January 9

Like Crazy

Meni Uyg'otma. Bu Sevgi ichida Telba kabi yonishni xohlayman.

Chapter-1

Tun-bu zulmat...
Butun Seoul Ko'chalari Zulmat og'ushiga chumgan. Har bir yo'lak va burchak qorong'ulikga singib ketgan. Zulmat quchoqlagan bu tunning og'irligi Nafasni siqadi. Qizning har bir tez qadami no'malumlik domiga olib boradi. Uning ortidan kelayotganlarning katta qadamlar xavf bilan to'lgandir.
Qiz bir zum Harakatdan to'xtab chuqur nafas oldi va Kuchi boricha yugurib ketdi.
Uning ortidan kelayotgan begonalar ham tez harakat qila boshladi.

Qiz hzir hayollarida faqat Bezorilardan qutulishni uylar ekan katta muyulish ko'chasiga chiqganligini anglamadi. Natijada esa uni uzoqdan kelayotgan Qora mashina chirpirak qildi.

Qiz bir zumda yerga quladi va og'riqdan yuzini burishtirgancha, Asabiy So'kindi.

~Shi*t Ming lan*at

Mashinadan Qorog'ulikga hamohang kiyingan yigit chiqdi. So'ng Ilk ko'zi bir nechta narsalar va sumkani yoyilib yerda yotganligini ko'rdi Keyingi damda esa Yerda bukchayganch asabiy so'kinayotgan qizni ko'rib yoniga kelib engashgancha

~Ko'zingga qarab yursang bo'lmaydimi

Qizga shundoq ham muammolari yetarli edi. Ammo yigitning qo'pol muomalasidan birma-bir asab tolalari uzula boshladi

~Jin ursin.! Mashinani eplasang hayda

Qiz qo'pol tarzda yigitga vishillar ekan, Yigit Kepka sabab qizning yuzini va ko'zlarini ko'rmayotgan edi. Ammo tanish ovozdan Qizning kepkasini yulib oldi.

Qiz yigitga qaramasdan baqirib yubordi

~Jin ursin Nega unday qilasan

Qiz yigitga qarar ekan. Uning qarshisida engashgancha turgan o'ziga tanish odamni ko'rib qotib qoldi

Yigit ham qizning ilk moviy ko'zlarini ko'rar ekan, O'ziga qadrli insonni ko'rib, Jimib qoldi.

Bir zum hayollarini yo'qotgan qiz, O'zini anglab o'rnidan yuzini burishtirgancha turdi.

Yigit ham o'rnidan turar ekan,
Qiz Yigitning qo'llaridagi kepkani yulib oldi va yana engashgancha sumkasini olib og'riq sabab sekin Yurib keta boshladi.

Yigit ham o'ziga kelar ekan, Baquvvat qo'llari yordamida Qizning nozik qo'llaridan tutib qoldi.

Qiz bir zum ortga qarar ekan,
Ortda O'ziga tanish bo'lgan ko'zlar bilan to'qnashdi.
Qiz jim qolar ekan, Yigit ham nima deyishni bilmasdan

~Oyog'ing yomon jarohatlanmadimi.?. Shifoxonaga boramizmi

Qiz jim qolgancha yana o'sha qo'rs ohangda

~Kerak emas

Qiz qo'lini yigitni qo'llaridan yulib olar ekan, Oldinga qarab intildi.

~Mendan xafamisan.

Qiz yurishdan sekin to'xtar ekan Yigitni gaplarini tinglab, Ko'zlariga alam tiqilib, Ko'zlarini pir-piratgancha o'zini qo'lga olib ortga ugirilmasdan yana sovuq ohangda

~Sen men uchun xafa bo'lishga arzimaysan.

Qiz shunday degancha Bu yerni tark etdi. U qorong'ulikga singib ketgach yigit ham u yerni tark etdi.

Biroz muddatdan so'ng Katta harflar bilan "Markaziy Shifoxona" Atalmish katta bino oldida to'xtagan qiz. Bir zum tin olgancha Eshik tomon yurdi.

