April 1

LoveFall || Epizod - 1

– Seni Sevib, O'zimni Halok Etdim...

– Sevgi Go'yo Najot Kabi Hayotimizga kirib keladi, Lekin Aslida U Mavhum bir Halokatdir...*
Men Seni Sevib O'zimni Yo'qotdim.Sen Meni Sevib O'zingdan voz kechding.Endi Biz Yo'qmiz.Faqat Kul Bo'lib Uchgan Hislar Faqat Ko'nglimizda O'chmagan Jazava.Faqat Yuragimiz Tubida Chirib Borayotgan Orzular...Sevgi Bizni Najot Farishtamiz Bo'lish Kerak edi. Lekin U Bizni Vayronalar Ostida Qoldirdi –... *

Koreya [ Seul ] da allaqachon Yarim Tun O'z zulmati ila hukmronlik qilmoqda. Tungi Seul ko'chalari deyarli shovqinsiz.Hamma yer sokinlik va jimjitlikga to'lgan. Ammo shahardagi eng mashhur Tungi klublardan biri bundan mutloq mustasno. Bu Yerda Go'yo vaqt o'z qoidalari bilan yuradi. Ichkariga kirgan zahoti Shovqinli musiqa butun tanani qamrab olajak. Yurak ritmi ham basga moslashadi. Raqs maydonida odamlar gavjum ularning harakati to'lqin singari bir-biriga ulangan. Klubda havo dim.Atrofni turli xil iforlar qamrab olgan ayniqsa Spirt atir qizigan tana harorati...
Barda erkak va Ayollar tanishuv o'yiniga tushgan. – Tana harorati, ehtiros, teginishlar, spirtli ichimliklar, bularning bari Klubdagi zavqli Nopok ishlardir.

Hamma o'zligicha Baxtga sarmast. Ammo Bar yaqinidagi chetkaroq stoldan joy olgan yigitdan bo'lak. Kelganiga ko'p bo'lmasdan O'tkir viski quyilgan Stakanlarning sanog'idan adashgan yigit Hozir yana bir stakanni Bir ko'tarishda yo'q qildi. Yigit allaqachon klub muhitiga moslashgan ekan, Unga bu yerdagi bo'layotgan Nopok ishlardan tortib ko'ngil xushlikgacha Hech biri qiziq emas. Yigit Barmenga yana bir stakan quyishini aytdi. Bir necha stakan va Bir qo'ltim viskini yigit ichib ulgurmasdan begona qo'llar unga qarshilik qila boshladi. Yigit klub chiroqlarining g'ira shira yorug'ligida o'ziga tanish odamni uchratar ekan beixtiyor Stakandan qo'llarini bo'shatdi.Yigitdan stakanni olgan Do'sti unga achinish va hayrat ila qaradi.

– Bu yerda nima qilayapsan. - Yigit unga ma'noli tikilar ekan

– Do'stim Jungkook xush Kelding - allaqachon mast bo'lganligi sabab Qo'lidagi bo'sh stakanni olgan yigit Jungkookga qaragancha

– Viskidan ol, Biroz charchoqlaringni yozasan.

– Taehyung yetar endi. Shunchalik ham mast bo'lasanmi.? - Allaqachon mast bo'lgan do'stini yoniga joylashgan Jungkook hafsalasiz shivirladi.

Taehyung boshini stol ustiga quyar ekan, Bir muddat chuqur uh tortdi. Va boshini quyi ko'targancha, Jungkookga hayrat aralash tikildi.

– Sen bu yerda nima qilayapsan o'zi.?

– Nima qilishim mumkin.?

– Har holda Xotiningni yolg'iz qoldirmasding..

Jungkook ham bir muddat o'tgach, Barmen uzatgan o'tkir viskini bir urinishda ko'targancha, chuqur xo'rsindi.

– Taehyung.. Charchadim. U ham Men ham Haddan ziyod.

– Umidingni uzma.! Hali Farzandli bo'lasan

– Qachon Taehyung. Qachon bo'ladi.? Menga bo'lmaydigan ishlar haqida gapirma.!

