December 5, 2024

The end

AUTHOUR: YAN TAERI.

𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛 𝑦𝑜𝑥𝑢𝑑 𝑓𝑖𝑛𝑎𝑙...

1-qism

Qamoqxona har tomoni devor bilan qoplangan tepalari esa tokli panjaralarga tutashgan edi har tomondan xavfsizlik signalining ovozi kelar ekan hamma baqirgancha maxbuslar orasidan qochib ketgan yigitni qidirar edi

MAXBUS QOCHDI HAMMA DIQQAT QILSIN 163- XONADAN MAXBUS QOCHDI


- HAMMA MAXBUS 1326NI QIDIRSIN


har joydan baqiriq ovozi kelar ekan har tomonga alanglab epchillik bilan devorni maxfiy teshigidan qochayotgan yigit yana bir bor atrofga qarab qoʻydida  koʻrsichqon uyasi teshigiday keladigan teshikka kirdida bir amallab tashqariga chiqib oldi.

Parallel vaqtlar...
Deyarli har kuni bir talay bokschi-yu sportchilardan toʻlib turadigan zal bugun ham har kungiday qopga beriladigan zarb ovozi bilan toʻlgan edi ammo bu zarbalar bir odam tomonidan berilayotgan edi. Kech boʻlganligi sababli zalda boshqa hech kim qolmagandi hisob. Qiz tinmay boks qopiga zarbalar berar ekan deyarli sillasi qurigan edi va oppoq yuzlarini ter qoplab qizil sochlari qora koʻzlarini butkul toʻsib qoʻygandi qiz oxirida yana bir zarbani beraman deganda kimdir boks qopini bir tomon olib qochdi

JEON JUNGKOOK

Jungkook: balki yetar
Jungkook: nima qilayotganingni koʻrib turibman aynan shu mashgʻulotingni toʻxtatishingni istayman


Jungkook Taerini bu gapidan soʻng asabiylashganch tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirdida oʻzini bosgancha qizga gapirdi
Taeri: menga farqi yoʻq menga hozir pul juda ham zarur, hech kim meni qoʻlimga hech nimani evaziga pul tutqazib qoʻymaydi
Taeri shunchaki sovuqqonlik bilan javob berdida yana shaylanib qopni uraman deyotgan bir paytda Jungkook yana qopni ushlab oldi
Taeri:qoʻyib yubor deyapman
Qiz asab tolalari taranglashganidan borib Jungkookni qoʻlidan qopni olishga harakat qildi ammo bu barzangiga kuchi yetmasdi oxiri Taerini mayda harakatlaridan xunob boʻlib shartta qizni butun gavdasi bilan devorga qadadi va ikkala qoʻlini qizni ikki tomonidan oʻtkazib devorga tiradi
Jungkook: men senga yana takrorlayman hech qanaqa jangda qatnashmaysan uqdingmi
Taeri shunchaki hissiz uning koʻzlariga qaragancha javob berdi
Taeri: men majburman ilochsizman
Jungkook: men senga oʻzim pul topib beraman
Taeri: menga seni puling kk emas
Jungkook: ammo nega b..
Taeri: jim... kerak emas dedimmi demak yoʻq, men birovdan qarz olishni istamayman
Jungkook: bu qarz emas
Taeri: toki sen menga begona ekansan bu qarz
Jungkook begona soʻzini eshitishi bilan jim boʻlib qoldi toʻgʻri ular doʻst lekin Taeri uni oʻzidan uzoq tutishi doim xafsalasini pir qilardi va hozir ham Jungkook shunchaki ogʻir xoʻrsinib qoʻydi
Taeri: men endi ketishim kk
Taeri Jungkookni qoʻli orasidan egilib aylanib oʻtdida sumkasini yigʻib zalni tark etdi. Tashqariga chiqdida chetda turgan koʻpyillik hamrohi qora motatsikliga yaqinlashdida shlemini kiyib koʻchani motatsikl shovqiniga toʻldirgancha ketdi va Jungkook ham ortidan chiqdida biroz muddat uni ortidan qarab keyin u ham motatsikliga minib u yerni tark etdi.


