𝖰𝖴𝖫𝖠𝖦𝖠𝖭 𝖮𝖸 || 𝖨 - 𝖤𝗉𝗂𝗓𝗈𝖽
𝖬𝗂𝗅𝗅𝗂𝗈𝗇𝗅𝖺𝖻 𝖸𝗎𝗅𝖽𝗎𝗓𝗅𝖺𝗋 𝖮𝗌𝗆𝗈𝗇𝖽𝖺𝗇 𝖸𝗈𝗀'𝗂𝗅𝖺𝖽𝗂 . 𝖴𝗅𝖺𝗋𝗇𝗂 𝗁𝖾𝖼𝗁 𝗄𝗂𝗆 𝗌𝖺𝗇𝖺𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂𝗅𝖺𝗋 . 𝖴𝗅𝖺𝗋 𝗁𝖺𝗋 𝖳𝗎𝗇 𝖸𝖺𝗇𝗀𝗂 𝗇𝗈𝗆𝗅𝖺𝗋 𝖻𝗂𝗅𝖺𝗇 𝖯𝗈𝗋𝗅𝖺𝗒𝖽𝗂 . 𝖫𝖾𝗄𝗂𝗇 𝖮𝗒 - 𝖴 𝖳𝖺𝗇𝗁𝗈 . 𝖲𝖾𝗇 𝗌𝗈'𝗇𝖺𝗒𝗈𝗍𝗀𝖺𝗇𝖽𝗂𝗇𝗀 . 𝖳𝗈𝗏𝗎𝗌𝗁𝗌𝗂𝗓 𝖪𝗈'𝗓 𝗒𝗈𝗌𝗁𝗂 𝖳𝗈'𝗄𝗆𝖺𝗌𝖽𝖺𝗇 . 𝖵𝖺 𝖮𝗑𝗂𝗋𝗂 . . . 𝖮𝗒 𝖧𝖺𝗆 𝖰𝗎𝗅𝖺𝖽𝗂 . 𝖠𝗊𝗅𝗀𝖺 𝗌𝗂𝗀'𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂 𝖻𝗂𝗅𝖺𝗆𝖺𝗇 . 𝖢𝗁𝗎𝗇𝗄𝗂 𝖮𝗒 𝖰𝗎𝗅𝖺𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂 ! 𝖠𝗆𝗆𝗈 𝖲𝖾𝗇 𝖰𝗎𝗅𝖺𝖽𝗂𝗇𝗀 . 𝖮'𝗓𝗂𝗇𝗀 𝖻𝗂𝗅𝖺𝗇 𝖡𝗎𝗍𝗎𝗇 𝗈𝗌𝗆𝗈𝗇𝗂𝗆𝗇𝗂 , 𝗎𝗆𝗂𝖽𝗂𝗆𝗇𝗂 , 𝗌𝖾𝗏𝗀𝗂𝗆𝗇𝗂 𝗈𝗅𝗂𝖻 𝗄𝖾𝗍𝖽𝗂𝗇𝗀 . 𝖵𝖺 𝖬𝖾𝗇 𝗁𝖺𝗋 𝗒𝗎𝗅𝖽𝗎𝗓𝗇𝗂 𝗄𝗈'𝗋𝗀𝖺𝗇𝗂𝗆𝖽𝖺 𝖲𝖾𝗇𝗂 - 𝗂𝗓𝗅𝖺𝗒𝗆𝖺𝗇 .
𝖫𝖾𝗄𝗂𝗇 𝖲𝖾𝗇 𝖰𝖺𝗒𝗍𝗆𝖺𝗒𝗌𝖺𝗇 . 𝖲𝖾𝗇 𝖤𝗇𝖽𝗂 𝖮𝗌𝗆𝗈𝗇𝖽𝖺 𝖤𝗆𝖺𝗌𝗌𝖺𝗇 .
𝖲𝖾𝗇 𝖬𝖾𝗇𝗂𝗇𝗀 - 𝖰𝗎𝗅𝖺𝗀𝖺𝗇 𝖮𝗒𝗂𝗆𝗌𝖺𝗇 .
