Nikohni haqiqiy emas deb toppish asoslari va tartibi haqida bilasizmi?
Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi:
Oila Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;
Soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda;
Nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.
Nikohni haqiqiy emas deb toppish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Nikohni haqiqiy emas deb toppish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi.
Nikohni haqiqiy emas deb toppish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, nikoh tuzilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi.