LoveFall || Epizod-1
β Sevgi Go'yo Najot Kabi Hayotimizga kirib keladi, Lekin Aslida U Mavhum bir Halokatdir...
Men Seni Sevib O'zimni Yo'qotdim.Sen Meni Sevib O'zingdan voz kechding.Endi Biz Yo'qmiz.Faqat Kul Bo'lib Uchgan Hislar Faqat Ko'nglimizda O'chmagan Jazava.Faqat Yuragimiz Tubida Chirib Borayotgan Orzular...Sevgi Bizni Najot Farishtamiz Bo'lish Kerak edi. Lekin U Bizni Vayronalar Ostida Qoldirdi β...
Koreya [ Seul ] da allaqachon Yarim Tun O'z zulmati ila hukmronlik qilmoqda. Tungi Seul ko'chalari deyarli shovqinsiz.Hamma yer sokinlik va jimjitlikga to'lgan. Ammo shahardagi eng mashhur Tungi klublardan biri bundan mutloq mustasno. Bu Yerda Go'yo vaqt o'z qoidalari bilan yuradi. Ichkariga kirgan zahoti Shovqinli musiqa butun tanani qamrab olajak. Yurak ritmi ham basga moslashadi. Raqs maydonida odamlar gavjum ularning harakati to'lqin singari bir-biriga ulangan. Klubda havo dim.Atrofni turli xil iforlar qamrab olgan ayniqsa Spirt atir qizigan tana harorati...
Barda erkak va Ayollar tanishuv o'yiniga tushgan. β Tana harorati, ehtiros, teginishlar, spirtli ichimliklar, bularning bari Klubdagi zavqli Nopok ishlardir.
Hamma O'z ishi bilan band. Bu Ishlar Nopok aralash ehtiros bo'lsa ham Hamma baxtli. Tepa qavatdagi vip xonalardan biridan Pastga Tushib kelgan yigit Kostyumini kiygancha do'sti yonidagi uzun bar stullaridan joy oldi. Barmen Yigitga o'tkir ta'mli Viskini quyar ekan bir ko'tarishda yo'q qilingan viski idishga Yana qayta viski joylandi.
β Xo'sh Yetarlicha Zavq oldingmi.? ~ Yoniga o'tirgan Yigitga yuzlangan Yigit sekin ammo hirildoq ovozda so'zladi.
β Bilasanmi.? Meni. Hech kim qoniqtira olmaydi. Bu qiz ham ular singari va Ular singari O'lim topdi. ~yigit beparvolarcha so'zladi.
Do'stini bu qilgan qiliqlari haddan ziyod chegaradan chiqayotganligini bilgan yigit tizzasidagi qizni ustidan tushurdi va jaxl aralash gapira boshladi
β Taehyung bu nechanchisi.? Bas qil endi ~ yigit oxirgi gaplarni zaharxanda so'zlar ekan, do'stining jaxlini Pisandga olmagan yigit unga mazaxona qarash ila Kulib yubordi.
β Jungkook Do'stim Yuzingni axvolini ko'rganingda edi ~ Yigit yana qayta kular ekan, do'stini xarob bo'lib borayotganligini anglagan Yigit chuqur xo'rsindi.
β Taehyung Haliham Uni unutmadingmi~Jungkookning gaplarini eshitgan yigit qayta eski xotiralarini yodiga olar ekan yuzidagi soxta kulgusini Tezda jaxl egallab oldi.
β Uni Bunga hech qanaqa aloqasi yo'q ~ Yigitning yetarlicha ovoz tundi dag'allashgan edi.
β Unda nega.? Nega buncha beshavqatsan.? Nega hech kim bilan ishing yo'q. Xarob bo'layotganligingni tushunyapsanmi ~ do'stiga achinib ketayotgan yigit endi unga jon kuydira boshladi.
β O'z hayotimda qanday yashash kerakligini o'zim hal etaman. ~ Yigit do'stiga shivirlagancha Klubdagi raqs uchun ajratilgan Joy tomon yo'l oldi. U yerda bir necha qizlar bilan raqsga tushar ekan, Hayollari allaqachon qora o'tmishida edi.