Bir necha haftadan buyon tanish bo'lib qolgan Eshiklardan kirib, o'zi xohlagan Palata yoniga kelgan qiz, Qo'llarini eshik tutqichiga olib bordi. Ammo ochmasdan oldin chuqur xo'rsingancha Soxta tabassum qildi va ichkariga olg'a intildi.

Eshikdan kirgan qiz, Deraza qarshisida Hayollar og'ushida qolgan ayolni ko'rib tabassumini so'ndirmagan holda Sekin Ayolning ortidan quchib oldi.

Allaqachon ortidan kelib quchgan qo'llar egasi kim ekanligini payqagan ayol yuziga tabassum olgancha shivirladi

~Miran Qizalog'im

~Keldim Oyijonim..

Han Chonra

Ayol Sekin ortga ugirilib, Qizni quchib oldi.
Qiz ham Oyisining quchog'iga singib ketar ekan, Bir on Dunyo tashvishlarini unutdi. Ammo baxtga qarshi bir muncha vaqt o'tgach xonaga hamshira kirib keldi va

~Bu yerda Nima qilayapsiz, bemorni ortiqcha o'rintirish mumkin emas

Qiz sekin oyisidan ajralgancha,

~Ha men hozir chiqib ketaman

~Yaxshi bo'lardi Men bemorga muolajalarni boshlamoqchiman

Qiz bosh silkidi so'ng onasiga nim tabassum qilgancha shivirladi

~Men qaytaman, Birozdan so'ng

Qiz palatadan chiqib eshikni yopdi va yuzidagi soxta tabassumni so'ndirib, O'sha reaksiyasiz odamga aylandi. U Eshik yonidagi urindiqga o'tirgancha, Bugungi bo'lgan ishlarni tahlil qila boshladi. Qiz biroz charchaganligi sabab ham Ko'zlarini zum yumdi va oyog'idagi og'riq sabab yuzi burishib ketdi.
Qizning dam olishi uzoqga cho'zilmadi. Uning qarshisiga kelib to'xtagan odam uni sergak tortishiga sabab bo'ldi.

~Siz Han Chonraning qizi, Han Miranmisiz

Qiz begona ovozdan urindiqdan turar ekan, yoshi ancha katta,bu odamni Ko'rinishidan Shifokor ekanligini payqagan qiz

~Ha Men Han Chonraning Qiziman, Oyimga ruxsat bermoqchimisiz.

Shifokor Boshini "Yo'q" ishorasi bilan silkitar ekan

~Men bilan yur

Shifokor katta qadamlar bilan oldinlar ekan, Qiz ham oqsoqlangancha, uning ortidan ergashdi.
Avval Shifokor so'ng esa Miran xona ichiga kirar ekan, Xona biroz keng va shinam ekanligi bilinib turar edi.
Shifokor sekin urindiqga joylashar ekan, Qizga ham utir ishorasini qildi. Qiz ham urindiqga joylashar ekan, Ko'zaynagini yechgan shifokor chuqur xo'rsindi

~Qizim, Oying qanday kasallikga yo'liqganligini bilasanmi

~Oyimning aytishicha bu Shamollash edi.

~Koshki edi.Ammo bu shamollash emas.

Shifokorning ko'zlariga ma'noli tikilgan qiz

~Ya'ni

~Qizim Oyingda Ebola kasalligi aniqlandi.

Qiz bir zum jim qoldi.U Kasallik haqida bilmas ekam, ichini bir necha qayg'ular tirnay boshladi.

~Biroz tushunarli tarzda ayting, qanday kasallik haqida gapiryapsiz.

~Ebolaning bosh ko'rsatkichlari ham Shamollash va gripp singari. Alomatlari bosh og'rig'i, Mushak og'rig'i, Diareya . Ammo Ebolaning oddiy kasalliklaridan farqi. Uning oxiri o'lim.

Qiz jim Shifokorning gaplarini tinglar ekan, Oxirgi gaplarni miyyasi Tahlil qila olmay qoldi.