Yoʻlda hayollarga berilib ketayotgan Taeri nima qilishga hayron edi qayerdan buncha pulni topadi qanday qilib yagona borligʻi singlisini bu darddan qutulishiga yordam beradi, tobora yaqinlashib kelayotgan turnir haqida oʻylar ekan yuragi orqaga ham tortib ketar edi oʻzini qancha jasur tutmasin ich-ichidan zir-zir titrardi.hayolga berilib butunlay yoʻlga qaramagani sabab birdan yon tomonidagi oʻrmon tomondan kimdir zarb bilan chiqar ekan toʻgʻri qizning motatsiklini oldiga kelib qoldi va natijada nohush xodisa sodir boʻldi Taeri toʻsatdan boʻlgan ishdan yangib qolgancha roʻlni bursa ham ulgurmadi va oʻsha kimsani urib oʻzi motatsikl bn yiqildi ammo qattiq emas. Biroz zarb tufayli yuzini burishtirgan qiz bir amallab oʻrnidan turdi va yerda hushsiz yotgan odamni koʻrib koʻzlari kosasidan chiqquday boʻldi hadikkancha sekin qadamlar bn uni yoniga yaqinlashar ekan boshidan qon oqayotganini koʻrib ichidan nimadir uzilganday boʻldi va yurak yutib yoniga yaqinlashdi va yaqin kelib burni ostiga qoʻlini tutdi va nafas olayotganini koʻrib biroz oʻziga keldi
PovTaeri
E xudo oʻzinga shukur tirik ekan yo xudo oʻzinga shukur, ammo endi nima qilaman uni qayerga olib boraman agar hozir shifoxonaga olib olib borsam nima boʻlganini aniqlashtirishadi keyin men urib yuborganinimni bilishsa yaxshi boʻlmaydi hozir tavakkal qilolmayman. Nima qilaman, nima qilaman oʻyla Taeri oʻyla
Qiz asabiylashgancha boshini changallab osmonga qarab uf tortdi va tez oʻzini oʻnglab atrofga alangladi va yerda yotgan yogitga qarab tirdida chuqur nafas olib chiqardi va bir amallab uni koʻtarib motatsikliga joylashtirdida oʻzi ham mingashib atrofga qaradi va motatsikleni yurgazib uyi tomon yoʻl oldi.
Yarim soat ichida uyiga yetib keldi va boyagi odamni bir amallab koʻtarib uyiga olib kirdi zoʻrgʻa sudragancha zaldagi divan ustiga qoʻydida oshxonaga borib issiq suv bint sochiq yana nimalardir olib keldi va tezda boshidagi yarani tozaladi va bir nechta dori qoʻllab bogʻlashni boshladi. Bogʻlashni yakunlar ekan anchadan beri talvasa tufayli eʼtibor bermayotgan narsasiga eʼtibor berdida koʻzlari kosasidan chiqquday boʻlib oʻrnidan turib ketdi
Taeri: yo xudo bu nimasi bu.. bu nusxa maxbus ekan, qochoq ekan yo xudo endi nima qilaman politsiyaga xabar beraman ha xabar beraman ammo menga muammo boʻlmasmikin,
Taeri: agar bu nusxani shunday uyimda saqlab tursam aniq muammo boʻladi
Taeri oʻziga oʻzi shunday deb tepada mashgʻulotga ketishidan oldin quvvatlashga qoʻyib ketgan telefonini olib politsiyaga xabar berish uchun xonasiga koʻtarildi va ichkariga kirdi va 911 ni terdi javobni kutar ekan tobora asabiylashib qoʻllarini qarsillatardi va bir oyogʻini qimirlatar edi va goʻshakni koʻtarishdi
X: hayrli kun xavfsizlik xizmati eshitadi qanday yordam berolamiz
Taeri: salom bilasizmi meni uyimda qochoq maxbus bor
X: toʻliq maʼlumot bera olasizmi uyingizda qochoq jinoyatchi nima qilyapti
Taeri: bilasizmi... haligi.. men uni bexosdan urib yubordim keyin kiyimiga eʼtibor bermay uyimga olib kelibman hozir koʻrib... iltimos tezroq yetib keling
X: xonim agar jinoyatchi hushsiz boʻlsa biror bir xonaga qamab ehtiyotkorlik bilan ushlab turing biz tez orada yetib boramiz
Taeri: iltimos faqat tezroq
Goʻshakni qoʻyishi bilan chuqur uhh tortdi va xonasidan chiqib zinalardan sekin sekin pastga tusha boshladi va entikib divan tomon qarar ekan divan boʻm boʻshligini koʻrib yuragi shim etib ketdi va koʻzini har tomon yugurtirar ekan birdan ortidan kelib tiralgan pichoq tufayli joyida qotib qoldi
X: kimsan men bu yerda nima qilyapman
Taeri: me.n.. h.a..l.igi
X: chaynalmasdan gapir
Taeri: m..e..n si..z ni urib yubordim va uyimga olib keldim
X: politsiyaga xabar berdingmi
Taeri:y.oʻ..q oʻlay ..a.g.a..r
X: aldama qanaqasiga maxbus kiyimidagi odamni shunchaki ushlab tursang kulgimni qistatman
Taeri:...
X: gapir seni kim yonladi
Taeri: hech kim men hech kimni odami emasman
X: nahotki
Taeri: buni istalgan yoʻl bilan isbotlashim mumkin
X: senga ishongim kelyapti lekin men sen koʻrishi va eshitishing kk boʻlmagan odamman azizam meni urib yubormaslik kk edi
Taeri: toʻxta nima qilmoqchisan
X: shunchaki seni tinch joyga yubormoqchiman
Yigit pichoqni qizni oldiga aylantirib boyniga yaqinlashtirgan vaqt birdan politsiya moshinasi ovozi keldi va eshik taqilladi
X: voy lanati manjalaqi politsiyaga xabar berganmiding
Taeri uni chalgʻiganidan foydalanib orqaga tirsagi bilan xarba berdi yigit orqaga chekingach tez eshik tomon yugirdi
Taeri: tezroq kiring u ichkarida
Xavfsizlik xodimlari ichkariga tezlik bilan kirdi va har tomon qarab tekshirishar ekan hech kimni topisholmadi va
X1: bu yerda hech kim yoʻq
X2: yuqorida ham
Taeri qochib ketgan koʻrinadi u meni oʻldirmoqchi edi
Inspektor Xan: menimcha uni endi tutish qiyin boʻladi lanati Kim
Taeri: endi nima boʻladi inspektor
Ins. Xan: biz uni qoʻlga olamiz qoʻrqmang ammo endi oʻzingizdan ehtiyot boʻling
Inspektorni bu gapidan zoʻrgʻa nafasini rostlayotgan Taeri yalt etib unga qaradi
Ins. Xan: menimcha uni qora roʻyxatida siz ham borsiz
Taeri yutinib qoʻydi va biroz muddat inspektorga qarab turdi va ochiq deraza tomon nigohini qaratdi...

