#wildflower
Armin va Jungkook orasidagi munosabatlar go‘yo mayin bahor yeli kabi asta-sekin iliqlashib borardi. Har bir uchrashuv, har bir samimiy tabassum va muloyim so‘z ularning orasidagi masofani qisqartirib, qalblariga yangi his-tuyg‘ular urug‘ini separdi.
Ular avvaliga oddiygina suhbatlardan boshlashdi. Ko‘chada to‘qnashib qolish, balkonda bir-biriga jilmayish, tongda qisqa “Salom!” yoki kechqurun “Yaxshi dam ol!” kabi xabarlar. Ammo vaqt o‘tgan sayin, bu oddiy so‘zlar uzoq suhbatlarga, chuqur savollarga va his-tuyg‘ularning yanada ochilishiga olib kela boshladi.
Bir kuni qahvaxonada issiq qahva ustida iliq suhbat qurishsa, boshqa kuni ular bog‘da sayr qilishardi. Yashil maysalar ustida birga o‘tirib, osmonning quyuq moviyligiga tikilishga odat qilishdi. Jungkook qo‘llarini maysaga yoyib, shamolda ohista tebrangan daraxt shoxlariga qaragancha, qizga yuzidagi iliq tabassum-u ko'zlari to'la mehr-muhabbat ila qarashdan o'zini tiya olmasdi
Jungkook uchun iliq so'zlarni aytish shunchalar oson va tabiiy. Hech qanday ortiqcha so‘z yoki yolg‘on o‘yinlarsiz yoki o'yinlarsizmi? Jungkookning har bir so‘zi, har bir harakati samimiyatdan to‘la edi. Bu samimiyat Arminning qalbiga sekin-asta joylasha boshaladi..
Ular birgalikda kinolar tomosha qilishdi, ko‘cha bo‘ylab yurib, sokin kafelarda issiq shokolad ichishdi. Har doim yonma-yon, go‘yo dunyoning barcha tashvishlari ularning kichik olamidan yiroqdek edi.
Jungkook qizni har safar uyigacha kuzatib qo‘yardi. Balkonda esa xayrlashish odati paydo bo‘ldi. Armin uyga kirib ketar, Jungkook esa ko‘chada turib, qiz deraza yoniga kelgunga qadar qizning eshigi oldidan ketmasdi. Qiz derazada paydo bo‘lgach, yigit unga qo‘l siltab, faqat shundan keyingina uyiga yo‘l olardi.
Oradan vaqt o‘tgan sari bu oddiy odatlar ularning yuraklarida asta-sekin sevgi ko‘chatlarini unib chiqardi. Har bir uchrashuv, har bir samimiy so‘z, har bir sokin tunning xayrlashuvlari ularning orasidagi tuyg‘ularni kuchaytira boshladi.
Ularning sevgisi endi faqatgina ko‘zlarda yoki shivirlab aytilgan so‘zlarda emas, balki har bir harakatda, har bir mayda detallarda namoyon bo‘la boshlagandi.
Bu sevgi yurakning qattiq urishi, yonoqlarning qizarishi yoki sokin kechada yuraklarning bir maromda urishi edi. Bu sevgi aslida oddiy va sof tuyg‘u kabi ikki yoshning qalbida una boshladi. Ularning qalblarida paydo bo‘lgan uchqun endi sekin-asta katta olovga aylanayotgan, va bu olov hech qachon so‘nmaydigandek tuyulardi.
Tun shamoli shaharni xotirjamlik bilan o‘rab olgandi. Soat 9 lar atrofida havo salqinlashib, osmon yulduzlar bilan qoplangandi. Sokingina tebranayotgan daraxtlarning yaproqlari shivirlardi. Jungkook Arminning qo‘lini muloyim ushlagancha, daryo bo‘yidagi yo‘lak bo‘ylab yurardi. Ularning qadamlari bir maromda edi. Shoshilish yo'q.. Majburlov yo'q... Ortiqcha so'zlar yo'q.. Sokinlik.. faqatgina jimjitlik hukm surardi..
Armin yigitning yonida sokin qadam tashlarkan, yuragi hamon shiddat bilan urardi. Ko‘nglidagi iliqlikni yashirishga harakat qilib, ko‘zlarini undan olib qochardi. Ammo Jungkook buni sezib turardi. Yigitning barmoqlari qizning barmoqlariga ohista chirmashgan edi.
