November 23, 2025

🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙

15-qism 🌌 | #Bahromiddin 🍃

1-PART| Lichan & Taeyoung

Ertalab maktab hovlisi odatdagidan tinch edi. Lichan darvozadan kirib kelarkan, ko‘zlari beixtiyor Taeyoungni qidirardi. Ammo ko‘rish bilan yuragi bir zumda g‘ashlandi — Taeyoung boshqa bir yigit bilan gaplashib turardi. Yigit unga juda yaqin turardi, hatto kulib qarab turardi...💞

Lichanning ko‘ksida nimadir qattiq tortildi. Hech narsani o‘ylamasdan, qadamlarini tezlashtirib Taeyoung yoniga bordi va uning qo‘lidan mahkam ushlab oldi...💞

— Yur, — dedi qat’iy ohangda. ‼️

Taeyoung cho‘chib unga qaradi. U yigit esa hayron bo‘lib ularni kuzatdi. Lichan esa Taeyoungni yonidan tortib, o‘sha joydan uzoqqa olib ketdi...🌊

Ular maktabning kam odam yuradigan orqa tomoniga o'tib olishdi. Lichan bir lahza to‘xtadi, so‘ng Taeyoungni devorga yaqin qildi. Nigohi keskin, jag‘i qattiq qisilgan edi....😒

— U bola kim? — dedi u past, ammo ichida portlash yashiringan ovozda.😤

Taeyoung qo‘lini tortib olishga harakat qildi, ammo Lichan uning yo‘lini to‘sdi. Uni burchakka qisilganday ushlab turardi.🙌🏻

Shunda… birinchi marta Taeyoung Lichanga tik qaradi. Ko'zlarining tub-tubiga tik boqdi. Qarashi g‘azabli, og‘riqli, qat’iy edi. Bu nigoh Lichanni beixtiyor ortga tortdi... Hayron qoldirdi. Taeyoung hech qachon unga shunaqa qaramagandi shu kunga qadar...🍓

— Meni u bilan ishim yo‘q, — dedi Taeyoung pichirlab, lekin ohangi sovuq edi. — Menga buyruq berishdan oldin… haqiqatni ayting Lichaaan!!!😠

Bu so‘zlar Lichan yuragiga naq qadaldi. U ko‘zini pastga oldi, chuqur xo‘rsinib qo'ydi. Avvalgi g‘azabi asta so‘ndi. So‘ng Taeyoungga qarab, muloyim ohangda:

— Yur… hammasini aytaman.😒

Ular oshxonaga o‘tishdi. Stulga o‘tirdilar. Lichan qo‘lini stol ustiga qo‘ydi, kafti biroz titrayotgandi. U bir necha soniya jim o'tirdi Taeyoungning qarshisida. Keyin asta gap boshladi.🍂

Onasi haqida, u ayolning bosimlari, yil davomida yashirib kelgan qo‘rquvlari, oilaviy masalalar... hammasini boshidan oxirigacha aytib berdi. Biron-bir joyini yashirmadi. Gapirarkan, nigohi goh stolga, goh Taeyoungning muloyim ko‘zlariga tushardi. Gaplar og‘ir edi, lekin yengillik olib kelayotganga o‘xshardi. 🍁

Taeyoung esa jim tingladi. Biron marta bo‘lsa ham gapini bo‘lmadi. Lichan oxiri sekin “Shu sababli seni himoya qilmoqchi bo‘ldim…” deb tugatdi.🌒

Bir necha soniya sukut hukm surdi. Keyin Taeyoung uning yoniga yaqinroq kelib, juda yumshoq ohangda dedi:

— Men nima bo‘lgan taqdirda ham yoningizdaman Lichan. Onangizni hurmat qilaman… lekin agar birga bo‘lsak, ularga qarshi chiqishga kuchimiz yetadi deb o'ylayman...😅

Lichan asta jilmaydi. Ko‘zlari yengillikdan yumilib ochildi.
— Sen… meni tashlab ketmaysanmi? Birga jang qilamizmi?😍

— Yo‘q. Aslo tashlab ketmayman. Sizniki bo'laman, ask holda o'zganiki... Lekin men o'zganiki bo'lishni umuman xohlamayman. Siz meni hayotim mazmunisiz Lichan...❤️

Lichan qo‘lini uzatdi. Taeyoung ham qo‘lini qo‘ydi. Ularning barmoqlari asta chirmashdi.

