#a_dirge_for_dying_stars
死にゆく星々への哀歌
Yulduzlar, so‘nishidan oldin, o‘zlarining so'nggi nurlarini faqat eng yaqin bo‘lgan nigohlarga hadya qiladilar. Ularning yorqinligi, xuddi sirli bir kuyning so‘nggi notalari kabi, asta-sekin so‘nib, osmonni tark etadi.
Shunday qilib, har bir so‘nayotgan yulduzning ortida, birdaniga ochiladigan yangi bir osmon qoladi. Bu so‘nish, orzularni, sevgilarni va umidlarni o‘zida olib ketadi. Biroq, so‘nishdan keyin, hech bo‘lmaganda bir lahza uchun, ular o‘z izlarini qoldiradi — hech qanday qaytish belgisi bo'lmagan mahkumlik.
Biroq, har bir so‘nayotgan yulduzning so‘ngida, yangi bir boshlanish yotadi. Har bir o‘limning ortida bir yangilik, yangicha sevgi qoidalari dunyosi mavjuddir. Va ba’zan, bu yangi boshlanish, o‘zining sirli va xavfli yuzini yashiradi.
Sevgi ham shunday. Bir qarashda yorqin, bir qarashda fojiali. U sizni o‘zining chuqur sirlariga tortadi, lekin sizning unga tegish imkoniyatingiz — xuddi so‘nayotgan yulduzlar kabi — faqat bir lahzada mavjud va siz, oshiq bo'lgan holda, hayotingiz mazmuning oxirgi nurlari yo‘qolayotganini sezasiz.
Kimdir so‘nishga mahkum, kimdir esa, uning so'nishini kutib, abadiy qayg'u chekishga majbur.
~2024-yilning o'zgacha sevgi ifori ila yomg'ir bilan boshlangan kuzining 16-sanasi~
__Ko'l bo'yida sketchbuk(rasm daftar)iga tikilgancha butun dunyodan uzilib qolgan, kalta lek ko'zga tashlanadigan shokolad rangli jingalak sochdagi qiz oyoqlarini ko'lning sovuq b'lsada odam o'z aksini ko'ra oladigan darajada toza bo'lgan suvi qizning tabassumini kengaytirmoqda. Ingichga belli hurliqoning sovuq suvga bo'lgan mexri onasidan o'tgan. Chizmachilikga bo'lgan sevgisi esa otasining uyda kichik bo'lsada aqlbovar qilmas darajadagi go'zal uy galleriyasi yoki Yaponyaning chekka bir hududidagi rassomlik litseyiga qatnashidir. Eng achinarlisi shundaki onasidan husni, otasidan esa rassomlik qobilyati o'tgan bo'lsada, yosh 17 yashar qiz hech qachon seva olmaslikka mahkum etilganligidadir.
__Chiziqlarga qaratayotgan konsentratsiyasi o'ta yuqori bo'lsa-da, daraxtlar orasidan kelgan shitir-shitir tovushlarni payqamasdan qolmagan qiz, sekingina ortga qaradi. Yapon o'rmonini deyarli 67%ini tashkil qiluvchi Beech daraxtlaridan biriga suyangancha aynan qiz o'tirgan nuqtaga tikilgan nigohlar sohibi mayin jilmaydi.
— Yoongiman... ] qiz so'ramasada berilgan javob Arminning qoshlari ko'tarilishiga sabab bo'ldi.
— Ismingni so'raganimni eslolmadim, ma'zur tutasan. ] Arminning sovuqqonlik ila bergan javobi, yigitni bir vaqtning o'zida xayratlantirgan bo'lsa-da, yigitning yuziga iliq tabassum chizdi.
__Kichik qadamlar bilan ko'l bo'yiga yaqinlashgan yigit, qizning oldidan joy oldi.
— Ismingni so'rasam qarshi emasmisan? ] yigit mayin tabassum ila qizga yuzlandi.
— Yana bir bor ma'zur tutasan-ku, lekin qarshiman. ] Armin bahor nafasi ila bo'yalgan yovvoyi yong'oq rangdagi ko'zlarini sketchbukidan olmagan holda yana bir bora sovuqlik ila javob qaytardi.
__Arminning sovuqqonligidan lablari chetidagi kichik tabassum kengayib, yigitning lablari chetidagi o'ziga asr qiluvchi ikki kulgichlari ko'rindi. Armin yigitdan javob olmagach, oldiga joylashgan kelishgan yuz sohibiga ko'zining qiri bilan nazar tashladi.
__Yigitning hayollarini o'g'irlagan, yurak urish maromini tezlatgan, bahor yaproqlari singari yovvoyi fundukni eslatuvchi ko'zlar.. Armin tashqi ko'rinishidan yaponyalikka umuman tortmaydi, sut singari oppoq rangli tana, hipcha bel, mushuklarnikidek ko'zlar, ingichka uzun lablar.. hatto qizning ismini ham bila olmagan yigitning yuragi qizning ko'zlari asiriga aylandi.
— Amaya.. ] Arminning birgina so'zi yigitni tasuvvur dunyosidan real hayotga qaytardi
— Amaya.. ] yigit qizning ismini talaffuz qilib ko'rdi.
— Bu o'ta shaxsiy savol bo'lishi mumkun, lekin sen yaponyalik emassan, shunday emasmi? ] Yigit qizning ko'zlari tubiga tikildi.
— Yaponyada tug'ilganman.. ] Armin bemalollik ila javob berdi..
__Oradagi chuqur sukunat, ikkisini ham bezovta qilardi, garchi Armin buni mohirlik ila yashirsada. 5..6..7.. shu bilan deyarli 40 daqiqalik sukutdan so'ng, Armin o'rnidan turdi.
— Ma'zur tutasan, ketishim kerak. ] yigit javob kutib ham o'tirmay, beech daraxtlari orasida butunlay yoqolgan soya ortidan tikilib qoldi.