July 29, 2025

#a_dirge_for_dying_stars

Chapter 2 || Armin Kim

死にゆく星々への哀歌

__Hayotimga eng keraksiz vaqt kirib kelding.. Qoramtir ko'zlaringa meni asira aylading, istamagandim.. ishonaver.. umuman xoxlamagandim.. sen haqingda ko'proq bilishni, butun umrim davomida seniki bo'lishnigina istagandim xolos.. Qo'rqoqlik qildim.. Hatto o'z sevgimni tan olishga ham jura'tim yetmadi.. Qora qahva donachalari timsoli bo'lgan ko'zlaringga tikilgancha o'zim haqimdagi barcha xaqiqatni aytib bergim, nohaqliklar ustidan senga 5 yashar qizchadek noligim, shikoyat qilgim keldi.. lekin uzoqdan seni kuzatish va telbadek tabassum qilishdan uyog'iga o'tolmadim..

~>~>~>~>~>~>~>~

__Tongning iliq nafasi Arminning ishib ketgan ko'zlarini silab siypay boshladi. Armin istar istamas ko'zlarini ocharkan, yovvoyi yong'oqrang ko'zlarida og'riq xis qildi, yumshoq o'rnidan sekin qo'zg'algancha oyog'iga kulrang uy shippaklarini ilib, yuvinish xonasiga kirdi.. betartib sochlar.. qizil ko'zlar.. Armin chuqur xo'rsingach yuzini sovuq suvga yuvdi.

__Armin yuzini bir maromda yuvarkan, kechagi onasining gaplarini eslay boshladi..

— Rostan ham ommam haq.. ularni ham ayblay olmayman-ku, allaqachon 21 ga kirdim.. balki rostan ham.. ] Armin so'zlarini tugatib ulgurmasidan, kechagi yarim tundagi uchrashuv esiga tushdi.. yigitning ifori.. aqldan ozdiruvchan edi..

~>~>~>~>~>~>~>~

__ Tokyo.. mening ona shahrim.. O'sha mahluq bilan bir yostiqqa bosh qo'yish uchun nikoh shartnomasini imzolaganimdan so'ng, oyim Seoulga ko'chib o'tishimni aytdi. Yuragimga bir so'z ila hanjar sanchigan so'zlar shunchaki ona shahrimni tark etishim emas balki "San'at maktabi"ni tashlashishda edi.. Erimning sohta, "Seoulda san'atni chuqurroq o'rganasan" degan gaplari esa, soddaligimga yana bir bor amin bo'lishimni taminladi. Bugun turmush qurganimizga 2 oy bo'ladi. Shu ikki oy ichida umuman sketchbook(rasm daftar)ni ochganim yo'q. Surat chizishga qo'lim bormayapti. Bu qasr misoli uyning har bir burchagidan nafratlanaman. Erim bilan birga vaqt o'tkazish chetda tursin, hatto bir xonada uhlamaymiz, kun bo'yi ko'rishmaymiz. U meni "Armin" deb chaqirishi esa qonimni qaynatadi. Ba'zan tushlarimda esa uni ovozi jaranglaydi.. "moviy dengizim".. mening ko'zlarim rangi moviy emas.. lekin moviyni jonimdan ortiq yaxshi ko'raman. Ba'zan Jungkookni yaqindan bilgim keladi, nega o'zini kutilmagan vaziyatlarda gentleman(xushmuomala erkak) kabi tutishi haqida bilgim keladi. Aslida uning ismini kundaligimga yozishni istamagandim. Uning yuragi muzdan battar sovuq. Bunga hatto isbotim ham bor. Aslida kecha u whiskey(alkogol turi) ichib o'tirgan holda oynin tamosha qilayotgani qog'ozga tushurdim. Bu odobdan emasligini bilaman, shunchaki u juda ham kelishgan ko'rinadi. Buni hech qachon inkor etmaganman.

