May 23, 2025

#a_dirge_for_dying_stars

死にゆく星々への哀歌

Armin Kim || chapter 1

Yulduzlar, so‘nishidan oldin, o‘zlarining so'nggi nurlarini faqat eng yaqin bo‘lgan nigohlarga hadya qiladilar. Ularning yorqinligi, xuddi sirli bir kuyning so‘nggi notalari kabi, asta-sekin so‘nib, osmonni tark etadi.

Shunday qilib, har bir so‘nayotgan yulduzning ortida, birdaniga ochiladigan yangi bir osmon qoladi. Bu so‘nish, orzularni, sevgilarni va umidlarni o‘zida olib ketadi. Biroq, so‘nishdan keyin, hech bo‘lmaganda bir lahza uchun, ular o‘z izlarini qoldiradi — hech qanday qaytish belgisi bo'lmagan mahkumlik.

Biroq, har bir so‘nayotgan yulduzning so‘ngida, yangi bir boshlanish yotadi. Har bir o‘limning ortida bir yangilik, yangicha sevgi qoidalari dunyosi mavjuddir. Va ba’zan, bu yangi boshlanish, o‘zining sirli va xavfli yuzini yashiradi.

Sevgi ham shunday. Bir qarashda yorqin, bir qarashda fojiali. U sizni o‘zining chuqur sirlariga tortadi, lekin sizning unga tegish imkoniyatingiz — xuddi so‘nayotgan yulduzlar kabi — faqat bir lahzada mavjud va siz, oshiq bo'lgan holda, hayotingiz mazmuning oxirgi nurlari yo‘qolayotganini sezasiz.

Kimdir so‘nishga mahkum, kimdir esa, uning so'nishini kutib, abadiy qayg'u chekishga majbur.

~2024-yilning o'zgacha sevgi ifori ila yomg'ir bilan boshlangan kuzining 16-sanasi~

__Ko'l bo'yida sketchbuk(rasm daftar)iga tikilgancha butun dunyodan uzilib qolgan, kalta lek ko'zga tashlanadigan shokolad rangli jingalak sochdagi qiz oyoqlarini ko'lning sovuq b'lsada odam o'z aksini ko'ra oladigan darajada toza bo'lgan suvi qizning tabassumini kengaytirmoqda. Ingichga belli hurliqoning sovuq suvga bo'lgan mexri onasidan o'tgan. Chizmachilikga bo'lgan sevgisi esa otasining uyda kichik bo'lsada aqlbovar qilmas darajadagi go'zal uy galleriyasi yoki Yaponyaning chekka bir hududidagi rassomlik litseyiga qatnashidir. Eng achinarlisi shundaki onasidan husni, otasidan esa rassomlik qobilyati o'tgan bo'lsada, yosh 17 yashar qiz hech qachon seva olmaslikka mahkum etilganligidadir.

__Chiziqlarga qaratayotgan konsentratsiyasi o'ta yuqori bo'lsa-da, daraxtlar orasidan kelgan shitir-shitir tovushlarni payqamasdan qolmagan qiz, sekingina ortga qaradi. Yapon o'rmonini deyarli 67%ini tashkil qiluvchi Beech daraxtlaridan biriga suyangancha aynan qiz o'tirgan nuqtaga tikilgan nigohlar sohibi mayin jilmaydi.

Beech daraxtlari(Image Credit: Mayumi.K.Photography, Shutterstock).

— Yoongiman... ] qiz so'ramasada berilgan javob Arminning qoshlari ko'tarilishiga sabab bo'ldi.

— Ismingni so'raganimni eslolmadim, ma'zur tutasan. ] Arminning sovuqqonlik ila bergan javobi, yigitni bir vaqtning o'zida xayratlantirgan bo'lsa-da, yigitning yuziga iliq tabassum chizdi.

__Kichik qadamlar bilan ko'l bo'yiga yaqinlashgan yigit, qizning oldidan joy oldi.

— Ismingni so'rasam qarshi emasmisan? ] yigit mayin tabassum ila qizga yuzlandi.

