June 18

MY DEFILED EDEN ¦¦ I - BOB

Seni Tanlaganim bir xato edi deyolmayman . Chunki bir xato bunchalik Sevilmas . . .

Bu hissiyotlar Taqiqlangan edi... Lekin Yuraklar buni tan olmadi . U meni Yomon kórardi . Men Esa undan nafratlanardim . Ammo qanchalik uzoqlashsam Shunchalik ichkariga tortilardim . Sen Menga Dushman kabi eding... Lekin Yuragimda chuqur iz qoldirgan ósha ham Sen eding .

*
Yotoqning qoq markazida uxlab orom olayotgan qiz bir necha daqiqalardan sóng tólğona boshladi . Kiprik tolalari yumuq bólishiga qaramasdan qoshlarining tushunarsiz oğriqdan burishtirgancha boshini sarak qimirlatayotgan qiz soniyalarda órnidan turib ketdi .
~Yóq... Yóq.. Bu tush.. Bu tush edi .!
Uyğonib ketdim . Ôpkamga havo yetmayotgandek chuqur nafas olayapman . Yurak urushim allaqachon tartibsiz . Peshonamda esa ter tomchilari miltillar edi . Yóq . Bu yana ósha tush . Seulga kelganimga 1 oy bóldi . Shu bir oy ichida qórqinchli bir xil tush kórayapman bu nimani anglatadi ? Nima qilishim kerak ? Ôrnimdan turgancha balkonning eshiklarini ochdim . Yuzimga mayin va salqin shabada órilishi bilan yengil tortdim . Toza havoda biroz sukut saqladim . Ortimga burilmoqchi bólganimda kimdir menga qarshilik qilgancha xibcha belimdan qóllarini ótqazdi . Seskanib ketgancha ózimni ónglay olmasdan ortimdagi mushakdor tanaga yopishib qoldim . Bóynimga tekkan hól lablar sababli tanamda tikka bólmagan tukim qolmadi endi qichqirmoqchi bólar ekanman , tanish ovoz meni tóxtatdi .
~ Shhh Hei Bu menman tinchlan
Jin Ursin ! Yana kim ham bunday qila olardi ? Ortimda turgan mushakdor tana Meni allaqachon xórmacha qiliqlari bilan aqldan ozdirgan Ôgay akajonim Jeon Jungkook ! Ming lan'at undan alkogol hidi anqiyabdi . Nima U mastmi ?
Tezda ortiga ugirilgan qiz yigitning baquvvat qóllaridan yulqinib chiqdi .
~ Alqdan ozganmisan Xonamga kirishga qanday jur'at etding !
~Men senga aytganman Singiljon Bu uyda Hamma narsa menga tegishli kichik xonangdan tortib Sengacha. Hammasi meniki !
Uning Gaplari butunlay oddiy fikrlaydigan odamniki kabi emasdi . Albatta axir u esdan oqgan sarhusht .
~ Daf ból Baqirib hammani uyğotmasimdan xonamdan chiq Ahloqsiz !
~ Mmm Ustingdagi kiyiming menga yoqdi . Tan olaman Heilin chiroyli qizsan .
Uning gaplarini tahlil qilishga urinar ekanman Ustimda faqatgina yengil oppoq kóylak borligi yodimga tushdi . Uning kózlari esa allaqachon nopok tuyğular qurshovida qoraygan edi . Oldimni qóllarim yordamida yopgancha unga chinqirib yubordim .
~Ming Lan'at Qarama !

