January 12

Like Crazy

Meni Uyg'otma... Bu Sevgi Ichida Telba Kabi Yonishni Xohlayman...

Chapter-2

Jin Ursin.!. U ochiq oyoqlarimga ya'ni qontalash bo'lgan oyoqlarimdan ko'zlarini bir zumga ham uzmadi.

~Ahloqsiz

Men unga hissiz boqgancha, Yurishga harakat qildim. Ammo oyog'imdagi og'riq Meni yengdi. Oyog'im yurmay, Yerga zarb bilan qulamoqchi bo'lar ekanman.Belimda issiq va baquvvat kaftlarni his etdim. Ko'zlarim katta-katta ochilar ekan, Bir zum Bezorilardek kiyingan yigitga qarab qoldim. Uning ko'zlari... Uning ko'zlaridan hech narsa uqib bo'lmayapti, Qorong'ulik faqat va faqat zulmatni his etdim. Yo'q Miran nima qilayapsan o'zi, Ahmoq.!

Men tezda Bezori yigitni itarib yuborar ekanman, U bor yo'g'i bir necha qadam mendan uzoqlashdi. Ming lan'at shunchalik ham zaif va ojiz qizmanmi. Men devorga suyanib qolar ekanman. U menga havotir olgancha tikilganligini ko'rdim. Ammo bu tushunarsiz ko'zlarga ishonmayman. Erkaklarning hammasi Shunaqa, Faqat Hirsini uylaydi. U ham shulardek.

~Ahvoling yaxshimi.?. Shifokorga bormasak bo'lmas

~Istamayman. Yo'lingdan qolma

Qarshimdagi yigit menga bir qoshini chimirar ekan,

~Oyog'ingdan qon to'xtamayapti, Nazarimda yarang ochilib ketgan

Jin urgur.!. Yana oyog'im haqida gapiradimi.?

~O'zim yetib olaman, Ket.!

U menga tushunarsiz qarar ekan,Unga ahamiyat bermasdan yurishga uruna boshladim. Ammo Bir qadam bosishga ulgurmasimdan o'zimni Uning quchog'ida his etdim.

Yigit qizni Qo'g'irchoq singari Kutarib olar ekan, Hech narsani tahlil qila olmay qolgan,qizning boshiga tok urgandik titrab ketdi.

~Telbamisan. Tushur meni

Qiz Yigitni yelkasidan ura boshladi. Yigit qizning kichik kaftlaridan hech narsani his qilmasdan, Bemalol yura boshladi. Yetarlicha quyishqondan chiqgan qiz baqirib yubordi.

~Aaaa. YORDAM BERING, MENI O'G'IRLASHYAPTI.

Qulog'ini tagida sichqondek ingichka chiyillayotgan qizni eshitgan yigit yuzini burushtirgancha, Qizni sekin yerga quydi. Qiz yerga tushar ekan, Yigitni yuziga tarsaki kelib tushdi.

~Bu nima uchun Senga yordam bermoqchiman.!

~Jinni, Sen bundan ham ortig'iga loyiqsan, Buzuq

~Oliyjanoblik qachondan buzuqlikga aylandi.

Qiz tezda Yigitga qaradi va

~Qara.

Qiz qon sizayotgan ochiq oyog'ini ko'rsatgancha,

~Bu yerim shunchalik og'riyaptiki,Butun vujudim titrayapti, Ammo

Qiz ko'ksiga qo'lini quygancha

~Bu yerim, Undanda og'riyapti, Nega bilasanmi, Begona kishi menga yaqin keldi, Yetmaganiga menga tegdi.Men qanchalik jig'ibiyron bo'layotganligimni sezdingmi.

Ko'zimdna o't chaqnab ketganligini his etdim. Nima bo'lsa ham o't, ko'z yoshga aylanmasin.

~Men.. Men shunchaki Og'riyapti deya o'ylabman.

Men yigitga qaradim, Uning ko'zida afsusni ko'rar ekanman.

~Oyog'imdagi jarohatni, Shifoxona tuzatadi, Ammo ko'ksimdagisiga Davo yo'q...

U Sukut saqladi.

~Unutma: Ko'chadagi Har ko'rgan qizing Sen uylaydigandek, Chiroyli Yigitni ko'rsa osilib oladigan kerak bo'lsa yotoqgacha boradiganlardir.
Ammo bu men. Men Boshqalar kabi emasman, Men kabi qizga Qo'lingni uchini tekizish tugul, Yaqin ham kelma.!