— 𝒮𝑒𝓃 ℳ𝑒𝓃 𝒰𝒸𝒽𝓊𝓃 ℋ𝒶𝓂𝓂𝒶 𝒩𝒶𝓇𝓈𝒶 ℰ𝒹𝒾𝓃𝑔 —
Órtacha ólchamdagi Keng va Yorug' sinfxona . Doska yoniga 4- kurs talabalarining chizgan rasmlari osig'lik turibdi . 20 dan ortiq chizmalar . Baʼzilari rang - barang bóyoqlarga limmo-lim , boshqalari esa chuqur Mavhumlik va chaklashlik . Rasm egalari esa ayni damda óz òrnilarida ótiribdilar . Kópchilik Talabalarning Yuzida Umid , boshqa birovlarnikida esa qattiq hayajon ila titroq . Birozdan Sóng xonaga Talabalarning Yetakchi Ustozi kirib keldi .
— Bolalar Hammangizga Omad Tilayman . Bu Kunni Uzoq Kutdingiz axir . Chizgan Sanʼ
at Asarlaringizni Mashhur Komponiya boshliği Jeon Jungkook Shaxsan ózlari kóradi . Hayajonga Berilmang . Hammangizdan Umidlarim Katta .- yosh talabalarga Yetarlicha Ishtiyoq bergan Óqituvchining ham qóllari biroz qaltirardi . Darhaqiqat Deyarli Butun Seulga Mashhur komponiya egasi unung sinfiga tashrif buyurmoqda .Eshik Ochilar ekan U yerdan Kelishgan Va xushbichim Yigit kirib keldi . Keng yelka va Uzun bóy Sohibi Jeon Jungkook Mukammal Tana va Yuzga ega edi . Uning ortidan Esa yoshi 30 lar atrofidagi kotib Yoon ham kirib keldi . Bir On Sinfda shovqin boshlandi .
— Tinchlikni Saqlang ! Óquvchilar Janob Jeon Jungkook va Uning Kotibi Janob Yoonga Ta'zim qiling .
Hamma Talabalar Órinlaridan turgancha ta'zim qildilar . Javob sifatida yengil bosh bosh chayqab qóygan Jungkook esa Doska yonidagi surʼ
atlarga yaqinlashdi . Hamma Jim ! Bir Talay Talabalar Jungkookga rasm yoqishini emas aksincha Yana bir Bor uni kórishni hayol qilishsa , boshqa talabalar Uning komponiyasiga amaliyotga borishni orzu qilardilar .
— 13 - raqam . . . Deelan Radrigo !
Sinfxonada Yógʼon va jarangdor ovoz yangrar ekan pichir - pichirlar ham tóxtab qoldi . Kitob óqiyotgan Qiz Ózini ismini eshitgan kuyi òrnidan turdi .
— Men . Deelan Radrigo 13- surʼatni Men chizganman .
Rasmlar tomondan ortga ógirilgan Yigit qarshisidagi qizga bir on tikilib qoldi . Boshdan oyoq qizni nigohlar ila skaner qilgan Jungkook yana surʼatga qaradi .
— Xósh Hammaning rasmida nimadir ifodalangan Sening chizgan rasming . . . Unda nima bor ?
— Bir Kórishdayoq bu Rasmda Iblis Sekinlik bilan Farishtani qòlidan tutganligini kórishingiz mumkin . Aslini olganda unday emas ! - yana ortiga ógirilgan Yigitning bu safar zulmatni eslatuvchi nigohlari qizniki bilan tóqnash keldi .
— Aslini olganda Qanday Ekan ? Iblis Uni majburlayaptimi ? U Farishtaku Qochish qòlidan keladi . Nega U ham Iblisga qólini uzatayapti - savollarini bir qismini bergan yigit Qarshisidagi qizga chuqurroq qaradi .
— Albatta . Farishta Iblisni qoldirib ketishi Mumkin . Ammo unday qila olmaydi . - yerga qaragan qiz kaftlarini jipslashtirgan bóldi .