__Hom hayollarimga shunchalar berilibman-ki, hatto eshik ovozini eshitmabman. Uy xizmatchisi yelkamga qo'lini qo'yganda tanam butunlay muzlab ketdi.

— Xonim, Janob Jeon erta qaytdilar, sizni kechki ovqatga chaqirdilar. ] Jiwooning ovozi juda yoqimli.. Uni kun bo'yi tinglashga ham rozi bo'lardim.

— Ishtaxam yo'q, istamayman. ] Jungkookning tund yuzini ko'radigan kayfiyatda emasman.

— Lekin.. Jeon xonim..- ] unga nazar tashlar ekanman, Jiwoo gapini tugata olmay, sekin xonadan chiqdi.

__ Oradan ikki daqiqa ham o'tib ulgurmasdan, eshikni hatto taqillatmasdan ichkariga kirgan erkakning ifori, allaqachon Arminning qonini qaynata boshladi.

— Eshikni taqillatish zarar qilmagan bo'lardi Janob Jeon. ] Arminning sovuqqini ovozi, Jungkookning qoshlarini battar chimirilgan holatga soldi

— Kechirasan, men xizmatchini seni istagingni so'rash uchun jo'natganim yo'q edi, yoki Jeon xonim meni shunchalar o'z xonasida ko'rgisi keldimi? ] Jungkookning tund yuzi, uning sovuq va qo'rqinchli darajada past ovoziga hamo hang ravishda xonada aks berdi.

__Jungkook ovozini biroz pasaytiradi, yuzidagi tasvirlangan ifoda o'ta chalkash.. o'qib bo'lmas.. Jungkookning nigohi qizning yovoyyi yong'oq timsoli ko'zlariga tashlanarkan, bu safar biroz sust ovozda so'radi..

— Hech bo‘lmasa suv ichdingmi?

— Albatta ichdim. Seni so'zlaringdan ham battar muz kabi sovuq holda. Ko‘nglim aynimaganida, balki sen bilan ham kechlik qilgan bo'lardim! ] Armin hech qachon nigohini undan olib qochmaydi, olib qochmagan.. Qiz yuzini boshqa tomonga burgancha chuqur nafas oldi, go‘yo bu suhbat o'zi uchun arzimas bir narsadek ekani uqtirishga urungancha.

__Jungkook bir zumga jim qoldi. Ammo bu sukunat — bu yaxshilikdan dalolat emas, xavotarlilik, g‘azab va yana nimadir… Armin nomlash uchun qo'l urolmaydigan tuyg'u..

__So‘ng yigit birdan, hech qanday ogohlantirishsiz, Arminga yaqinlashdi. Oralaridagi masofa keskinlik bilan qisqararkan, Armin o'zini yoqotib qo'ymaslikka urundi. Qiz joyidan jilmay qolgach, yigit Arminning ro'parassida yuzida iblisona tabassum bilan to'xtadi. Armin esa hatto orqaga chekinishga ham ulgurmadi yoki.. harakat ham qilmadi. Jungkookning temir misol qo‘llari qizning nozik yelkasiga tushdi, keyin esa qizni o'zi tomon mahkam tortdi.

— Men bilan o‘ynashma, Armin. Sen meni bilmasliging mumkin, lekin men seni — yetarlicha bilaman. ] Yigitning sovuq ovozi, qizning yuragini qinidan chiqarib yuborguday bo'ldi. Yigit ortiqcha hech nima demasdan, qizni belidan mahkam ushlab, yelkasiga mahkamladi. Armin bir-ikki marta tepindi, ammo bu faqat o'z belidagi qo'llarning siquvi mahkamlanishi bilan tugadi — qiz chindan ham ortiq qarshi kurashmadi.

— Tushir meni, bu axmoqlik! ] deya baqirarkan Armin, ammo ovozida asl g‘azabdan ko‘ra ko‘proq nafrat ufurib turardi.

