#Serendipity
_Afsonalarda aytilishicha Oy va Quyosh bir-birini qattiq yaxshi ko'rishgan. Ular osmonni birgalikda yoritib, dunyoni yorug‘likka to‘ldirgan. Ammo bir kuni ular orasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan.Oy tungi sukunatni yaxshi ko‘rib, salqin va tinchlikni qadrlagan bo‘lsa, Quyosh issiqlik va yorqinlikni targ‘ib qilgan. Ularning bahsi shunchalik avj olganki, xudolar ularga jazo tariqasida bir-biridan ajralishni buyurgan.Quyosh kunduzgi osmonni yoritib, dunyoga hayot baxsh etishi kerak edi. Oy esa tunda yoritish uchun yaratilgan. Shundan beri ular hech qachon bir vaqtning o‘zida osmonni yoritmaydigan bo‘ldi. Ammo Oy va Quyosh bir-birlarini ko‘rishni va sevgisini unutishni istamas edi. Xudolar tomonidan taqiqlanganiga qaramay, Oy va Quyosh ba'zan osmonning bir nuqtasida uchrashishga harakat qiladi. Bu uchrashuv Quyosh va Oy tutilishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo ular bu holatda uzoq qololmaydi, chunki xudolar bu muloqotni darhol to‘xtatadi va ularni ajratib yuboradi. Bu afsona sevgining qudrati va taqiqlarga bo‘ysunmaydigan qalblar haqida hikoya qilib, Oy va Quyosh tutilishining go‘zal ramziy ma’nosini beradi. Agar men oy kabi tinchlik va qorong'ulik tomon talpinsam, quyosh bo'lib izimdan qolmaysanmi?_
Чаптер 1 || • Армин Ким
_Oyning yog'dusi qorong'u ko'chani yoritmoqda, tepalik tomon intilayotgan yosh qiz, qadamlarini tezlatishga xarakat qilmoqda. Tepalikning labida joylashgan ayvonchali qahvaxonaga yetib kelgan qiz, yigit tomon oshiqdi. Yigitning quchog'iga kirarkan, mayin tabassum lablariga yugurdi.
— Seni sog'indim.. ] qizning qo'ng'iroq kabi ovozi, yigitning qalbiga sokinlik bag'ishladi..
— Men ham.. Iforingsiz o'tgan har bir tun, qalbimni zulmatga to'ldirdi. Yonimda seni iliqliginni his qilmasdan o'tgan har bir tunim xuddi muhabbatsiz yashash kabi behuda tuyuladi... ] yigit qizga tabassum ila qaradi.
— Qo'ysang-chi, sening yonigda tunlar ham iforlidek tuyuladi.. Xuddi hozigidek..
— Axir, iforning o'zi sensan.. ] yigit quchog'idagi qizning qo'ng'iroq misol jingalak sochlarini barmoqlari orasidan o'tkazib silay boshladi..
— Agar imkonim bo'lganda, har bir tuning iforim bilan o'tardi.. ] qiz siniq tabassum qildi..
Yigitning bir on sukut saqlashidan so'ng, qiz yana tilga kirdi..
— Otamning so‘zlari qalbimni toraytiradi, lekin o'zimni seni sevishni to'xtata olmayman. Hamma narsani o'zgartira olsamda, ammo yuragimda seni sevish o'zgarmaydi...
— Seni tushunaman, bu uchun qayg'urma, meni qanchalar sevishingni bilaman va bunga bir oz bo'lsada shubham yo'q.. Qalbingdagi og'riqni kamaytirish uchun nima qilish kerak bo'lsa barini qilaman~ Har bir insonni borligicha qabul qilish kerak, huddi meni qabul qilganing kabi.. ] yigitning so'zlari qizni tabassum qilishga undadi.. Yigit qizning lablariga yugurgan mayin tabassumni ko'rgach, lablarini qizning lablari bilan birlashtirdi..
__ Armin tongning ilk nurlarini ko‘rishni har safargi-dek istamaydi, chunki u faqatgina tunning zulmatida o‘zini eng nozik va erkin og'u kabi his qiladi. Ko‘zlari mayin uyqudan ochilsada, lekin ular yana yopilishni, tinchlikni, sevgisi bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha so‘nggi lahzalarni yana qayta tasavvur qilib, his qilishni orzu qiladi. Uydagi hashamatga qaramasdan tinchlik yo‘qligi, ota-onasining qattiqqo‘l nazorati uning yuragidagi og‘riqni yanada kuchaytiradi. U yigitni sevadi, qattiq sevadi.. lekin o'z sevgisiga yetishish sabab yetarlicha kuch berish uchun o‘zining ichki dunyosidagi baland to‘siqlarga qarshi kurashayotgani bilan bog‘liq iztirobni his qiladi... Har kun, har tun, har soat va daqiqa.. Beg'ubor qalbi, o‘sha sokinlikni, tinch muhabbatni istaydi, lekin bu orzuga yetishish uchun hali ko‘p kurashish kerak. Har bir tong, o‘zini yangi bir vazifaga, sevgi uchun kurashishga tayyorlashdir... Shunday emasmi?