— Sabab . . . Farishta Iblisni Sevadi . . . - qizning nutqidan keyin butun sinfning eʼtibor va diqqati unga qaratildi . Bu sózlardan sóng jilmaygan Jungkookning yuzi ahmaqona tusga kirdi .
— Farishta ? Iblisni Sevadimi ? Bu Bólishi Mumkin emas - ku axir ? - tobora qiz va surʼatga qiziqishi orta borayotgan yigit yana savollar yoğdirdi .
— Bilasizmi ? Janob Jeon . Har Doim ham Sevgi Tanlamaydi . U xoh Oddiy odam bólsin xoh jinoyatchi ? Xoh yovuz ? Buning ahamiyati yóq . Qiz sevib qolgan . Muhimi shunda . Farishta bu najot Timsoli . Ammo baʼzan u ham charchaydi . Va shu vaqt u Qutqarilishga emas Halokatga oshno bóladi . Uning katta halokati esa Bu Taʼqiqlangan Sevgi .
— Demak , bu Rasm Iblisga Oshiq bólgan va Ózini halok etgan Farishta haqida ekanda ? - qólidagi rasmni stol ustiga qóygan Jungkook qiz tomon qadamlarini odimlatdi .
— Bu Rasm . - Yóq bólishga Rozi bólgan Farishtaning Sevgisi haqida . Farishta Iblisga Qaradi . U “ xavf” ekanligini “ taqiqlangan " ekanligini bildi . Ammo shunga qaramasdan zulmat tomon qadam qòydi . Farishta bu ishi uchun olovda Kul bólishga qarshi emasdi . U Sevgisi Uchun Farishta Bólishdan voz kechdi . - gapini dona - dona gapirgan qiz yonida Yigit borligini his etdi . Ha ularning masofalari ataga ikki qadam xolos .
— Farishta Ózini iblisga Topshirdimi ? Iblis Uni Himoya qilmasa ham . Aziyat chekishini bilsa hammi ? . Eng muhimi Iblis Uni Sevmasa Ham ?! - bu oğir savol ammo Rasmni chizgan Deelan Bu oğriqlarni hammasini his etgan .
— U Faqat Sevdi . U sevdi va yonishni tanladi . - rasmning kichraytirilgan yana bir nusxasini daftari ichidan kórsatgan qiz Yigitga qaradi .
— Yaxshilab Qarang Janob Jeon . Bu yerda Farishtadan boshqa Oq Nur Yoki Najot Yóq ! Iblis uchun U Qanotlarini sindirdi . Iblis Uchun Zulmat olamiga tushdi . Buni hammasini Sevgisi sabab .
— Kimni tasvirlading bu surʼatda ózingnimi ? - rasmdan nigohlarini olgan yigit bu safar qizga qaradi .
— Yóq ! Men hech kimni Sevmaganman . - inkor etilgan javobdan sóng qosh chimirgan yigit izoh talab qila boshladi .
— Unda Nega bunday Rasm ? Nega “ Taqiqlangan Sevgi ” haqida aynan ? - bu safar kitobiga eʼtiborini qaratgan qiz sekin jilmaydi .
— Men Rassomman . Ayanchli taqdirni aks ettirish , sevgi shunday kuchli tuyğu ekanligini bildirish uchun chizildi Bu rasm . Qora siyohlar bilan Emas Dard ila Alam bilan aks etdi góyo .
Gapini tugaganligini bildirish uchun kichik taʼzim qilgan qiz joyiga ótirdi va hatto yigitga qarab ham qòymadi . Hali ham qizga jim qarab turgan yigit esa nigohlarini boshqa tomonga qaratdi va Undan uzoqlashdi . Yana bir bora Doska yonida turgan surʼat tomon qiyo boqgan yigit bu yerni tark etish uchun eshik tomon yurdi . Bu vaziyatdan biroz noqulay bólib qolgan kotib Yoon óquvchi va óqituvchiga taʼzim qildi .
— Maʼzur Tutasizlar . Albatta ertaga Qaysi Talabalar tanlanib olganligi haqida maʼlum qilamiz . Ming bor Uzur .
