𝖬𝖸 𝖣𝖤𝖥𝖨𝖫𝖤𝖣 𝖤𝖣𝖤𝖭 ¦¦ 𝖨 - 𝖡𝖮𝖡
— Sendan Nafratlanaman —
— Sendan Nafratlanaman —
Bu hissiyotlar Taqiqlangan edi... Lekin Yuraklar buni tan olmadi . U meni Yomon kórardi . Men Esa undan nafratlanardim . Ammo qanchalik uzoqlashsam Shunchalik ichkariga tortilardim . Sen Menga Dushman kabi eding... Lekin Yuragimda chuqur iz qoldirgan ósha ham Sen eding .
*
Yotoqning qoq markazida uxlab orom olayotgan qiz bir necha daqiqalardan sóng tólğona boshladi . Kiprik tolalari yumuq bólishiga qaramasdan qoshlarining tushunarsiz oğriqdan burishtirgancha boshini sarak qimirlatayotgan qiz soniyalarda órnidan turib ketdi .
~Yóq... Yóq.. Bu tush.. Bu tush edi .!
Uyğonib ketdim . Ôpkamga havo yetmayotgandek chuqur nafas olayapman . Yurak urushim allaqachon tartibsiz . Peshonamda esa ter tomchilari miltillar edi . Yóq . Bu yana ósha tush . Seulga kelganimga 1 oy bóldi . Shu bir oy ichida qórqinchli bir xil tush kórayapman bu nimani anglatadi ? Nima qilishim kerak ? Ôrnimdan turgancha balkonning eshiklarini ochdim . Yuzimga mayin va salqin shabada órilishi bilan yengil tortdim . Toza havoda biroz sukut saqladim . Ortimga burilmoqchi bólganimda kimdir menga qarshilik qilgancha xibcha belimdan qóllarini ótqazdi . Seskanib ketgancha ózimni ónglay olmasdan ortimdagi mushakdor tanaga yopishib qoldim . Bóynimga tekkan hól lablar sababli tanamda tikka bólmagan tukim qolmadi endi qichqirmoqchi bólar ekanman , tanish ovoz meni tóxtatdi .
~ Shhh Bu menman tinchlan
Jin Ursin ! Yana kim ham bunday qila olardi ? Ortimda turgan mushakdor tana Meni allaqachon xórmacha qiliqlari bilan aqldan ozdirgan Ôgay akajonim Jeon Jungkook ! Ming lan'at undan alkogol hidi anqiyabdi . Nima U mastmi ?
Tezda ortiga ugirilgan qiz yigitning baquvvat qóllaridan yulqinib chiqdi .
~ Alqdan ozganmisan Xonamga kirishga qanday jur'at etding !
~Men senga aytganman Singiljon Bu uyda Hamma narsa menga tegishli kichik xonangdan tortib Sengacha. Hammasi meniki !
Uning Gaplari butunlay oddiy fikrlaydigan odamniki kabi emasdi . Albatta axir u esdan oqgan sarhusht .
~ Daf ból Baqirib hammani uyğotmasimdan xonamdan chiq Ahloqsiz !
~ Mmm Ustingdagi kiyiming menga yoqdi . Tan olaman Qomating juda chiroyli .
Uning gaplarini tahlil qilishga urinar ekanman Ustimda faqatgina yengil oppoq kóylak borligi yodimga tushdi . Uning kózlari esa allaqachon nopok tuyğular qurshovida qoraygan edi . Oldimni qóllarim yordamida yopgancha unga chinqirib yubordim .
~Ming Lan'at Qarama !
~Nima ? Qórqib ketdingmi ? Singiljon Hayollaring bunchalik buzuq . Qórqma Sendek qoni buzilgan qizga qólimni tekkizmayman !
Ğazab va alam sababli Jungkookning yuziga kichik kaftlarim bilan tarsaki tortib yubordim . Jungkookning gaplaridan haligacha titramoqdaman . Men unday qiz emasman Men Nopok emasman . Uning yuzida zarracha afsuslanish tuyğusi yóq !
~ Xonamdan hoziroq Yóqol . KET !
U hech qanday reaksiya bildirmagancha oğir qadamlarini eshik tomonga yónaltirdi . U kóp ichmagan Tóğri Qadam tashlamoqda . U mast bólmasa qanday qilib bu gaplarni menga ayta oldi . Xonamning eshik tutquchini ushlagan Jungkook Ortga qaramadi ammo jarangdor ovozi quloğim tagida aks sado berdi .