— Taeyoung… — dedi Lichan muloyim ohangda.

— Ha?

— Sen bo‘lmasang… men har kuni yiqilardim.

— Yiqilmang, — dedi Taeyoung jilmayib. — Men ushlab turaman. Siz uchun tirgak bo'laman hayotim. 🫀

Ularning suhbatlari past ovozda, mayin kulgular bilan davom etdi. Bu kichik, ammo juda shirin sahna maktabning sokin oshxonasida asta so‘ndi.🌸🫠🦋

Yoongi & Hana

Kechqurungi holat. Havo salqin, shamol esa juda yengil esardi. Yoongi maktabning tashqi hovlisida Minhoni kutib turardi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv yo‘q edi — faqat qat’iyat. 🫀

Shu payt Minho paydo bo‘ldi. Qadamlarining tovushi og‘ir, nigohi esa sovuq edi. Yoongiga qadam yaqinlashgan sari, atmosfera yanada jiddiylashdi.😐

Ikki yigit qarama-qarshi turishdi. Minho qo‘llarini cho‘ntagiga solib, keskin ohangda so‘radi:

— Kimsan o‘zi? 😶

Yoongi ko‘zini olib qochmadi.

— Yoongiman. Min Yoongi. Min group rahbarining o‘g‘liman. 😌

Minho boshini sal qiyshaytirdi.

— Singlimning oldida nima qilib yuribsan?🫥

— Uni sevaman, — dedi Yoongi bir zum ham ikkilanmasdan😕

Minho kulimsiradi, lekin kulgi sovuq edi.

— Sen juda jasur yigit ekansan o'zingcha...🙃

— Balki ha, — dedi Yoongi. — Men yolg‘on gapirmayman. Rostini aytaman, xolos. 😊

Minho bir qadam oldinga yaqinlashdi.

— Lekin singlimning yonida kim bo‘lishini men hal qilaman. 🙂

Yoongi ham bir qadam oldi.
Nigohi qattiq, tovushi barqaror edi.🌸

— Mayli. Ammo singlingiz baxtsiz bo‘lishini xohlamassiz. Meni nimam kam — ayting. Men Hana uchun o‘zgarishga tayyorman.🧐

Minho lab burchagini biroz ko‘tardi.

— Rostanmi?😅

— Albatta, — dedi Yoongi. — Men uni chin dildan sevaman.❣️

Shu so‘z Minhoni biroz mulohazaga cho‘mdirganday bo‘ldi.🥀

— Yaxshi, — dedi u nihoyat. — Sen menga yoqib qolding. Jasoratliliging yoqdi.⚡️⚡️

Yoongi nazarini yumshatmadi.

— Men va Hana orasiga tushmaysiz deb umid qilaman. Agar tushsangiz… sizga qarshi chiqishimizga ham to‘g‘ri kelishi mumkin akajon. Chunki bir-birimizni qattiq sevamiz...🪐

Minho kulimsiradi, bu safar achchiqroq.

— Menga kuching yetadi deb o‘ylaysanmi?😂

— Hana uchun bo‘lsa, albatta. Singlingiz❣️

Shamol biroz kuchaydi. Yaproq shiqir-shiqir qildi. Atmosfera yanada sovuqlashdi.🌿

Minho bir muddat jim turdi. So‘ng:

— Yaxshi. Menimcha, senga ishonishim mumkin.🧠

Yoongi boshini qimirlatdi.

— Hanamni ko‘z qorachig‘imdek asrayman.💗

Minho keskin ohangda davom etdi:

— Bu yaxshi. Ammo shuni bil: agar singlimni o‘yin qilmoqchi bo‘lsang, o‘zingdan ko‘r.💔

— Yo‘q, — dedi Yoongi. — Men unga uylanaman. Havotir olmang.😊

Minho bir zum jim qoldi.

— Lekin Hana o‘qishni xohlaydi-ku.👀

— Bilaman, — dedi Yoongi. — O‘qishiga ham ruxsat beraman. Uning fikrlarini hurmat qilaman.😇

Minho chuqur nafas oldi.