Taehyungni ko'rib ezilib ketayapman. Nima ham qilsin Juda ko'p qiynaldi. Mana Sevgan qizi o'lganligiga ham 4 yil bo'ldi. Ammo haligacha u bu qizni unuta olmadi. U 4 yil oldin boshqa inson edi. Ammo yo'qotish uni hissiz qilib o'zgartirdi. Bu orada esa u Jinoyat olamiga kirib keldi.Va u haqiqiy Qotilga aylandi.
Do'stini uzoqdan Qizlar bilan tushayotgan shahvoniy raqsini kuzatayotgan yigit og'ir xo'rsindi.
Allaqachon shirakayf bo'lib qolgan Taehyung o'zini anglay olmayotgan edi.Yaqinida raqsga tushayotgan qizga borib surkalgan yigit u bilan jirkanch ishlarni amalga oshira boshladi. Qiz ham Yigitni tushungandek U kabi Harakat qilar ekan, allaqachon Klub aurasini ehtiros qoplagan edi. Taehyungni sabri oxiriga yetar ekan qizning qulog'i tagida shivirladi.
β Qizaloq bir tuningni hadya etasanmi.? ~ Qizning qulog'lariga lablarini botirgan yigit ehtiros aralash
β Faqat Bugun emas ~ qiz ham Yigit kabi uning qulog'iga shivirladi.
β Nega ~ yigit qizning ko'zlariga boqdi.
β Sababi Do'stingiz bilan bu yerdan ketishingiz kerak ~ qiz oxirgi marta Yigitni lablaridan so'rib tortgancha raqs maydonini tark etdi.
Meni do'stim.? Yon tomonimga qarar ekanman, Jungkook allaqachon mening qarshimda. hozir yiqilib tushaman menimcha, lan'ati juda ko'p ichib yubordim. Jungkook meni Sudrab klubdan olib chiqar ekan, Telba kabi Hayotdan zavqlangan bo'ldim. Jin Ursin boyagi qiz.!. U ham boshqalar singari o'z tanasini sotadigan arzon qo'g'irchoq edi.Meni mashinaning ichiga joylayotgan Jungkookga qarar ekanman. Ko'zlarim yumula boshladi. Shi*t Bu aqldan oziruvchi ichimlikni qayerdan ham ichdim o'zi. Hattoki o'zim kim ekanligimni bilmaydigan darajada mastman...
Ochiq deraza pardalari shamoldan majolsiz hilpirar ekan, Quyosh nurlari sekin astalik ila xona ichiga issiq haroratni olib kirdi va Yotoqda yotgan kichik jussa egasini ham o'zining nurlardan chetda qoldirmadi , pishillab uxlayotgan qizning yuziga issiq Nurlar tegishi bilan, Bundan g'ashi kelgancha Hafsala ila ko'zlarini g'ira shira ochdi. Biroz muddat hech narsani anglay olmay uyqusi o'chmagan qiz Bugun Universitetga borish kerak ekanligini anglagancha o'rnidan bir zumda turib ketdi. Apil Tapil Xonaga biriktirilgan va bir eshik Ajratib turgan yuvinish xonasiga chopgan qiz bir zumda Yotoqxonadna g'oyib bo'ldi.Biroz vaqt o'tgach xonaga Qaytgan qiz Tezda Garderobli xonasiga yo'l oldi. Har doim kiyim tanlay olmay xunob bo'ladigan qiz bu safar qo'liga ilingan kiyimni kiygancha, U yerdan chiqdi. Toshoyna qarshisida Sochlarini turmaklashni afzal ko'rmagan qiz vaqtni tejash uchun ham beliga keladigan sochkarini yoyib qo'ya oldi. Bir muddatda bo'yniga atir Sepmoqchi bo'lgam qiz to'xtab qoldi.