— Axmoqlik? ] dedi Jungkook, zinapoyadan tusharkan, sovuq kulgisi deyarli hech kim yo'q zinapoyalarda aks sado bergancha.

— Senga nonushta, tushlik, kechki ovqat tayyor bo'lgan bir hayot nasib qilganiga rahmat aytish o'rniga.. meni rad etish bilan bandsan.. Majburiy bo‘lsa ham — bu nikohga hurmat ko‘rsatishni o‘rgan, Jeon Armin. ] Jungkook so‘nggi ikki so‘zni maxsus urg‘u bilan aytdi, huddi qizning ism familiyasi bilan birga, uning ta'nasi-yu butun ruhi yigitga tegishli ekanini eslatayotgandek.

__Jungkook mehmonxona stoliga yaqinlashdi va qizni ehtiyotkorlik bilan, ammo qat’iylik bilan stullardan biriga o‘tirg‘izdi. So‘ng o‘zi ham qarshi tomonda joy oldi.

— Yeysan. Yoki men yediraman! ] Stolda sukunat hukmron edi. Faqat yuraklarning qattiq urishi, lek go'yo taomdan emas, bir-biridan o'zib ketish istagida yonayotgan ikki g‘ururdan..

__Ammo Arminning harakatlanishidan darak ham yo'q edi. Uning nigohlari Jungkooknikiga qadalgan, sovuq va beparvo.. huddi yigitnikidek..

— Mehmonxonagacha olib tushishga qo'yib berdim degani, senga yutqazishni tanladim.degani emas Janob Jeon. ] Arminning ovozi har safargidek sust lekin okean tubidanda sovuq..

— Yemasamchi? Majburlaysanmi, yana? ] Arminning lablari sekinlik bilan qimirlab, uch jumlani hosil qilarkan, qaysarligi "eri" deb atalmush kimsaga ta'sir qilayotganini ko'rib jilmaydi.

Jungkookning jag‘ chiziqlari taranglasharkan, u sekin, xavfli ohangda so‘zladi..

— Seni bu yerga sevgi izhor qilish uchun olib tushmadim va senga seni himoya qilish uchun uylanganim ham yo‘q. Bu kelishuv ekanini mendan yaxshi bilasan. Sen mening xotinimsan va aytganimni qilishga majbursan. Kechlik qilasan dedimmi demak yeysan!

— Yo‘q. [dedi Armin, bu safar Jungkookning gaplarini bo'lib.]
— Men hech narsa yemaslikka haqliman. O‘zimni, san'at kolledjimni, suv bo'yida surat chizishni, yomg'ir tagida sayr qilishni yo‘qotganim yetarli. Ovqat emas, erkinligim kerak!

__Jungkookni bardoshining oxirgi tomchisi ham g'azab orqali so'rib olindi. U to‘satdan qo‘lidagi sanchqini stolga tashladi — baland emas, ammo yetarlicha shovqin bilan. Xonadagi harorat birdan muzlab ketgandek bo‘ldi. Yigit stuldan turdi. Ko‘zlari esa sovuq g‘azab va nafratga to'la. Ammo baqirmadi.. Arminning so'zlariga javob bermadi.. Va Armin qancha rad etsada, bu holati uni yanada dahshatli ko‘rsatardi...

— Sening erkin bo'lish istaging, Armin... [dedi u, nozik tana sohibasiga yaqinlasharkan.]
— ...aynan shu stolda menga tinchiga kechlik qilishga bermayotganingda ham, menga qarab asl shaxsiyatingni berkitayotganingda ham, meni eng ko‘p g'azablantiradigan sendagi yagona hislat!

— Xo‘p. Yema. Lekin esingda bo‘lsin, bu oxirgi qarshilik qilishing bo‘lishi mumkin. Men sening doimiy injiqliklaringni sabr bilan ko'tarishga majbur emasligim yodingdan ko'tarilmasin.