— Mayli. Seni sinab ko‘raman. Birinchi taassurot aldab qo‘yishi mumkin. Sen haqingda surishtiraman. Hammasini tekshiraman. Hana bilan ham gaplashaman. Javobimni keyin aytaman. Ungacha Hananing yonida ko‘rinma.😟

Yoongi bir qadam ortga chekinib, boshini ko‘tardi.

— Bemalol surishtiring. Lekin meni Hanamdan ayira olmaysiz.🌊

Minho unga sovuq tikildi.

— Bunisini… o‘ylab ko‘raman.👀

Shamol yana esdi. Ikki yigit bir necha soniya jim qarab turishdi. So‘ng Minho burilib ketdi. Yoongi esa sovuq havoda yolg‘iz qoldi. Atmosfera og‘ir, sukunat esa bosimli edi.❄️ Uchrashuv mana shu jiddiy ohangda tugadi.🌿

< Min Ho >

Strawberry Moon 🍓🌙 | 15-Qism — PART 2 🍃🪐

Jiwoo & Taeoh

Kafe ichida qorong‘i burchakda Jiwoo ikki barzangi yigit orasida qolgan edi. Ularning gavdasi katta, ovozlari qo‘pol va jirkanchroq edi. Jiwoo orqaga chekinarkan, qo‘li titrar, nafaslari tezlashardi. Atmosfera shu qadar tarang ediki, xuddi devorlar ham jim kuzatayotgandek tuyulardi bu holatni.⚡️

Shu payt, kafe eshigi sekin ochildi. 🚪

Taeoh tashqariga chiqqandan keyin birdan telefonini unutib qoldirganini esladi va qaytib kelgandi. Eshikni ochishi bilan ko‘zi darrov Jiwooga tushdi — qizga yaqinlashayotgan, unga qo‘l uzatayotgan ikki yigitga.👥

Bir soniya… yetarli bo'ldi 🫀

Taeohning ko‘zlari cho‘g‘day yonib ketdi. Nafasi og‘irlashdi. Ichida portlash yuz berdi.
U hech ikkilanmay yugurdi. 🍃

— Eyyyyyyy! — deb baqirdi u, ovozi butun kafe bo‘ylab jarangladi.😈

Barzangilar ortiga qarashdi, ammo Taeoh allaqachon ularga yetib kelgan edi. Birinchi yigitning qo‘lini qayirib, stolga boshi bilan urdi. Ikkinchisi unga tomon yurdi, lekin Taeoh uning zarbasidan qochib, bilagidan mahkam ushlab devorga yopishtirdi. 👊🏻

Harakatlari tez, aniqlik bilan, g‘azab bilan, ammo ortiqcha shafqatsizlarsiz edi. U shunchaki Jiwooni himoya qilayotgan edi.🫀

— Qizdan uzoqroq turlaring! — dedi u keskin, yigitning qo‘lini qo‘yib yubormay. 😠

Barzangilarning ko‘zlari kattalashdi. Bir necha daqiqalik qarama-qarshilikdan keyin ular qo‘rqib ketishdi va kafe eshigidan yugurib chiqib ketishdi.
Kafe birdan jim bo‘lib qoldi. 🌿

Jiwoo o‘sha yerda turib qoldi — titrab, ko‘zida yosh, ovozi chiqmasdi. Qo‘llari muzdek edi. Taeoh nafaslari tezlashgan holda yugurib uning yoniga kelib, uni ohista bag‘riga tortdi. 🫂

Jiwoo ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi. Uning ovozi bo‘g‘ilib chiqardi.

