February 10

Billionare

Episode - 1

Yarim kechasi edi koʻchada sharroz yomgʻir yogʻar ekan qadamlarini zoʻrgʻa tashlab kelayotgan qiz mastlikdan yoʻlni zoʻrgʻa koʻrar ekan boshidagi qattiq ogʻrigʻu tanasidagi ogʻirlikdan aqldan ozgan edi goʻyo. Koʻcha toʻla mashinalar har tomonga shoshar ekan yoʻlga tushgan har bir narsani uchirib olib ketadigandek. Mashinada ketayotgan yigit har zamon planshetiga qarar ekan aftidan muhim reja ustida ishlayotgani aniq, bekatga yaqinlashar chogʻ birdan oldiga sharpa misol loʻp etib tushgan narsadan tezda toʻrmozni bosdi va biroz shock holatidan oʻziga keldiyu tezda mashinadan tushib yoʻlga tez oʻtib oldi.

— hoooyyy, nega meni turtib ketasan koʻrmisan
Dedi qiz asvaltni qoplagan yomgʻir suvlarini chappillatgancha
— ahvoling yaxshimi, jiddiy lat yemadingmi
Yigit qizni uyoq buyogʻini koʻzdan kechirib yuzini burishtirdida oʻzidan ancha yosh boʻlgan qizga kinoyali gapirdi
— nima ichganmisan
— ha ichganman nima edi, umringda ichgan odamni koʻrmaganmisan
Qiz sarhushligidan ogʻzini bazoʻr qimirlatgancha uyqisirab gapirdi
— ichganlarni koʻrganman ammo ular kattalar edi. Mayli qani tur oʻrningdan
U shunday deb qizni qoʻlidan ushlagancha turgʻizdi qiz esa qarshilik qilib chayqalgancha gʻinshib oʻrnidan turdi
— tegma menga, nima xohlaysan mendan
— mashinam tagida shunday oʻtiraversang nima qilishim kerak axir... Uying qayerda
— uyim, uyim... Hoʻsh bilmayman
U shunday deb labini burdida yelkasini qisdi
— hech boʻlmasa ismingni bilarsan
— ismim, ismim... Hoʻz eslab koʻraychi... Qari Han meni qanaqa chaqirardi eslolmayapman
Dedi u boshini qashlab past ovozda. Yigit esa miyigʻida kulgancha yengil bosh chayqab qoʻydi
— ha esladim, Taeri... Meni ismim Yan Taeri edi
Oʻzidan mamnun qoʻlini qirsillatib kulib qoʻydi
— tushunarli Yan Taeri demak uying qayerdaligini bilmaysan yaxshi bu kecha enagalik qilaman shekilli
U oʻzi eshitadigan darajada gapirdi va qizni qoʻlidan ushlab yetaklashni boshladi
— hoy qayerga ketyapmiz men tushunmayapman
— meni uyimga
— uyinga yoʻq bormayman, qoʻyib yubor
Qiz shunday deb qoʻlini undan tortib olishga harakat qildi
— nima shu havoda shu yerda qolmoqchimisan qaysarlikni bas qil
— yoʻq istamayman, bunga yoʻl qoʻymayman
— nima
— meni zoʻrlashingga yoʻl qoʻymayman
— sen oʻylab gapiryapsanmi, bu nimasi
— nima doim kinolarda shunaqa boʻladi qizlarni mastligidan foydalanib ular bn jinsiy aloqa qilishadi keyin qizlar oʻziga kelib oʻzini oʻldiradi tanimagan odami bn birga boʻlgani uchun
Yigit hayratlanib kuldi
— sen yaxshisi hayotni kino bn bogʻlama qani endi chiq mashinaga
Shunday deb uni mashinaga haydovchi oʻrindigʻi yoniga joylashtirdi va oʻzi ham rulga oʻtirib mashinani yurgʻazdi

Mashinada ketishar ekan anchadan beri oynadan qarab ketayotgan qiz yuzini burdida rulni boshqarib ketayotgan yigitga tikildi
— mukammal yuzimga hali uzoq tikilmoqchimisan
Shunda yonidagi qiz buni tasdiqlagandek bosh silkib qoʻydi, biroq yigit hech bir reaksiyasiz mashinani boshqarishda davom etdi.