Bu xato. Mendan har doim Oyimning ifori taralib turishini xohlayman, Shu sababdan bunaqa qila olmayman. Allaqachon Skripka Va Chizish uchun kattagina listlarimni olgancha Kecha Yarim tun bitkazgan sur'atni ham xonada qoldirmadim. Anchagina uxlaganga o'xshayman soatni ko'rib ko'zim favqulodda kengaydi. Tezda zinalardan pastlar ekanman, qarshimda polda Yotgan Amakivachcham Xanani ko'rib Hayratdan qotib qoldim.
β Xana Bu nima ahvol ~ Uni tirg'azmoqchi bo'lar ekanman, qo'limdan kelmadi
β Imxx Kimsan.? ~ Hali ham o'zini anglay olmayotgan amakivachcham Ko'zlarini Hatto ocha olmayapti
β Jin Ursin Xana Bu alkagolmi? ~ Men unga qaradim, Ammo U hatto pinagini ham buzmayotganligi jaxlimni chiqaryapti
β O'rningdan Tur Ahmoq ~ Men uni turg'izar ekanman, garchi 2 yosh mendan katta bo'lsa ham, men unga qo'pol munosabatda bo'ldim. U bunga arzirdi. Allaqachon Amakimni ado qilib yubordi bu qiz.
β Quyib Yubor Hei ~ Qiz G'ingshigancha qizdan qo'llarini yulib oldi. Biroz qo'pol harakat va Hei Yerga o'tirib qoldi.
Bu qiz aniq aqldan ozgan, Ehh Shu yetmay turgandi Uni xonasiga amallab yetkazgancha, Tezda Qo'rg'onni tark etdim. Qo'limdagi soatni ko'rgani vaqtim Aniq bu safar ko'zim chiqib ketdi. Qanaqasiga allaqachon darsim boshlandi axir. Katta yo'ldan Yugurib o'tmoqchi bo'lar ekanman, Bir On Chap tomonimdan Mashina signali va qattiq tormoz bosilgandan butun yo'lda yoqimsiz mashinaning chiyillashi hosil bo'ldi. Qulog'imni yopgancha yerda o'tirib qolar ekanman, hech narsani anglay olmayapman. Hafsala va Jaxl ila Mashinadan tushgan yigit qiz tomon yurib keldi.
β Ahmoqmisan.? Ko'zingga qarasang bo'lmasmidi. ~ Yigit qizning tepasiga kelib gapira boshladi.
Zumda Ko'zimni ochar ekanman, Qarshimdagi katta oyoqlarni ko'rgancha, yuqoriga qaradim. Bu yigit buncha kelishgan, ammo Uning Buzuqi gaplari menga yoqmadi. Nima Men Ahmoqmanmi.?
β Kechirasiz-u Siz ko'zingizga qarasangiz bo'lmasmidi.? Svetafor allaqachon Qizil chiroqni. Ko'rsatyapti Janob ~ Meni yuragim biroz qo'rquvdan dukillab urmoqda.
β Tushunarli, Men shoshayotgandim ammo ataylab O'zingni mashina tagiga otmasang ham, So'raganingda pul berardim ~ Bu aytilgan har bir so'z yuragimni o'yib yubordi. Ko'zlarimdan yosh miltillay boshladi. U meni kimga o'xshatdi. Gadoy.? Yoki Tilanchi.?
β Meni Kimga qiyoslayapsiz Men Siz bilgan qizlardaka emasman ~ qizning alam aralash qichqirig'i butun katta yo'lda jarang sochdi.
Men ko'zlarimdagi tomchi yoshlarni Ko'rsatmasligim uchun Pastga o'tirdim va Qulog'imni berkitob olganimda qullarimdna tushib ketgan oppoq listlarni yig'a boshladim.
Bu qiz Nima Shu gapimga yig'layaptimi.? Nima shunchalik yomon so'z aytdimmi. Axx Jin Ursin klubdagi qizlar bilan bo'lib qizlarga qanaqa munosabat qilishni ham unutib qo'ydimmi.
Kaftimga Tutqazgan listlarni ushkar ekanman, beixtiyor qarshimda men qatori Cho'kkalagan yigitga qaragancha qotib qoldim.