— Men bilan yurishdan charchamadingmi? ] sekin so‘radi Jungkook, ovozi shivirlab esayotgan shamol bilan qo‘shilib ketdi.
— Senga yoqmayotgan bo‘lsa, ayt. ] Armin ohista jilmaydi.
— Gap menga yoqish yoqmasligida emas.. tuyg'ularim kundan kunga kuchayib bormoqda.. ularni endi javobsiz qoldirishni istamayman.. ] Jungkookning ilmoqli gaplari, Arminning tez urayotgan yuragini bir lahzaga to'xtatib qo'ydi
Arminning yuragi bir zum urmay qolgandek bo‘ldi. Ko‘zlarini yerdan uzolmay, yigitning bu gaplariga javob qidira boshladi. Lekin Jungkook buni kutayotgandek, qo‘lini Arminning iyagiga ohista qo‘yib, yuzini ko‘tardi. Ko‘zlar to‘qnashdi.
— Men sen bilan har tong uyg‘onishni, har kuni qo‘lingdan tutib yurishni, har kecha seni bag‘rimga bosib uxlashni istayman. ] yuragi tobora tez urayotgan Armin nimadir demoqchi edi, ammo Jungkook sekin tiz cho‘kdi. Bir qo‘lini cho‘ntagiga solib, kichik, ammo nafis qutichani chiqardi.
Osmondagi yulduzlar go‘yo bu lahzani yoritib turgandek edi. Yengil shamol Arminning sochlarini tebratarkan, yuragi shunday shiddat bilan urardiki, go‘yo hamma narsa to‘xtab qolgandek.
Jungkook qutichani ochdi. Ichida oddiy, ammo chiroyli uzuk yaltirardi.
— Armin... [ ko‘zlari bilan faqat qizning ko‘zlarini izlayotgan yigit sekingina qizni ismini talaffuz qildi] — Menga turmushga chiqasanmi?
Arminning ko‘zlaridan yoshlar duv-duv to‘kila boshladi. Bu shunchaki baxtning ko‘z yoshlari edi. Nafasi tiqilib, qo‘llarini lablariga bosdi. Yuragi endi qafasidan chiqqan qushdek erkin edi.
— Ha... ] deya pichirladi u, ovozi titrab.
Jungkookning yuzida yorqin tabassum paydo bo‘ldi. U sevinch bilan kulib yubordi va uzukni ohista Arminning barmog‘iga taqdi. Keyin sekin o‘rnidan turib, uni bag‘riga bosdi. Qizning issiq nafasi yelkasiga tegarkan, yuragi xotirjam urardi.
— Seni sevaman ] Jungkook ohistalik ila aytdi
— Men ham..] Armin uning bag‘riga yanada mahkamroq boshini qo‘ydi.
Ularning yuraklari bir maromda urardi. Yulduzlar ostida, sokin tunda, shahar chiroqlari xira yongan paytda, Armin va Jungkook bir birining quchog'ida, jim turishardi. Yigitning qo‘llari iliq, nigohlari esa chuqur edi. Arminning yuragi go‘yo sokin dengiz kabi, lekin tubida kuchli to‘lqinlar yotardi.
Ularning sevgisi hech qachon so‘nmaydigan olovga aylangan edi. Har bir nigoh, har bir tabassum, hatto sukut ham bu olovni kuchaytirardi. Yulduzlar xuddi ularning guvohiga aylangandek, osmonning bepoyonligi esa go'yo ularning sevgisini ham chegarasi yo‘qligini anglatardi.
Ammo qalbning chuquridagi shubhalar sokin tunni parchalardi. Arminning nigohlari beixtiyor pastga qaradi. Ularning qo‘llari bir-birini mahkam tutgan edi, lekin bu tutashuvning abadiy emasligini kim ham o'ylabdi deysi..
Ularning sevgisi turmush darvozalarini qoqdi. Oq libosdagi Arminning nigohlari hayajon va baxt bilan to‘lib-toshgan, Jungkookning ko‘zlarida esa va’dalarga to‘la ishonch bor edi. To‘y kuni yengil shamol gullarni tebratib, atrofda musaffo havoni taratar, ularga boqayotgan odamlarning yuzlarida samimiy tabassumlar jilvalanardi.