Mashina ulkan darvoza orqali ichkariga kirdi. Yigit mashinadan tushdida qizni ham eshigini ochdi
— qani tush
Qiz endi mashinadan chayqalib tushishi bn boshqaruvni yoʻqotib yiqilaman deb turgan bir paytda ulkan qoʻllar mayda jussasini chaqqonlik bn ushlab oldi
— voy, hozir yomon yiqilib tushardim, bu juda ogʻriqli boʻlardi
— koʻtarolmas ekansan nega bunaqa koʻp ichasana
— men oʻzim ichmadim axir majbur qilishdi
Qiz norozi xoʻrsingancha lunjini shishirdi
— kim? Kim seni majbur qildi?
— ular...
Qiz uyqusirab zoʻrgʻa javob berdi
— ular kim
U shunday deb bagʻriga qarar ekan qiz allaqachon pishshillab uxlashga tushgandi
Yigit buni koʻrib bir xoʻrsindida chuqur uh tortib ichkariga kirib ketdi.
Usti boshi jalada shalabbo boʻlgan yigit qoʻlidagi qoʻgʻirchoqdek mayda qizni keltirib divanga qoʻyaman degan boʻynidan mahkam ushlab olgan ekan oʻzi ham divanga uni ustiga tushdi. Bir qoʻli bn divanga tiralib olib iloji boricha tagidagi qizni ezib qoʻymaslikka harakat qildi. Mehmonxona misoli shunday sokin boʻlib qoldiki yigitni kiyimidan oqayotgan su chert chert ovoz berardi, yigit bir zum yomgʻirda shalabbo boʻlgan qizni kiyimidan koʻrinayotgan oppoq badaniga tikilib qolar ekan labdan pastlab ketayotgan hayolini tezda yigʻib oldi va koʻzini yumib yuzini boshqa tomonga burib oldi va asta qoʻzgʻalib qizni ustidan turdi va uyida navbatchilikda qolgan ayol xizmatchilardan birini chaqirdi
— Yoon xonim
— labbay janob
— u uchun kiyim tayyorlab olib boring u meni xonam yonidagi xonamda boʻladi
U shunday deb qizni yana koʻtarib oldi va tepaga oʻsha xonaga olib chiqdi.

Erta tong...
Quyosh koʻzlariga tushib qamashtirar ekan qiz zoʻrgʻa koʻzini ochib ishqalashga tushdi va birdan tok urgandek oʻrnidan sapchip turdi. Boshqa xona, boshqa oʻrin, boshqa kiyim
PovTaeri
Yo xudoyim bu nimasi kecha nimalar boʻldi, ana u kallakesarlar bn bahs boylagandan soʻng nima boʻldi men nima qildim bu qayer bu kiyim meniki emas nahotki, nahotki ular... Yoʻq yoʻq yomon hayollarni miyyangdan chiqar, oʻzingni bos
Qiz hayollarga berilar ekan birdan eshik ochilganidan qoʻrqib ortga tisarildi va koʻrpani ustiga tortdi
— kimsiz, yaqinlashmang menga, men bu yerda nima qilyapman
— xonim qoʻrqmang men shu uyni xizmatchisiman, sizni janob chaqiryaptilar chaqirgani chiqqan edim
— qanaqa janob men qayerdaman, siz Jeonlar uyidasiz xonim, endi esa yuring janob kuttirganlarni yoqtirmaydi tezroq tushing
Qiz xizmatkorning gapidan soʻng oʻrnidan sekin qoʻzgʻaldida xizmatkorni ortidan borib oshxonaga keldi u yerda esa koʻrinishidan uy xoʻjayini boʻlgan yigit ovqatlanib oʻtirardi. Xizmatkor oʻtirishga ishora qilar ekan qiz yigitning qarshisiga oʻtirdi. Qiz jimgina yigitni kuzatar ekan oxiri chidolmay gap boshladi