__So‘ng yigit sekin, lekin og‘ir qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi.

~>~>~>~>~>~>~>~

__Seoul. 2:48..
Armin kichik, yengil shamol oynadan kirib turgan yotoqxonasida sukutga ko‘milgancha hayol surib o'tirarkan, oyna derazasidan tushayotgan oy nuri esa qizning sut kabi oppoq yelkasiga tushgancha qizning tanasini yanada go'zal qilib ko'rsatish bilan mashg'ul. Qiz esa ochiq qolgan daftar sahifasiga qalamni bosmay, faqat ushlab o‘tirardi. Chizilmagan chiziqlar.. ayta olinmagan so'zlar yuragining ichida girdikapalak bo'lib aylanar, ammo birortasi qog‘ozga tushmasdi. Eshik sekin g‘ichirlab ochildi. Arminning dimog'iga urilgan o'sha ifor.. Jungkook.. Bu safar u eshikni taqillatgan. Ohangsiz.. yoki qiz yana payqamagan. Arminda hatto ortiga o'girilish uchun ham mador yo'qligi sabab, yigitning harakati, nigohi, hatto nafasi ham sezmagandek sketchbook varrog'iga tikilib o'tiraverdi.. Jungkook bir necha soniya sukut saqlagach, bir oz sovuq ohong bo'lsada har doimgidek hissiyotsiz emas ammo haqiqiy samimiylik ila so'zladi..

— Armin, [dedi u past, ammo to‘g‘ridan to'g'ri yuragining tubidan chiqayotgan ohangda]
— Sening dardingni bilmasdan turib, seni sevib bo‘lmaydi.. Shunchaki taqdirni qabul qilganingda.. balki shu vaqtgach-

— Meni sevishga harakat qilma, Jeon. ] Armin yigitning gaplarini bo'ldi..

__Bu so‘zlar o‘q kabi emas, ular xuddi qirov bosgan oq lolaning bog'bon ko‘zi oldida asta quritayotgan shabada kabi.. Og‘riqli, lekin sokin. Armin asta o‘rnidan turdi. Qadamlari yumshoq, lekin qat’iy. Yelkasidagi harorat oy nuridan emas, yillar davomida yig‘ilgan og‘riqlardan sovugandek.. Jungkookninh yonidan jim o‘tib, eshik tutqichini ushladi. Nigohlar kesishmadi. Lekin yuraklar... bir zumga to‘qnash kelgan bo'lsada.. Armin hech qachon tan olmaydigan his tuyg'uni berdi. Eshikdan chiqish oldidan qiz to'xtagancha, nafasini ichiga yutdi. So‘ng, ohangida hech qanday iltijo bo‘lmagan, faqat charchoq bilan to'lgan jumlalarni so'zladi:

— Yaxshisi, menga sevging haqida emas... qachon tinch qo‘yishing haqida gapir..

__Eshik sekin yopildi. Xonada faqat ochiq qolgan sahifa, yarimi chizilgan surat va yurakning o‘ziga xos sadosi qoldi.

— Armin... Sabrimni keragidan ortiq darajada sinayapsan.. O'zingga o'zing tilab olding.. ] yigit eshikni bor kuchi ila itarib ochgancha, yo'lak oxiri tomon shahdam qadam tashlay boshladi...

__ Xona eshigining, ochilgan tovushini eshitgan qiz, chuquqr nafas oldi..

— Iltimos, hech bo'lmaganda uhlashga izn ber...

__ Yigitning lablaridan kesatiq kulgu chiqarkan, qizning qoshlari chimirildi

— Men senga tomosha qo'ymayabman. O'z xonangga bor va uhla.. ] qiz och jigarrang tusli qorachig'larini ko'z kosasi ichida aylantirdi.

— Armin.. Meni o'zingdan ancha uzoqlashtirding va o'yladimki, bugun biror kimsaga tegishli bo'lish qanday ekanini hich etasan...