Turmushning birinchi yili sokin va mehr-muhabbatga to‘la oila kabi boshlandi. Har tong birga uyg‘onish, nonushta davomida ohista suhbatlar, kechqurunlari quchoqlashib film tomosha qilish — bularning bari go‘yo ertakning davomidek edi. Jungkookning nigohlari hali ham Arminni sevgi bilan kuzatardi, uning muloyim so‘zlari esa qizning qalbini iliqlik bilan to‘ldirardi.
Ammo vaqt o‘tgan sari bu sokin baxtga qandaydir noaniq, sovuq soyalar o'ralashdi. Jungkookning nigohlari sekin-sekin yiroqlasha boshladi, tabassumlari esa kamayayotgandek edi. Kechqurunlari yigitning telefoniga tikilib, sukut saqlashi odatiy holga aylandi. Arminning ohista so‘rovlari, muloyim nigohlari esa javobsiz qolardi.
Jungkook go‘yo virtual dunyoga bog‘lanib qolgandek edi. Telefonning yoki noutbukning yarim tundagi xira nuri uning yuziga tushib, tabassumlar endi ekran ortidagi kimlargadir atalgandek edi. Armin esa oshxonada yolg‘iz o‘tirib, sovigan choydan bir qultum icharkan, yuragidagi shubhalar bora-bora og‘riqqa aylanardi.
— Bugun kuning qanday o'tdi? ] Armin ohistalik ila so'radi
— Yaxshi ] yigitdan kelgan kelgan qisqagina javob qizning yiragini battar siqdi
Qizning yuragi ezilib ketdi. Ilgari ularning suhbatlari soatlab davom etardi. Endi esa so‘zlar qisqa va sovuq jumlalarga aylangan edi. Arminning kaftlari beixtiyor muzdek bo‘ldi, yuragidagi iliqlik sekin-asta yo‘qolayotgandek edi.
Kechalari Jungkookning yonida bo'la turib ham, o‘zini yolg‘iz his qilardi. Yigitning qo‘llari endi uni avvalgidek mahkam quchmas, hatto bir tomonga qarab ham uhlamasdi. Armin esa tun yarmida uyg‘onib, uning yuziga uzoq termulardi. Yuragidagi so‘zlar tiliga sig‘mas, ko‘zlariga yosh to‘lardi.
Go‘yo ularning sevgisi endi sokin olov emas, asta-sekin o‘chib borayotgan cho‘g‘ga aylangan edi. Armin bu sovuqqonlikning sababini izlar, lekin topolmasdi. Savollar yuragini tirnab, javobsiz so‘zlar kechalari uyqu bermasdi.
Sovuqqonlikning so‘yloq soyasi ularning uyiga sekin-asta cho‘kib borardi. Va Armin bilardi: agar bu sovuqlikka qarshi kurashmasa, bir kun ularning sevgisi ham xira chiroq kabi o‘chishi mumkin edi... Lekin kurashish uchun unda kuch bormi o'zi?..
Arminning qo‘llari titrar, testdagi ikki aniq chiziqqa tikilgancha jim turardi. Yuragi avvaliga shiddat bilan urdi — quvonch, hayajon va hatto qo‘rquv bilan. Ammo bu hislar bir lahza ichida so‘ndi. Go‘yo tongda porlagan yulduzning bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidek, ichidagi iliqlik ham sovib borardi.
— Men... homiladorman ] dedi u pichirlab, ovozi shunchalar yengil ediki, go‘yo o‘zi ham bu haqiqatga ishonmayotgandek.
Uning nigohlari oyna orqali xonaga tushayotgan quyosh nuriga tushdi. Ammo bu nur ham iliqlik bera olmasdi. Arminning yuragi muzdek, qo‘llari esa sovuq edi.
Yigit esa xonada yo‘q edi. Jungkook so‘nggi paytlarda kech kelib, tongda shoshilib ketar, suhbatlari qisqa va sovuqqon bo‘lib qolgan edi. Uning nigohidagi iliqlik yo‘qolgan, tabassumlari xuddi majburiyatdek sezilardi.
Armin mehmonxonadagi divanga o‘tirdi. Kaftlari bilan qorinini ohista ushladi. Ichidagi kichkina jondan qochib qutulib bo‘lmasdi. Bu mo‘jiza edi, lekin... bu mo‘jizani sovuqqonlik bilan o‘ralgan uyda ulg‘aytirishni istamasdi.