Bu qiz boya ham shunchalik chiroyli edimi.? Hech bir qizda bunaqa Ko'zlarni ko'rmagan edim. Hali erkak qo'li tegmagan bu hilqat juda nozik edi.
Bir On hayollarimni yig'gancha Listlar orasiga oq varoqlarni qushdim va O'rnimdan turdim. Unga hech nima demadim. Sababi Bu yigit Meni kamsitdi. Yo'limni davom etmoqchi bo'lar ekanman, kaftimdan tutgan baquvvat Qo'llardan seskanib ketdim.
Nega bilmadim. Ammo bu qiz ketishini xohlamayman hech bo'lmaganda undan kechirim so'rashim kerak edi. Ammo g'ururim va aqlim bundan ustun kelgancha unga O'qrayib qaradim
β Keyingi safar ko'zingga qarab yur qizaloq ~ men unga tahdidona tishlarim orasida shivirladim.
β To'nka ~ Men bu Bahaybat yigitga qaragancha Qichqirdim va qo'llarimni undan tortib oldim.
Allaqachon kichik jussa uzoqlashayotgan Tomondan ko'zini uzmagan yigitning hayollari allaqachon Qizning So'ngi so'zlarida edi " To'nka".
Boshimni silkitgancha o'zimga kelib olib, mashinam tomon yurdim. Ammo g'ildirak tagidagi qora tusdagi Rasm meni o'ziga jalb etdi. Bu Nima Qanday rasm o'zi.?
Rasmga sinchiklab qarar ekanman, Uning Pastki chetida Bir necha yozuvlar bor edi
β Ren Heilin ~ Yigit Sekin shivirlar ekan Bir zum Yig'loqi va qo'rs qizni eslagancha Lab chetida jilmayib quydi.Birozdan so'ng Yigitga qo'ng'iroq bo'lar ekan shimining cho'ntagidan Telefon chiqargan yigit, Chuqur nafas oldi. Telefonni ko'tarar ekan U tomondan baqiriq jaxl aralash ovoz keldi.
β Espasd Taehyung hali ham Uxlayapsanmi.?
β Hozir komponiyaga yetib boraman Jungkook ~ yigitni jaxl aralash ovozini eshitishni xohlamagan yigit Go'shakni quyib qo'ydi. So'ng o'zini qatdini tiklagan yigit Rasmni Orqa o'rindiqga joyladi. Va O'zi mashina roliga o'tirgancha bu yerni tark etdi. Mashina ortidan esa Qora tutun va benzin aralash hid qoldi.
Allaqachon Oyna qarshisida nafis chayqalayotgan kichik tana, Xona harorati sabab qizib ketgan edi. So'ngi harakat va Qiz yerga Ohista oqqush kabi qo'ndi.
β Barakalla ~ xonadan Ayolning biroz qarsak aralash ovozi shivirladi.
Ayolning gapi yetarlidek Yerga zarb bilan qulagan kichik tana Majolsiz nafas ola boshladi.
β Endi biroz Dam ol, keyin Ballerina darslaringga Universitetga borasan. ~ ayol hech narsa bo'lmagandek xonani tark etishdan oldin qiziga qaramasdan beparvo so'zladi va xonani tark etdi.
Xona Haroratiga qorishib ketayotgan issiq nafas va tana Allaqachon juda charchagan edi. Ammo dam olish imkonsiz. Qiz inqillab tanasini kutargancha Bu qorong'u xonani tark etdi.
Bir zumda tayyor bo'lgan qiz Raqs tushush uchun yengil va qulay kiyimlarni oldi va Qo'rg'on eshiklaridan chiqgancha Oxirgi rusumli mashinada haydovchi ochib bergan eshikdan mashinaga joylashgancha qo'rg'onni tark etdi.
Universitet darvozalaridan ichkariga kirgan qiz bu yerda ham Ozmuncha harakat qilmasligini anglagancha chuqur nafas oldi va Qadamlarini tezlatdi. Dars boshlanishiga yetib kelgan qiz partalar oralab o'zining joyini egalladi. Allaqachon sinfga ustoz kirib kelar ekan Hamma Jimib ustozning maruzasini tinglay boshladi. Kecha kechqurundan ertalabgacha raqs sabab uxlay olmagan qiz juda charchagan oyoq qo'llari esa og'rigan edi.