— siz.. kimsiz... Men buyerda nima qilyapman javob bering, menga kecha tunda nima boʻldi
— ovqat yeyotganda gapirish odobdan emasligini oʻrgatishmaganmi
— menga odobnoma darsini oʻtmasdan savolimga javob bering
Yigit vilkasini qoʻydi va qizarishga ulgurgan qizga nigohini tashladi
— kecha mastlikda jalada tentirab yurgan ekansan uyga olib keldim
— hoʻsh nega
— koʻcha yurgan mast, yolgʻiz qizni nega uyga olib kelishim mumkin
— hoy siz isnofsiz betofiq
Qiz jahl bn oʻrnidan turib yigitga barmogʻini nixtalab bariqar ekan yigit qoshlarini chimirgancha tana qildi
— buncha hayoli buzuq boʻlmasang, avval gapimni yaxshilab eshit
Qiz ichidan noqulay his oʻtgancha jim boʻldi va yigitga quloq tutdi
— jala quyayotgan edi bu ahvolda koʻchadan qoldirmay uyimga olib keldim, menga bu yerga kelib tana qilgandan koʻra rahmat ayt
— yoʻgʻe balki oyogʻingizga bosh egim tazim qilarman ham, kim bilsin nima maqsadda yordam bergansiz
U shunday deb ogʻirligini stolga tashlab qoʻlini koʻksiga bogʻlab oldi
— maqsadim yomon boʻlganda kechani oʻzida amalga oshirgan boʻlardim, seni xohishing bn
Qiz birdan nigohini yigitga qaratdi va noqulay boʻlgancha koʻzini prpiratdi
— nega ichding,
— sizga hisob berishga majbur emasman
— yaxshi agar menga hisob bermasang, politsiya berasan xoʻsh ular voyaga yetmaganlarni spirtli ichimlik ichishiga qanday chora koʻrishar ekan
U shunday endi endi qoʻliga telefonni olganida
— voyaga yetmaganimni qayerdan bilasiz, koʻrinishim yosh boʻlsada men allaqoch 18 dan oʻtib boʻlgan shaxsman
— nahotki rostanmi, unda Yan Taeri ekaningni, Chonsang oʻrta maktabida oʻqishingni, hali 18 ga ham toʻlmaganingni va yoki...
— bas yetar, boʻldi tushindim, ha bilar ekansiz qoyil hamma narsani aytishni hojati yoʻq
— demak tushuntira oldim
— hoʻsh endi nima, mendan nima istaysiz
— hech narsa shunchaki oddiy rahmat
— hoʻp, katta rahmat janob oliy janobligingiz uchun endi esa menga ruxsat
— ovqatlanmaysanmi
— rahmat qornim toʻq
— shoshma
Qiz endi ketayotgan yoʻlidan asabiy koʻzini suzib ortga qaradi
— nima
Yigit oʻrnidan turdida burchakda turgan paketlarni qizni qoʻliga tutqazdi
— bu nima
— maktab formasi kechagilardan vos kechsang boʻlaveradi
— bular menga kerak emas oʻzim boshqasini sotib olaman
— agar buni olmasang maktabga kech qolasan va muammo ustiga muammo orttirasan shunchaki buni ol
Qiz uni qoʻlidagi paketlarga qaragancha oʻyga toldi bir tomondan uni gapida jon bor. Oxiri iloji qolmay narsalarni oldi
— borib tayyorlar oʻzim tashlab oʻtaman
Qiz borib kiyimlarni almashtirdi, kechagi mastlikda hatto sumkasini ham yoʻqotgandi va bu ham eʼtibordan chetta qolmadi. Bugungi darsliklar bn toʻldirilgan sumkani yelkasiga ilgancha koʻchaga chiqdi va uni kutib turgan yigit uni koʻrishi bn mashinaga joylashdi.
Mashina maktab yonida toʻxtarkan qiz yigitga rahmat aytib ketayotganda yigitning gapi uni toʻxtatdi
— Jeon Jungkook
— ...
Bu ismni hali koʻp eshitasan yigit shunday deb mashinani oʻt oldirib u yerni tark etdi. Taeri esa shunchaki tushunarsiz oʻylar bn qolib ketar ekan darsga kech qolyotgani esiga tushib ichkari tomon yugurdi.

Sinfga yugurib kelgan qiz birdan eshikdan kelib oʻqituvchini koʻrib eshik tagida taqqa toʻxtab qoldi oʻqituvchi doskada masala yechayotgan yigitdan eʼtiborini olib qizga qaratdida koʻzoynagini sal pastroq tushurgancha qizga gapira boshladi
— Yan Taeri bu nechinchi marta, sizga ogohlantirish berishdan charchadim yoki buni direktor bn birgalikda hal qilamizmi balki shunda kech qolish odatini tashlarsiza
— iltimos janob meni kechiring boshqa qaytarilmaydi
Qiz shunday deb tazim qildi va birdan bor eʼtibori doskada misolini yechib boʻlib unga hissiz qarab turgan yigitga qaratdi va butun tanasi jimirlab ketti va oʻqitivchining baqirigʻidan soʻng yana oʻziga kelib qayta qayta taʼzim bergancha uzr soʻrashda davom etdi
— oxirgi ogohlantirish qaytib takrorlanmasin
— hoʻp janob
U shunday deb borib joyiga oʻtirdi va hali ham unga qarayotgan yigitga koʻz qirini tashlab tashlab qoʻydi.