~Bu bilan nima demoqchisiz,..
Oyim....

Qiz gapini oxiriga yetkaza olmay qoldi.

~Ebola kasalligi Alomatlarining boshi ham jiddiy emas. Ammo bemorda keyinchalik ichki qon ketishi boshlanadi.Afsuski Oyingizning yuragi kasallik bilan kurashish uchun juda zaif. Ebolaning o'lim havfi 50% dan 90% gacha haq. Oyingizning operatsiya yordamida faqat Umrini uzaytira olishimiz va o'lim havfini kamaytirishimiz mumkin.Ammo Ebola virusida Ichki qon ketishi va qonash (gemorragik) To'xtamaydi.

Doktorni gaplarini birma-bir tahlil qilayotgan qiz,Allaqachon azobdan Stul tagida turgan bir qo'lini tirnab qonatgan edi.
Qiz shifokorga qancha kuchli ekanligini ko'rsatsa ham, Afsuski. Ichki dunyosi butunlay qulab bo'lgan edi.
Bilasizmi nima Jismoniy og'riq bo'lsa yig'laymiz, Ammo yurak Yolg'onchi. Yurak og'risa ham Jim turadi.
Qizning tomog'iga nimadir tiqilib achisha boshladi. Ha bu Og'riq edi. Qalb og'rig'i.

U eshikdan sadosiz chiqib ketdi. Qiz o'ziga tanish palataning eshik tutqichini tutar ekan. Ammo qo'rqdi, Hayotida yagona Suyanchini yo'qotishini uylagan qiz jimib qoldi.
Biroz avval Urindiqda qoldirgan sumkasini olgancha Butunlay kasalxonani tark etgan qiz. O'ziga tanish bo'lgan Xaroba ko'chalardan o'tib oyog'i oqsoqlangancha bir kichik uy yoniga keldi.

Aslida ham bu yerni Uy deya bo'lmas edi. Eski 3 xona xolos. Kamiga bu yer ijara ham.

Qiz sekin Sumkasidan uyini kalitini olgancha, Eshik tutqichiga yunaltirdi. Biroq qaltirayotgan qo'llari qizga pand berdi. Buning natijasida esa Kalit yerga tushib ketdi.Qiz yerdan kalitni olish uchun cho'kkalar ekan bir muddat jimib qoldi. So'ng o'zini qo'lga olgancha, urnidan turdi va kuchsiz holda tutqichga kalitni olib bordi. Kalit yana yerga talpinar ekan, Qiz sekin engashdi. Bir zum Sukunatni qizning qichqirig'i qoplab oldi. Qiz alam bilan qichqirib yuborar ekan, Qo'lini yerga alam bilan ura boshladi.
Shu vaqtda Dardlari yig'ilib chiqganligi sabab qizning o'pkasi tulib yig'lardi. U hayotida bo'layotgan barcha ishlarda o'zini ayblay boshladi.

Pov Miran
Nega... Nega vaqtida Sizning ko'zlaringizga uzoqroq termulmadim.?. Siz gapirgan so'zlarning har bir harfini chuqur his qilmaganim uchun o'zimni kechira olmayman.
Kechiring... Kechiring Oyijon Vaqtida Sizni sevmadim. Faqat o'zimning muammolarim haqida qayg'urdim. Mendek qiz bo'lgandan bo'lmagani yaxshi edi. Yuragim yonayapti shunchalik yonayaptiki, Muzlata olmayapman. Oyi....

Erta Tong.

Bugun erta tongdan Butun kuni uchun rejalar tuzgan qiz, Faqat yaxshi ish qidirmoqchi bo'ldi.

U sekin muzlatgichni ochar ekan, Har doimgidek muzlatgichda hech narsa yo'qligidan xo'rsinib, muzlatgichni yopgancha, Sumkasiga kerakli narsalarni yig'ib sola boshladi.
U ishini tugatmasdan telefoni jiringlay boshladi. Qiz telefon ekranida begona raqamlarni ko'rar ekan, qo'ng'iroqni e'tiborsiz qoldirdi. Ammo 2-marotaba qo'ng'iroq Qizni e'tiborsiz qoldirmadi va Telefonni go'shagini ko'tardi

~Eshitaman.