— Yana bir bor ma'zur tutasan-ku, lekin qarshiman. ] Armin bahor nafasi ila bo'yalgan yovvoyi yong'oq rangdagi ko'zlarini sketchbukidan olmagan holda yana bir bora sovuqlik ila javob qaytardi.

__Arminning sovuqqonligidan lablari chetidagi kichik tabassum kengayib, yigitning lablari chetidagi o'ziga asr qiluvchi ikki kulgichlari ko'rindi. Armin yigitdan javob olmagach, oldiga joylashgan kelishgan yuz sohibiga ko'zining qiri bilan nazar tashladi.

__Yigitning hayollarini o'g'irlagan, yurak urish maromini tezlatgan, bahor yaproqlari singari yovvoyi fundukni eslatuvchi ko'zlar.. Armin tashqi ko'rinishidan yaponyalikka umuman tortmaydi, sut singari oppoq rangli tana, hipcha bel, mushuklarnikidek ko'zlar, ingichka uzun lablar.. hatto qizning ismini ham bila olmagan yigitning yuragi qizning ko'zlari asiriga aylandi.

— Amaya.. ] Arminning birgina so'zi yigitni tasuvvur dunyosidan real hayotga qaytardi

— Amaya.. ] yigit qizning ismini talaffuz qilib ko'rdi.

— Bu o'ta shaxsiy savol bo'lishi mumkun, lekin sen yaponyalik emassan, shunday emasmi? ] Yigit qizning ko'zlari tubiga tikildi.

— Yaponyada tug'ilganman.. ] Armin bemalollik ila javob berdi..

__Oradagi chuqur sukunat, ikkisini ham bezovta qilardi, garchi Armin buni mohirlik ila yashirsada. 5..6..7.. shu bilan deyarli 40 daqiqalik sukutdan so'ng, Armin o'rnidan turdi.

— Ma'zur tutasan, ketishim kerak. ] yigit hatto javob kutib ham o'tirmay, beech daraxtlari orasida butunlay yoqolgan nozik qiz soyasi ortidan tikilib qoldi.

~•~•~•~•~•~•~•~

__Ko'rinishidan qarsga o'xshash, kulrang, bog'i to'la rango rang gullar bilan to'lgan, ikki qavatli kattagina uyga kirib kelgan qiz, oshxonadan taralayotgan ifor dimog'iga urilgach, mayin tabassum qildi.

— Eommanie~ ] mayin ovoz ila erkalangancha, gaz plota qarshisida qoshlari chimirilgan bo'lsa-da oyning husnidanda go'zalroq bo'lgan chiroy sohibasi, onasining ortidan quchdi.

— Oh, meni oyparcham keldimi? ] Mina xonimning yuziga iliq tabassum yugurdi..

— Eomma~ ] Armin onasining chertib-chertib tanlangan so'zlaridan erib ketayozdi.

— Jonimning bir parchasi yuz qo'lingni yuvib kel.. sen yoqtirgan qiyomli quymoqlarni tayyorlayabman.. [ Mina xonim tabassum qildi, ko'p vaqt o'tmasdan esa jiddiy ovozda qo'shib qo'ydi ] Pastga tushayotganingda esa Janob Kimni ham chaqir..

— Yana bir-biringizdan xafamisiz, onajon, huddi yangi er-u xotinga o'xshaysiz, qizingiz turmush yoshiga yetgan-u siz va eringiz hali ulg'aymadingiz ] Armin o'zini kulgudan zo'rg'a tiygancha, ikkinchi qavatdagi xonasi tomon ko'tarildi, kiyimlarini o'zgartirib bo'lgach, otasining gallereyasi tomon yaqinlasha boshladi.

__Eshikni ikki marotaba taqillatgach, ichkariga sekin qadam tashladi. Otasining xonaning chap devoriga suyantirilgan no odatoy divanda, telefoniga tikilgancha o'torgani ko'rgach tabassum qildi.