~Nima ? Qórqib ketdingmi ? Singiljon Hayollaring bunchalik buzuq . Qórqma Sendek qoni buzilgan qizga qólimni tekkizmayman !
Ğazab va alam sababli Jungkookning yuziga kichik kaftlarim bilan tarsaki tortib yubordim . Jungkookning gaplaridan haligacha titramoqdaman . Men unday qiz emasman Men Nopok emasman . Uning yuzida zarracha afsuslanish tuyğusi yóq !
~ Xonamdan hoziroq Yóqol . KET !
U hech qanday reaksiya bildirmagancha oğir qadamlarini eshik tomonga yónaltirdi . U kóp ichmagan Tóğri Qadam tashlamoqda . U mast bólmasa qanday qilib bu gaplarni menga ayta oldi . Xonamning eshik tutquchini ushlagan Jungkook Ortga qaramadi ammo jarangdor ovozi quloğim tagida aks sado berdi .
~ Unutma ! Sening Eng katta aybing Mening ógay singlim bólganingda...
U sas-sadosiz eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi . Majolsiz yerga sirğalar ekanman, yanoğimni kóz yoshlarim yuva boshladi . Men buni xohlamagandim . Fransiyadan Koreyaga kelishni , Onamni vafot etishini va “ Ota” nomiga arzimaydigan insonning Seuldagi oilasi buzilishini . Bularning hech birini istamagandim . Men góyoki Lan'atga óxshayman . Qólim tekgan joy Vayronaga aylanadigandek . Men majbur edim . Men ógay akam va opam bilan yashashga majbur edim .

Jeon Jungkook 26-yosh

Erta Tong

Kechqurun yaxshi uxlay olmaganligim sabab kózlarim xira torta boshladi . Zinalardan sekin pastga tushar ekanman Mehmonxonada faqat Jungkook nonushta qilayotganligini kórib hafsalam pir bóldi . Hech narsa bólmagandek ózimning stolimga joylashdim .
~ Kózlaring tagi shishibdi . Yiğladingmi ?
Bezbetlarcha berayotgan savoli asab tolalarimni chirt uzulishiga sabab bólmoqda . Nimadir óylab topishim kerak. Bu savolga javob berishni istamayman .

~Hyeong opam Qayerda ?

~ Bugun Uning komponiyasi ochilishi bólar ekan. Shu sabab ertalabdan chiqib ketdi . Seni Maktabingga men olib boraman .
~ Sehunchi ? U olib borsin
~ Yonimda boshqa erkaklarni ismini tilingga ola kórma !
~ Xósh Shunday qilsamchi ? Unda nima ?
Jungkookning kózlaridan va nigohidan ğazabi eng oliy nuqtasida ekanligini angladim . Allaqachon kózlari siqilib ketgan yigit oldidagi suv bilan tóldirilgan stakanni devorga otib yubordi . Bu ishni kutmaganligim sababli kichik chinqirib yubordim . Bir zumda qarshimda paydo bólgan yigit meni yanada qórqitib yubordi .
~ Agar yana bir marotaba Ôğzingdan erkak kishining ismi chiqadigan bólsa Avval ularni keyin seni tiriklayin kómaman TUSHUNDINGMI ?
Bilagimdan siqib Gapirayotgan yigitga qaragancha Boshimni tasdiq ma'nosida silkitdim .
~ Menga sózlar bilan javob ber Heilin !
~ Ha.. Tushun.. Tushundim
~ Yaxshi ovqatlanib bólgan bólsang Mashinaga
~ Jungkook... Men ózim yayov ketmoqchiman
~ Hozir Senga nima dedim ?
~ Istamayman. Jin Ursin Sen bilan Ketishni xohlamayman
~ Haddingdan oshding Silgiljon ! Bu safar Seni Jazolayman
~ Kimsan ? Sen kimsanki Menga jazo berasan ? Kimsanki Menga taʼqiq quyasan ? Ôldirsang ham Senga bóysunmayman .
Yigit shuncha vaqt ózini bosib turgan bólsa Sabrining kosasi hozir ayni vaqtda oliy chóqqisiga chiqdi . Qizni tatirovka tushurilgan qóli bilan buğgan yigit uni devorga tiradi . Birozdan sóng nafas ola olmay yuzlari qizğish tusga kirayotgan qizning kóz qorachiqlari ortga keta boshladi .
~Menga qara Heilin ! Agar yana bir marotaba menga bóysunmasang Ôzim ólimingni kafolatlayman . Bu uyga kelganingga va ógay singlim bólganingga 1 oydan oshdi . Shunda ham qaysarlik qilishni tóxtatmayapsan SHI*T !
Qóllarini qizning bóynidan olgan yigit qizni polga yiqilishiga sabab bóldi . Kislorod yuta olmay qiynalayotgan qiz bor kuchi bilan yutalar buning ustiga nafas olmoqchi bólardi . Qizni qarshisiga chókkan yigit uning nozik oq bóynida qizğish doğ qolgan joylariga tatirovkali qólini yugurtirdi .
~ Ôjar ! Bunga sen aybdorsan
Qizning bóyniga yuzini kómgan yigit Sekin u yerda ópich qoldira boshladi . Góyo qizdan kechirim sórayotgandek uni sekin ópar ekan, uni Yarasini davolayotgandek edi . Kózlarini yumgan qiz sekin shivirladi .
~ Nafratlanaman !
~ Seni iforing.. U meni mast qiladi
U sekin bóynimdan oxirgi marotaba bósa olar ekan Menga taʼkidladi .
~ Mayli bugun ózing maktabingga boraqol
Ôrnimdan turar ekanman Unga nafrat bilan qarab papkamni qólimga oldim .
~ Ôlimingni Tilayman Jeon Jungkook ! Jaxannamda yonib kul bólishingni istayman .
Psixopotlar kabi yuqoriga qarab kulayotgan Jungkookning keyingi gaplari meni butunlay yanchib tashladi .
~ Sendek Totli Qóğirchoğim bor ekan, ógay Singiljonim Hali ólmasligim aniq !
Qadamlarimni odimlatgancha nafaqat bu xonani balki Jeon Qórğonini ham tark etdim .