~ Unutma ! Sening Eng katta aybing Mening ógay singlim bólganingda...
U sas-sadosiz eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi . Majolsiz yerga sirğalar ekanman, yanoğimni kóz yoshlarim yuva boshladi . Men buni xohlamagandim . Fransiyadan Koreyaga kelishni , Onamni vafot etishini va “ Ota” nomiga arzimaydigan insonning Seuldagi oilasi buzilishini . Bularning hech birini istamagandim . Men góyoki Lan'atga óxshayman . Qólim tekgan joy Vayronaga aylanadigandek . Men majbur edim . Men ógay akam va opam bilan yashashga majbur edim .
Kechqurun yaxshi uxlay olmaganligim sabab kózlarim xira torta boshladi . Zinalardan sekin pastga tushar ekanman Mehmonxonada faqat Jungkook nonushta qilayotganligini kórib hafsalam pir bóldi . Hech narsa bólmagandek ózimning stolimga joylashdim .
~ Kózlaring tagi shishibdi . Yiğladingmi ?
Bezbetlarcha berayotgan savoli asab tolalarimni chirt uzulishiga sabab bólmoqda . Nimadir óylab topishim kerak. Bu savolga javob berishni istamayman .
~ Otam Qayerdalar ?
~ Xizmat Safariga Ketdi . Har doimgidek .
~ Men Maktabga ketaman
~ Ôzim olib boraman . Hozir esa ovqatlan
~ Sehunchi ? U olib borsin
~ Yonimda boshqa erkaklarni ismini tilingga ola kórma !
~ Xósh Shunday qilsamchi ? Unda nima ?
Kechagi alamlarimni olishim kerak . Har holda Ôgay Akajonim menga befarq emas . Xato qildim rostan , Jungkookning kózlaridan va nigohidan ğazabi eng oliy nuqtasida ekanligini angladim . Allaqachon kózlari siqilib ketgan yigit oldidagi suv bilan tóldirilgan stakanni devorga otib yubordi . Bu ishni kutmaganligim sababli kichik chinqirib yubordim . Bir zumda qarshimda paydo bólgan yigit meni yanada qórqitib yubordi .
~ Agar yana bir marotaba Ôğzingdan erkak kishining ismi chiqadigan bólsa Avval ularni keyin seni tiriklayin kómaman TUSHUNDINGMI ?
Bilagimdan siqib Gapirayotgan yigitga qaragancha Boshimni tasdiq ma'nosida silkitdim .
~ Menga sózlar bilan javob ber Deelan !
~ Ha.. Tushun.. Tushundim
~ Yaxshi ovqatlanib bólgan bólsang Mashinaga
~ Jungkook... Men ózim yayov ketmoqchiman
~ Hozir Senga nima dedim ?
~ Istamayman. Jin Ursin Sen bilan Ketishni xohlamayman
~ Haddingdan oshding Silgiljon ! Bu safar Seni Jazolayman
~ Kimsan ? Sen kimsanki Menga jazo berasan ? Kimsanki Menga taʼqiq quyasan ? Ôldirsang ham Senga bóysunmayman .
Yigit shuncha vaqt ózini bosib turgan bólsa Sabrining kosasi hozir ayni vaqtda oliy chóqqisiga chiqdi . Qizni tatirovka tushurilgan qóli bilan buğgan yigit uni devorga tiradi . Birozdan sóng nafas ola olmay yuzlari qizğish tusga kirayotgan qizning kóz qorachiqlari ortga keta boshladi .
~Menga qara Deelan ! Agar yana bir marotaba menga bóysunmasang Ôzim ólimingni kafolatlayman . Bu uyga kelganingga va ógay singlim bólganingga 1 oydan oshdi . Shunda ham qaysarlik qilishni tóxtatmayapsan SHI*T !
Qóllarini qizning bóynidan olgan yigit qizni polga yiqilishiga sabab bóldi . Kislorod yuta olmay qiynalayotgan qiz bor kuchi bilan yutalar buning ustiga nafas olmoqchi bólardi . Qizni qarshisiga chókkan yigit uning nozik oq bóynida qizğish doğ qolgan joylariga tatirovkali qólini yugurtirdi .
~ Ôjar ! Bunga sen aybdorsan
Qizning bóyniga yuzini kómgan yigit Sekin u yerda ópich qoldira boshladi . Góyo qizdan kechirim sórayotgandek uni sekin ópar ekan, uni yarasini davolayotgandek edi . Kózlarini yumgan qiz sekin shivirladi .