— Dunyoning eng kelishgan, emg mehribon dadasiga こんにちは(konnichiwa – yapon tilida salom) [ Armin 5 yashar qizga o'xshab dadasini quchoqladi ] Kim xonimni xafa qilibsiz deb aytishdi, osmondagi qora bulutlar, yana orangizdan qora mushuk o'tdimi, yo go'zal onamga ertalab uyg'onishingiz bilan sevgi izhor qilmadingizmi.. yo'q.. menimcha kechasi yana hamma choyshabni olib qo'ygan bo'lsangiz kerak.. ] Armin ota-onasining kulguli bahonalaridan tabassummini tutib turolmadi

__Taehyung, divandagi telefonini olib o'rnidan turdi.

— Aslida.. "Seni sevaman" deyish qolib, bu safar Kim xonim hatto yuzimga ham qaramadi.. kecha kechgi payt do'konga chiqgandik, hech bir so'zsiz, sotuvchi qiz: "Ishlatgan atiringizni ifori yoqimli ekan, nomini ayta olasizmi, sevgilim uchun sotib olmoqchi edim" deganini bilaman, shundan beri arazchi mushukni qovog'idan qor yog'adi..] Taehyung qiziga ayoli haqoda shikoyat qilarkan, birinchi qavatdagi mehmonxona tomon harakatlana boshlashdi

— Armin~ ] uyning eng yoqimli xonasi.. oila a'zolari yig'iluvchi, bolalik xotiralarni yaratuvchi, oshxonadan mayin ovoz eshitildi

__Armin oshxonaga mo'ralab qaradi.

— Eshitaman Mrs.Kim~ ] yapon aksentida aytilgan bo'lsada, chiroyli eshitilgan koreys so'zlari

— Quymoqlar tayyor.. ] Mina xonim mayin tabassum qildi va bu tabassumdan butun oshxona yorishgandek bo'ldi.

__Armin go'zal husn sohibasi bo'lgan, onasining tabassumidan o'zini tutolmay, mayin tabassum qildi va otasini chaqirish uchun mehmonxonaga chidi.

— Appa, sevimli ayolingiz quymoqlar tayyorlabdilar. ] Armin otasining yarasiga tuz sepgandek, jilmaydi.

__Axil oila... baxt ufurib turibdi.. xursandchilikdan chaqnab turgan Arminning ko'zlari.. Lek Mrs va Mr Kimning yuz ifodasi ancha mayus.. Armin bunga sabab, ota onasining hali ham bir biridan arazda ekanligi deb qabul qildi.

~>~>~>~>~>~>~>~

~Armin (tasavvur uchun). [ Credit: media wony, pinterest ]

~>~>~>~>~>~>~>~

__Tongning mayin nafasi, kulrang va mayin choyshab ostiga yashiringancha uhlayotgan Arminni nozik ifori va shamoli ila qitiqlay boshladi.. xonaning kichik ko'l tarafga qarata o'rnashgan oynasi kecha tunda qiya ochiq qolgani sabab, oynani to'sish uchun samarali xizmat qilmayotgan kulrang shoyi pardalarni xona ichkarisi tomon uchirmoqda. Tokyoni allaqachon kuz ob havosi qoplab olgan bo'lsa-da tashqaridan, ko'l atrofida keng tarqalgan ryukyu qushlarining yoqimli ovozi Arminning xonasida aks sado bermoqda.

Ryukyu qushi [ credit: worldbirdtravel.com ]

__Armin ko'zlarini sekinlik bilan ochdi. O'rnidan turib sovuq kafel ustidagi qora uy shippaklarini oyog'iga nomiga ilgach, yuvinish xonasi tomon xarakatlana boshladi, yuragida g'ashlik bor... noodatiy.. xuddiki o'z xonasida oxirgi kunlarini yashayotgandek. Armin yuziga yuz yuvish vositalaridan birini yupqa qilib surtgach, sekin butun yuzi bo'ylab ishqadi, sovuqdan iliqroq bo'lgan suv bilan yuzini yuvib tashlamoqchi bo'ldi-yu, hayolga berilgani uchun qaynoq suv tarafni burab, kaftini kuydirib oldi.

