Mening qahramonim “Espanso” chunki menga har kuni…
O‘zbek lotin alifbosidagi "oʻ" va "gʻ" harflarini klaviaturada yozish uchun ikkita amal bajarishga to‘g‘ri keladi: avval o harfini, so‘ngra teskari vergulga o‘xshash belgi — ʻ (U+02BB) ni yozish kerak bo‘ladi. "Gʻ" harfini yozishda ham xuddi shu holat: bitta harf uchun ikkita tugmani bosish kerak.
Mening fikrimcha, bitta harfni yozish uchun faqat bitta klaviatura belgisi ishlatilgan bo‘lishi kerak. Albatta, bu alohida muhokama mavzusi.
Bugun biz klaviaturada teskari vergul (ʻ) va tutuq belgisini (ʼ) qanday to‘g‘ri yozishni va bu ishni Espanso dasturi yordamida qanday osonlashtirish mumkinligini o‘rganamiz.
Buning uchun, avvalo, Espanso dasturini o‘zingiz ishlatayotgan Windows, macOS yoki Linux operatsion tizimiga yuklab olishingiz kerak.
Linux va macOS foydalanuvchilari uchun Espanso holatini tekshirish
Agar siz Linux yoki macOS foydalanuvchisi bo‘lsangiz, Espanso dasturining ishlayotganini quyidagicha tekshirishingiz mumkin:
Terminalni oching va quyidagi buyruqni yozing:
espanso status
Agar Espanso ishlayotgan bo‘lsa, holat haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.
Endi siz Espansodan foydalanishga tayyorsiz! Har qanday matn terish dasturini (masalan, Notepad, VS Code yoki Telegram Desktop) oching va quyidagicha yozing:
:espanso
Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, bu yerda “Hello!” matni chiqadi. Agar hech narsa chiqmasa, iltimos, quyidagi post tagiga muammoni yozib qoldiring — sizga yordam beramiz.
Espansoʼni oʻzbek tiliga moslashtirish
Endi Espansoni oʻz ehtiyojingizga moslab sozlaymiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajaring:
- Terminalni oching.
- Sozlama faylini ochish uchun buyrug‘ini kiriting:
sudo espanso edit - Ochilgan fayl —
base.yml— ichidagi mavjud yozuvlarning hammasini o‘chirib tashlang va quyidagilar bilan almashtiring:
matches:
- replace: "oʻ"
trigger: "o'"
- replace: "Oʻ"
trigger: "O'"
- replace: "gʻ"
trigger: "g'"
- replace: "Gʻ"
trigger: "G'"
- replace: "ʼ"
trigger: ";'"
- replace: "“"
trigger: ':"' # qoʻshtirnoq ochilishi
- replace: "”"
trigger '":' # qoʻshitirnoq yopilishi
- replace: "…"
trigger: "..."Natijada nima o‘zgaradi?
Endi siz o' deb yozsangiz, Espanso uni avtomatik ravishda oʻ ga aylantiradi.
Masalan, ta;'lim deb yozsangiz, u avtomatik taʼlim ga aylantiriladi.
Endi siz beʼmalol ham inglizcha ham oʻzbekchada baravar yozishingiz mumkin