Jeon Jungkook xonani tark etar ekan U tomon ilk marotaba òzim qaradim . Tan olaman U juda ham Mukammal edi . Ammo Rasmim uni óylanishiga sabab bóldimi ? Biroz óylanib qoldim . Darslar Tugagan edi . Narsalarimni papkamga solar ekanman ortimda ótirgan ikki qizning gaplari jaxlimni keltira boshladi .
— Shunday Qilib Deelanni kórdingmi ? Jeon Jungkookga Óz eridek muomala qildi ?
— Men Ham hayronman Nega Jungkook Uni haddini bildirib qóymadi .
— Axir bilasanku Deelanni onasi yóq Shu sabab Bu irkit óz haddini bilmaydi .
Men órnimdan turdim va qizlarga hech narsa demasdan bu yerdan ketdim . Bu juda ham oğriqli Tuyğu . Rostini aytsam kózlarimga yosh kela boshladi . Sinfxonadan tóğri chiqdim . Meni haydovchi kutib turar edi . Mashinaga ótirdim . Ertalabki kayfiyatim hozir Yóq aksiga olib Taeri ham Qaytmadi . U bugun kela olmasligini xabar qilib junatibdi . Eng muhim kunimda u bólmasa nima qilay Yuragim oğriyapti
— Kichik Xonim Villaga yetib keldik - hayol surib qolgan qiz bobosiga qiyo boqdi .
— Nima ? - tushunqiramay hijolat tortga qiz keksa haydovchiga qaradi .
— Deelan qizim senga nimalar bóldi . Axir bugun Tuğilgan Kuning shodiyonangku ! - bu safar qizga har doimgidek muomala qilgan haydovchi uning ahvoli yaxshi emasligini bilgan edi .
— Ahvolim Yaxshi Bobojon . Dugonam kelmaganligi sabab biroz xafaman xolos . - kózlarini yerga tikkan qiz uyiga kelganligini endi payqadi .
— Unda Xonangga bor oppoq qizim . Bugun Sen uchun Muhim Kun !
— Albatta Bobojon - yuziga biroz kulgu chizgan qiz mashinadan tushishi bilan kayfiyati tushib ketdi . Ha Uyda xizmatkorlar talaygina . Yagona qizini yaxshi Kórgan Lucian Radrigo Qizining tavallud ayyomi uchun katta shodiyona qilgan va barcha biznes hamkorlariyu Qarindoshlarini Qizining 20 yoshga tólish arafasida birga bólishini xohlagan edi . Ammo hozir qizga bularning ahamiyati yóq ! Rostan ham uning kóngli nozik va yarimta bólib ósgan .
Hech narsaga ahamiyat bermasdan xonasiga yól olgan qiz eshikni yopgancha unga suyandi . Kózlarini yumgan Deelan ozgina yengil tortdi . Yuziga shamol urilgancha sochlarini yuziga tushurar ekan bundan xunobi oshgan qizni Balkonning ochiq eshiklari óziga jalb etdi . U yerda . Balkonda kimdir bor . Sekin naqsh chizilgan eshikdan chiqgan qiz Seulni tóyib havosini totayotgan dugonasini kórib kózlariga yosh oldi . Ha bu uning suyuklisi . Yoshligidan birga ósgan jon dósti Jung Taeri . Dugonasini kórmaganligiga 5 yildan oshgan bólganligi sabab soğinchi ustunlik qilgan Qiz sekin shivirladi .
— T . Taeri - ovozi titrab ketgan qiz óziga qaratilgan yoshlangan nigohlarni kórdi .
— Dee ~ qizni har doim erkalab chaqiradigan qiz bu safar ham uni Ajoyib atadi . Bir zumda Taerini quchib olgan qiz xóngrab yubordi .
— Seni Soğindim Dugonajon - alamli shivirlagan qiz dugonasini qattiq quchdi ,
— Men Undanda kóproq - Taerining yanoqlari ham yoshlanishga ólgurgan edi .
— Nega kelishingni aytmading . Axir kecha ózing kelmayman degandingku Jinni - qizni sekin yelkasidan kichik kaftlari bilan urib qóygan Deelan Juda xursand edi .