— H… hech nima bo‘lmadi… — dedi Taeoh, lekin ovozidagi charchoq sezilardi. — Men yoningdaman. Endi hech kim senga tegolmaydi. 🍃

U Jiwooning titrayotgan qo‘lini ushlab, orqa tomondan yelkasini muloyim siladi, sokinlashtirdi qizni. Jiwoo asta-sekin nafasini boshqara boshladi, lekin qo‘rquv hali ham ko‘zlarida turardi... 🪐

Taeoh uning yuzidagi yoshlarni juda ehtiyotkorlik bilan artdi. Jiwoo unga qaradi… so‘ng boshini pastga egib qo‘ydi, go‘yo nimadir deyishni istagandek, lekin aytolmayotgandek.😢

Ikkovi orasida jimlik cho‘kdi — ammo bu jimlikda kuchli hissiyotlar bor edi. O‘tmish, qo‘rquv, himoya… hammasi bitta lahzada jam bo‘lgandi. 🫀

— Yur, — dedi Taeoh nihoyat yumshoq ohangda. — Bu yerda turmaylik. Yaxshi emas. Prezentatsiyani o'zim yakuniga yetkazib qo'yaman. Shuni saqla va menga yuborsang yetarli... 🖤🌒

U Jiwooning qo‘lidan tutdi va uni tashqariga olib chiqdi. Tashqaridagi toza havo Jiwooni biroz yengillatdi. Taeoh yonida suyanib turdi. Uning nigohida bitta narsa bor edi — hech qachon seni yolg‘iz tashlab ketmayman degan va’da. ❄️

Jungkook & Hemi

Hemi Jungkookni kutubxonadan olib chiqdi. Biror narsa demadi. Uni sokin yo‘lakka, odamlar kam yuradigan joyga yetakladi. To‘xtadi… lekin unga qaray olmadi. Qo‘llari titray boshladi.👐🏻
Jungkook bu jimlikdan xavotirlanib ketdi.

— Nima bo‘ldi? — dedi u muloyim, ammo qat’iy ohangda. — Nega meni olib chiqding? Kimsan?

Hemi chuqur nafas oldi. Bir lahza ko‘zlarini yumdi. Keyin sekin boshini ko‘tardi. Nigohi titroq — ammo ichida yashirilgan jasorat bor edi. 🫥

— Jungkook… — dedi u juda past ovozda. — Men sizga nisbatan… oldin hech qachon his qilmagan tuyg‘ularimni his qilyapman. Menimcha… men… sizni sevib qoldim. O'sha Chajangmiyon kafesidan chiqib, menga to'qnashib ketgan oningizdan beri sizni kuzatib kelyapman....😊

Jungkookning ko‘zlari kattalashdi. U beixtiyor bir qadam ortga chekindi. Nigohini olib qochdi. Nafasi o‘zgargandek bo‘ldi.🌸

— Nega? — dedi u sovuqqa yaqin ohangda. — Nega aynan men? Sen meni yaxshi tanimaysan ham. 🙄

Hemi yutindi. Ammo o‘zini qo‘lga olib, jilmayishga harakat qildi.

— Siz… boshqalarga o‘xshamaysiz, — dedi u asta. — Sokinsiz, tartiblisiz. Odamlar nima desa ham, baribir o‘zingiz bilan ovora bo'lib qolishda davom etasiz. Bu menga yoqdi.🌒

Jungkook jim qoldi.🦅

U Hemining so‘zlaridan ta’sirlandi — ko‘ngli bir zumda yumshab ketdi. Ammo baribir yuragini ochishga tayyor emas edi. Bir necha soniya sukutdan so‘ng, muloyim, ammo qat’iy ohangda:

— Hemi… uzr. Men hozir bunday narsaga tayyor emasman. Seni xafa qilmoqchi emasman, lekin… bu sevgini qabul qila olmayman. 😁

Hemi beixtiyor ko‘zini pastga oldi. Ichida nimadir siqilganday bo‘ldi. Ammo o‘zini qo‘lga oldi va majburan jilmaydi.😊

— Tushundim… — dedi past ovozda. — Hech narsa bo‘lmagandek davom etaman. Javob berganingiz uchun… rahmat.🥲😊

Ammo uning ko‘zlarida yashirin og‘riq — juda ravshan edi. Jungkook esa hech nima deya olmadi. Faqat jim qarab qoldi. Hemi sekin orqasiga o‘girilib, yolg‘iz ketdi. Qadamlarida og‘irlik bor edi. 🍁

Jungkook uni uzoqlashib borayotganini kuzatib qoldi. Qiz ko‘zdan yo‘qolgan sari, uning o‘z ichida ham bir og‘irlik paydo bo‘ldi — lekin u baribir orqasidan bora olmadi. 🌒 U shunchaki jim qoldi. 🌊

