgan, shoshilmay qadam tashlar, qo‘llari cho‘ntagida, butun dunyo bilan aloqasi uzilgandek tuyulardi. Qiz beixtiyor temir panjaralarni qattiqroq siqib, yuragi tub-tubida g‘alati his uyg‘ondi. Nazarida, yigit har safar unga yaqinlashib kelgandek, lekin hech qachon to‘xtamagandek go'yo.
Shu payt oshxonadan ovoz eshitildi.
Qiz yengil titrab, ortiga burildi. Shu lahzada yigit o‘tib ketayotganini sezib, yana bir bor shosha-pisha unga qaradi. Lekin endi u yo‘lakchaning narigi betida edi…
U ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan oldin yana bir soniya kuzatishga ulgurdimi yo'qmi xonaga qayta kirdi. Qiz yuragining tub-tubida qandaydir g‘alati his bilan oshxona taraf yura boshladi..
Oshxona iliq va yoqimli hid bilan to‘lgan. Vanil va yangi sutli xamirning hidi havoda suzib yurardi. Onasi mayin kulimsirab, tovada sariyog‘ni eritar, u esa shovullab, yuzasida mayda pufakchalar hosil qilardi. Yog‘ qizib ulgurgach, u qoshiq bilan quymoqlar uchun xamirni olib, tovaga bir shaklda soldi.
Xamir yumshoq yoyilib, yuzasi asta-sekin och qizil tusga kira boshladi. Mina xonim qo‘lidagi yog‘och pichoq bilan quymoqlarning chetlarini muloyimlik bilan tekislay boshladi.. Yaltirab turgan tillarang sirt paydo bo‘lishi bilan, u tajribali harakat bilan quymoqlarni ag‘dardi.
Qiz muzlatgichga suyangan hda shirin hidni hidlab, sokin nigoh bilan onasiga termilgancha turardi. Bolalik xotiralari jonlanishni boshladi—shunday yoqimli tonglar ko‘p marta bo‘lgan edi. Onasi esa hamon o‘sha mehribon tabassumi bilan unga tikilardi.
— Tez orada tayyor bo‘ladi, sen yoqtirgan asalli quymoqlar~ ] onasi qiziga mayin tabassum qilgancha keyingi xamirni tovaga quydi.
Qiz jilmayib, sekin bosh irg‘adi. Oshxona iliqligi, quymoqlarning shirin hidi va onasining mehri bu tongni unutilmas darajada sokin va go‘zal qilardi.
— Oyijon.. Uni yana ko'rdim..] qizning mayin lekin titroq to'la ovozi onasini tabassum qilishga undadi
— O‘sha yigitnimi? — jilmayib so‘radi Mina xonim.
— Qoramtir sochli? ] qo'shimcha qildi onasi
Qiz boshini qimirlatib, barmoqlari bilan chashka chetini sekin silab, davom etdi.
— Ha… Bugun ham xuddi o'sha yerda.. xuddi oldingiday o‘tdi. Balki mendan butkul bexabar, balki meni umuman tanimasdir, balki meni hatto biror marta sezmagandir… Lekin… bilmadim, har safar uni ko'rsam.. yuragim boshqacha uradi ] qiz bir oz yanog'ida issiqlikni xis qildi
Onasi iliq tabassum bilan qizining yuziga tushub qolgan soch tolalarini ohista qulog'ining orqasiga surdi.
— Balki bir kuni u ham seni ko‘rib, xuddi shunday his qilar. Kim biladi?
Qiz beixtiyor jilmaydi. Onasining bu so‘zlari yuragida qandaydir umid uchqunini yoqgandek edi. Onasining mexribonligi, har doim qo'llab quvvatlashi.. bari..barchasi..
Onasi yana nimadir demoqchi edi, ammo yotoqxonadan otasining sabrsiz ovozi eshitildi.
Uning tovushida yengil shikoyat ohangi bor edi. Armin jilmayib, onasiga savolomuz qaradi. Onasi esa yelkasini qisib, ohista xo‘rsindi.
— Galstuki yana bog‘lanmay qolgan shekilli ] dedi u mayin jilmaygancha
Otasining ovozi yana yangradi, bu safar yanada shoshqaloqroq, va bu ona va qizni tabassum qilishga undadi
— Mina, yordam ber! Bu galstuk meni yutib yubormoqchi!
Qiz kulib yubordi. Onasi esa bosh chayqab, kulimsiragancha qo‘lidagi sochiqni stul suyanchig‘iga tashladi,
— Dadam hech qachon galstuk bog‘lashni o‘rganmaydi, shundaymi? Axir sizsiz tongini boshlolmasa~ ] deb qiz, onasining yotoqxona taraf yo'l olgan soyasi orqasidan hazilomuz qichqirdi
Yotoqxona iliq tong nurlarida yaltirardi. Pardalar biroz ochiq, tashqaridagi shamol ularni sekingina tebratardi. Taehyung oynavand shkaf qarshisida turar, qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, yuzida ranj ohangi bilan galstukni yoqasi atrofiga aylantirardi.
— Men galstuk bilan til topishishni hech qachon eplolmasam kerar, Mina... ] Taehyung ohangrabo tovushda nolidi .
Mina mayin jilmayib, eshikdan sekingina kirdi. Ko‘zlari Taehyungning jingalak qoramtir sochlariga tushdi — ularni hali tarashga ham ulgurmagan edi. Yelkasida biroz qiyshaygan oq ko‘ylagi va qisilib bog‘langan qalin kamari uni yanada kulgiliroq ko‘rsatardi.