~ Nafratlanaman !
~ Seni iforing.. U mening chegaralarimni buzmoqda .
U sekin bóynimdan oxirgi marotaba bósa olar ekan Menga taʼkidladi .
~ Mayli Maktabingga bor . Faqat bugun yolğiz .
Ôrnimdan turar ekanman Unga nafrat bilan qarab papkamni qólimga oldim .
~ Ôlimingni Tilayman Jeon Jungkook ! Jaxannamda yonib kul bólishingni istayman .
Psixopotlar kabi yuqoriga qarab kulayotgan Jungkookning keyingi gaplari meni butunlay yanchib tashladi .
~ Sendek Totli Qóğirchoğim bor ekan, ógay Singiljonim Hali ólmasligim aniq !
Qadamlarimni odimlatgancha nafaqat bu xonani balki Jeon Qórğonini ham tark etdim .
Bir necha Kundan buyon Mehmonxonada Yashayotgan qiz allaqachon bu yerning Muhitiga moslashgan edi . Har doim Ójarligi va qaysarligi Ustunlik qilib kelgan qiz bu safar ham otasi va akasining gaplarini tinglamagan holda shu yerda, va ayni damda ham San'at va Rasm yaratish bilan band . Ôzini ishini Tugatmasdan oldin eshik qónğiroği jiringlar ekan ,qiz rasmni oxirgi nuqtasiga kelganligi ishonchi komil edi . Hali ham kech emas qiz bu san'at asarini tugatib qóyishni xohlaydi . Qónğiroqning ketma-ketlikda chalinishi va qiz rasmning sóngi detallarini ham tugatdi . Eshik yoniga borgan qiz eshikni ochar ekan uning ortida turgan odamni kórgancha joyida muzlab qoldi .
~ Salom Azizam kutmaganding ?
~ Taehyung... Sen...
Eshikni yopmoqchi bólgan qizni tóxtatib qolgan yigit Xona ichiga kirgancha qizni devorga zarb bilan bosdi . Allaqachon bunday holatni kutmagan qizning yuzi oğriqdan burishgan bóldi .
~ Sevgilim Meni Soğinmadingmi ?
Xibcha belimga sovuq qóllar oralar ekan seskangancha yanada devorga itarildim . Qarshimdagi rostan Taehyungmi . Ammo qanaqasiga ?
~ Amerikadan qachon kelding ?. Yana nega meni yonimga kelding . Ôldirish uchunmi ?
~ Shh Arli Meni xafa qilayapsan . Nahotki shunday yomon yigitga óxshasam
~ Psix Meni hoziroq qóyib yubor !
~ Faqat Haqorat emas !
Qizni lablarini ustiga kórsatkich barmoğini olib borgan yigit uni silagancha ópish uchun egildi . Yuzini keskin yon tomonga burgan qiz yigitga qaramasdan shivirladi .
~ Jirkanaman ! Sendek maxluqdan nafratlanaman .
Qizning gaplari allaqachon yigitni quyishqondan chiqarib yubordi va shu sabab ham qizni polga kuch bilan itarib yubordi .
~ Seni Yaxshi yól bilan olib ketmoqchi edim . Rafiqam sifatida kórmoqchi edim . Ammo Afsuski Sen bunga arzimas ekansan .
Polga yaxshigina surğalgan qizning tirsagi va labi alvon qon tusiga burkandi . Ammo shunda ham yigitga nisbatan nafrati kópaymadi .
~ Aslo . Menga qilgan Shuncha ishlaringdan sóng Bu gapni aytishga haqqing yóq !
~ Arlian . Seni Sevganman Xolos . Nahotki ishonmaysan
~ Qanday qilib ?! Gapir Qanday qilib sanoğiga yeta olmaydigan yolğonlaring bilan sevgingga ishonay Ayt Menga .
Bu safar yigitni yuzida zarracha ğazab va jaxl yóq . Qizni lablari qonaganligini payqagan yigit polga tiz chókgancha qizni tekshira boshladi .
~ Kechir Meni Sevgilim . Bunday qilishni xohlamagandim qattiq oğriyaptimi ?
~ Qalbim oğriyapti . Tuzata olasanmi . Yuragim yonayapti Alangani óchira olasanmi ?
Yigit jim . Qizning bu gaplaridan uning ham kóngli parcha .