~Han Miran, Salom Men Ustozing Lee Minh Wanman.

Qiz biroz dovdirar ekan

~A ustoz. Salom Yaxshimisiz

~Rahmat O'zing Tuzukmisan

~Ha yaxshiman

~Miran, Maktabga kelasanmi Yoki uyingga biz va maktab ma'muriyati borsinmi.? Bitiruvchi sinfsan, Baholaring pasayib ketgan

~Yo'q. Aslo ustoz Men bugunoq maktabga boraman

~Aqlli qizaloq

Aloqa tugar ekan, Butun kun uchun Rejalari chippakga chiqganidan asab tolalari uzilgan qiz, asabiy so'kindi

~Jin Ursin.!

Birozdan so'ng Maktab formasini kiygan qiz, Kechagi avtahalokat asorati sabab qolgan, Oyoqdagi va Qo'llaridagi jarohatini bent yordamida bog'lab, Uyini tark etdi.

Hamma qatori O'rtacha oilalar uchun yaratilgan maktabga kelgan qiz, Jimlik bilan Hissiz Maktab eshiklaridan kirdi.
U Sinfga kirar ekan, Uni anchadan buyon ko'rmagan tengdoshlari Mirandan ko'zini uzaolmay qoldi.

Qiz ularga e'tibor bermasdan, Shunchaki deraza yonidagi oxirgi partaga kelib, joylashdi so'ng boshini partaga quygancha ko'zlarini yumdi.

Birozdan keyin Darsga Kiruvchi qo'ng'iroq chalinar ekan, Hamma joyiga o'rnashgancha, Jim qoldi.

Sinfga Ustoz Lee Minhwan va Uning ortidan Ko'rkam Yigit kirib kelar ekan, Hammaning diqqat e'tibori Unda edi. Rostan ham Mukammal tanaga ega bo'lgan yigitni Yuzi ham Juda mukammal edi.

Ustoz va Kelishgan Yigit sinfxona markaziga keldi.

Hamma Hurmat Yuzasidan o'rnidan turdi. Bir kishidan boshqa.

~Bolalar Hayrli Tong

~Sizga Ham Ustoz Lee

~Yaxshi.. Ha aytgancha Biologiya O'qituvchingizning sog'lig'ida bir necha muammolar kuzatilganligi sabab, Vazirlik Tomonidan Yangi o'qituvchi yuborildi. U ham Biologiya ustoz va Psixologik ham.

Ustoz Lee Yoshroq Yigitga qaragancha o'zini tanishtirishini Ruxsat etdi.Va O'zi xonadan chiqib ketdi.

Hammaning diqqati Sinf Markazida turgan Yosh o'qituvchiga qaratilar ekan, Biroz sukutdan so'ng uning mayin va yoqimli ammo qat'iyatli ovozi Yangradi.

~Mening Ismim Park Jimin. Men Sizga Biologiya fanidan ta' lim beraman. Shuni aytishim lozimki, Psixologik ishlar bo'yicha muammo bo'lsa ham menga murojaat qilishingiz mumkin.

Park Jimin

Yigit Sekin hammaga ko'z yugurtirgancha, Sinf xonaga kirgan vaqtidan, Hech kimga e'tibor va hurmat ko'rsatmagan, Qizga butun diqqatini qaratdi.

~Deraza yonidagi oxirgi parta.

Yigit gapirar ekan, Qizning bunday o'tirganligini ko'zlari yordamida skaner qila boshladi.

Miranning boshqa sinfdoshlari ustoz nima haqida gapirayotganligini tushungan holda, Yonida partadagi Miranning qiz sinfdoshi Uni turtdi.

Miran biroz, mizg'ib qolganligi sabab, gap nima haqida ekanligini anglamadi.

~Seni Ustoz Park so'rayapti

Miran o'zini o'nglab, o'rindiqdan turgancha, partadam chiqdi.