— Qizning ko‘zlari sekin ochilgach, avvaliga, ularni ishqalab, xonani qarshi olgan quyoshning yumshoq nurlarini qabul qilishni istamasada, o'rnidan turdi.. albattada axir bunga majbur.. Qizning butun ruhi hali ham uyquning yengil xotiralari bilan atrofidagi real dunyoni rad etishni istab o'tinsada, lekin yuragidagi og‘riq uni har tong uyg‘onishga, sevgisi uchun kurashishga undaydi va bu undash to sevgisiga yetishmagunicha to'xtamaydi, Qizning nozik qalbi hali ham oz muddatga baribni unutib uxlashni xohlaydi, nafaqat oz muddatga balki butunlay uyquga ketishni istaydi, chunki ko‘zlarini ochish, uyidagi og‘riqli muhitni va ota-onasining qattiqqo‘l qarashlarini, har kunlik janjalni xotirlalashni istamaydi. Bir tomondan esa, yigitining yuzini, unga bo‘lgan sevgisini his qilishni istaydi, lekin boshqa tomondan, bu sevgini so'z bilan ifoda etishga uning nafaqat so'z boyligi balki kuchi ham yetmaydi. U ko‘zlarini yana yopishga urindi, ammo tinchlikni izlagan qalbi unga qarshi chiqishni to'xtatmagach, ko‘zlarini to‘liq ochib, atrofidagi tinchlikka emas, balki sevgisiga qadam qo‘yishi kerakligini yana bir bor o'ziga eslatdi, ammo bu hali ham nozikgina, qalbi beg'ubor qiz uchun oson emas..
__ Armin mayin tungi pijamasini universitet fomasiga o'zgartirgach, zinalardan pastlay boshladi, yana o'sha sovuq auraga ega mehmonxona..
— Xayrli tong.. ] qizning bog'iq tonggi ovozi mehmonxonada jarangladi.. Ota-onasidan javob olmagach, o'z o'rniga borib joylashdi.
— Sovuq tongning hidi xonaga tarqalgan. Tashqarida shamol esib, derazalardagi parda silkinadi, ammo ichkarida ham nimadir haroratsiz va hissizlikdan darak bermoqda. Stol ustida, so‘nggi qo‘yilgan stakan issiq choydan hosil bo'lgan bug‘lar havoga ko‘tariladi. Nonushta tinch, ammo sovuq. Non parchalari issiq emas, va ular hamon sovuqlikka qarshi turishga harakat qilmoqda. Oq sutli tonggi pechenyelar hali o‘zining yumshoqligini yo‘qotib ulgurganicha yo'q, uning ustidagi shakar va sutli qiyom xonadagi aura sabab kutilgan ta'mni bermaydi. Choy ham achchiq, aysbergdek sovuq, ko‘ngilsizlikni tuydiradi.
— Armin.. Bugun soat 4:35 da "Perlen House"da uchrashuving bor.. ] Mr.Kimning sovuq ohangdagi jumlalari qizning butun tanasidagi tuklari jimirlagandek bo'ldi
— Tushunarli. ] Qizning birgina jumlasi butun boshli mavzuni yopdi
Ona-i zor esa, har doim kabi bo‘lganidek, ko‘zlarini pastga tushirib, jim turadi. Hech nima gapira olmaydi, hatto hech narsasi o‘zgartirishga ham intila olmaydi. Stol atrofidagi har bir kishi o‘zining xayollariga cho‘mgan, har biri o‘zining xotiralarini, o‘zining yolg‘izligining ichida.. Xona huddi butun dunyo bilan aloqalarini uzgandek, har bir harakatning ortida sukut va sovuqlikdan boshqa hech narsa yo'q. Tashqaridagi shamolning ovozi esa ichkariga kirib, tinch xonada o‘zining izini qoldiradi..
Armin stol yonida o'tirganicha, tashqaridagi shamolning ovozini tinglashni boshladi. Deraza oynasiga urilgan daraxt shoxlarining mayin shovullashi va har safar esgan shamol bilan birga kelayotgan xira sovuq unga o'zining ichki dunyosini eslatardi: sovuqlik... Qiz har safar bu sovuqlikni his qilganida o'zini himoyasiz va yolg‘iz his qilishini bilsa-da, ko'nikishga majbur. Ich-ichida, bu sovuq faqatgina tashqarida emas, qalbining tubida joylashganini yaxshi biladi..
Nonushta tugagach, Armin o‘ziga xos tarzda ota-onasiga bosh irg‘ab, uydan chiqdi. Uy eshigidan tashqariga qadam qo‘yishi bilan yuziga urilgan sovuq shamol qizning vujudini larzaga keltirdi. Ammo bu sovuqlik unga avvalgi kabi qattiq ta’sir qilmasdi — u bunga ko‘nikkan edi hatto ancha oldin. Endi uning ko‘ngli boshqa bir joyda edi: sevgi hamda iliqlikga bo'lgan istak balki yigitning bag‘ri unga haqiqiy tinchlik va baxtni taqdim qilar?
