AIZENNING QISMATI 🖤
Quyosh asta-sekin gorizont tomon cho‘zilib borar, Pusandagi sohil bo‘yini oltinrang nurlar bilan bezatardi.✨
Shabada dengiz suvining iliq hidini olib kelar, yengil shovqinlar esa marosim boshlanishidan darak berayotgandek tuyulardi.🌊
Qum ustiga oq matolar bilan yasalgan uzun yo‘lak yotqizilgan. Yo‘lakning ikki tomonida pushti va oq gullardan tayyorlangan mayin guldastalar joylashtirilgan — aynan Aizenning “ichki olami”ni eslatib turadigan tarzda. Mehmonlar asta-sekin joylariga o‘tirib olishar, ularning orasida oddiy do‘stlar bilan birga multi olamdan kelgan yuzlar ham bor edi.🪐
Taeoh bir chetda jilmayib turar, Minho esa Yoongi bilan birga sahnaga qarab sokin turgancha, bu ikki insonning baxtiga tikilar edi. Yoongi esa, odatdagidek ko‘rinishda bo‘lsa-da, nigohida iliq tabassum bor edi.😁
Shu payt violin sadolari eshitildi. Oq atlas libosdagi Aizen asta-sekin yo‘lakdan yurib kelar ekan, aftidan yerga tushayotgan quyosh nurlari uning orqasidan yoyilib, uni butunlay yorug‘lik ichiga solib qo‘ygandek edi.🌤
Uning ko‘zlari faqat bitta nuqtaga qaragan — yo‘lak oxirida egniga qora kostyum kiygan Lucien turardi.🖤
U yigit boshqalarga o‘xshamas edi. U hech narsa demasa ham, nigohi bilan biror narsani aytardi: “Mana endi haqiqiy orzularimiz boshlanadi”…😍
Aizen yetib kelgach, ular bir-biriga qo‘l uzatishdi. Violin sadosi esa asta o‘tib, mayin pianino kuyiga almashdi.🎻
— Aizen, — dedi Lucien sokin ovoz bilan, — seni o‘sha skameykada ilk ko‘rganimdan boshlab, qalbim seni tanidi. Oradan qancha kunlar o‘tmasin — men seni tanlashdan hech qachon charchamayman.😻
Aizen mayin jilmaydi.
— Men ham seni ko‘rgan kundan boshlab hayotimdagi eng yorqin bo‘lim ochilgandi. Endi esa bu bo‘lim bizning “qismat” nomli kitobning eng go‘zal sahifalari bo‘ladi.🥰
Dengiz to‘lqinlari mayin shovullab, bu so‘zlarni qo‘shiqdek davom ettirayotganday tuyuldilar.🌊
Quyosh oxirgi nurini ham dengizga qo‘yib yuborar ekan, ularga tabassum qilib, orqaga chekindi. Va bu payt marosim o‘tkazuvchi ovozi eshitildi:
— Endi sizlarni bir umrga birlashtirib turuvchi uzuk halqalarni almashtirishingiz mumkin.😌
Lucien Aizenning barmog‘iga mayin uzukni taqdi. Uning ko‘zlarida yosh chaqnab ketdi — bu baxt yoshlaridan boshqa narsa emas edi. Aizen ham o‘z halqasini taqib, qo‘lini mahkam ushlab qolib pichirladi:
— Bu mening olamimning yuragi. Sen shu olamning abadiy hukmdorisan.🥰
Mehmonlar orasida ovozsiz hayrat va quvonch uyg‘ondi. Taeoh qarsak chalib yubordi, Minho baland ovozda xushtak chalib, baqirdi "bravoooo, baxtli boʻliiiin" dedi. Bosh irg‘ab tabassum qildi, Yoongi esa cho‘zilgan “woo~” ovozi bilan kulib yubordi. Hammasi bir ovozda qarsak chaldi.👏🏻
Shu jarayonda osmon asta-sekin tunda rom etila boshladi. Yulduzlar birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Sohil bo‘yida atrof pushtirang fairy-lightlar bilan bezatilgan edi. Marosim tugashi bilan musiqa kuchayib, Lucien Aizenga qo‘l uzatdi:
— Bo‘lmasa, birinchi raqsimizni boshlaymizmi?🫴🏻
Qum ustida, yulduz ostida, dengiz shovqini fonida ular ilk raqsga tushishdi. Aizen boshini Lucienning yelkalariga qo‘ygancha, asta pichirladi:
— Sen bilan har tun shu tarzda tugashi uchun minnatdorman…🙌🏻
Lucien esa sekin javob berdi:
— Va har tong seni uyg‘otish uchun.😻
Yulduzlar ularning ustida jim kulib turar, shamlar yaltirab, multi olamdan kelgan mehmonlar ham bu tungi sehr ichida qo‘shilib ketgan edi…🫶🏻
Quyosh allaqachon g‘arq bo‘lgan. To‘y marosimining shovqin-suroni ortda qolib, Aizen va Lucien nihoyat o‘z uylariga qaytishdi. 🦋
Uy ichida sokinlik hukm surardi — ichki chiroqlar juda past darajada yoqilgan, devorlarda yaltiragan fairy-lightlar esa xuddi yulduzlar kabi jim jilvalanardi. Havo esa iliq va pushtirang atirgul hidiga to‘la edi.✨
Aizen oq rangdagi soddagina, lekin nihoyatda nafis matodan tikilgan uzun ko‘ylagini yechib, asta ichkariga kirdi. Sohildagi shamollar tufayli sochlari biroz taralmagan, uning yonoqlari esa yana ham ko‘proq qizarib turgandi. U bir lahza oynaga tikildi va o‘ziga sekin pichirladi:
— Endi hammasi haqiqiy…🥰
Orqadan Lucienning qadam tovushlari eshitildi. U Aizenning ortidan sokin tarzda keldi va unga ortdan sekin yaqinlashdi. Yelkasiga ohista qo‘lini qo‘yib, ovozini pasaytirib:
— Charchab qoldingmi, multi olam malikasi? — dedi tabassum bilan.🫂
Aizen jilmayib uning tarafga o‘girildi.