~Afsusdaman, Ko'nglingga Tegaman deya uylamagan edim.

~Shunchaki, Meni tinch quy va Ket

~Iltimos, oyog'ing rostan ham yomon ahvolda.

Biroz bo'lsa ham Nafas olishim chuqurlashar ekan, Boshim aylanayotganligini his etdim. Ming lan'at Hamma joyim qaltirayapti.

~Ruxsat ber.!

Qarshimdagi yigitga ishonish ishonmaalikni bilmayman, Ammo yolg'iz Shifoxonaga Tirik bora olmasligimni his etdim.

Men unga g'ira-shira qaragancha, Boshim bn "Ha" ishorasini ko'rsatdim. Uning Nim tabassumini ko'rar ekanman, Bir muddatda yonimda mototsiklda paydo bo'lgan yigit meni hayron qoldirdi.

U yonimga kelgancha kaftlarimdan tutdi. Ammo men uning yuziga qaragancha "Yo'q" ishora bn Boshimni qimirlatdim

U menga Chuqurroq qarar ekan, Gapirishga ham holim yo'qdek. Sekin shivirladim.

~Yubka.

U meni Eshitdimi bilmayman, Ammo Xo'rsinga yigit sekin, Motatsikl yoniga borib, Nimadirni yonimga olib keldi.

Jin ursin, Ko'zim... nimaligini ko'rmayapman. U biroz engashgancha butunlay oyoqlarimni urab quydi. Payqadim bu choyshab ekan,...

U meni sekin Motatsikl yoniga olib keldi.Rostini aytsam Motatsiklni Bunchalik yaqindan ko'rmaganman. Ammo men ortga utirishim kerak ekanligini payqadim. Ammo u meni oyoqlarimni bir tomon qilgancha oldiga utirg'izdi va O'zi ortimdan kelib utirdi. Ko'zimni g'ira shira ochayotganimda allaqachon, Yo'lda ketayotganligimizni his etdim. Bu Shamol... Qiziq sochlarim uni jig'iga tegayaptimi.?. Sababi Shamol Meni sochim bn Uni yuzini silardi.Ammo ojizman. Sochlarimni yig'ishga ham zaifman. Ko'zim ko'p muddatga ochilmasdan, Butun yo'lga diqqatini qaratgan yigitga qaragancha yana ko'zim yumuldi..

ERTA TONG.

Ko'zimni sekin Quyosh nurlari sabab ochar ekanman,Uyimda emasligimni his etdim. Ha bu yer men nafratlamadigan dorilar hidi anqiydigan Shifoxona edi. Birozdan so'ng Sekin o'rnimdan quzg'alanar ekanman, Bo'lmadi. Shiftga qarab yotgancha kechagi voqealarni birma-bir tahlil qilar ekanman,To'xta nega yura olmayapman. Bo'lishi mumkin emas, Yarim tanamni ko'targancha oyoqlarimga qarar ekanman, Ming lan'at oyog'im bentlarga o'ralgan edi.Shu men uchun kam edi. Boshimga tushmagani shu bor edi.

Eshik qiya ochilar ekan, U yerdan kirib kelgan Oq halat kiygan Shifokor va Kechadan menga tanish bo'lib qolgan o'sha bezorini ko'rdim.

SHifokor yonimga kelar ekan, U ham ortidan ergashgan edi.

~Hayrli Tong. Xush qizaloq ahvoling yaxshimi.?

~Ha ancha tetikman

~Yaxshi Har ehtimol bilan bir necha dorilar yozib beraman, Ha kel seni tekshiray.

Doktor bir necha soniyalik tekshiruvlardan so'ng xonani tark etdi. Deraza tomon ko'zimni yugurtirgancha

~Rahmat..

~Nima

Bu safar Bezori yigitga qaradim va ko'zlarimizni tutashtirgancha

~Kechagi qilgan ishlaring uchun minnatdorman.