Shahar ko‘chalaridan o‘tib, universitet tomon yo‘l oldi. Har bir qadamda yuragidagi og‘irlik sezilarli darajada kuchayib borardi, ammo ichki kurash hali ham davom etmoqda: ota-onasining qarorini inobatga olish yo shaxardan bosh olib ketish. Ota-onasining qattiqqo‘l nazorati va undagi erkin hayotga bo'lgan intiluvchanlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash oson emas. Universitet binosiga turli xil hayollar og'ushida kirib kelgan Armin o‘zini har doimgidek odatiy dars mashg‘ulotlariga tayyorlashga majbur qildi. Ammo har safar auditoriya derazasiga ko‘z tashlaganida, yuragida bir narsa titrab ketardi. Majburiy turmush! Soatlar o‘tib, darslar tugadi. Armin o‘zining ichki ovozini butunlay unutib, yigit bilan uchrashuvga borishga qaror qildi. "Perlen House" qahvaxonasiga yaqinlasharkan, yuragi tobora tezroq urib borardi. Bu uchrashuv undagi barcha og‘riqlarni unutishga imkon beradi yo ularni kuchaytiradi?
Qahvaxonaga kirib, umuman notanish chehrani ko‘rdi. Yigitning tabassumi insonni bir qarashda o‘ziga tortuvchi tabassum. Qiz yigit buyurtma qilgan stol yoniga borib, uning qarshisiga o‘tirdi. Yigitning bir vaqtning o'zida ham mehrga to‘la ham sovuq nigohlari Arminning yuragidagi zulmatni yana bir bor yengib, uni iliqlikka va allanechuk hislarga to‘ldirdi.
— Kechikib keldim.. Uzur.. ] Armin sumkasini bo'sh stullardan biriga ilgach, butun e'tiborini yogitga qaratdi
— Muhim emas, muhimi shu yerdasan.. ] yigitning ovozi xotirjam va bir oz loqayd bo‘lib eshitildi. Ammo uning bu gaplari Armin uchun yetarlicha samimiy tuyuldi. Yigitning ovozi va nigohlaridagi zidlik qizni bir zum o‘yga toldirdi. U bu nikohning qanchalik noto‘g‘ri ekanini anglagan holda, o‘zini bu vaziyatga moslashtirishga harakat qila boshladi.
Bir necha daqiqa davom etgan o'lik sukunatga barham berish hamda o‘zining ichki tinchligini qayta tiklashga uringan holda, stol ustidagi choynakdan bir chashka choy quygan qiz, yigitga yuzlandi.
— Bu joyni sen tanladingmi? — nihoyat, Armin muloyim lekin jiddiylikni o'zida mujassam qilgan ovozda gap boshladi.
Yigit yelkasini qisgancha, befarqlik bilan javob qaytardi ]
— Yo‘q, ota-onalarimiz tanlovi. Har holda bu uchrashuv tashkilotchilari ular.. ] yigitning ilmoqli gaplari u ham nikohdan mamnun emas ekanini yaqqol aks ettirdi.
— Bilaman, sen ham bu.. nikohdan mamnun emassan, — dedi Armin, qattiq ovozda gapirishdan o‘zini tiygan holda. — Biz bir-birimizni tanimasdan, majburan... ] Qiz gaplarini tugatishga ulgurmasdan yigit uning gaplarini shart kesdi
— To'xta, bu haqda gapirishning foydasi yo‘q. Vaziyatni o‘zgartira olmaymiz shunchaki shartnoma asosidagi nikoh.. Rozimisan?
Armin uning so‘zlariga indamay bosh irg‘adi. Ammo ichida yigitning bu befarqligi unga azob berayotganini his qilishni boshladi.
— Uchrashuvlar davom eta boshladi. Har safar ular ota-onalarining iltimosiga ko‘ra bir joyda uchrashishar, suhbatlari esa yuzaki va mazmunsiz bo‘lar edi. Ammo vaqt o‘tgan sari yigit Arminni boshqacha ko‘ra boshladi. Qizning muloyimligi va sabr-toqati, uning har bir vaziyatda o‘zini tutishi, hatto ichidagi dardni yashira olish qobiliyati yigitni hayratda qoldira boshladi.
Bir kuni yigit Arminni sokin parkda uchrashuvga taklif qildi. Bu safar uning nigohlari odatdagidek sovuq emas, balki mulohazali va ehtiyotkor edi.
— Armin, men senga bitta savol bermoqchiman, — dedi yigit birdan.
— Nima haqida? — dedi qiz, yigitning ovoz tonidagi o‘zgarishni sezgan holda.
Jungkook bir zum sukut saqladi, so‘ng chuqur nafas olib gap boshladi:
— Bu nikoh... Biz uchun o‘zi to‘g‘rimi?...