~ Meni Sevmaganding . Shunchaki ótmishda foydalangansan xolos . Ket . Taehyung Ket !
~ Men barini tóğirlayman . Jungkookdan qasos olaman . Arli Akangni óldiraman . Seni Sevaman . Senga ziyon yetkazmayman !
Qarshimda turgan Taehyung xuddi maniaklar kabi Akamni óldirishini aytyapti . Jin Ursin Taehyung... Kimga aylanib qolding ?
~Akamga yaqinlashma !
~Jungkook... Meni Singlimni óldirdi . Yoki Unga qadrli odamni óldiraymi men ham ?
~ Taehyung..
Lablarim titrab ketdi . Men sevgan yigit Shu edimi ? U hozir meni aytyaptimi ? Nahotki..Bu Sen!? Qórqyapman . Seni qanday sevdim asil yuzingni mana endi kórsatding Kim
~ Yóq Arli . Seni emas Ôsha ógay singlingni
Tanamdan sovuq ter oqayapti . Bu rostan Taehyung emas . Uning kózlari allaqachon Qasos ótidan kór bólgan . Politsiyaga qónğiroq qilishim kerak .Yoki akamga ..
~ Seni Soğinganman..
U sekin Sovuq lablarini bóynimga bosdi . Eshik hali ham ochiq . Bundan boshqa ilojim yóq . Qochishim kerak !
~ Taehyung . Jungkook Ameliani sevgan edi . Uni ólimini hech birimiz istamadek . Bu Taqdir ekan Akam..
~ Yóq ! Agar sevimli akajoning bólmaganda singlim ólmasdi . Arli Biz ham bu ahvolda bólmasdek .
Boshqa ilojim yóq . Kechir Meni Tae .
~ Meni soğingansan shundaymi ?
Uning oq kóylak tugmalarining bir nechasi ochiq edi . Men esa sekin uning kóksiga qólimni olib bordim .
~ Arli... Nima qilayapsan ?
U allaqachon nazoratdan chiqgan holda menga pichirladi . Bilmayman Jin Ursin ! Nima qilayotganligimni bilmayman .
~ Men ham Seni Soğinganman Kim !
Taehyung bir on qotib qoldi sóng Mamnun irshaygancha Ôrnidan turdi va belimdan tortgancha Meni kóksiga mixladi .
~ Seni Juda Ham Sevaman Arli .
U bu safar Nim pushti lablarimdan kózini ózmagan holda ogohlantirdi . Masofa borgan sari yóqolib bormoqda . Yóq ! Men tezda uning lablariga qólimni bosdim va bóynidan ushlagancha men tengi egiltirdim .
~ Nahotki Shu Yer Biz uchun Qulay joy Janob Kim ?
~ Yóq Jeon xonim . Ijozat eting !
U meni Dast kótargancha yotoq xonam tomon yurdi . Bilardim . U meni anchadan beri kuzatgan shu sabab ham yotoğim qayerda ekanligini biladi . U meni Sekin yotoğimga yotqizdi . Lan'ati ! Meni rejam qochish edi . Yuragim hapqirib urmoqda . Taehyung bilan 1 yil oldin sevishganlar bólsakda U bilan yaqinlik* qilmaganmiz . Ôrtamizda sof muhabbatdan bólak boshqa hech qanday teginishlar* bólmagan . Ammo hozirgi Tae... U boshqa
~ Qórqyapsanmi ? Bilaman Seni kóp bora ranjitdim . Shunday bólsada Har doim Sevganman .
U aynan hozir yonimda, qarshimda peshonamga peshonasini tiragancha kózlari yumuq . Men qidirgan Taehyung Shu edi . Ammo bu safar Emas . Bu safar ham unga ishonishni xohlamayman ! Tezda órnimdan turdim va Taehyungni yotoqga irğitib yubordim .
~ Meni Kechir Taehyung .
U hech narsani anglab ulgirmasdanoq yotoqxonam eshigiga yugurdim va tezlikda eshikni qulfladim .
~ ARLIAN ! OCH SHU ESHIKNI ! MENI ALDADING ! OCHMASANG SINDIRAMAN !
Uning gaplariga e`tibor bermagancha Tezda qólimga telefonimni oldim . Yóq ! Yuragim urushi notinch qóllarim Titramoqda !. Jin Ursin Uyga . Uyga borishim kerak .