U menga qarab turar ekan, Men ham bir zum jimib qoldim. U birozdan so'ng menga kichik tabassum qilar ekan, Bunisi chegaradan chiqganligini fahmlab, Yana ko'zlarimni deraza tomon qaratdim

U sekin Yonimdagi stulga joylashdi va

~Xo'sh Moviy Dengiz, Isming nima

Uni bu gapini eshitishim bn ortga ugirildim va yana o'sha zulmat kabi ko'zlar bn tuqnashdim, Ammo men qoshlarimni o'chirgancha unga savol tarzda qaradim

~Meni kim deya atading

~Unda ismingni ayt

~Sabab

~Bu nima deganing axir biz kechadan beri birgamiz

~Kechirasan, Ammo sen menga yordam berding Bu uchun Minnatdorman, Ammo laqab va tanishuvlar ortiqcha

~Baribir bilaman, Ammo o'zing aytganing yaxshi

~Bu Sening qo'rqitish uslubingmi, Bezori yigitlarni hammasi sendek, Surbetmi

~Men yagona bezori. Seni faqat Moviy dengiz deyman va Sen ham Jizzakisan.!

Tan olaman Shu vaqtgacha Asabim qotiliga aylangan yigitning gaplari meni Asab tolalarimni yeb bitirmoqda

~Han Miran.

~Jeon Jungkook

~Meni Har qanday laqab bilan chaqirish huquqi senda yo'q. Shu sabab ham Faqat Miran

~Miran

Ismimni ilk marotaba talaffuz qilar ekan, Yuragim Tez urgandek bo'lib intikib ketdim.

~Meni shunchaki Jungkok deyaver yoki kelishgan yigit

Men unung gapidan lab chetida kulgancha

~Ba'zida Tuya Hammomni orzu qilar ekan bezori

~Balki Tuya Butun vujudi Bilan Hammom tomon oshiqayotgandur.

~Yetarli.!. Xonadan chiq.!

Jk menga qaragancha Ayyarona jilmaydi va

~Adashmasam Sen hali voyaga yetmagansan

~Ha to'g'ri Yomon niyating, bo'lsa ham manzilda Adashding,

~Qanday yomon niyat

~Balki Men Bilan Tun utkazmoqchidirsan, Ko'zlaring behayo..

Men unga gapirar ekanman, Butun yo'g'on ovoz bn xonani kulgu Ovozi tutdi

~Hayollaring.. Ular har doim Buzuqmi

~Bilasanmi nima Jeon Jungkook
Kecha Oyoqlarimga suqlanib qaraganingni Ikkalamiz ham yaxshi bilamiz menimcha,

~Hayosiz gaplar bilan bo'lsa Ham Ilk marotaba ismimni Talaffuz qilding Han Miran.!

Yonimdagi yigitni kichik tabasumini ko'rdim. Ammo nima uchun birgina ismi uchunmi

Men angladimki Suhbatimiz juda uzoq vaqtga chuzilib ketdi.
Men o'rnimdan turmoqchi bo'lar ekanman, Jkning yuzidagi Tabassum ham o'chdi va

~Hali Tuzalmagansan Nima qilayapsan

~Men bu yerda ortiq qola olmayman.

~Miran Joyingga qayt

Men Jkga qarar ekanman,

~Bu buyruqmi Bezori

~Qanday tushunsang ham

~Istamayman, Muhim ishlarim bor

~Sog' ligingdan boshqa qanaqa Muhim muammolaring bor

~Qiziqma

~Sen juda ham o'jarsan

~Balki Ammo ketishim kk

~Unda kut Shifokorni chaqiramam

~Yo'q. Agar bu ishni unga quyib bersang bu yerdan 1 oyda ham keta olmayman.

Men sekin o'rnimdan turdim va Oyog'imdagi bentlarni yecha boshladim.

Men bentlarimdan ozod bo'lar ekanman. Bir zumda aqlim xonada Jk borligini aytdi. Men sekin boshimni kutardim. Jk esa ochiq oyoqlarimga achinish bilan qarar edi. Ishimdan to'xtar ekanman. Jkning ham nigohi menga qaratildi

~Xonadan Chiq

~Men....

~Chiq.

U xonadan sukutsiz chiqib ketar ekan, Oyog'imni oxirigacha ochdim. Jin Ursin Oyog'imni tikishibdi. Mayli Anglashimcha Meni sumkamda boshqa kiyimlarim. Bor edi...
Ha adashmabman, kiyimlarim shu yerda. Yangi bentni tikilgan oyog'imga bog'ladim va Kepkamni Kiygancha Sekin shifoxonani tark etdim.
Jinn urgur bu Sochim menga Har doim pand beradi. Sochimni Tug'irlagancha Shifoxonaning markaz eshiklaridan chiqdim. Qarshimda esa Yana o'sha bezori.