Ren Heilin 17 yosh

.

*
Ertalabdan beri tinmay ishlayotgan qizning komponiyasi bugun dunyo yuzini kórdi . Ôzi istagandek Modalar Brendi Dizayn komponiyasini ochgan qiz uni " Noir Line" deya nomladi . Allaqachon holdan toygan qiz ózining xonasida kabinetida ótiribdi . U órindiqda kózlarini yumgancha ótirar ekan, tósatdan qól telefoni jiringlay boshladi . Qónğiroq kimdan ekanligini taxmin qilgan Qiz yuziga tabassum yugurtirdi . Ammo Qónğiroq jiringlashi uzoqqa chózilmadi . Birozdan sóng Qizning telefoniga sms kelar ekan uni ochib óqigan qiz sumkasini va óziga kerakli hujjatlarini olgancha komponiyaning eshiklaridan chiqdi . Komponiyaning orqa tomoniga ótgan qiz ortidan hech kim kelmayotganiga ishonch hosil qilmoqchi bóldi . Ammo qizning nozik qóllaridan kutilmaganda kimdir tortib ketdi . Ôzini devorga tiralganini sezgan qizning kózlari qórquvdan Yumulgan edi . Nozik belida mushakdor qóllarni his etgan qiz seskangancha devorga yanada tiraldi .
~ Mening oy parcham...
Quloqlari tagida yoqimli ovozni eshitgan qiz beixtiyor bóshashib ketdi . Qizni óziga tortgan yigit bóyniga yuzini kómgancha iforidan sarmast bóla boshladi .
~ Seni Juda Soğindim Hye
~ Tae.. Taehyung
Titrab ketgan qiz tezda kózlarini ochgancha qarshisidagi yigitga qaradi . Beixtiyor yigitni quchgan qizning kózlariga yosh qalqidi . Kóz yoshlarini kórsatishni istamagan qiz yuzini yigitning mushakdor tanasiga kómdi . Biroz muddatdan sóng sevgiga limmo-lim quchoqlashuv óz nihoyasiga yetgancha yigitdan yulqinib chiqgan qiz alam bilan shivirladi .
~Qayerlarda eding, 10 kun deb 1 oydan beri yóqsan Sendan qanchalik havotir olganligimni bilasanmi ?
~ Kechir Hye Amerikadagi ishlarim chózilib ketdi . Aeroportga quniboq Sening yoningga keldim .
~ Sendan Xafaman Menga gapirma !
~ Hoy oy parchamning jaxli burnini uchida turadiya.
~Ket..! . Tegma menga
Allaqachon hiqillab qolgan qizni rostan kónglini oğritib quyganligini tushungan yigit sekin uni quchoğiga oldi .
~Kechir Meni Hye . Va'da beraman . Boshqa bunday qilmayman .
~ Men juda qórqib ketdim . Senga nimadir bóldi deya óyladim Tae...
Endi rosmanasiga yiğlab yuborgan qizni kórgan Taehyung yuziga ayyarona tabassum oldi .
~Meni puchuq qizim Meni shunchalik sevishini endi bildim
~ Gapirma Ahmoq !
~ Hóp. Hóp.. Gapirmadim . Xush Sevgilim restoranga boramizmi
~ Qanaqa restoran meni uyimga olib borasan
Qiz sekin Taehyungni quchog'idan Chiqar ekan uni yana ózini tanasiga jipslashtirgan yigit norozi shivirladi .
~Bólmaydi Men Seni soğinganman Senga Hali tóymadim .
~ Tae... Bugun Akam Uyga erta keladi . Undan tashqari Hei Akam bilan yolğiz qolib ketadi .
~Hei.. Menga aytgan ógay singlingmi ? U qaytib keldimi ?
~Ha Akam bilan munosabatlari yaxshi emas . Akam unga nisbatan boshqacha hissiyotlarni tuyadi .
~Akangmi ? Jeon Jungkook sevib qolgan ? Yana ógay singlisini ishonmayman
~Bu sevgi Emas Tae.. Akamni Kózlaridagi Qasos Ôti Meni qórqityapti . Heilin Hali 17 yosh . Tushunmaydi .
~Mayli Sevgilim Unda Uyingga Eltib quyaman Ammo undan oldin...
Yigit sózlarini yakunlamasdan qizni nim pushti lablariga yaqinlashar ekan hozir nima bólishini bilgan qiz Taeyungni quchoğidan tezda chiqib ketdi .
~Hye bu yerga Kel Seni Soğinganman Axir. Yaramas qiz !
Qochgancha yurib ketayotgan qiz yigitga qaragancha tilini chiqardi .
~Men Seni panalarda ópishib yuradigan qizlaringdan emasman Kim Taehyung !
~ Senimi Hali Asov biyaga óxshaysan puchuq
Ikki juftliklar Kulishgancha Taehyungni mashinasi tomon yól oldi .