— Bu mumkin emas, — dedi u qaltirab. Ko‘zlari yosh bilan to‘lib, kipriklari namlandi. — Bunday sovuq uyda... bunday sevgida yo‘q...
Arminning hayollari tundlasharkan, oxirgi qaror qabul qilindi, pichoq suyakga borib taqaldi.. endi esa ortga yo'l yo'q.. O'zi tanlagan yigit.. O'zi oshiq bo'lgan kimsa.. go'yo yana qayta begonaga aylangandek..
Uning xayoliga so‘nggi kechalari keldi. Jungkookning yonida yotgancha, uning sovuq yelkasiga suykangan tunlari. Yigitning sukut saqlashi, telefon nuriga o‘ralgan chehrasi, qisqa javoblari... Go‘yo ularning sevgisi endi sovuq shamolda qoldirilgan gul kabi edi.
Armin chuqur nafas oldi. Yuragidagi og‘riq uni nafas ololmaydigandek qisdi. Nigohlari qat’iyat bilan to‘ldi.
— Men ajrashaman, — dedi u qattiq va ravon. Bu so‘zlar og‘ir bo'lsada, lekin aniq edi. — Bola... bola sovuqqonlikda ulg‘aymasligi kerak. Men bu dardni boshqa boshdan kechirolmayman.
Shu payt eshik ochilib, Jungkookning qadam tovushlari eshitildi. Yigitning yuzida charchoq, nigohlarida esa odatdagidek befarqlik bor edi.
— Nimadir bo‘ldimi? — deb so‘radi u qisqagina, krasovkasining bog'ichlarini asta va hotirjamlik bilan yecharkan.
Armin qo‘lidagi testni ortga yashirdi. Nafasini chuqur olib, yigitning yuziga tikildi. Ko‘zlarida yoshlar bilan birga qat’iyat ham bor edi.
— Biz ajrashamiz, Jungkook, — dedi u bevosita, ovozi sal titrab chiqgan bo'lsada, yuzidagi qat'iyatni berkitmadi.
Yigit to‘xtab qoldi. Uning nigohlari ilk bor Arminning ko‘zlariga jiddiy tikildi. Bir zumlik sukut cho‘kdi. Go‘yo vaqt to‘xtagandek.
— Bu nimasi? Tinchlanib ol, charchagansan shekilli, — dedi Jungkook sovuqqonlik bilan. Uning ovozida shubha yo‘q edi.
— Yo‘q, charchagan emasman. Men sevgi izlashdan charchadim. Sendan sovuqqonlik olishdan charchadim. Bu uydan... bu sovuq suhbatlardan... — Arminning ovozi siniq chiqdi. Uning ko‘zlaridan yosh duv-duv to‘kildi. — Men... homiladorman, Jungkook. Ammo bu bolani.. farzandimni bunday sovuq sevgi bilan ulg‘aytirishni istamayman.
Jungkookning yuzi oqarib ketdi. Uning nigohlari bir lahza ichida minglab savollarga to‘ldi, lekin so‘zlari tiliga sig‘madi. Qo‘llari beixtiyor pastga tushdi. Lekin uning yuz ifosadi soniyalar ichida o'zgardi
— Men sevar ekanman hech qanday ajrim yo'q, buni qulog'inga quyib ol! ] Sovuqqonlik.. agressivlik.. va.. yana nimadur.. Armin birinchi marta ko'rayotgan.. yo'q Jungkookda birinchi marta ko'rayotgan ifoda.. hissizlik..
Armin bir zum nafas ololmay qoldi. Bu ovozdagi sovuqqonlikni eshitganida yuragi beixtiyor qattiqroq urdi. Ammo bu safar sovuqqonlikning o‘zi ham boshqacha edi — unda qandaydir agressiya, va... yana nimadir bor edi. Armin bu tuyg‘uni aniq tasvirlay olmasdi, lekin uning yuragini qo‘rquvga to‘ldirardi.
Jungkookning nigohlari sovuq, qoshlarini chimirib olgan, lablari esa bir biriga tutashtirilgan edi. U hech qachon bunday so‘zlamagan, hech qachon bunday tikilmagan edi. Bu sovuqqonlikning ortida yashiringan qandaydir begona hissizlik bor edi. Go‘yo uning qarshisida butunlay boshqa odam turgandek..