Ammo pastga qarab turganligi sabab, hech kim uning yuzini, u esa hech kimning yuzini ko'rmayotgan edi

Jimin uni yuzini ko'rish uchun u tomon kela boshladi.Qiz qadamlardan kimdir unga yaqin kelayotganligini his etdi va Tezda yuzini ko'tardi.

Han Miran
Jiddiy

Yigit bir zum joyida to'xtadi. Jimin qizni boshdan oyoq skaner qila boshladi. Dunyo to'xtadi. Jimin psixolog bo'lganligi sabab, ham Qizning ko'zlarini kamyob ko'rdi.
Miran Ustoz Parkning qarashlariga, ikki qoshini uyushtirgancha savol tarzda qaradi.

~Ustoz nimadir bo'ldimi.

~Yo'q. Nega Darsda uxlayapsan

~Men.. Uxlamayapman, Shunchaki ko'zim yumuldi.

~Chalg'itishga usta ekansan

~Bu nima deganingiz, Ustoz

Qiz qoshlarini o'ygancha, gapirar ekan,

~Isming nima

~Han Miran.

~Miran.

Jimin qizning so'zini takrorlar ekan, ortga qadam tashladi va O'qituvchilar uchun ajratilgan Kresloga kelib utirdi.

Jimin o'zini bosgancha, Miranga yana bir bor qaradi.

~Xo'sh Miran xonim, Betkachoparlikda tengi yo'q ekansiz, Biologiyani. Ham qoyillata olasizmi

~Menga biologiya yoqmaydi, O'qishga majbur emasman.

~Seni betkachopar desam, Qo'pollikda ham tenging yo'q ekan-ku

Qarshimda turgan yigitga tikildim, Jin ursin nimani xohlayapti bu mendan, Ataylab quyishqondan chiqarmoqchimi, Ming lan'at asab tolalarim chirt uzulganligini his qilayapman.

Men hissiz unga boqgancha yelkamga sumkamni osib, Bu yerni ya'ni sinfxonani tark etdim. Tan olaman kerakligicha asabim buzuldi.
Menga maktab ham boshqasi ham kk emas.
Maktabni tark etdim. Butun kunim faqat " ish qidirish" degan so'z va fikrlar bilan o'tib bormoqda. Tayinli ish topganim yo'q. Oyimni ham ko'rgani bormadim. Jin ursin oyog'im og'riyapti. Qo'llarim achishyapti....
Tanam uvishib ketayapti, Yura olmay qoldim. Bir Daraxt yoniga kelib, To'xtab Daraxtga suyanib qoldim.....
Birozdan so'ng qarshimda turgan binoning, Oynasidan reklama va ish uchun takliflarni ko'rdim. U yerga borar ekanman, bu yerda bir necha ish joylari borligini ko'rgandim. U yerdagi menga eng ma'quli esa uncha uzoq bo'lmagan joy edi. Bir necha ko'chadan so'ng aynan manzilga yetib keldim. Oynada aksimni ko'rar ekanman.. Menimcha bu aks qaytaruvchi oynaning ichi ko'rinmas, Ammo aks ko'rinardi. Umuman olganda ko'chadan utayotgan hammaning aksi bu Binoda ko'rinardi. Menimcha bu
Katta Mehmonxonaga o'xshaydi. Uning hamma joyi qora stilda edi. Bu yerdan Odam hayiqishi shubhasiz.
Bilmadim, Ammo negadir shu yerga kirdim. Yuragim shu joyga tortdi. O'ylab qarasam bu yerning ilk kirgan joyim ya'ni 1-qavati bu Restoran kabi edi. Payqashimcha bu yer katta Mehmonxona edi. Pastki qismi mehmonlar uchun restoran edi shekilli

_Mehmonxona

Nimaga bu yerga kelganligimni angladim. Bu yer. Uniki, Aynan uning mehmonxonasi.Men bu yerdan chiqib ketmoqchi bo'lar ekanman. ko'zim bir chetdagi stul va stollarda U va Bir qizni ko'rdim.