– Doktorlar nima deyishyapti.?

Jungkook lab chetida alamli jilmayar ekan, Bir muddat jim qoldi.

– Hammasi buzilgan kazeta singari bir gapni qaytaradi - ikki do'st ham jim. Shu on ikkisi ham o'zini hayotning past-u baland sinovlaridan holdan toygan kishilardek his etdi.Ikki yigit ham tin olar ekan, Jungkook o'tkir viskidan simira boshladi. Taehyung esa boshini stolga quygancha g'ira shira yorug'lik ichida ko'zlarini yumdi. Bir onga ko'zini yumib ochgan yigit, Klub uchun alohida ajratilgan Raqs maydoniga ko'z yugurtira boshladi. U yerda boshqa kunlarga qaraganda boshqacha aura ufurib turar edi. Ya'ni klub o'rtasida raqsga tushayotgan bir qiz. U boshqacha edi.

U kim o'zi.? Nega boshqacha, nega u boshqalar singari raqsga tushmayapti.? Xuddi Majburlashdan raqsga tushayotganga o'xshaydi. Sen kimsan.?

Taehyung sekin o'rnidan qo'zg'aldi.Qizni oldinroqdan kuzatmoqchi bo'ldi. Jungkook Taehyung ketgan tomon bir on qarar ekan, unga ahamiyat bermasdan yana viski simira boshladi. Taehyung raqs maydonida hammaga e'tibor berdi. Ha o'zini shahvoniy* raqs ila ko'rsatayotgan qizlar boshqacha, ammo nega u boshqacha, Taehyung Qizning yoniga kelgancha raqs tusha boshladi.
Qiziq nega u qiz hech kimga e'tibor qilmayapti.? U bunchalik chiroyli, Mast qizaloq kimsan o'zi.?
Bir zumda ko'zdan g'oyib bo'lgan qizni anglay olmay qolgan yigit, boshqa joylardan uni qidira boshladi. Yo'q. U boshqa joylarda ham yo'q edi. Jungkookni yoniga hafsalasi pir bo'lib qaytgan Taehyungga ilk marotaba klubning muhiti yoqmasdan bu yerni vaqtinchalik tark etishni xohladi. Jungkook Allaqachon bir necha qizlar bilan ovora ekan, Taehyung chiqganligini payqamaysandan qoldi.
Toza havoga chiqgan yigit havodan chuqur nafas olgancha, Cho'ntagidan sigareta qutisini chiqardi. Bir on havoga zahar urug'lari yog'ilar ekan, Taehyung allaqachon sigareta tutatar edi. Hamma yer jimlik og'ushiga cho'kkan, faqat maromida sigaretani tortib havoga quyib yuborayotgan yigitdan bo'lak. Taehyung ishini tugatgach sigaretani yerga tashlagancha oyog'i yordamida ezg'iladi. U ishida davom etar ekan bir qizning piqillab yig'lashi uni nazardan chetda qoldirmadi.
Bu yana kim.? Men sekin o'ng tomonga qarab yurgancha klubning chet tomoniga butunlay o'tdim va sinchiklab bu yerga qaray boshladim. Mendan biroz uzoqlikda kichik jussa yerda o'tirgancha yig'lar edi. Buni piq piq ovozdan ham bilish qiyin emas.

Odatda Bunaqa ishlardan uzoq yurar edim. Ammo negadir ichimda nimadir "U yerga borishing kerak" degan buyruqni bermoqda. Nega ekan.? Bu ichki ovozimga oyoqlarim bo'ysungan kabi harakat qildi. Bir zumda o'zim ham anglay olmay qoldim, ammo bilishimcha Men qizning yoniga kelib to'xtadim. U pastga qarab yig'laganligi sabab oyoqlarim uning qarshisida to'xtagach, uning ko'zlari avval bir juft oyoqlarga so'ng esa tepaga ko' zlarimga tikildi. Bir muddat jim qolar ekanmiz u Burnini tortgancha o'rnidan qo'zg'aldi unung harakatlari va gaplari meni hayrat darajasiga olib keldi.

