WITH YOU 🚭
Og'riqli bo'lmagan yagona choramdir
~O'gay ukam bugun Amerikadan qaytadi
Bu gapdan so'ng Minsuning hushi o'chib ketdi.
Jin beixtiyor Minsu bilan lablarini birlashtirmoqchi bo'lgan vaqt Minsu sekin pastga qaradi. Jin ham buni tushundi va
~O'gay bo'lsada U meni Ukam va Sen uning uchun Akasini umr yo'ldoshisan
~Ukamni Samolyoti kechga yaqin Seulga qo'nadi. Kechda esa mana shu qo'rg'onda katta ziyofat uyushtiramiz.
Senga ko'ylak yuboraman, Men hozir bir necha ishlarimni tugatishim kerak.
Jin shu gaplarni aytib xonani tark etdi. Ammo yotoqda o'tirgan Minsu Jinni gaplarini eshitmagan edi go'yo
Nahotki... Nahotki hayotimni izidan chiqarga inson yana qayta keladi.. Bu safar nima qilaman, Uni unutolmayotgan edim, Endi nima qilaman.???
Minsu ham sekin o'rnidan turib pastgi qavatga tushdi. Allaqachon Jin qo'rg'onni tark etgan edi. Minsu bugun mehmonlar uchun xizmatkorlar bilan tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.
Ular bilan birgalikda xonalarni yig'ishtirdi,(Jinning ukasi uchun xona tayyorlashgan) ovqatlar tayyorlashdi, va kechlik uchun mehmonxona. Va dasturxonni tuzashdi. Quyoshning so'ngi zarralari ko'rinar ekan, Vanihoyat hamma ishlar tugagan edi.
~Xonim hamma yumushlar bo'ldi. Endi dam olsangiz ham bo'ladi.
~Meni yana bir ishim bor. Shuni tugataman va o'zim ham tayyorlanaman
Minsuning hozir hayollari tarqoq. Ya'ni hozir Jinning ukasini emas, boshqa yaxshi narsalarni uylayotgandek.
U sekin chiqish eshigidan chiqib bog' tomon yura boshladi. Va 1 haftadan beri tashrif buyurmagan bog'bonning yoniga bordi
~Bobojon. (qiz sekin shivirladi
Bog'dagi gullarga suv quyayotgan chamasi 60 yoshli erkak ham endi ortga qaradi va shirin tabassum qildi
~Minsu qizalog'im yaxshimisan.??!
~Rahmat bobojon. O'zingizni ahvolingiz yaxshimi.??
~Meni qo'yaqol Minsu. Kecha Jin mast edi. Senga ziyon yetkazmadimi.???
Kulib turgan qizning yuzi so'nib kechagi azoblarni birma-bir yodga ola boshladi.
~Bobojon Bu Gulni avval ko'rmagan ekanman.??? (Minsuning kechagi tunni azoblari birma-bir ko'z o'ngida qolgan bo'lsa ham gapni boshqa tarafga burib majburan jilmaydi
~Ha bu gulning nomi Tun malikasi
~Ha u Britaniyada ilk bor gullagan ekan. U bugun kechqurun gullaydi va yana yopiladi va 1 yil Ichida ham ochilmaydi.
~Boshqa gullardam farqi ( Qiz o'ylangancha gapirayotgan vaqt
~U yagona va tanhodir.! So'ng u tunda gullaydi, shu sabab ham Tun malikasi..
Minsuning o'rniga allaqachon Uning "bobo" deb ataydigan va otasidek qadrli bo'lgan inson javob berdi.
~Bobojon. Men unda ketayapman, bugun mehmonlar keladi.
~Mayli boraqol, Men ham gullarni parvarish qilaman.
Qiz gullarga diqqat bilan qarab u yerni tark etdi.
Qiz sekin qo'rg'on ichiga kirib o'zining xonasiga ko'tarildi. Minsuning deyarli kuygan va og'rigan joylariga teginmasa og'riq his qilmayotgan edi.