— Tavallud Ayyoming Bilan Dugonajonim Seni Juda yaxshi kóraman Sen Sabab Seulga keldim . - Qizni sekin qóyib yuborgan qiz unga Chiroyli quti berdi .
— Xósh Bu Nima ekan ? - qizga savol nazarida qaragan qiz javob ola-olmagach uni sekin ochdi . U yerda esa bejirim qizlar taqinchoği turardi . Cheksizlik belgisi .
— Bu Cheksizlil belgisi Bizni butun Umrga birga bólishimizni anglatadi San Franciscoda Bu belgini alohida órni bor .
— Juda Nafis Rahmat Senga Tay Tay - qizni aytgan ismidan Qoshlarini chimirgan Taeri yuzini boshqa tomonga burdi .
— Meni Unday Atama Bu Menga yoqmaydi - Yosh bolalarcha arazlayotgan dugonasini kórgan Deelan Sekin jilmaydi .
— Yaxshi Unda Bazimga Tayyorgarlik kóramizmi ?
— Albatta - ikki dugona xona ichiga kirar ekan Ózlari uchun gózal obraz yaratishni boshlab yubordilar .
Darhaqiqat bu daqiqalar uzoq kutilgan . Quyosh nurlari Sónib órnini Tunga allaqachon bóshatib berdi . Villada Mehmonlar asta - sekinlik bilan kópayapti . Qizi va Taerini baxtli kórgan Lucian Amaki ham baxtiyor . Ichiga siğmayapti góyo .
Toshoyna qarshisida bir - biriga nigohlarini qaratgancha turgan qizlar ustidagi kiyimlaridan Juda mamnun edilar . Ha Ular malikalardek kiyimlari esa ularga qolibdek tushgan góyo . Xonaga Kirgan Lucian Radrigo qizini kórgach tabassum qildi .
— Amakijon keling - biroz ortga tisarilgan Taeri Lucian Amakisiga qaradi .
— Deelanim Farishtam Oy Yuzligim . Tavallud Ayyoming bilan - qizni quchgan erkak kózlariga bilinar - bilinmas yosh oldi .
— Rahmat Otajon Umringiz Uzoq bólsin - otasining quchoğiga singib ketgan qiz sekin shivirladi .
— Qizlarim Oy Yuzliklarim Mehmonlar Kutib qolishdi Qani Taeri qizim Óng qólimdan Tut - otasini chap qólidan tutib olgan Deelan Taeriga jilmaydi . Taeri ham Ózining góyo otasi kabi mehribon insonning qóllaridan Tutdi . Ular Ohista eshikda chiqdilar va zinalar bóylab pastga tusha boshladilar . Ikkita Gózal va Yosh qizlarni kórgan Mehmonlar ularga havas kózlari bilan qarardilar . Allaqachon zinalar tugagan edi . Shuningdek Lucian amakidan qóllarini olgan Qizlar mehmonlar bilan Sekin tanisha boshladilar .
Biroz muddat vaqt ótar ekan óziga qadrdon bólib ulgurgan dóstini kórgan Deelan beixtiyor jilmaydi va u tomon kichik qadamlar qóydi .
— Demak Kelibsanda ? - sekin yigitning yoniga kelgan qiz u bilan masofa qolganda tóxtadi .
— Ha Kelishni istamagandim Ammo shuni maʼqul kórdim - yigitning javobidan sóng biroz jilmaygan qiz yigitning qólida gul kórdi .
— Bu óshami ? Qora Lola . Men yoqtirgan gulim - hayrat aralash gulga qaragan qiz sekin jilmaydi .
— Ha . Bu ósha . Va Gul Sen uchun . - ilk marotaba qizga pinhon hislarini bildirgan yigit jimib qoldi .
— Rahmat Yeonjun - yuzida tabassumi kengaygan qiz Yeonjunning qólidagi yagona Qora Lolani oldi .