Kim Taehyung 26-yosh

.

Jeon Hyeong 20-yosh

*
Seulning nufuzli maktablarining biridan chiqgan Heilin uyi tomon piyoda ketmoqchi bóldi . Ammo bir necha qadam yurushga ulgurmasdanoq ortidan kimdir uni ismini aytib chaqirdi .
~ Heilin Tóxta
~ Niki Bu yerda nima qilayapsan ?
~ Haligi Men Senga bir narsa bermoqchi edim . Heilin Bu Gullar Senga...
~Moviy Aturgullar.
~ Ha... Darsda Senga shu gullar yoqishini eshitgandim Shu sabab ham...
~Rahmat Senga Niki Juda ham eʼtiborli yigitsanda
~ Hei Seni Kuzatib qóysam maylimi ?
~ Meni ? Uyimgami ?
~ Agar xohlamasang...
~ Nega xohlamas ekanman, Ketdik
~ HEILIN !
Yóq bólishi mumkin emas . U Shu yergacha keldimi ? Sekin ortga qaradim Adashmagan ekanman Jin Ursin Seni Jungkook ! Uni kórgancha tilim aylanmay qoldi .
~ Niki.. Haligi Akam keldilar . Kel boshqa safar rozimisan ?
~ Ha.. Mayli Unda Men Ketdim
Niki Sekin mendan uzoqlashar ekan Qóllarim titragancha mashinaga suyanib turgan Jungkookni yoniga bordim .

Niki ( Nishumara Riki)

~Kim U Yigit ? Nega senga Gul berdi ?
Uning bóyin sohasidagi tomirlarni bórtib chiqganligini kórib damim ichimga tushib ketdi .
~ HEILIN GAPIR !!!
Uning gapidan Sóng Tezda ortga tisarildim . Maktabdan chiqayotganlarni butun eʼtibori men va Unda edi . Jaxlim chiqayapti Menga egalik hissini tuyishi meni quyishqondan chiqaryapti . Odamlar orasida bólmaganligimda edi . Tazirini berardim Bu Psixni . Qólimdan yagona turgan atirgul ğunchasini yólib olgancha yerga tashladi va oyoq kiyimi bilan ezğiladi .
~ Nima qilayapsan ?
~ Mashinaga chiq ! Seni nimadir qilmasimdan mashinaga ótir !
Uning yonidan ótgancha mashinaga ótirdim va eshikni sezilarli darajada qattiq yopdim . Mendan Keyin mashina roliga ótirgan yigit gazni bosgancha bu yerda yoqimsiz chiyillash ovozi hosil qildi . Birozdan sóng esa Mashina ham juda katta tezlikda ketar edi .

