#camomiles.
*revenge is a dish best served cold*
__ Seoul, 19:43, kechki salqin va yetarlicha sovuq xavo, qorning maydalab yog'ishi markaziy boshqarmaning oynalaridan yaqqol ko'rinib turibdi, eshikdan kelgan ovoz va yigit kishining kirish uchun so'ragan izni, xujjatlarga ko'milgancha o'tirgan tergovchi qizning e'tiborini tortdi.
β Kiring ] qiz xujjatlardan boshini ko'targancha anchadan beri bir joyda xarakatsiz va suvsiz o'tirgani sababli xosil bo'lgan bo'g'iq ovozida gapirdi
__ Eshikdan kirib kelgan kelishgan yigit, qizning to'g'risidagi kursiga joylashdi
β Qanday yordam bera olaman? ] Qiz bir ko'rishda yigitni yetarlicha kelishgan deb hisoblaganiga qaramay jiddiyligini yoqotmagan holda, yosh janobning ko'zlariga tikildi
β Ismim Jeon Jungkook, onamning qotilini topishda yordam berishingizni istayman. ] yigitning sovuq ovozi va axmoqona xoxishi qizning qoshlarini chimirilishiga sabab bo'ldi
β Janob Jeon, onangizning o'limiga allaqachon 17 yil bo'lgan va o'lim 3ta ekspertizadan so'ng ham tabiiy deb topilgan. Preparatning aniq nomi esimda yo'q-kuya lekin ko'p miqdordagi tinchlantiruvchi dorilar onangizning qamd miqdorini keskin ko'tarib yuborgandi.. ] qiz yigitga qoshlarini chimirgancha so'zladi
β Onamning o'limi tabiiy emas... Men onamga suiqasd qilinganini o'z ko'zlarim bilan ko'rganman va gumonim ham bor.. ] yigit ilmoqli gaplar gapirishda davom etarkan, qizning bundan asab tolalari birin ketin uzila boshladi..
β Ho'sh.. ] qiz stoli ustida turgan hujjatlarni butunlayga yig'ishtirib tashlagach, ko'zoynagini yechib stol ustiga qo'ydi.
β Bundan 17 yil avval men 7 yoshda bo'lganman.... Hammasi otam Kim xonimga uylanganidan so'ng boshlandi...] Jungkook gaplarini tugatgach, qiz diktafonini o'chirdi.
β Kechirasiz, bizda dalil bo'lmasa hech kim ishonmaydi... [qiz telefonini cho'ntagiga soldi] Ertaga soat 15:00 da kela olasizmi? Ungacha ma'lumot yoki kamera tasvirlarini izlab ko'raman.
__ Sovuq xavo bo'lishiga qaramay davom etayotgan reklamaning suratga olinishi, qiz sovuqdan dir dir titragancha moychechakli issiq choydan bir xo'plagancha, suratga olish maydonchasiga qaytdi.
β Miss.Mina, yana qaytadan olishimiz kerak.. ] suratga olish direktorining bir soatdan beri qaytarayitgan gapidan Minaning toqati toq bo'lgan bo'lsada tishini tishiga bosgancha mayin tabassum qildi
β Yaxshi.. ] qiz yuzidagi soxta tabassum, kelishgan yigitning sovuq nigohlariga qadalarkan, ikki yanog'i lovullab yona boshladi..
__ Xavoning sovuqligi sabab qizning qizargan yuzi.. bu shunchaki xavoning ta'siridan emas.. qiz o'zini holsiz xis qilsada, kerakli pozalarda suratga tushib berarkan, suratga olish direktorining ovozi yangradi
β OLINDI!!! ] qiz ishini tugatgani bilib, sekinlik bilan mashina tomon xarakatlanarkan, yelkasidan tutgan issiq qo'llar qizning kichik va xolsiz tanasini ortga o'girdi
β Ahvoling yaxshimi?~ ] sovuq ton o'rnidagi iliqlik va xavotirdan jovdirayotgan qahvarang ko'zlar..
__Ba'zan uning ko'zlariga sho'ng'ib ketsam deyman, meni o'ziga asora aylagan qahvarang ko'zlar.. U bilan uchrashganimizga endigina ikki kun bo'lgan bo'lsada unga asira bo'lib ulgurdim.. Har safar ko'zlariga qaraganimda o'z o'zimni boshqa bir dunyoga tishib qolgandek xis etaman gohi.. Xayollarim va tuyg'ularimni ushlab turishim kerak ekanini bilsamda.. lekin qila olmayapman.. Shunchaki unga ipsiz bog'lanyapman holos..
β Hooooy? ] Taehyung qo'llari orqali qizning yuziga yaqin qarsak chaldi
β E-eshitaman.. ] qiz hayolat dunyosidan chiqgach, yigitga hayron ohangda qaradi
β Ahvoling yaxshi emasga o'xshaydi.. ] Taehyung qo'llarini qizning peshonasiga qo'ygancha, tana xariratini tekshirishga urundi
β Isitmang bor. ] yigit ustidagi jaketini qizning ko'ylagi ustiga ildi
β Shart emas.. ] qiz qarshilik ko'rsatishga urunarkan, Taehyungning sovuq nigohlari qizning jim bo'lishiga sabab bo'ldi
β Issiq qahva yoki choy ich, dorilarni qabul qilishni unutma, menga sog'lom ishchilar kerak.. ] Taehyung sovuqlikni yoqotmaslikka xarakat qilsada ko'zlari so'zlarining aksini so'zlardi
__ Qiz xayratini yashirolmagancha qolarkan, stafflardan biri kelib, qizga kiyimini alishtirish uchun xonani ko'rsatdi
__ Xonaga kirgan qiz stol ustidagi kichik konvert va gullarni ko'rarkan, istamasada qoshlaridan biri ko'tarildi.
β Buni sizga jo'natishibdi ] staff gabassum qilgancha xonadan chiqib ketdi
__ Mina konvertni ocharkan ichidagi xat qizni yanada xayratga sola bishladi, bir tarafdan xayratini yashira olmasa ikkinchi tarafdan qo'rqishni boshladi
~ Seni ishga qabul qilmaganim uchun afsus chekayapman, sen chindan xam jozibadorsan ~
__ Xonasida tasvirlarni ko'zdan kechirgancha o'tirgan sovuq auraga ega yigitning hayolini telefoniga kelgan sms xabar suratlardan nigohlarini uzishga majbur qildi. Telefonidagi nomulam raqamdan kelib tishgan sms xabar yigitning bo'yin tomirlari bo'rtib chiqishiga sabab bo'ldi. Surat va tagidagi izoh.. yigitning qo'llari musht bo'lib tugilarkan, xonani jaxl bilan tark etdi.
_ Degudagi yana bir quyoshli kun, Kim xonim xaligacha hayolat olamidan chiqa olmasdan o'tirarkan, bu haqida qiziga xabar yuborishga botina olmasdi.. qaysi yuz bilan otasining qilgan ishlarini qiziga aytadi.. qaysi yuz bilan qizga otasini yomonlay oladi.. qaysi yuz bilan u seni qondoshing deya oladi.. Kim xonim telefonini qo'liga olgach, qiziga xabar yoza boshladi
β Mina.. Qizim Deguga kelsang bo'lardi, xolangning qizi turmushga chiqayapti, sening ham shaxrada siqilib ketgan ko'ngling yorishardi chirog'im~ ] Kim xonim qiziga xabarni yuborgach, yelkasidan tog' alg'darilganini xis qildi..
__ Xabarni jo'natgach xona devorining qoq markaziga ilingam suratga qaradi, yuragidagi g'ashlik tinchlik bermas ekan, xavotiri soniya sayin orta boshladi.. Qo'llarini yuragiga qo'yarkan, pichirlagancha qoldi..
__ Seoul.. Suratlar Koreyaning mashxur jurnallaridan biri bo'lmish "High Cut"ga chop etish uchun yuborilganiga ikki kundan oshdi.. Qizning qo'l telefoniga xabar kelarkan, uyqusini buzishni istamagan qiz yuzini ikkinchi yostiqga qo'ydi..
β Nega xatto uhlagani bermaysiz~ ] Mina noligancha qo'liga olib qayta qayta xabar kelayitgan telefoniga qaradi. Jurnalning yangi soni butun ijtimoiy tarmoqda aylanarkan, qiz ko'zlarini ishqadi
__ Qizning xusnini butun ijtimoiy tarmoq gapirarkan, Mina telefoniga kelib tushgan qo'ng'iroqdan bir oz dovdirab qoldi.. Qo'ng'iroqni qabul qilgach, xayajon bilan gaplasha boshladi
β E-eshitaman janob Kim.. ] qiz qulayroq joylashgancha telefonini qulog'iga yaqinroq tutdi
β Mina xonim bugun ishga kelmasangiz ham bo'ladi.. Davolib qayting. ] Yigitning toni sovuq bo'lsada, ovozidagi havotirni sezish mushkul emasdi.
β T..Tushunarli.. ] qiz tutilgancha birgina so'zni ayta oldi xolos
__ qo'ng'iroq o'chgach, qiz onasidan kechagina olgan xabarini eslab shoshilib o'rnidan turgancha shkafdan kiyimlarini ola boshladi. Katta bo'lmagan hajmdagi sumkaga ikkita kerakli kiyim va qulay oyoq kiyim joylagach, qo'l sumkasiga kerakli pardoz buyumlari-yu ayollar uchun kerakli bir-ikki buyumlarni joylay boshladi. Kiyinishni tugatgach, atirini sepgancha uydan chiqib ketdi