— Yo‘q… Aksincha, bugun men o‘zimni dunyodagi eng tinch va eng baxtli insondek his qilyapman.😇
Lucien uning yuziga asta qo‘lini qo‘yib, barmoqlarini yonoqlariga tekkizdi.
— Unda bu tun ham shunday davom etsin… — dedi va sekin lablarini uning peshonasiga qo‘ydi.🫦
Bir necha daqiqalik sokinlik. Ular bir-biriga hech nima demasdan qarab turishdi, lekin nigohlari orqali juda ko‘p so‘zlar aytildi. Lucien asta ayolining beliran ushlab, Aizenga sekin:
— Raqsga tushamizmi? — dedi.🫀
Aizen boshini muloyim tarzda qimirlatdi. Unga bir qo‘li bilan qo‘l uzatdi.🫂
Yengil pianino kuyini fon sifatida qo‘yib, o‘z xonasining markazida, xuddi hali ham marosim davom etayotgandek asta raqsga tusha boshlashdi. Aizen peshonasini Lucienning yelkalariga qo‘ydi. Lucien uning belini muloyim tarzda quchdi.😍
— Lucien… — deb pichirladi Aizen sekin ovozda. — Shu lahzani hech qachon tugashini xohlamayman…❤️
Lucien sekin uning iyagidan ko‘tarib, ko‘zlariga qaradi.
— Ilojim bo‘lsa, vaqtni to‘xtatib qo‘ygan bo‘lardim. Chunki men uchun ham aynan hozir — eng mukammal on.😻
Ular bir necha lahza jim turishdi. So‘ng Lucien muloyim lablari bilan Aizenning lablariga mayin hamda estetik bo‘sa berdi. 😘
Aizen qo‘llarini undan ham mahkamroq ushlab, nigohida yashringan iliqlik bilan javob qaytardi. Bu bo‘sa uzun, sokin va muhabbatga to‘la edi.❤️
Aizen past ovozda pichirladi:
— Men seni tanlaganimdan biror soniya ham afsuslanmayman…🫂
Lucien uning quloqlari yonida sekin pichirladi:
— Va men seni har tun, har tong qayta-qayta tanlayman…🤗
Shu so‘zlardan keyin u Aizenga ohista egilib, uni qo‘liga ko‘tardi. Aizen kulib yubordi, lekin qo‘llarini uning bo‘ynidan ketmay qo‘yib, lablarini yengil tishlab qo‘ydi.🙈
Lucien eshikni asta ochib, Aizeni yotoqxonaga olib kirdi. Oq rangdagi yupqa pardalar yorug‘likda mayin tebranardi, yotoqda esa pushtirang atirgul yaproqlari sochib qo‘yilgandi. U Aizeni sekinlik bilan yotoqqa qo‘ydi, so‘ng qo‘lini uning sochlariga tekkizdi.😻👐🏻
Aizen qo‘lini Lucienning yuziga qo‘yib, nozik ovozda pichirladi:
— Bugun bu olamda faqat ikkimizmiz…🤭
Lucien jilmaydi.
