November 24

#Venom.

~If you don't wanna take a little part from other's story, then start creating yours!~

Чаптер 1 || •Мицуки

Hayotimizda har hil voqealar uchraydi. Goh kulguli, goh qayg'uli, goh azobli. Siz qaysi birini yozasiz? Yozing... Lekin yolg'onni aralashtirmang, to'qimachilik qilmang.. Barini ochiq oydin yozing! Ko'r-ko'rona ko'z bo'ylamachilik uchun emas, yuragingizda borini yozing.. Xis etayotganingizni qog'zoga tushuring.. yengil tortasiz..

__ Xayotning siz uchun atab qo'ygan sovg'alari shunchalar xilma-xilki, ularning ko'pligi-yu, xilma-xilligidan boshingiz gangib qoladi ba'zan. Sovuq qishning oxirgi oyi... Xarorat keragidan ortiq darajada sovuq, kattagina uyning eshigini ovoz chiqarmasdan ochiq uy ichkarisiga kirgan qiz, oyoq-uchlarida tepa qavat tomon ko'toralish uchun mo'ljallangan mar-mar zinapoya tomon iloji boricha ovozsiz harakatlana boshladi, zinalarning biriga endi oyog'ini qo'yarkan, mehmonxonadan erkak kishining yo'g'on ovozi eshitildi..

— Skripkangni mexmonxonada qoldir.. ] buyruq to'nida aytilgan uchgina jumla, qizni qonini qaynatib yubordi

— Men skripkam bipan emas edim! Faqatgina, qo'l san'ati bilan shug'ullanib, mashg'ulotlar zalida qorong'u tushganini sez.. ] qiz gaplarini tugatishga ulgurmasdam, erkak pinagini buzmagan holda qizning gaplarini bo'ldi

— Skripka.. ] yolg'on.. erkak qizning ovozidagi yolg'on tonini sezdi chog'i xonadagi aura yanada zichladi..

— L-lekin dada.. Bu nohaqlik axir! ] yoshi 22-23 atrofida bo'lgan to'qimtir rangli sochlar soxibasi bo'lgan qiz lablari titragancha, otasi tomon hayoliga birinchi kelgan jumlani to'g'ridan to'g'ri bayon qildi

— Mina.. *S-K-R-I-P-K-A*..] erkak nigohlarini jurnaldan uzib qizga qaratdi, qiz lablari totragancha eshik "ust" oldidagi kiyimlar uchun o'rnatilgan shkafning orqa tominidan, maxsus charm qutidagi skripkani mexmonxonadagi yumshoq o'rindiqlarning birini ustida qoldirib, xonasi tomon ko'tarilishni boshladi. Mexmonxonada qolgan erkak, xizmatchilardan biriga skripkani chiqitga chiqarib tashlashlarini buyurgancha stol ustidagi choydan xo'plagancha yana bor e'tiborini jurnalga olib o'tdi.

__ Xonasiga kirgach o'zini yotoqga xolsiz tashlagan qiz, quloqlariga quloqchinlarini taqgancha, ko'zlarini chirt yumdi. Titrayotgan lablarining pastki qismini qattiq tishlagancha, ko'z yoshlarini ko'z kosasidan tashqariga chiqishiga izn bermasdan, ikki jumlani pichirlab aytgancha, ko'zlarini chirt yumdi...

— Sizni sog'indim oyijon~.. ] ko'zlarini chirt yumgach, bir tomchi yosh qizning yanog'ini silab o'tdi...

Tong.. xizmatchilardan biri qizning xonasiga kirib, pardalarni ochgancha, qizning garderobidan bugungi kun uchun tanlangan kiyimlarni vannaxondagi maxsus ilgichga ilgach, xonani tark etdi. Soat millari olti yarimga kelarkan, qizning xonasida mayin lekin qayta qayta eshitilsa, asab tolalarini vayron qilib yuboruvchi musiqa yangray boshladi. Qiz ko'zlarini ochib, musiqani o'chirdi, ko'zlarini yumgancha bir oz muddat holsiz holda yotoqda hayol surgancha yotarkan, o'rinidan turib, oyoqlariga bir juft shippagini ilgancha, yuvinish xonasi tomon xarakatlana boshladi. Ilgichdagi rasmit kiyimlarga ko'zi tishgach, xo'rsingan qiz, dush kabinasi ichiga kirdi, badanida issiq suv tomchilarini xis qilarkan, ko'zlarini yumib, chuqur nafas oldi...

__ Mexmonxonadagi sanchqi va likopchadan taralayotgan ovozga yosh qizning ovozi xamroh bo'ldi.

— Xayrli tong dadajon, kechagi qo'polligim uchun uzur.. ] Mina o'z stuliga o'tirgach, nonushta qilishni boshladi

— Bugun xalqaro konferensiya bo'ladi, unda sen nutq so'zlashingni istayman ] Janob Lee qiziga nigohlarini qadadi

— Tushunarli ] Mina javoban bosh irg'igancha, mayin ammo siniq tabassum qildi

__ Tushgi 12:30.. Saxnaning qoq markazida yoshgina qiz ravon nutq so'zlamoqda. Xamma mexmonlarning nigohi qizga qaratilgan, betakror va nuqsonsiz nutq so'zi bilan mexmonlarning qarsaklariga sazavor bo'lgan qiz, o'z madaniyatidan chetlamagan holda, boshini quyi egib, bir oz ta'zim qilgancha, mayin tabassum bilan saxnani tark etdi

Xalqaro sarmoyadorlar-u, mashxur bizness asoschilari orasida qizg'in suxbat boshlanarkan, ba'zi so'lzar qiz haqidagi iliq fikrlarni ifodalasa, ba'zilari aksini aytardi.

— Qizingi oxirgi marta 4 yasharligida ko'rgandim.. ] Janob Kim do'sti tomon yuzlanarkan, Janob Lee do'stining so'lzaridan jilmaydi

— Balki endi kelishuvimizning ayni vaqtidir?

*To be continued*