Bir muddat nafas ola olmay qoldim. Menga nima bo'layotganligini tushunmay qoldim. Bu ko'z yosh edimi. Ko'zimdan ko'z yoshlar chiqayapti. Yo'q men undan qilmasligim kk. Men ojiz qizaloq emasman. U qizga qanchalik kulib qarasa Dunyoyim qulamoqda.Ammo u kechagi ishidan umuman afsusda emas. Mening oyog'im og'rimoqda. Unga ahamiyatsizmi. Ko'zimdagi ko'z yoshlarini qo'limga singdirib yubordim. U qizga jilmayar ekan, Bur muddat qotib qoldim. Ammo uning ko'zlari menga qadalar ekan, Jimib qoldi.Men uni o'rnidan turganligini ko'rar ekanman. Tezda bu yerni tark etishim kerakligini angladim. Oqsoqlangan alfozda bu yerdan chiqar ekanman, bilagimdan tutgan baquvvat qo'llar harakatimni cheklaganligini his etdim.

, Sehun

Biroz muddatda qo'limdagi baquvvat kaftlardan Seskanib ketar ekanman. Qarshimda yana o'sha nusxani ko'rdim Miyamda uning Boyagi qilgan ishi aylanar ekan asabim buzuldi.
Qiz tezda Qo'lini Sehundan yulib olmoqchi bo'lar ekan, Yigit qizning qo'llarini qo'yib yubormadi.

~Qo'yib Yubor.

Men Unga alam bn qarar ekanman, Ko'zimdagi tomchilar yuzimni yuvmasligini iltijo qilar edim.

~Boyagi bo'lgan voqea, Ya'ni o'sha qiz...

Uning gaplarini oxiriga yetmasidan

~Menga nima.?

~Miran

~Farqi yo'q. Menga desa o'sha qiz bilan Tuningni ham o'tkaz Ahamiyatsiz

Uning baquvvat qo'llaridan chiqmoqchi bo'lib tirishar ekanman.Meni quchib olgan qo'llarni his etib Jimib qoldim.

Yigit hech ikkilanishsiz, qizni
bag'riga tortdi. Sehun Miranni quchar ekan, Butun dunyoni unutgan qiz, Tezda Sehundan siltanib chiqdi va yuziga bir tarsaki tushirdi

~Ahloqsiz.!

~Aslo. Alslo meni Ahloqsiz deya ko'rma, Singiljon.

~Iflos.!

Qiz shunday degancha, Ketar ekan, Sehun ham uning ortidan yurmoqchi bo'ldi. Ammo Uzoqdan o'ziga tanish odamni ovozini eshitgancha,Mehmonxonaga qaytishga majbur bo'ldi.

Qiz yo'lda ketar ekan, Yig'lamaslik uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilar, ba'zida bir qo'li yordamida boshqa qo'liga azob berib, Bularni o'ylamaslikga turishardi.

Kun bo'yi hech narsa qila olmadim. Ish ham topmadim. Endi nima qilaman. Menga pul kerak ...Oyoqlarim yo'lini ham o' zgartirar ekanman
Yana o'sha zulmat bosgan yo'llardan yura boshladim,Ortimdan kelayotgan oyoq tovushlari esa bora-bora tezlashmoqda.
Ortimga qaradim. Hech kim yo'q edi. Jin Ursin It topmas yerlarda yurmasligim kk edi. Ming lan'at yetmaganiga chap oyog'im ham cho'loq. Bir zum Joyimdan jilmadim.Sekin sumkamdan har doim olib yuradigan kichik pichoqimni chiqardim. Oyoq tovushlari yonimga kelgach to'xtar ekan, Ortimga bor kuchim bn o'girilib, Pichoqimni unga tiradim.

Tan olaman. Ba' zida Tilim o'zimga qarshi ishlaydi. Qarshimdagilar esa tilim sababchi orttirgan bir muncha dushmanlarim edi.

~Kecha qutilib qolgan eding azizam, Bugun esa Ilojing yo'q.