Ming Lan'at Mashina juda katta tezlikda harakatlanayapti . Bu telba ikkimizni ham óldirmoqchi Jin Ursin !
~ Jungkook Senkinroq Hayda
~ Bu juda tez Jungkook...
~ Ôchir Uningni ! Bunga sen aybdorsan
Yóq Tezlik juda baland ! Iltimos . Unday qilmang ! Oyijon . Oyijonim .
~ Jungkook Iltimos Bas qil !
Yiğlab yubordim . Men Mashinada avtahalokat sodir bólishini istamayman . Yóq... Yóq xohlamayman . Katta tezlikda ketayotgan mashinaga tormoz bergan Jungkook Tezda menga qaradi . Ha ! Men yiğlayapman . Ilk marotaba . Uning yonida bu birinchisi . Uni shuncha achchiq gaplariga chidadim ! 1 oy . 31 kundan beri Hayotim Jaxannamga aylandi . Ammo shunda ham yiğlamagandim . Uni yonida ojizligimni kórsatishni xohlamagandim .
~ Hei Bóldi . Ôtib ketdi . Yiğlama !
Meni quchoğiga olgan yigitning kózlarida shu vaqtgacha ziğircha kórmagan mehr uchqunini kórdim
~ Jungkook Men tezlikdan qórqmadim.. Oyim.. Oyim Avtahalokatda vafot etgan .
~ Tinchlan Hammasi ortda qoldi .
~ Oyijon..Oyijonim..Nega meni yolğiz tashlab ketdingiz
~ Yolğiz ? unda men kimman ?
Bir on jimib qolgan qiz ózini yiğgancha Sekin Yigitning quchoğidan chiqdi va tóğri joyiga ótirdi .
~ Sen.. Sen Meni Akamsan . Mendan nafratlanadigan , qoning bir bólmagan Ôgay akamsan !
Mening gaplarim yaxshi qizlarnikidek bólmadi .Chuqur xórsingan Jungkook esa mashinani qayta yurğazdi . Birozdan sóng uyga yetib keldik . U ham Men ham gapirmadik . Uyga kirib borar ekanmiz U yerda Hyeong va bir yigitni kórdim .
~ Hye opajon
~ Heilin keldingizmi ?
~ Ha yoningizdagi kim ?
~ Haligi Taehyung Tanish bu Heilin Mening Singlim
~ Heilin Bu yigit meni...
Hye opam gapirishga uyalayotgandek góyo . Ammo yonidagi kelishgan yigit menga qaragancha qól chózdi .
~ Mening ismim Taehyung . Hyening unashtirilgan yigitiman
Yigitning gapidan unga óqrayib qaragan Hye opamni kórar ekanman sekin jilmaydim .
~ Tanishganimdan Xursandman . Mening ismim Heilin .
~ Gózal qiz ekansan Heilin
Taehyungni sózlariga jilmayar ekanman, sekin bizga teshib yuboruvchi nigohlar bilan qarayotgan Jungkookga nigohlarim tushdi .
~ Men.. Kiyimlarimni alishtirib chiqaman .
Birozdan sóng xonamga kìrgancha chuqur uh tortdim . Xonam qoroğuligi sabab sekin yurar ekanman nimadirgadur oyoğim toygancha yiqilib tushdim . Oyoğimni ushlab ğimgshib ushkar ekanman nimaga urilib ketganligimni kórmoqchi bólib chiroq tomon yurdim . Chiroqni qólim yordamida yoqmoqchi bólar ekanman baquvvat qóllar tomonidan devorga urildim . Jin Ursin ! Seni Jungkook bóynimga tiğli narsa qadalar ekan kózlarim favqulodda kengaydi . Bu U emas . Jungkook emas .
~ Kimsan ?
Quloqlarim yonida tartibsiz nafas olayotgan yigit sekin va qórqinchli shivirladi .
~ Ajaling !

*

*

*

*

*

Authour : Ren Heilin
I- Bob To be Continued