— Nega uni ayblaysan, sen bilan til topishmagan bu galstuk emas, Taehyung... Sen u bilan do‘stlashishni istamaysan xolos ] Mina eriga mayin jilmaygancha sekin uning oldiga bordi.
Taehyung yuzini bujmaytirdi, lekin ko‘zlari bilan sevimli ayolini kuzatardi. Mina galstukni muloyimlik bilan qo‘liga olib, erining bo‘yniga o‘radi. Barmoqlari tajribali va nozik harakat bilan galstukni bog‘lashga tushdi.
— Senga hatto meni kuchim yetmay qoladi ba'zan, ammo shu kichikkina galstuk seni mag‘lub eta oladi, shundaymi?
— Chunki u men uchun dushman. Har kuni yangi jang.. yoki.. har kuni tongda birinchi bo'lib seni ko'rishni istayman~
Taehyung xuddi yosh bola kabi minnatdorlik bilan jilmaydi va xotinining qo‘lini ohista o‘z kaftiga oldi.
Mina ko‘zlarini yumib, bu so‘zlardan yuragi erib ketdi. Ammo oshxonadan qizining sho‘x ovozi eshitildi
— Men eshitib turibman, bu yerda yana ertalabdan romantik film boshlanyaptimi?!
— Taehyung, Mina va Arminning kulgulari uyni to'ldirarkan, bu kunlar qizning xotirasiga muhrlanardi.
Yan bir kuz tonggi, Armin qo‘lidagi issiq chashkaga termilib o‘tirardi. U bugun tongda balkonga chiqmadi. O‘zi ham bilmasdi negaligin. Har kuni kuzatadigan yigit bugun o‘sha yo‘lakchadan o‘tgandir, balki yo‘q.
U xayollarini quvishga harakat qilib, stol ustidagi telefoniga qaradi. So‘ng yengil xo‘rsinib, qahvaxonadan chiqdi. Havo yoqimli edi. Kichik yo‘lak bo‘ylab yurarkan, atrofni kuzatdi. Ko‘cha gavjum emas, kuz faslining yoqimli iliqligi shaharni xotirjam holatga solgandi.
Shu payt qizning oldida kimdir to‘xtadi.
Armin bosh ko‘tardi va yuragi bir lahzaga urmay qolgandek bo‘ldi.
— Sen? ] yigit qizga qaragancha turardi, Armin esa shoshilgancha quloqlaridagi quloqchinni yechdi
— Kechirasiz... menga gapiryapsizmi?
— Ha, chunki... Men seni birinchi bor ko'rishim emas nazarimda, seni bir necha marta ko‘rganman. O‘sha uyda yashaysan, to‘g‘rimi? Ikkinchi qavat, balkonli xona? ] Jungkook yengil kulimsiradi.
— Ha.. ] Arminning yuragi shiddat bilan ura boshladi. Demak, u ham uni payqagan...
Yigit bir lahza jim turdi. So‘ng nimadir eslagandek jilmaydi
— Aytgancha, ismingni bilmayman ] dedi Jungkook xotirjamlik bilan.
— Armin ] sekin javob berdi qiz.
— Jungkook ] yigit yana bir lahza jim qoldi, so‘ng telefonini cho‘ntagidan chiqardi va uni biroz aylantirib turib, qizga uzatdi
— Ehtimol.. yana uchrasharmiz? ] yigit jilmaydi
Armin beixtiyor jilmaydi. Yuragi shiddat bilan urayotgan bo‘lsa-da, telefonini olib, raqamini kiritdi. Jungkook unga biroz tikilib turdi..
— Ko'rinishing.. seni balkonda ko'rganimdan ham chiroyliroq ekan ] dedi u hazil bilan.
Armin kulib yubordi. Jungkook esa telefonini yana cho‘ntagiga solib, orqaga bir qadam tashladi.
Armin ko‘chada sekin yurarkan, yuragi hamon tinchlanmasdi. U qo‘lidagi telefonni mahkam siqib, ora orada telefon ekraniga nazar tashlab qo'yardi.
Armin kattagina qo'rg'onning eshigudan kirarkan, Eshikni asta ochar chog'i, poyabzallarini yechgach, oshxonadan kelayotgan yoqimli hidni his qildi. Onasi har doimgidek ovqat tayyorlayotgandi.
— Men keldim ] Armin oshxonaning eshigudan ichkariga nazar soldi
— Ovqat ham tayyor~ ] Oshxonadan mayin ovoz eshitildi:
Armin javob bermadi. U sekin oshxonaga yo‘l oldi. Onasi stol ustiga yangi tayyorlangan issiqqina sho'rvani qo‘yib, o‘girilgan edi, qizining yuzidagi g‘alati ifodani ko‘rib, qizining yonudan joy egalladi.
— Kimdir sendan xafa qildimi? ] qizining savollardan qochishini ko'rgan Mina xonim yana bir savolni o'rtaga tashladi
Armin boshini chayqatib "yo‘q" ishorasini qildi.
Mina sekin jilmaydi va qizining titrayotgan qo‘llarini ushladi.
— Menga hamma narsani aytishing mumkun ekanini bilasan-a?
— U..u.. qoramtir sochli yigit.. raqamimni so'radi.. ] Armin gapini tugatib ulgurmasidan Mina xonim yengilgina kulib yubordi
— S..siz dadam bilan.. ikkingiz qanday tanishgansiz? ] Armin lablarini tishlab, shivirladi
Mina xonim javob berib ulgurmasidan, uy darvozasi ochildi va uy qaynoq mexr bilan jo'shib turgan kulgu ohangiga to'ldi.