March 25

GNOME Linuxʼga oʻzbek tilini qoʻshish

GNOME – bu Linux operatsion tizimida ishlatiladigan ish stoli muhiti (inglizcha: desktop environment).

GNOME tarkibiga kalkulyator, kalendar, kamera, soat, terminal, ob-havo kabi kunlik hayotda zarur bo'lgan ilovalar to‘plami kiradi.

Ishda brauzer, Telegram, Microsoft Word, kalkulyator kabi dasturlardan foydalanganimizda, ko‘pchilikda ular oldindan rus yoki ingliz tilida sozlangan bo‘ladi. Agar o‘zbek tili mavjud bo‘lmasa, majburan boshqa tillardan foydalanamiz. Natijada, kundalik nutqimizga skachat, efir, podpischik, nastroyka kabi so‘zlar aralashib, ularning o‘zbekcha muqobillari yodimizdan chiqib ketishi mumkin.

2025-yil 25-mart holatiga ko‘ra, GNOME 48 versiyasining tarjima qilingan ulushi quyidagicha:

  • Qozoq tili – 63%
  • Tojik tili – 26%
  • Qirg‘iz tili – 11%
  • O‘zbek tili – atigi 6%

Bu holatni yaxshilash uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.

Ro'yhatdan o'tish

https://l10n.gnome.org/register/ linkiga kirib kerakli malumotlarni kiritamiz.

https://l10n.gnome.org/teams/uz/ o'zbek guruhiga qo'shilamiz

join yoki присоединиться degan ko'k tugma

https://l10n.gnome.org/languages/uz/gnome-48/ui/ linkiga o'tib tarjima qilinmagan modullarni ko'rishimiz mumkin.

joriy eng so'ngi versiyasi

Ko'rishingiz mumkin yashil va qizil ranglar qanchalik tarjima qilingan yoki qilinmaganligini bildiradi. Quyidagi libsecret moduli tarjima qilingan lekin tecla qizil rangda. Teclani tarjima qilish uchun ustiga bosamiz.

Bizga kerakli .po faylni yuklab olamiz

.po fayl bilan ishlash uchun Poedit ishlataman va shu dasturda tarjima qilishni maslahat beraman. Ubuntu va Mac uchun yuklab olish:

Ubuntu

sudo apt-get poedit -y

MacOs

brew install --cask poedit

Chap tomonda inglizcha matn, o‘ng tomonda esa uning o‘zbekcha tarjimasi ko‘rsatiladi. Pastroqda joylashgan "Translation" maydoniga o‘zbekcha tarjimani kiritishingiz kerak. Quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

  • Inglizcha so‘z bosh harf yoki kichik harf bilan boshlangan bo‘lsa, o‘zbekcha tarjimada ham shu tartibga rioya qilinadi.
  • Agar inglizcha matn nuqta bilan tugasa, o‘zbekcha tarjima ham nuqta bilan tugashi kerak.
  • Tarjima tugagach, faylni saqlang va modul sahifasida "Upload new translation" tugmasini bosib, .po faylini yuklang.

Qilgan tarjimangiz tez orada guruh administratori tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sizga izoh qoldiriladi va ro‘yxatdan o‘tgan email manzilingizga xabar yuboriladi.

Agar o‘zingiz tanlagan modulni oldindan band qilib qo‘ysangiz, boshqa tarjimonlar uni ishlashga olmagan bo‘lishadi. Biroq, uni qanchada tugatishingizni izohda (kommentariyada) ko‘rsatib qo‘yish maqsadga muvofiq.

E'tiboringiz uchun rahmat !