YAN TAERI.


Erta tong
Erta tongda kechagi voqelarni oʻylab uxlamay chiqqan qiz yuz qoʻlini yuvib qizargan koʻzlariga biroz tikilib oʻzini epaqaga keltirdi va xuddi hech qanday qiyinchilik koʻrmagan odam qiyofasiga keldi va oynaga qarab bir xoʻrsinib qoʻydi va oshxonaga chiqdi va u yerga borib muzlatgichni ochdi u yerda bir boʻlak nondan boshqa hech vaqo yoʻq edi va bundan xavfsalasi pir boʻlgan qiz hamyoniga qaradi va shunchaki choʻntagiga soldi va koʻchaga chiqdi motatsikliga mindi yoʻlda ketayotib doʻkonlarga kirib bir ikki narsalar oldi va Seul markaziy shifoxonasiga yoʻl oldi.  Shifoxonaga yetib keldi
Taeri: men Yan Sorani yoniga keldim
X: unga kim boʻlasiz
Taeri: opasiman
X: xa shundaymi Yan Sorani yonida yana bir odam bor
Taeri: odam???
X:ha sizdan sal oldin keldi bir yigit
Taeri: yigit qanaqasiga meni hech qanday tanishim yoʻq yoki Jungkookmikin
X: bunisini bilmayman
Taeri ming bir shubha bilan singlisini palatasi tomon bordi eshik tomon yaqinlashar ekan yuragi negadir gʻash edi va eshikni ochishi bilan ichkaridagi singlisi bilan gaplashib oʻtirgan odam u tomon qaradi
Taeri: sen...