— Jungkook... — dedi Armin, ovozi mayin va titrab chiqdi. — Sen... sen nega bunday qilyapsan? Men faqat... faqat bu sovuqqonlikka dosh berolmayman. Sening nigohlaring... so‘zlaring... hech narsa avvalgidek emas. Men bunday davom etolmayman va etmayman!
— Nima ham deyizhim mumkun, suhbatlashishni biroz kamaytirdim degani sevishni to‘xtatdim degani emas! — dedi Jungkook sovuq istehzo bilan. — Bu ahmoqona shubhalaring bilan meni bezor qilma, Armin. Hech qanday ajrim bo‘lmaydi!
Uning ovozidagi sovuqqonlik shunchalik o‘tkir ediki, Arminning yuragini tirnab o‘tdi. Ko‘zlariga beixtiyor yosh to‘lib, qo‘llari titradi. Ammo bu safar uning ko‘z yoshlari darddan emas, balki qandaydir tushunarsiz qo‘rquvdan edi.
— Bu sen emas, — dedi u, ovozi shivirlab chiqdi. — Sen ilgari bunaqa gapirmagan eding... Sen ilgari bunday sovuq emasding. ] Armin oshxona tomon kirarkan, yigit ham uning ketidan ergashdi
Jungkook oshxona stoli yonida turgan qiz oldida to'xtadi. Uning nigohlari bir zum qizning yuzida qoldi, so‘ngra stolga o‘tdi. Go‘yo uning so‘zlari hech qanday ahamiyatga ega emasdek edi. Bu befarqlik Arminning yuragini parchalardi.
— O‘zingga kel, Armin, — dedi yigit qo‘pol ohangda. — Men hech qayerga ketayotganim yo'q. Sen ham ketmaysan. Bizning sevgi shunchaki... vaqtincha to'xtagan, xolos. Shunday tasavvur qil!
Ammo Armin bu so‘zlarga ishonolmasdi. Ularning sevgisi to'xtamagan balki butunlay yoqolgan edi. Yigitning nigohlarida avvalgi iliqlikdan asar ham qolmagan, faqat chuqur, ma’nosiz bir hissizlik bor edi.
—Istamayman.. Ajrashishni istayman va tamom! ] Armin oshxona eshigi tomon yo'nalarkan, qizdan ikki santimetr uzoqlikdagi guldonga pichoq kelib uruldi va qizning sevimli guldoni chil parchin bo'ldi
Armin beixtiyor orqasiga tisarildi. Nigohlari shokka tushgancha polga qaradi — u sevib tanlagan nafis shishali guldon, pushti atirgullarga to‘la, endi siniq parchalarga aylanib yotar edi.
Yuragi shiddat bilan urdi. Ammo bu gal qo‘rquvdan edi. Ko‘zlari kengayib, qaltiragancha boshini ko‘tardi. Jungkookning ko‘zlari qonga to‘lgandek o‘tkir, nigohida qandaydir vahshiyona sovuqqonlik bor edi. Yigitning kafti hali ham musht bo‘lib tugilgancha qolgandi.
— Agar e’tiborliroq bo‘lganimda, nishonga tegardi, — dedi Jungkook, ovozi shunchalik sovuq ediki, go‘yo muzdek pichoq yuragini kesib o‘tayotgandek. Uning lablarida istehzoli tabassum paydo bo‘ldi.
Arminning qo‘llari beixtiyor titradi. Yuragi muzlab qolgandek edi. Bu yigit... bu nigohlar... bu ovoz... hech qachon bunday bo‘lmagan edi. Bu begona, mutlaqo yot bir odamning nigohiday edi.
— Sen... sen nima qilyapsan? — dedi Armin shivirlab, ovozi qaltirab chiqdi. Ko‘zlaridagi yoshlarni yashira olmadi.
— Nima, qo‘rqdingmi? — Jungkookning ovozi sovuq masxara bilan to‘la edi. — Ajrashmoqchi ekaningni shunchaki aytib qo‘yasanku! O‘zingni qanday tutishingni bilib qo‘y, Armin! Hech qayerga ketmaysan, tushundingmi?