Men unga qaradim. Ammo hech so'zsiz uning yonidan o'tib ketmoqchi bo'ldim.

Jeon Jungkook

~Oxirigacha yordam beraymi

~Istamayman

Uning gaplarini inkor etganimni bilaman, Metin kabi tanaga urildim.

~Yo'limdan qoch

~Men ham istamayapman

Jin ursin o'zimni gapimni menga qarshi qurol qilib ishlatmoqdami.?.

~Nima istayapsan

~Seni

~Jinni bo'ldingmi

~Yo'q nega ekan

~Men esa Seni daf bo'lishingni istayapman.

~Immm..

U qo'lini chap ko'ksiga quygancha, soxta hafa bo'ldi

~Meni yuragimni og'ritding

~Jin urgur Daf bo'l.!

Men unga baqirgancha Uni yonidan utib ketdim. Ammo motatsiklini ham qoldirib ortimdan kelayotgan yigit, Meni jig'ibiyron qilayapti. Bir nimalar deb asab tolalarimni yer ekan, Uning gaplarini Hatto eshitganim ham yo'q. Oyi... Oyimni ko'rmaganimga qancha bo'ldi. Bugun ish ham topishim kk. Jin ursin Yana cho'loqman. Jk u kim.?. Undan foydalansam bo'ladimi.

~Jungkook

~Eshitaman

~Aslida kimsan

~Ya'ni

~Ko'rinishingdan Boy bezori

~Balki, Nimaydi

~Qiziqdim xolos, Mayli

~Yo'q. Yo'q. Men boyman Rostan

~Unda Nega bunaqa yuribsan

~Ya'ni

~Nega kambag'al qiz bn yuribsan

~Balki yoqtirarman.

Bir zum cho'loq oyog'im yurishdan to'xtadi. U nima telbami. Bir ko'rishda meni yoqtirdimi. Yo'q Miran o'zingga kel u sendan foydalanmoqchi. Unga faqat qo'g'irchoq kk.

~Miran nega to'xtading

~Ket

~Nega

~Istamayapman

~Men ketishni istamayapman

~Meni hayotim qiyin, Shu sabab ham ket

~Kimniki ham oson

~Jungkook, bas qil

Men tez yurishga harakat qildim.Markaziy Shifoxonaga kelar ekanman. U ham men bn birga edi.Bu bezoridan qanaqa qutilaman.
Men o'zimga kerakli palata yoniga yaqinlashdim. Ammo bir zum oyoqlarim yurishdan to'xtadi. U yerda allaqanday qora kiyingan odamlar bor edi.Tushunmadim Oyimning palatasi eshigi yonida ular nima qilayapti. Yo'q.. Yo'q.. Faqat bu emas Faqat bu emas.

Cho'loq oyoqlarim bn Palata yoniga yugurib keldim. Qo'riqchilar ham meni tanigandek, yo'l berar ekan, Palata ichiga kirdim.

U yerga kirar ekanman, Bir on qarshimdagi Yigitni ko'rgach Bir necha G'azab nafrat hayrat aralash hislarini tuydim

Men sukut saqlagancha Oyim va Sehunga qaradim. U hech qachon oyimni yaxshi ko'rmagan. Unga ahamiyatsiz, ammo. Hozir bu yerda nima qilayapti

~Miran, Qizim qayerlarda eding

Chalkash hayollarimni oyimning yoqimli ovozi tarqatib yubordi.

Sehun sekin qiz tomonga diqqatini qaratdi va Nim tabassum qildi.Biroz qotib qolgan qiz Ung'aysizlangancha oyisiga javob bera boshladi.

~Meni bir necha ishlarim bor edi.

~Oyimizdan muhim yana qanaqa ishlaring bor.

Ming lan'at, Bu balo Ofat kabi boshimga yog'ilgan o'gay akamdir. Jin urgur Undan nafratlanaman.

U mendan Izoh so'ragancha, Qarar ekan, Oyimni oldida Unga teng kelib pastkashlik qilishni xohlamadim va

~Ba'zi ishlarimni hal etib qaytdim Akajon.