Ikkisi ham jimib qolar ekan Har doim Hislarni ochiq - oydin hech kimga bildirmagan yigit bu safar sezilmas darajada lablari yoyildi . Ammo birdan Jiddiy yuz ifodasini hosil qilgancha qizga qiyo boqdi .
Yerdan kózini olmagan qiz qólidagi lolaga goh-goh qarab qóya boshladi . Ha Bu lola . Ammo Uning bu turi Koreyada Yóq . Yeonjun Deelan Va Taeri kichikligidan dóst va Yeonjun Har doim eʼtiborli bólgan Balki shu sabab ham Qiz bu gulni sevishini bilgan . Haqiqiy sevgi shudir balki . Pinhona bólsa ham Oshiq bólish .
— Deelan Yonimga Kel - kóp hayolga berilib qolgan Qiz otasini kórgach tabassumi kengaydi .
— Yeonjun . Taerini soğindingmi ? Istasang menga hamrohlik qil - yigitni qólidan kaftlarini ohista ótkazgan kuyi unga qaradi .
— Shuni istasang mayli - ikkisi ham jilmaygancha Otasi Taeri va bir necha mehmonlar yoniga borishdi .
— Yeonjun . - kózlari chaqnab ketgan Taeri Yigitga qaradi .
— Tay . Tay . Sen ham shu yerdamisan ? - Bu gapdan sóng hamma kulib yuborar ekan Burnini jiyirgam qiz Yigitga jaxl aralash tikildi .
— Ahmoq . 5 yil kórmading meni . Aytadigan gaping shumi Yeon - yigitning ham ismini yosh bolalarcha qisqartirib aytgan qiz oxirida biroz kuldi .
— Bóldi Qiling Bolalar Yeonjun Óğlim yaxshimisan Otang Janob Choining ahvollari tuzukmi ?
— Ha Amaki Otamni soğligi joyida . Lekin bazmga kela olmaganligidan juda hijolatda .
— Hech qisi yóq . Muhimi tuzalib ketsin - gapini oxiriga yetib ulgurmasdanoq ortidan kelgan ovoz nafaqat Lucianning balki yonidagi odamlarni ham òziga tortdi .
— Lucian Radrigo - biroz kulib Qadam tashlagancha davraga qushilgan yigitni kórgan Deelanning dami ichiga tushib ketdi .
— Ohh Janob Jeon Sizni kelmaysiz deb óylagandim - biroz gangib qolgan Lucian unga qól uzatdi .
— Aslini olganda Kelmoqchi Emas Edim . Ammo bir Inson sabab shu yerdaman - kóz qiri bilan Deelanga qaragan Yigit mamnun holda jilmaydi .
— Ósha inson Kim Ekan Janob Jeon - yigitga hayrat aralash qaragan erkak Uning nigohlari qizida ekanligini his etgach qoshlari tushunarsiz ifoda hosil etdi .
— Albatta Qizingiz Sabab . Axir Bugun Uning Tavallud Kuni - qizga qaragancha jilmayishi ortgan yigit Lucianga diqqatini qaratdi .
— Yaxshi qilibsiz Janob Jeon . Bolalar Tanishing Jeon Jungkook . Yosh bólishiga qaramasdan ótkir isteʼdod sohibi egasi . Va mening yangi hamkorlarimdan biri - Taeri Jungkook kimga qarayotganligini bilib ensa qotirgan bóldi . .
— Tavallud Kuningiz Muborak kichik Deelan xonim . 20 yosh . Eng chiroyli yoshlardan biri . Alqissa “Sevgi Bahori” deya ataladi bu yosh .
— Ra . Rah . Rahmat - biroz jilmaygan qiz boshqa tomonga nigohlarini olib qochdi . Ha U Universitetdagi ishlardan birozgina Uyatda . Shu sabab Ósha voqeadagidek Yigitga tik qaray olmayapti . Buning ustiga esa Izohsiz Sinfxonani tark etgan Yigitning hozirgi ishini qiz qildi . Bu davradan chiqgancha balkon tomon yurgan qiz U yerda hech kim yóqligidan biroz yengil tortdi va Tólin oyga qarab shivirlay boshladi .