— Va men, agar ruxsat bersang, butun umr seni shu tarzda quchib turaman…😻
Shu so‘zlar bilan u yana uni muloyim tarzda lablaridan bo‘sa qildi.🫦
Aizen lablarini yengil titrab javob qaytardi. Ularning nafaslari asta tezlashar, har bir bo‘sa bilan yuraklari kuchliroq urardi...🫀
Yotoqxonaga pianina kuyining mayin ovozi aralashib, shu tun — baxt, sokinlik va muhabbatning eng chuqur hislari bilan to‘ldi…🫠
Va o‘sha kecha… shu Aizen hamda Lucienning oq-qora olami ilk marta chinakam birlashdi. Bu ikki telba, bu onlarni uzoq kutgandi.....🫂
Tong otib ulgurganiga qaramay, xonani yorug‘lik to‘laligicha egallamagan — pardalardan filtrlangan yumshoq quyosh nuri xonaning bir burchagida ufq rangida taralayotgandi.🌤
Aizen asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Birinchi bo‘lib uning ko‘ziga tushgan narsa – yelkasida yotgan Lucienning qo‘li va uning sokin nafas olayotgan chehrasi bo‘ldi.
Bir oz sukutdan so‘ng Aizen asta jilmayib, lablarini uning yelkalariga ohista tegizdi. Lucien buni sezdi shekilli, koʻzlarini sekin ochib, unga qaradi.👀
Nigohlar yana uzoq suhbatdek bir-biriga singib ketdi.
— Tonging muborak, mening Aizenim… – dedi Lucien sokin ovozda.😍
Aizen asta bosh irg‘ab, uning sochini barmoqlari bilan siladi.
— Bugun butun dunyo biroz tinchroq va go‘zalroq ko‘rinyapti. Chunki sen yonimdasan.😍
Lucien unga yaqinroq surilib, qo‘llarini beliga qo‘ydi.🫂
— Bu dunyo aynan sen tufayli go‘zal. Men sen bilan har tongni kutib olishga tayyorman...😻
Aizen yengil kulib yubordi:
— Sen nimagadir tayyormisan?🙈
Lucien pichirladi:
— Har narsaga… agar u sen bilan bo‘lsa.😻
Ular yana jim qolishdi. Ular uchun bu jimlik – tinchlik edi, osoyishtalik edi. So‘ng Lucien Aizenning oppoq soch tolalarini sekin chetga silkitdi va uning peshonasiga mayin bo‘sa qo‘ndi.💋
— Birinchi tongimiz… – dedi Aizen past ovozda.🫀
— …va bu – yangi hayotimizning birinchi sahifasi, – deb davom etdi Lucien.🫀
Ular yana bir-birlarini quchib, bir necha daqiqaga ko‘zlarini yumdi. Mehmonxonadan kelayotgan ochiq darchadan iliq bahor shamoli xonaga kirib, pardalarni sekin silkitib qo‘yardi. Xuddi shamol ham shivirlagandek edi: “Baxtinglar muborak, Aizen va Lucien…”🫶🏻
Ular yana boʻsalarga kirishib ketishdi...🫦
— Qani, – dedi Lucien asta qo‘llarini cho‘zib, – men seni nonushta tayyorlash uchun oshxonaga olib ketaman.
Aizen uning qo‘lidan ushlab jilmaydi:
— Hm, sen tayyorlasang, men yoningda turib kuzataman.
Shu tarzda, ular o‘z yangi hayotlarining birinchi tongini mayin suhbatlar, mazali nonushta va o‘zaro muhabbatga to‘la tabassumlar bilan boshlashdi.🌿
Bu – “Aizenning qismati” kitobidagi eng yorqin sahifalardan biri bo‘ldi...🦋
Ular bir umr birga baxtli hayot kechirishdi...❤️
Bu fanfic – “AIZENNING QISMATI” – osonlikcha yozilgan oddiy hikoya emas.
U qalbimdan chiqqan, haqiqiy tuyg‘ulardan ilhomlangan voqelikdir.✍🏻
Men bu hikoyani Bahora va Asliddinga bag‘ishlayman.
Real hayotda ham sizlarning yo‘llaringiz nurga to‘lsin. O‘zaro ishonch, hurmat va samimiyat hech qachon yo‘qolmasin. Qachondir hayot sizlarni bir-biringizdan charchatgandek tuyulganda ham, eslang – sizlarning qismatingiz aynan bir-biringiz bilan to‘liq bo‘ladi.👤
Aizen va Lucien kabi sizlar ham har tong bir-biringizni sevgi bilan uyg‘oting, har kecha bir-biringizni muhabbat bilan quchib yoting.🫂
Va vaqt o‘tgan sari tuyg‘ularingiz kuchsizlashib qolish o‘rniga, aksincha – yanada ildiz otib, yuragingizning eng chuqur nuqtalariga borib yetsin.🫀
Shu fanfic sizlarga kichkina ilhom bo‘lsin.
Real hayotda ham sizlarga aynan shunday baxt va cheksiz muhabbat tilab qolaman.🧚🏻♂