– Meni kechiring, sizga halal bermoqchi emas edim - qiz gaplarini uzuq yo'liq tushuntirar ekan, men unga tikilib qoldim.
Bu o'sha qizmi, klubda g'oyib bo'lib qolgan qizmi.?

– Sizga nimadir bo'ldimi.? - men ham unga savol berdim, ammo u boshini "Yo'q" degandek silkitdi

– Chamasi Hali voyaga yetmagansan nega Klublarda yuribsan.? - bu savolni nega berdim o'zi menga nima.?

Ko'zlarini katta ochgancha kipriklarini pir-piratgan qiz, so'zlarimni inkor qila boshladi.

– Unaqa emas janob men.. Men bu yerga do'stlarim bilan birga kelganman. - u hali ham gaplarini tutilib aytmoqda

– Unda ular qani.? - bu qizning do'stlari qani.

– Ularni yo'qotib qo'ydim - bir onda yana piqqillay boshlagan qiz meni hayratda qoldirdi. U do'stlarini yo'qotib qo'yganligi sabab yig'layaptimi.? U yosh boladan ham battar ekan.

– Hoy yig'lama, kel ularni topishga yordam beraman. Ismim Kim Taehyung, senikichi-men unga ilmoqli qaradim, u ham burnini tortgancha gapira boshladi.

– Ren Heilin, - u shu bilan jimib qoldi.

Qarshimda turgan kelishgan qahva rangni eslatuvchi bir juft ko'zlar menga yordam bermoqchimi.? Nahotki u menga do'stlarimni topib beradi.Ikkimiz ham manashu lan'at bosgan klub ichiga kirdik.

– Heilin Nega do'stlaringni izlayapsan yolg'iz o'zing uyingga qayta olmaysanmi.?

– Men bugun Koreyaga keldim, Shu sabab Qayerdan ketishni bilmayman. - men labimni tishladim. Bu qanchalik hijolatli holat, bu yigit ham o'ylayotgandir kelganingda klubda balo bormi.? O'zi aslida ham men bu lan'ati joyga kelmoqchi emas edim.Balki Ria bo'lmaganda kelmasdim ham.

– Do'stingni ismi nima.? - kelishgan yigit ya'ni Taehyung menga yana savol berdi

– Ria, Lee Ria. - u tushungandek bosh chayqadi. Men uning ortidan ergashib borar ekanman, qarshimda bir qiz bilan og'iz burun o'pishayotgan yigitni ko'rgancha ichimdan muzladim.Meni to'xtaganligimdan Taehyung menga boshqacha qarayotganligini his etayapman, ammo imkonim yo'q ko'zimdan sizib chiqayotgan yoshlar meni ojiz qilib ko'rsatyapti, Ammo men ojiz emasman.Qadamlarimni tezlatib barmen stollar qarshisiga keldim. Bir onda bu jasorat bu kuch menda qayerdan paydo bo'lganligini payqamay qoldim. Tezda Yigitni quchog'idan qizni yulib olar ekanman, Qiz menga hayron qolgancha qaray boshladi.

– Jirkanch - uning yuziga stol ustida turgan viskini quyib yubordim. Bu qanchakar nopok.? Qanchalar Jirkanch.? Pochcham bilan bir qiz.?

U qiz o'zini o'nglagancha men tomon yurmoqchi bo'ldi. Jungkook uni ushlab qoldi. Ha pochchajon xiyonatni qilib, endi qizni olib qoch.!

– Jungkook azizim, bu manjalaqi menga nima qilganligini ko'rdingmi.?

– O'chir ovozingni Xana, tezda bu yerdan daf bo'l.!.-Tilini tishlagancha bu yerdan bir zumda g'oyib bo'lgan qizning ortidan qarab qoldim. Toki qarishimdagi Yigitning yo'g'on ovozi jaranglamaguncha.

Jeon Jungkook

– Hei bu yerda nima qilayapsan? - kulgumni qistatyapsan Jeon Jungkook ming lan'at bo'lsin sendek erkakga.

– Men.. Men nima qilayapmanmi.?, Aslida siz nima qilayapsiz Jeon Jungkook.