< Jeon Jungkook >

3-PART — Hyekyo & Seojun 🖤🌒 | Jungki va Yelena 🦋💗

Hyekyo & Seojun

Hyekyo ko‘zlarini pirpiratib, ajablangancha:
— Yo‘q? Nega? — deb so‘radi.🙃

Seojun o‘yin aralash ohangda yelka qisdi.
— Kompyuterni tuzatganim uchun qahva olib bermaysanmi? Shunchaki… shunday tartib-da qutilarding..😁

Hyekyo jim bo‘lib qoldi. Uning yuzida ikkilanayotgan, nimanidir o‘ylayotgan ifoda paydo bo‘ldi. Ko‘zlari bir lahza pastga tushdi, qo‘llari esa kompyuterning chetini asta ushlab turardi. Seojun esa sabr bilan javob kutardi.🫀

Hyekyo og‘iz juftlab, sekin dedi:
— Lekin, men….......💫

Hyekyo biroz ikkilanib turdi, so‘ng yumshoq nafas olib:

— “Lekin… yaxshi, boramiz mayli. Qahva ham olib beraman.” 😅🖤 — deya rozi bo‘ldi.

Seojun yengil jilmayib:
— “Kettik unda.” 😁

Ular yonma-yon kafega yo‘l olishdi. Qorong‘i yo‘laklar ortda qoldi, kafe esa iliq, yorug‘, mayin musiqa chalinib turgan muhit bilan kutib oldi. Deraza yonidagi ikki kishilik stolga o‘tishdi. Hyekyo ikkita qahva buyurdi. Dastlab suhbat tarang, aralash hissiyotli edi, ammo asta-sekin yumshab, iliqlasha boshladi. 🌒

Seojun finjonni qo‘liga olib, muloyim ohangda so‘radi:

— “Xo‘sh… o‘qishlaring qanday? Oxirgi paytlar juda band ko‘rinyapsan.”

Hyekyo yengil jilmaydi:
— “Ha, loyihalar ko‘paydi. Lekin men o‘zim xohlagan yo‘nalishga tayyorlanyapman. Kimyo va Biologiya… shu sohada o‘qish niyatim bor.”

Seojun hayron bo‘lib, finjonni stolga ohista qo‘ydi:
— “Rostanmi? Men ham hozir o'zim anchadan beri qiziqib yurgan sohada o‘qiyapman. San’at va dizayn bo‘yicha.”😅

Hyekyoning ko‘zlari chaqnab ketdi:
— “Haqiqatanmi? Shuncha vaqt o‘tib ham buni bilmagan ekanmiz-a…”👀

Seojun yengil kuldi:
— “Demak, bizda umumiy o‘xshashliklar ko‘p bo‘lar ekan. O‘zing aynan qaysi yo‘nalishga qiziqyapsan?” ❣️

Hyekyo qo‘llarini birlashtirib, sekin gapirdi:
— “Menga sahna san’ati yoqadi. Ovoz, yorug‘lik, kompozitsiya… sahna ortida ishlash. Lekin undan ham ko'proq meditsinaga qiziqaman...” 🙂‍↔️

Seojun unga chin qiziqish bilan tikildi:
— “Bu juda zo‘r. Senga juda mos tushadi, bilasanmi? Menimcha, sen buni uddalaysan.”😊

Hyekyo biroz tortinib boshini egdi:
— “Rahmat… doim kimdandir shunaqa gapni eshitishni xohlardim. Bu menga ishonch beradi.”🖤

Suhbat asta iliqlashdi. Qahvalar soviy boshlardi, ular esa gaplashishda davom etardi. Qahva sovugani bilan ko'ngillar isib borardi. Ovozlari mayin, nigohlari yumshoq, suhbat esa tabiiy ravishda ikki yosh orasida mayin romantika izlarini qoldirib borardi. 🌒🖤

* * * * * * * * *

Junki & Yelena | Sevgi Izhori

Daryo bo‘yi jimjit, shamol esa yengil esardi. Lampochkalar suvda aks etib, xuddi miltillovchi yulduzlarday raqsga tushardi.
Junki Yelenaga qarab chuqur nafas oldi:

— “Yelena… men uzoq vaqt o‘yladim. Sizni har ko‘rganimda yuragim boshqacha ura boshlaydi. Sizni ko‘rmasam, o‘sha kuni nimadir yetmagandek bo‘ladi. Men… sizni sevib qoldim.”❤️

Yelena birdan jim qoldi. Nigohini olib qochdi. Qadamini ortga chekinib qo‘ydi. Nafasi ham aralashdi.