Vanihoyat darslar tugab butun kunlik charchoq Taerini yelkasiga tushgandek goʻyo, hamma narsasini sumkasiga joyladida anchadan beri eʼtibor bermagan narsasi uni hayratlantirdi — qiziq menimcha Miran bugun maktabda yoʻq edimi, ammo nega kelmadikin U shunday deb maktabdan chiqdi. Doim oʻtadigan koʻchasining oraliq joyiga oʻtishga hapqiribgina qadam tashlab borar ekan kunda oʻtsa ham qorongʻu ekanligi uni vahimaga solardi, ammo u oʻziga oʻzi taskin berdida koʻcha ichiga kirdi hamki u yerda devorga suyangancha uni kutib turgan odamni koʻrib tezda ortiga burildi ammo endi kech uni sezishdi — toʻxta, Qiz toʻxtab qoldi badani esa chumoli sayr qilgandek jimirlardi yigit esa ogʻir qadamlar bn unga yaqinlashdi — qayerga qochyapsan — a. H.e.ch qa..y.er.ga — meni koʻrgandan yoʻnalishni oʻzgartirding men bn salomlashmaysanmi bugun faqat qochib yurding, nimadan qoʻrqyapsan — hech nima, nega qoʻrqay ahir hech kimga hech nima demagan boʻlsam U shunday deb endi ketishga shaylangan on yigit qoʻlini devorga tirab uni yoʻlini toʻsdi — nima haqda gapiryapsan, tushunolmadim — hech nima hech narsa shunchaki — yaxshi axir hech gap yoʻq shunday ekan mendan qochma, axir sinfdoshlarmizku Taeri majbur jilmaygancha bosh silkidi, yigit bir qoʻlini uni belidan oʻrab oldi va oʻziga jipslashtirar ekan qiz qoʻllarini uni koʻksiga tirab koʻzlarini katta katta ochgancha uni koʻzlariga qaradi — tirik yurganingga meni pushaymon qildirma Qiz qaltiragancha tasdiqlab bosh silkidi va yigit uni qoʻyib yuborishi bn tez yurib ketdi.

Qiz sekin uyga yaqinlashar ekan bir xoʻrsingancha sumkasini yerga tashladi va osmonga qarab chuqur uhh tortdi
PovTaeri
Agar hozir kirsam qayerda yuribsan yashshamagur deb urishib beradi kamiga ogʻir ish qildirib och qoʻyadi, kirmasam qorongʻuda koʻchada qolaman, mayli och qolish koʻchada qolishdan yaxshi

U shunday deb uyga kirdi va uyga kirishi bn uning yoniga sariq sochli yoqimtoy qiz yugurib keldi — Yo xudo Taeri qayerlarda yuribsan, kecha qayerda eding — keyin tushuntiraman, kirishim bn savolga tutma— seni oʻylayapmanda oyi...— hoʻsh, hoʻsh sen lanati yetimcha qayerlarda sangʻib yuribsan a, koʻchalarda sandiragʻladingmi, yoʻq sen qorongʻudan qoʻrqasan hoyna hoy oʻzinga jazman orttirgandirsanda ha onanga oʻxshab — hoy oyim haqida bunday gapirmang — nima seni tiling chiqib qolibdimi yaramas koʻrnamak, chigilingni bosh qoʻyibman chogʻi seni Ayol shunday deb qizga endi tarsaki tushuraman deganda Taeri uni qoʻlini ushlab qoldi — sen, sen hali qoʻl koʻtaradigan boʻldingmi a Ayol shunday deb qoʻlini siltab oldi va stol ustida turgan vazani olib qizga urdi vaza qizni ustida parcha parcha boʻlar ekan qiz tanasini koʻtarolmay yerga quladi — oyi, oyi nima qilyapsiz axir oʻlib qoladiku Miran shunday deb oyisini qoʻliga yopishar ekan ayol qizini ham siltab tashladi va yerga choʻkkalagan qizni sudragancha yertola yoniga olib keldi — oyi nima qilyapsiz, axir uni travmasi borku— oʻchir ovozingni sen aralashma — Han x.o.n.im ra..hm. qilin g me.n qoʻrqa.man Qiz ogʻriqdan bazoʻr gapirgancha ayolga yalinar ekan maxluq misoli boʻlgan bu ayolga hech nima taʼsir qilmasdi — bu kecha shu ahvolda shu yerda qolsang aqlingni yigʻib olasan — iltimos Han xonim, HAN XONIM YOʻQ UNDAY QILMANG MEN OʻLAMAN, AXIR BU YERDA OʻLIB QOLAMAN U shunday deb yalinar ekan bu ayolga taʼsir qilmadi — agar eshikka yaqinlashgudek boʻlsang seni ham uni yoniga tashlayman— axir oyi u— qani yur men bn Taeri jon jahti bn baqirsada hech kim eshitmadi, eshitsada kelib yordam berolmasdi. Uning qoʻrquvi shu darajada ediki hatto jarohatlari ham taslim qilolmasdi— ILTIMOS QILAMAN OCHING MEN QOʻRQAMAN ILTIMOS qiz vahima qilib yigʻlar ekan birdan nafasi qisa boshladi va tanasidagi bor kuchi ketib muzlay boshladi yertoʻladagi sichqonlarning chiyillashi miyyasida signal chalar ekan, atom bombasi portlagudek ogʻriq boshini egalladi. Taeri qoʻllarini ikki qulogʻi ustidan aylantirib boshini mahkam siqarkan ogʻriq tobora kuchayardi va u oxiri chidolmay xushdan ketti

Yan Taeri

*

Written By_ Minawami Taeri