— Nega Menga bunday qaraydi ? Nahotki Bir rasm uchun mendan shunchalik hafa ? Bólishi mumkin emas . - óziga pichirlayotgan qiz ortida devorga suyanib turgan yigitni ham payqamadi hatto . Asablari taranglashib borayotgan qiz uyoqdan - buyoqqa borib kelar ekan ortidan biroz kulgu ovozini eshitgach joyida qotib qoldi .
— Seni Aqlli qiz deb óylagandim . Kichik va Hayolparast emas - suyangan joyidan qiz tomon qadam tashlagan yigit Xuddi sinfdagi singari orada ikki metr masofa qolganda tóxtadi . Gapira olmasdan yurak urushi xatto óziga eshitilayotgan qiz oğziga talqon solgandek jim edi .
— Gapirmaysanmi ? - qizni yuziga tushib qolgan soch tukini uning quloqlariga ortiga ótkazgancha shivirladi yigit .
— K . Kechiring - titrab ketgan qiz tezda ózini ortga oldi .
— Sabab ? - qiz ortga tisarilgan sari bir qadam yaqinlashgan Yigit izoh talab etdi qizdan .
— Universitetda bólgan ishlar sabab Uyimgacha kelasiz deya òylamagandim . Bilaman Jaxlunguz chiqdi . Qasam ichaman Otamning hamkori ekanligingizni bilganimda bularni qilmasdim . Hatto - qizning oğzi tinmay Gapirar ekan undan hali - hamon nigohlarini uzmagan yigit qizning gaplarini kesib ótdi va qizning xibcha belidan tutdi .
— Janob Jeon - kózlari favqulodda kengaygan qiz sekin shivirladi .
— “Janob Jeon” ilk marotaba talaffuz qilgan vaqting yoqimli tuyulgandi . Ammo hozir unday emas Men Jungkookman qizaloq - qizning óng qól kaftidan tutgan yigit qiz singari shivirladi .
— Mendan Qasos olayapsizmi ? - yigitning harakatkaridan chóchidi qiz .
— Yóq ! Shunchaki Sevimli Musiqam yangramoqda . Bu musiqa ostida seni Valsga taklif etaman Kichik xonim .
— Men Kichik Emasman ! - yigitning gaplaridan yuzini jiyirgan qiz boshqa tomonga nigohlarini qaratdi .
— Unda Seni “ Quyoncham” deb atayman - qizni quloqlariga egilgan yigitning shivirlashi jimjimador edi .
Yigitning gapidan qotib qolgan Deelan bir on poshnali tuflisi yordamida yigitning poyabzalini ezğiladi . Ammo shu on Belida qattiq siqilishni ham his etdi .
— Jim Quyoncham Tixqirlik qilma ! Aks holda Alvon Tusli kóylaging Egningda bólmaydi . Oppoq yelkalaring ochiqligi allaqachon meni qózğatdi . Buning uchun Jazolanasan - qizning belini va qólidagi kaftlarini siqgancha qattiqroq tonda shivirladi Jungkook .
Yigitning gaplaridan kózlari xiralashgan qiz muvozanatni yóqotgancha uning kóksiga yiqildi . Qizning bu holatini kutmagan Jungkook oshirib yuborganligini sezgancha jimib qoldi . Yanoqlariga mitti yosh tomchilar qòyilayotgan qiz Yigitning qóllaridan ozod bóldi . Oy Tomon qorachiqlarini olib borgan qiz kóz yoshlarini bildirishni xohlamasdan kózlarini beixtiyor pir - piratdi .
— Kechir . Rostan Ham Universitetdagi ishlaring Uchun jazavada Edim . Senga Haddingni bildirib qóymoqchi edim . Biroq . . . - gapini davom ettirmasdan xórsingan yigit undan uzoqlashdi .
— Boshqa bunday qilmayman - Qizni yolğiz qoldirish kerak ekanligini bilgan yigit balkondan chiqib ketdi .