— “Junki… bilmayman. Hozir… bunday gaplarga tayyor emasman. Menga vaqt kerak.”🥲🥰

Junki jilmaydi. Uning jilmayishi tushunish bilan to‘lgan edi.
— “Men seni shoshirmayman. Kutaman. Qancha kerak bo‘lsa… shuncha kutaman Yelena.” ❤️

Yelena asta bosh irg‘adi:
— “Rahmat… lekin hozir javob bera olmayman azizim.” ☺️

O‘rtalarida nozik, bo‘shliq, lekin umidli bir sukut qoldi. ❤️

Bir necha hafta o‘tib…

Vaqt o‘tardi — kunlar, suhbatlar, uchrashuvlar.
Junki va Yelena asta-sekin yaqinlashardi. Kutubxonada yonma-yon o‘tirishardi, daryo bo‘yida suhbatlashishardi, Londonning sovuq, ammo romantik qish shamoli orasida asta bir-biriga o‘rganib borishardi. ❤️ So‘zlar kam, ammo har lahzada yaqinlik bor edi. 🌿

Yangi yilga ikki hafta qolganda…

Shaharni yoritgan chiroqlar, ko‘chalardagi issiq shokolad hidi, bayramga tayyorlangan vitrinalar — hammasi yangi sahifa ochilayotganday edi.
Yelena nihoyat hislarini anglab yetdi.
U yana daryo bo‘yiga, Junki bilan uchrashgan joyiga keldi.🍁

U sekin borib Junki oldida to‘xtadi. Nafasi biroz titrardi, lekin ovozi sokin va ishonchli edi:

— “Junki… o‘sha kuni sen aytgan gaplar haqida ko‘p o‘yladim. Bilasanmi… hozir men ham bir narsani tushundim. Men ham… seni yoqtiraman…”💗

Junki ko‘zlarini kattalashgan holda unga qaradi:
— “Rostdanmi?” 🫠

Yelena jilmaydi, bosh irg‘aydi:
— “Ha. Endi qochishni ham, yashirishni ham istamayman.”🤩

Junki chuqur hayajon bilan:
— “Unda… biz endi birgamizmi?”🥳

Yelena asta jilmaydi:
— “Ha, birgamiz. Yangi yilga ikkimiz, sevishganlar sifatida kiramiz.”🥰

Junki qo‘lini uzatadi. Yelena uning qo‘lini muloyim ushlab qo‘yadi. Ularning qo‘llari sovuq qish orasida iliq bo‘lib turardi.🤝

— “Bu yil biz uchun yangi boshlanish bo‘lsin,” dedi Junki. 🫀

— “Ha… bu bizning eng chiroyli yilimiz bo‘ladi” dedi Yelena. 🦋

Ular daryo bo‘yida yonma-yon turishdi. Shamol yengil, shahar chiroqlari suv ustida jilvalanib turardi. Osmon sokin, kecha xotirjam. ❄️

Shu kundan boshlab ular uchun yangi bob boshlandi — iliq, pokiza, asta-sekin chuqurlashadigan sevgi bilan.❤️

< Song Jung Ki >

Ho'sh azizlar, endi yana Koreyaga qaytamiz.
Bizga qish fasli kirib keldi.
Yangi yil oqshomi uchun ajoyib tadbir bo'ladigan bo'ldi.
Tadbir qismi kunduzi o'tdi.
27-dekabr...🌙

Hamma xursand, hamma shod.
Turli san'atkorlar kelib qo'shiqlar aytib, hammani raqsga tushurdi...🍁

Endi esa partyning raqslardan keyingi qismi, sokinroq qism boshlandi. Ya'ni ovqatlanish va saxna ko'rinishlar. ❄️

