#Camomiles
__ Mashxur Gul do'konlarining biridagi sochlari tim qora tusli, xavoning haroratiga moslab so'nggi modadagi kulrang svitir va qora charmdan bo'lgan beretka(bosh kiyim) kiygan 20-21 yoshlar atrofidagi jozibador qiz, o'z buyurtmasini kutarkan, ora-orada asabiylashgandan lablarini qimtib qo'yarkan, do'kon ichkarisiga kelishgan yigit kirib keldi, eshik ochilishi va xonaning mashxur brendga tegishli erkaklar parfyumiga to'lib ketishi, qizni orqaga nazar tashlashga undadi. Yigitning yuziga tushgan qizning shoshqaloq nigohlari, qizning yuragi tubiga ko'mgan nomsiz, tuyg'ularni uyg'otdi... Yogit tomon lablari bilinar bilinmas darajada titragancha qarab turgan qora va yosh to'la nigohlar, yigitning qalbidagi yaralarini yangiladi, nomsiz tuyg'ular-u, nomsiz nigohlar to'qnashuvi, anglab bo'lmas xotiralar, bari sir-u astorga to'la.... Qizning yuzini bir necha soniya ichida butunlay o'rganib chiqgan yigit, qiz tomon yo'naldi..
— Menga moychechaklar bera olasizmi? ] Qiz yigitga javob qaytarishga endi og'iz ochgan edi xamki, ichkari xonadan ikki dasta chiroyli moychechaklardan iborat gul dastani ko'targancha do'kon sotuvchisi chiqdi
— Miss.Kim, buyurtmangiz tayyor, sizni yana kutamiz ] ayol tabassum qilgancha qizga gul dastalarni uzatdi, qiz javoban tabassum qilgancha kredit kartasini ayolga berdi