– Hozir sen guvoh bo'lgan manzara, anglashilmovchilik ya'ni - u gaplarini tugata olmadi, sababi men ularni kesib yubordim.

– Jirkanchsiz. O'sha ayol bilan siz Nopoklarsiz, Opamning tirnog'iga arzimaysan Jeon Jungkook.! - oxirida unga hurmat ko'rsatmadim. Sababi u bunga loyiq emas.

– Haddingdan oshma.! - u zaharxanda va tahdidili so'zlayapti qanaqa odamsan, hozirgina bir ayol bilan opamga xiyonat qilding, ammo yetmagani kabi menga tahdid.

– Qanday insonsan o'zi.? Seni kabilarni yer ko'tarib yuribdimi.? OPAM QANCHALIK XOR BO'LAYAPTI U ARZIMAYDI, SENI IFLOSLIKLARING CHIRKINLIKLARINGGA ARZIMAYDI.!

Qichqirib yubordim, Ha Ko'zimdan yosh ham sizib chiqayapti, Mast bo'lsam ham o'zimni anglay olaman. Ha Jeon Jungkook senga tan berdim. Haqiqiy razil ekansan. Nafaqat atrofimdagilar bu safar butun klubdagi insonlarning diqqati menda.!. Qo'limdan begona kaftlar tutar ekan, seskanib ketdim. Ria.? Shuncha vaqtdan keyin meni payqab qo'llarimdan yetaklab klub tashqarisiga olib chiqgan Qiz meni hayron qoldirmadi.

– Hammani oldida bu nima qilganing - u menga hayron tarzda tikildi.

– U.. Opamga xiyonat qildi. - endi ko'z yoshlarimni butunlay qo'yib yubordim.

– Bo'ldi Hei tinchlan ketamiz - vanihoyat meni uyimga olib boradi.

Biz taksi to'xtatdik. Bu kun umrbod xotiramda muxrlanadi. Seul ona shahrimga keldim. Ammo Bir necha razil kimsalar Bu yerni allaqachon Botqoqga botiryapti.

Ren Heilin

*

– Bu nima edi.? - Taehyung boyadan beri asabiylashayotgan do'stiga qaragancha shivirladi.

– Bumi.? Yovvoyi, qaysar, Manman, Ren Heilin- Jungkook shivirlagancha kulib yubordi.

– U senga kim Jungkook - Taehyung o'ynoqi nigohlar ila do'stiga qaradi.

– Umi.? Minhining amakivachachasi, Yovvoyi Hei - Do'stidan ilk marotaba Qisqartma ism eshitgan Taehyung biroz o'ylanib qoldi.

– Hei~ degin Senga qarshi chiqgan bo'lsa anchagina Jasur ekan.!

– Oradan ko'p vaqt o'tdi. Qalban yosh bola bo'lsa ham o'zini kattalar singari ko'rsatadi - Jungkook bir on Hei va uning o'tmishini o'ylab og'ir xo'rsindi.

– Men Uchratgan qizdan, Senga alam bilan qichqirayotgan qiz o'rtasida jarlik kabi farq bor - Taehyung qizning ikki tomonlama hislariga qoyil qolgandek bo'ldi.

– U shunchaki o'zi uchun qadrli insonga nohaqlik qilinganda Jim turmaydi - Jungkook ham allaqachon qizning og'ir xarakteri tez o'zgarganligini payqadi.

– Baribir hech kim bir vaqtning o'zida Bunaqa Jasur va yig'loqi emas. - Taehyung biroz o'ylanib qoldi.

– Qaysar.! Minhiga hech narsa demaydi u opasini baxti uchun hamma narsaga tayyor.

Jungkook hotirjam O'tkir viskidan ho'plagancha, O'zini va Minhining taqdiri haqida hayollar qila boshladi. Taehyungning hayollarini esa allaqachon "Qaysar" "Yovvoyi" "Manman" qizaloq band qilgan edi.

Kim Taehyung

*

To be Continued...| Epizod-1
– Written by Ren Heilin –