Oxirgi so'zimga urg'u berar ekanman, Uning asab tolalarini yemirganligimni his etdim. U hech qachon meni singlisi deya tan olmagan, Taassufki Bu so'z bn uni Asab Markaziga tegishimdan mamnun jilmaygancha, oyimning qarshisiga keldim. Va oyimni quchib oldim.

~Oyi sizning iforingizni Sog'indim

~Men ham Seni Sog'indim, Moviy nurim

Hech kimsa meni ko'zlarim sabab laqabli atashini xohlamayman.Ammo bu qat'iyatim oyimga kelganda ojiz.

~Oyim men bilan ketadi, Senchi Miran

Qarshimdagi Nusxani gapidan, Oyimga iltijoli qarab qoldim

~Albatta Sehun o'g'lim Singling ham biz bn ketadi

Jin ursin Bu nusxani oyimni yana qanday aldadi

~Oyi uyimiz borku Qayerga boramiz

~Akangni oldida tinch va yaxshi yashaymiz Qizim.

Men og'iz juftlamoqchi bo'lar ekanman, Palata eshiklaridan Jk kirib keldi.

Qiz diqqatini Jkga qaratar ekan, Qizga diqqatini qaratgan Sehun ham Eshik qarshisiga ko'zlarini tikdi.

Bir on Jimib qoldim. Jk menga tushunmagandek qarar edi. Sukunat Bu og'ir. Ammo bu sukunatni Oyimning ovozi buzib yubordi

~Qizim eshikni yonidagi kelishgan yigit kim.?

Jimib qoldim. Jkni kim deb atay Menga yordam bergan Shaxsmi. Hayoli buzuqmi.? Yoki Telba bezorimi

~Men Miranni...

Men U gapirayotganligini sezdim, Axir u telba, Oyimga nimadir desa

~Oyi.. U Jk mening do'stim.

Men Jk gapirishiga ijozat ham bermadim. Gaplari oxiriga yetmasdan kesdim.

~Shunaqami.?. Xo'sh Buncha kelishgan Yigit do'sting borligidan xursandman.

Oyimni bu gapidan Jk samimiy lab chetida kulsa Men ensam qotdi. Ammo bizni bir chetda kuzatayotgan Sehunning jaxli burnini o'chida Turganligini his etdim

~O'g'lim Ismingiz ham O'zingiz kabi Ajoyib ekan

Tan olaman.Oyimning bu gaplari oshib ketdi.

~Rahmat Xolajon

Jk gapirar ekan, Xonaga Hamshira kirganligi sabab ham Oyimni ko'p uruntirmaslik uchun ham xonani tark etdik.

Xonadan chiqar ekanmiz, Sehun Jungkookning yoqasidan oldi

~Kimsan.!?. Nimalar qilib Miranning oyog'i ostida uralashyapsan

Bu gapdan so'ng, Sehunga ensam qotdi

~O'zing Kimsan, Miran bn qanday aloqang bor

Jk ham Sehunning yoqasidan ushlar ekan, Jin ursin Ikkalasini ham Menga bir tiynlik qimmati yo'q

~Bas qiling, Jinni bo'ldingizmi, Ikkalangiz ham Men uchun hech kimsiz.

~Menga qara Singiljon, Agar Bu sening o'ynashing bo'lsa Men..

Sehunning gaplari oxiriga yetmasdan Yuziga tarsaki tortib yubordim.

Ko'zimga nimadir tiqilar ekan, Sehun menga hissiz boqdi.

~Iflos. Kimsanki Mendan hisob suraysan.

~.....

~Senga nima..Nima bo'ladi Ha. JK bn Tunimni ham o'tkazdim. Senga nima.??

Bu gapimni eshitgan Jk ham hayron tarzda menga tikildi.

~Aslo... Usha tillarningdan Bunaqa Iflos so'zni chiqarma, Sen faqat Menga tegishlisan Han Miran

~Sen nima deding.

Jk Sehunga bir. Musht tushurar ekan, Shokda qoldim.Ammo Sehun ham Bo'sh kelmasdan Jkga musht tushurdi. Shifoxona Jang maydoniga aylandi.Anglay olmayapman Bir men uchun Ikkisi Qutirgandek Telbaga aylandimi.?. .

THE END

BY WRITTEN_HAN MIRAN...