Tezda Xonani tark etgan qiz mehmonxona lifti yoniga kelgancha tugmani sabrsiz bosa boshladi . Xonasi tomondan esa allaqachon Shovqin ovozlari yangramoqda . Lift ochilar ekan Xonasidan chiqgan Taehyungni kórgan qiz tezda ózini Leftga urdi va tugmani qaltiragan qóllari bilan yana bosa boshladi . Vanihoyat eshik yopilmoqchi bólar ekan Lift qarshisiga kelgan Taehyung Qizga qaragancha tahdidli shivirladi .
~ Buning uchun Javob berasan ! Badali oğir Bu Yukni Arlian .
*
Quyoshning zarrin nurlari sekin sònib borar ekan , Seulning Nufuzli Maktablaridan biri hisoblanmish Kawyon School of Art & Design dan chiqib kelayotgan qiz yelkasidagi qópol cholğu va nonushta qilmaganligi sababli titramoqda . Uning yonidan ótib borayotgan maktab óquvchilarni esa Bir-biri bilan ishlari umuman yóq . Tasodifan turtilish oqibatida muvozanatni yóqotgan qizni kimdir ushlab qoldi .
~ Yólingga Qarab Yur ! Kichik jussa bólsa ham bu qizni kórmadingmi ? Lan`ati Yaxshimisiz ?
Deyarli holdan toygan qiz hech narsani anglab ulgurmagan holda yigitdan ózini ozod etdi .
~ Rahmat Sizga Ming bor Uzur .
~ Hech qanday Uzurli holat emas . Ahvolingiz yaxshimi Shu maktabda óqiysizmi ?
~ Ha ahvolim Joyida . Shu yerda tahsil olaman .
~ Yaxshi . Men ham Yaqinda koreyaga kelgandim . Shu sabab ham Shu maktabni izlayotgandim .
~ Kórinishingizdan koreyalik emassiz
~ Ha Men asli Fransiyalikman
~ Rostan Men Ham Fransiyada yashaganman . Aynan Yurtimdan kimnidir uchratarman deb óylamagandim .
~ DEELAN !
Bu... Bu ovoz . Jin Ursin Bólishi mumkin emas ! Tezda yon tomonimga ógirilar ekanman, mashinasidan tushib men tomonga ğazab bilan kelayotgan ógay akamni kórib yuragim ortga tortib ketdi .
~ Haligi Uzur Janob Men ketishim kerak
~ Hayrli Kunlar Miledy .
U yigit menga bir kózini qisgancha Maktab darvozalari tomon yónaldi . Bir on qotib qolar ekanman, tezda hayollarim yiğgancha, Jungkookga nigohlarimni tikdim . Uning nigohlari “ Seni Óldiraman” demoqda . Yóq . Tipirchilagancha Jungkookni yoniga bordim .
~ KIM U ? NIMA QILAYOTGANDING U BILAN DEELAN GAPIR !!!
Jungkookni hayqirib yuborganligidan butun maktabdan chiqayotgan óquvchilarning butun diqqat e`tibori unga va menga qaratildi . Jin Ursin ! Shunaqa ham qópol bólish mumkinmi ?
~ Ovozingni biroz past qilsang xursand bólardim .
~ Ôsha yigit nega seni belingdan ushlaganligini va u bilan kulib gaplashayotganligingni hisobini ber HOZIROQ !
~ Ôzingdan kimni yasayapsan Jeon ! Sen menga hech kim emassan bólmaysan ham . U yigitga kelsak U mening shaxsiy hayotim . Eshitdingmi SHAX-SIY !
Oxirgi sózlarimga urğu berdim . Unga qayerda ekanligimizni ahamiyati yóq ekan Menga ham . U menga jaxl qiladi bunga meni haqqim yóqmi ? Qólimni siqgan yigit meni óziga tortgancha belimni ham qattiq siqdi va bir qóli bilan Yelkamdagi violonselni yulib oldi .
~ Seni nimadir qilib qóymasimdan mashinaga Chiq !
~ Jin Ursin Seni Jeon !
Men ham u kabi tahdidli shivirladim va qadamlarimni mashina tomonga odimlatdim . U ham ortimdan ergashar ekan mashinaning old órindiğiga ótirgancha Mashina eshigini sezilarli darajada qattiq yopdim . Uning asablari menikidek tarang juda . Ammo baribir qilgan ishini oqlab bólmaydi . Jungkook Mashinani joyidan qózğatar ekan Birozdan sóng Mashina qora asfaltga ishqalagancha yoqimsiz chiyillash ovozi hosil qildi va katta tezlikda bu yerni tark etdik .