Kiprik tolalarim o'zimga og'irlik qilayotganligini his etdim va Majolsiz ko'zlarimni yumdim. Ammo oradan qancha vaqt o'tganligini bilmadim.Qulog'imni qomatga keltirgan ovozdan Joyimdan seskangancha turdim. Ha Bu ustozimizning kattakon bolalarni urush uchun olib yuradigan lelinkasi edi. U partaga kelib tushganida boshimga kelgandek og'riq berdi axir.
β Kim Minhi Nega darsda uxlayapsiz ~ qariroq ustozimni zaharxanda ovozlari qulog'imni tobora qomatga keltiryapti
β Kechiring ustoz boshqa qaytarilmaydi. ~ Men ustozimga sekin shivirladim.
β Albatta bu Axloqsizlik boshqa takrorlanmaydi aks holda jazo olasiz. ~ Mendan ancha uzoqlashgan ustozimni ko'rgancha Hafsalam pir bo'ldi. Biroz o'yga tolar ekanman, bundan leyingi darsimiz amaliy ekanligini bildim va Yanada qattiq xo'rsindim.Uydagi shunchasi yetmaganidek Yana Raqs tushaman.
Allaqachon darslar Tugaganligini anglatuvchi Qo'ng'iroq bo'ldi. Oyoqlarimni sezmayapman. Asta sekin Universitet binosidan chiqdim. Bugun Heini ko'rishga bormoqchi ekanligimni angladim-u Unga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldim
Bir necha qo'ng'iroq va telefon xizmat doirasidan tashqarida beraverdi. Oxiri hafsalam pir bo'ldi. Agar bu ahmoq qiz ertaroq bunaqa qilishini bilganimda edi, haydovchiga meni olib ketishini bekor qilmagan bo'lardim. Oyog'im og'rigancha avtobus bekatiga sudraldim. Quyosh botayapti, Ammo haligacha uyimga yetmadim. Bir soatdan beri odamlar orasida Tiqilib diqqinafas bo'la boshladim. Vanihoyat o'zimizni qo'rg'onimizga keldim. Nima bo'lsa ham soat vaqtidan oshib ketdi. Yana Oyimdan jazo olishimni bilgancha uyga kirdim.Xonamga ko'tarilmoqchi bo'lar ekanman, Mehmonxonadan turli ovozlar jaranglay boshladi. Zinaning ilk Joyida to'xtab qoldim. Ammo bu menga qiziq emasdek tuyildi shu sabab Birinma ketin yura boshladim ammo Zalda oyimning ovozi yangradi
β Ana mening jajji Qizim ham yetib kelibdi ~ men ortimga o'girilar ekanman, Oyim tengi ayol erkak, va Yoshroq yigitni ko'rdim.
β Tanishing Bu meni qizim Minhi ~ nima deyishni bilmay turgandim ammo oyim meni yoniga imladi va kichik qadamlar bilan notanish odamlar qarshisiga kelib to'xtadim.
β Annyeong Hoseyo ~ kichik Ta'zim ila ularga qaradim.
β Qizingiz chiroyli ekan Kim xonim~ Biroz yoshi kattaroq amakining gaplaridan biroz hadik siradim.
β Ammo o'g'lim ham chakki emas ~ uning yonidagi ayol ham gapga aralashdi. Hech narsani tushunmas ekanman, qarshimda turgan yigitning ovozi Meni navbatida qo'rqitib yubordi.
β Men To'yga roziman, Kim xonim qizingiz menga yoqdi. ~ qotib qoldim. Nima qilishimni bilmayapman. Miyyam hozirgi gaplarni tahlil qila olishga ojiz. Birinchi marotaba qarshimdagi Yigitning yuziga tik qaradim. Yo'q. Bu yuz mukammal va kelishgan bo'lsa ham uning ortida boshqa sir va shaxvat bor edi.