— Jin ursin! ] Armin tezda sovuq suvni ochib qo'llarini jo'mrak tagiga joylarkan, yuzidagi ximik vosita ko'zlarini achishtira boshladi.

~>~>~>~>~>~>~>~

__Pastki qavatga tushgan qiz, ota-onasini mehmonxonada xavotirli yuz ifodasi bilan ko'rgach, ular bilan salomlashdi.

— Armin, kelaqol quyoshim eshik tagida turma... ] Mina xonim qizini chaqirdi va katta och rangdagi divandan joy berdi

— Oyi, dada... tinchlikmi? ] hali deyarli kun boshlanmasdan, ota onasi yuzidagi xavotir, Arminning yuragini battar g'ashladi.

__Ma'yus yuzli Mrs Kim kichik bo'lsa-da mayin tabassum qildi.

— Kelaqol mitti yulduzcham meni, oyisini mittigina malikasi ] Mina xonim, Arminni quchog'iga tortdi..

Mrs Kim [ credit: kuraolyaa, pinterest ]

~>~>~>~>~>~>~>~

__Kechki yomg'irli tunda ko'zida yosh, yanoqlarida qolgan ko'z yosh izlari.. Yupun kiyingan qizning, cho'ntagidagi so'nggi rusumdagi telefon tinimsiz jirinlab, vibratsiya bermoqda. Sokinlikni buzmagan holda sekin harakatlanayotgan qizning quloqlarida airpodslarda yoqimli qo'shiq yangramoqda.. Maybe a change.. for you somewhere.. Armin qo'shiqning davomini eshitgan sari yovvoyi yong'oq ko'zlariga yosh to'la boshladi.. shahar ko'chalaridagi chiroqlar sababli dur kabi ko'rinayotgan yoshlari sabab nigohlari qarshisidagi ko'cha manzarasi xiralasha boshladi.

Tokyo.. [ credit; kenzio, pinterest ]

__Armin to'g'riga qarab yurib borarkan, kuchli xarakatdan so'ng o'zini mushakli qo'llar orasida ko'rdi. Tepaga qarar ekan, qattiq jon kuydirib gapirayotgan yigitni ko'rib, quloqchinlarini oldi.

— Axmoqmisan, nima qilyapsan? ] Armin orqaga qadam tashlamoqchi bo'lib, toyib ketishiga sal qoldi.

— Aslida bu yerda sen ahmoqsan! Tokyoni chekkasida yashayman deb, qaysi axmoq yo'ldan quloqchin taqib o'tadi? Mashina urib yuborishiga oz qoldi! ] Yigit qizga qaragach Arminning yuzidagi yosh izlarini ko'rdi.

— Yaxshimisan? ] yigitning ovozi biroz pastladi va sokinlashdi.

— Bundan yaxshi bo'la olmayman! .. va.. yordaming uchun.. tashakkur.. ] Armin ortiga o'girilib ketmoqchi bo'ldi, ygit qizning qo'lidan ushlab to'xtatdi.

— Ama~.. uyingacha kuzatib qo'yishimni istaysanmi? ] yigit mayin tabassum qildi.

— Ismimni Amaya deganim esimda, Ama emas.. va rahmat hali oyoqdan qolganim yo'q o'zim yura olaman, bir marta ismini aytti degani uyigacha kuzatish kerak degani emas! ] Armin boshqa bir so'z aytmasdan Yoongini ko'cha o'rtasida yolg'iz qoldirdi.

~>~>~>~>~>~>~>~

__Armin uyga kirgach, eshik tagidan yuzi havotirga to'la Mina xonim kutib oldi, Armin ota-onasini havotirga qo'ygani uchun o'z o'zini la'natlab, mayin jilmaydi.

— M..men roziman....

—TO BE CONTINUED—

THE END OF 1ST CHAPTER

WRITER: ARMIN KIM

—Xikoyadagi hamma voqea-hodisalar yozuvchining tasavvuri asosida yozilgan. Saqlab olishning hamma turiga qarshiman, ishlatilgan rasmlardan tashqari!