U sekin dush qabul qildi. Va yana kuygan va kamar izlari qolgan joylarga malham qo'ydi(og'riqni butkul yo'qotish uchun). So' ng Jin tanlagan kiyimni kiyib ko'rdi. Ammo o'ziga umuman yoqmadi. Va biroz yaralari ko'rinib qoldi.
Qiz sekin o'zining garderobiga qaradi va o'zi yoqtirgan qora va yopiqroq kiyimni olib chiqdi va shu kiyimni kiydi. Ko'ylak yopa olmagan kamar izlar va kuyishlarni Minsu upa yordamida berkitdi va sochini ham yig'ishni istadi. Minsu hech qanday ortiqcha hashamsiz oddiy va tabiiy chiroyli bo'ldi va oxirgi yakunini Kuchli ta'sir etuvchi atiri bilan yakunladi.
U ishini tamom qilar ekan issiq va baquvvat qo'llar uning nozik belidan uraldi. Buni kutmagan Minsu bu narsadan tezda seskanib ketdi.
~Tshhsh Bu menman (Jin qizni tinchlantirish uchun qizni quloqlari ostida ehtirosli shivirladi
~Iltimos Qo'yib yuboring (Qizning qo'llari Jinning qo'llariga tushdi.
~Nega ekan.??? (Yigit qizga yanada yaqin keldi va bo'ynidan sekin o'pa boshladi)
Bu holatdan qiz yanada seskanar ekan, Jin uning tanasini o'ziga jipslashtirganligi sabab ham yaralari og'riq bera boshladi
~Axxx... Iltimos og'riyapti....
Bu gapni eshitgan Jin qizdan uzoqlashdi va
~Pastga tush hamma seni kutayapti. Ukam ham keldi.
Bu gapdan Minsuning yurak ritmi o'zgara boshladi.
Yigit qizdan uzoqlashib chiqish eshigi tomon yurdi va
~Aytgancha, Bu ko'ylak senga ko'proq chiroyli ko'ringan.
Yigit kichik tabassum qilib xonani tark etdi.
Nima. Bo'lsa ham mening endi oilam bor.
Minsu ham chiqish eshigi tomon yurdi va xonani tark etdi.
Minsu zinalardan tushishdan oldin hamma yerga qaray boshladi. U bildiki Jinning ukasi hali kelmagan. Minsu viqor bilan pastga tushar ekan, bu qo'rg'onga yig'ilgan hammaning ko'zi Minsuda edi. Yigitlar hayolida qani edi, menda ham shunday qiz bo'lsa deyishsa ayol va qizlar hasad qilar edi. Zinalar 7 qadam qolar ekan, asosiy chiqish eshigi ochilib u yerdan
Minsu qadam tashlayotgan vaqt to'xtab qotib qoldi.
Bugun Men Seulga qaytdim, Men bu shaharni ham undagi odamlarni ham juda sog'indim. Ayniqsa o'zimga qadrli insonlarni, men aeroportdan chiqgan vaqt ancha kech bo'lgan edi, Men Bu yerni tark etganimga ham 2 yil bo'ldi. Men birinchi bo'lib akamning uyiga oshiqdim. Uni ko'rish uchun ahvoli yaxshi ekanligini bilish uchun.....
Va men Uni ko'rdim. O'zimning borlig'imni, sevgilimni, hayotim mazmuniga aylangan insonni ko'rdim. U zinalardan pastlayapti hali hanuzgacha xohlagan erkak kishini o'ziga jalb qila oladigan eng mukammla yuz, tana va qalbga ega bo'lgan mening qora moychechagim Minsu.......
Negadir u juda g'amgin. Xuddiki hozir zinalardan qo'laydigandek...
Yo'q.... Yo'q iltimos u bo'lishi mumkin emas, hayotimg u kirishi mumkin emas.
Minsuning nafas olishi keskin susaya boshladi.. .
Minsu yana bir qadam. Zinalardan pastga siljir ekan, ko'z oldi xiralashib o'zini kichik jussasini ham ko'tara olmay qoldi va natijada........
Qo'layman deyayotgan vaqt Kimdir uning nozik bellaridan tutdi..
Minsu sekin unga qarar ekan Ko'zlari ham katta-katta bo'ldi..