Qizga qarab yovuzona iljaygan yigit, Sekin bir qadam qizga yaqinlashmasdan bug'zidan pichoq tiraldi.

~Ooo Qaraya Tan beraman, Jonginam, Tengsizsan

Qizning jarohat olgan oyog'idan, chalgan boshqa yigit

~Ammo, Unutmaki Ba'zida mana shu tengsizliging Seni Kul kabi yondiradi.

Qiz oyog'idagi og'riq bilan kurashar ekan, Uni kuzatib turgan ikki yigitlarning yuzida jirkanch kulgu edi.
Birinchi yigit kelib, qizning bo'yicha egilgan yigit qizning sochlaridan changallar ekan, qizning moviy ko'zlariga qaragancha,

~Balki Bir Tun evaziga seni kechirarmiz.Sen bizni..

Yigitning gaplari oxiriga yetmas ekan, Qiz uning nozik joyiga o'ng oyog'i yordamida zarba berdi. Nozik nuqtasidan olgan zarbasiga chiday olmagan yigit, Baqirib yubordi

~Voy manjal*qi

Ikkinchi yigit qizga yaqin kelar ekan, Qiz Yigitni yuziga zarb tushurgancha, Qon sizib chiqayotgan oyog'ining og'rig'i sabab yerga utirib qoldi.

Oyog'imdagi og'riq shunchaki azob beryaptiki, hech narsani his etmay qoldim, Nafasimni rostlamasdan ustimga bostirib kelgan yigitga chap bera olmay qoldim.

Qizning ustiga chiqgan yigit, Qizning ko'zlariga pichoq tirar ekan, Nafas olishi sustlashgan qiz, Qo'llari bn Pichoqni yulini tusdi. Yigit bor kuchini ishga solgancha, Qizning moviy ko'zlariga pichoq olib borar ekan, Qo'llari ham jarohat olgan qiz, Yengilishini bilar edi.

Bir zum o'zim o'ylagan hayollarimdan qo'rqib ketdim.Ammo kimdir kelib ustimdagi iflosni bor kuchi bn irg'itib tepib yuborar ekan, to'liq nafas olgancha, qaltirab qolgan qo'llarim beixtiyor yerga sirpandi.

Notanish yigit, Qizning ustidagi Yigitni oyog'i yordamida irg'itib yubordi. Yerga zarb bn yiqilgan yigit esa, birinchi yigit singari o'rnidan turmaydigan bo'lgandi.

Qiz o'zini o'nglab olmasdanoq ko'zlarini yumib ochib, nafas olar ekan, butun tanasining zirqirab og'rishi unga azob berib, Yuzlari burusha boshladi.

~Yaxshimisan

Notanish ammo yo'g'on ovozni eshitar ekanman, Beixtiyor ko'zlarimni ochdim va ilk bor ko'rgan odamim qarshimda turgan bezorilardek kiyinib olgan yigit edi.

~Kimsan.

Qiz sekin o'rnidan turar ekan, Yigit unga qaragancha jimib qolganliginin his etdi.

Men unga qoshimni chimirdim va so'zlarimni yana bir marotaba aniq bayon etdim

~Kimsan

~Ko'zlaring..

~Nima
.
Men unga qarar ekanman, U mening ko'zlarimga qarab turganligini his etdim

~Ular har doim shundaymi.?

~Ya'ni

~Ular har doim Moviy dengizmi

Bu mulozamat oshib tushdi, Hamma kabi o'zi va hirsing o'ylaydigan toifadansan. Bir zum aldangan edim. Men og'riqga qaramasdan o'rnimdan turdim va sumkamni ichiga pichoqimni solib, O'rniga kepkamni olib kiygancha

~Rahmat

~To'xta bunaqa ahvolda keta olmaysan,

U oyoqlarimga ishora qilar ekan,
Jin ursin.! bir zum maktab formasida ekanligim yodimga tushdi. U ochiq oyoqlarimga ya'ni qontalash oyoqlarimga qaramoqda...

O'sha yigit

THE END
_BY WRITTEN_: _HAN MIRAN_