Uning nigohlari o‘tkir va sovuq edi. Bir necha qadam tashlab, qizning oldiga yaqinlashdi. Arminning orqaga tisarilishga ham holi yo‘q edi, yuragi shiddat bilan urib, tanasi beixtiyor muzlab qolgandek edi.
— Jungkook, iltimos... — dedi u, ovozi pichirlab chiqdi. — Bunday qilma... men... men qo‘rqyapman.
— Qo‘rqishing kerak ham, — yigitning ovozi past va tahdidli edi. — Men bilan ajrashishni o‘ylama ham! Sen mening yonimda qolishga majbursan, tushundingmi?
Arminning ko‘z yoshlari yuzidan duv-duv to‘kildi. Qo‘rquv yuragini qattiqroq siqdi. Guldonning siniqlari xuddi ularning sevgisining parchalaridek polga sochilib yotar, atirgullarning pushti rang barglari esa endi muzdek edi.
— Men seni sevaman, — dedi Jungkook, ammo bu so‘zlarda hech qanday iliqlik yo‘q edi. Faqat sovuqqonlik va tahdid. — Va hech qachon qo‘yib yubormayman.
Ammo bu sevgi emas edi. Bu sovuqqonlikning ortidagi vahshiyona bog‘lanish edi. Chilparchin bo‘lgan guldonning siniqlari orasida Arminning orzulari ham parchalangan edi.
— Agar guldon o‘rnida bo‘lishni istasang, eshik ochiq, — dedi Jungkookning ovozi muzdek va istehzoli edi.
Bu so‘zlar Arminning yuragini muzlatib qo‘ydi. Nigohlari sekin pastga tushdi — hali ham yerda yotgan siniqlar, qip-qizil atirgullarning sochilib yotgan barglari, xuddi uning orzularidek chilparchin edi. Yuragi qattiq urib ketdi. Bu gapda shunchalik sovuqqonlik borki, go‘yo yigitning nigohlarida hech qanday tuyg‘u qolmagandek. Arminning qaltiragan qo‘llari beixtiyor ko‘kragiga bordi. Nafas olishi qiyinlashdi.
— Jungkook... — dedi u, ovozi pichirlab, mayin va siniq edi. — Nega bunday deyapsan? Men... men faqat...
— Nimani faqat? — yigitning ovozi keskin edi. U bir qadam oldinga tashladi, yelkalari keskin ko'tarildi. Ko‘zlaridagi sovuqlik esa yanada chuqurlashdi. — Sen meni tashlab ketmoqchimisan, a? Shunchaki chiqib ketasanmi?
— Sen... sen avvalgidek emassan, — Arminning ko‘zlariga yosh qalqdi. — Men bu sovuqqonlikka dosh berolmayman... Bu nigohlaring... Ularda hech qanday iliqlik qolmagan
— Demak, ketmoqchimisan? — Jungkookning ovozida o‘tkir istehzo paydo bo‘ldi. — Unda nima kutyapsan? Eshik ochiq. Balki guldondan ham mo‘rtroqdursan?
Arminning yuragi uvishib ketdi. Bu gapda shunchalik achchiq va muzdek haqorat borki, beixtiyor orqaga tisarildi. Ammo oyoqlari titrab, devorga suyanishga majbur bo‘ldi. Ko‘z yoshlari tiyosh uchun pastki labini qattiq tishladi
Jungkookning ko‘zlari sinchkovlik bilan qizning har bir harakatini kuzatar, ammo nigohlarida hech qanday achinish yo‘q edi. Faqat sovuq befarqlik.
— Men faqat... — Arminning ovozi titradi. — Men faqat seni yana avvalgidek bo‘lishingni istayman... Bizning sevgimizni... avvalgidek...
— Bunday bo‘lmaydi, — dedi Jungkook keskin. — Shunchaki qabul qil. Yoki chiqib ket. Tanlov o'z qo'lingda
Qizning oyoqlari ostida yer titragandek, nafas olishga kuchi yetmay qoldi. Go‘yo yigitning so‘zlari uning qalbini parchalab, hech qanday umid qoldirmayotgandek edi.
Yigit esa shunchaki sovuqqonlik bilan qarab turardi. Bu nigohlarda hech qanday sevgi, hech qanday achinish yo‘q edi.
Ko'xha eshigi va oshxona o'rtasidagi masofa qisqa.. Tanlov esa Arminda edi..