— Bu qiz Qayerda Qoldi Ekan ? - boyadan beri Deelanni topa olmay xunob bólayotgan qiz yóliga qaramasdan afitsantga urilib ketdi va qólidagi sharob qizning egniga tókildi . Kiyimi dab-dala bólganligi sabab jazavasi qózib ketgan qiz hech kimga qaramasdan tepa qavatga kótarildi . Qaysi xonaga kirganligi anglay olmay qolgan Taeri kiyimini doğini ketkazish uchun nam salfetkadan foydalana boshladi .
— Jin Ursin boshimda shu ham bormidi ? - óziga gapirgancha nolinayotgan qiz eshikdan kimdir kirganligini ham payqamadi hatto .
— Ketmayapti Endi nima qilaman ? - nozik belidan baquvvat qóllar óralganligini his etgan qiz seskanib ketdi .
— Shhh Azizam Bu Menman ! - qizni bóyniga yuzini kómgan Yigit U yerni lablari bilan Erkalay boshladi .
— Hyerin . Atiringni almashtirdingmi ? - qizni bóynidan yuzini kótargan yigit uning quloğini sekin tishladi .
Haligacha Karaxt holda qotib qolgan qiz Tezda yigitni tanasidan yulqinib chiqdi va uning yuziga kichik kaftlari bilan tarsaki tortib yubordi .
— Jinni Bólgan telba ! - tili orasida vishillagan Taeri hali hamon yuzi ózgarmagan yigitga nafrat bilan boqdi .
— Aqlingni yedingmi Hyeong qay jurʼat bilan menga tarsaki tushurding ? - qizga yaqin kelgan yigitning yuzi va erkaklik tomirida vajohat ufurib turar edi .
Keskin ózini yigitdan uzoqlashtirgan qiz titrab ketdi .
— Men Hyeong Emasman ! - qizni gapidan kulib yuborgan yigitning yuzi yana jiddiy tus oldi .
—Jazodan qochish uchun Ózingni ismingdan Ham voz kechmoqdasan . Qanday Ajoyib spektakl shunday emasmi ? - qizni kaftlaridan siqgan yigit unga oğriq berayotganligini ham unutdi .
— Men Hyeong Emasman ! Adashtirganliging Sabab Javob berasan - qizning bu safar nafrati tobora kuchaydi .
— Men . Javob beramanmi ? Aslini olganda Hamma erkakni tagiga kirib chiqgan Tanang Tarsaki sabab menga Javob beradi . Ayovsiz Jazolayman Tanangni har qarich yerini* - yigitni gaplaridan shok holatga kelgan qiz Boshini sarak-sarak qimirlatdi .
— Men Hyeong Emasman ! U esa Foxi*sha emas ! - yigitdan bir qadam ham uzoqlashmagan qiz bu safar eshik tomon yurmoqchi bóldi Ammo kichik qólidan baquvvat kaftlar tutgancha qizni devorga zarb bilan órdi .
— Buni qilishni istamagandim . Ammo Majbur qilding* Men Bu yerga Deelanni tuğilgan Kuni uchun emas Seni Tanang uchun keldim axir - qizni quloqlariga ehtiros va jaxl aralash shivirlagan yigit u tomon egildi .
— Iflos qóllaringni mendan Ol Kim Taehyung ! - bir on qotib qolgan yigit kim uni shunday chaqirishni juda ham yaxshi yodda saqlab qolgandi . Qiz bilan nigohlarini tutashtirgan yigit Unda Hyeongni izladi . Yóq Bu Hyeong emas .! Hyeong Yigitga hech qachon tarsaki tushurmas edi . Unga bunday zarda bilan muomala qilmas edi . Va eng asosiysi “ Kim” deya murojaat etmasdi . Bularni hammasi faqat bir odamni jasurligiga borib taqaladi Jung Taeri . Hyeongning Egizak singlisi va Taehyungni javobsiz sevgisi .
— Taehyung Azizim Shu yerdamisan ? - xonani eshigini ochib kirayotgan qiz sekin shivirladi . Taeri va Taehyung jimib qolishar ekan hali ham vaziyatni Taehyung kótara olmasdi . Yoki shunchaki Qarshisidagi qiz Taeri ekanligiga ishongisi kelmasdi xolos .