Ming Lan'at Mashina juda katta tezlikda harakatlanayapti . Bu telba ikkimizni ham óldirmoqchi Jin Ursin !
~ Jungkook Senkinroq Hayda
Yóq U tóxtamaydi . Mashinani boshqarib ketayotgan Jungkookning kózlarida sónmas ğazabni kórdim . Endi rostan qórqyapman .
~ Bu juda tez Jungkook...
~ Ôchir Uningni ! Bunga sen aybdorsan
Yóq Tezlik juda baland ! Iltimos . Unday qilmang ! Oyijon . Oyijonim .
~ Jungkook Iltimos Bas qil !
Yiğlab yubordim . Men Mashinada avtahalokat sodir bólishini istamayman . Yóq... Yóq xohlamayman . Katta tezlikda ketayotgan mashinaga tormoz bergan Jungkook Tezda menga qaradi . Ha ! Men yiğlayapman . Ilk marotaba . Uning yonida bu birinchisi . Uni shuncha achchiq gaplariga chidadim ! 1 oy . 31 kundan beri Hayotim Jaxannamga aylandi . Ammo shunda ham yiğlamagandim . Uni yonida ojizligimni kórsatishni xohlamagandim .
~ Dee Bóldi . Ôtib ketdi . Yiğlama !
Ismimni ilk marotaba qisqa talaffuz qilgan Jungkook meni quchoğiga oldi . U bilan nigohlarimiz tóqnashar ekan uni kózlarida shu vaqtgacha ziğircha kórmagan mehr uchqunini kórdim
~ Jungkook Men tezlikdan qórqmadim.. Oyim.. Oyim Avtahalokatda vafot etgan .
~ Tinchlan Hammasi ortda qoldi .
~ Oyijon..Oyijonim..Nega meni yolğiz tashlab ketdingiz
Yosh bolalarcha xarhasha qildim . Aslida ham shunday emasmi ? Axir voyaga yetmaganmanku ! Bu hayot va uning qonunlari meni kattalar singari fikrlashga órgatdi !
~ Yolğiz ? unda men kimman ?
Bir on jimib qolgan qiz ózini yiğgancha Sekin Yigitning quchoğidan chiqdi va tóğri joyiga ótirdi .
~ Sen.. Sen Meni Akamsan . Mendan nafratlanadigan , qoning bir bólmagan Ôgay akamsan !
Gaplarimdan ózimning kónglim ham chil etgandek góyo . Chuqur xórsingan Jungkook esa mashinani qayta yurğazdi . Birozdan sóng uyga yetib keldik . U ham Men ham gapirmadik . Uyga kirib borar ekanmiz U yerda men umuman kutmagan insonimni kórdim .
~ Arlian Xush kelibsan Singiljon
~ Aka...
Lablari titrab ketgan qiz tezda ózini yigitning quchoğiga otdi .
~ Yaxshimisan Arli, Uyga qaytdingmi ?
~ Ha qaytdim . Shu yerda yashayman endi . Sen Deelansan shundaymi
~ Xush kelibsiz Arlian
~ Xush vaqt ból ! Deelan Akam va Meni yolğiz qoldira olasanmi ?
~ Ha albatta Men xonamga chiqaman .
Bu ósha qizmi ? Ya`ni ógay opam Jeon Arlian , u modalar olamida mashhur bólganligi sabab kóplar uni Arlian Harveston ham deyishadi . Jungkook va Arlian qanchalik óxshash u ham akasi kabi meni kamsitadimi ? Sanoği yóq Savollar ...
Birozdan sóng xonamga kìrgancha chuqur uh tortdim . Xonam qoronğuligi sabab sekin yurar ekanman nimadirgadur oyoğim toygancha yiqilib tushdim . Oyoğimni ğingshib ushlar ekanman nimaga urilib ketganligimni kórmoqchi bólib chiroq tomon yurdim . Chiroqni qólim yordamida yoqmoqchi bólar ekanman baquvvat qóllar tomonidan devorga urildim . Bu yomon oğridi . Jin Ursin ! Seni Jungkook . Bóynimga tiğli narsa qadalar ekan kózlarim favqulodda kengaydi . Bu U emas . Jungkook emas .
~ Kimsan ?
Qórqgancha ohista gapirar ekanman , Quloqlarim yonida tartibsiz nafas olayotgan yigit xuddi men kabi sekin va qórqinchli shivirladi .
~ Ajaling !