Taeoh bu saxna ko'rinishlardan so'ng, o'z prezentatsiyasini topshirmoqchi edi. Jiwoo bilan birga ajoyib prezentatsiya tayyorlab qo'ygandi. 🍃

4-PART | #BAHROMIDDIN 🍃 | BOMBA 💥

Taeoh o‘zining prezentatsiyasini boshladi. Har bir harakati mukammal, har bir gapining ohangi sovuq va aniq edi. 🥀

U psixopadlarga xos mohirlik bilan tinglovchilarni o‘ziga jalb qildi, o‘z yo‘lida shubhasiz, to‘g‘ri va qat’iyatli edi. Har bir slayd, har bir fikr uning boshqaruvida edi – hech qanday qo‘rquv, hech qanday shubha yo‘q. ☄️

Sangtae esa orqada, taqdimotga qarab o‘tirgan edi Jisoo bilan birga. Dunyosi birdaniga to‘kilgandek bo‘ldi. U hech narsa anglamay qoldi; har bir so‘z, har bir harakat unga qattiq zarba bera boshladi. ⚡️

Chunki Taeoh uni kuriyerligi, oddiy ishchi ekanligi, boy emasligi va hammani aldagani haqidagi haqiqatni baralla ayta boshladi....‼️

Sangtaening ko‘zlari yelkasiga tushgan yukdek og‘ir edi, lekin u bunga qanday javob berishni bilmas edi. Qalbida vahshiy bir bo‘shliq paydo bo‘ldi – bir zumda tushunib yetdi, u hech narsa nazorat qilolmasligini his etdi. Taeoh allaqachon zarbani berib bo'lgandi...💔

Atrofdagi odamlar esa turlicha reaksiyalar bildirdi. Kimdir jaxlini yashirmadi, yuzlari qizarib, og‘zini chayqab qo‘ydi. Kimdir esa butunlay befarq bo‘lib, unga hech narsa bo‘lmagandek qaradi. 💫

Faqat Jisoo – u eng ko‘p azob chekdi. U yaqinda endi-endi Sangtaega nisbatan iliq tuyg‘ularni his qilib, yuragini ochgan edi. Hali bu haqida Sangtaega aytmagan edi. Aytmasdi ham... Shunchaki o'zi uchun tushunib yetgan edi....⚡️

Endi esa u haqiqatni eshitdi: oldinroq aytmaganligi uchun Sangtae uni aldayotgandek tuyuldi. Jisoo ich-ichidan qattiq hafsalasi pir bo‘ldi, ko‘zlarida g‘azab va achchiqlik uyg‘ondi. 💔

Taeohning jamoasi esa hayron qolmadi. Hyekyo, Jiwoo, Jungkook, Hana, Taeyoung, Yoongi va Lichan – ular bu haqiqatni allaqachon bilishardi. Shuning uchun ularning yuzlari odatdagidek sovuq va xotirjam edi. 🌿

Ular hech qanday his-tuyg‘u bilan aralashishmadi, shunchaki Taeohni kuzatib, prezentatsiyaning oxirigacha jim turishdi. 🍃

Sangtae ichki kurash bilan o‘zini ushladi. U hafsalasi pir bo‘lganini yashirishga urinib, lekin har bir nafasida qattiq depressiya hissi his qilindi. Ko‘zlarida loyqa qorong‘ulik paydo bo‘ldi va u birdan o‘zini dunyodan chetlatganday bo‘ldi. Har bir odamning unga qarashida yomonlik izini ko‘rdi. 🌊

Jisoo esa eng yaqinida, lekin eng uzoqda bo‘lib qoldi. U Sangtaega qarab, yuzida turli his-tuyg‘ular aralashmasini ko‘rdi – g‘azab, xafa bo‘lish, o‘zingni aldayotgandek his qilish. 🍓

U ichida bir qancha so‘zlarni aytmoqchi edi, lekin og‘zi qotib qoldi. Faqat qarashlari orqali Sangtaega qanchalik xafa bo‘lganini bildirishi mumkin edi. 💔

Hamma bir zum sukut saqladi. Har bir yuz, har bir qarash, har bir nafas o‘zida bir dunyo sir saqlardi. Taeoh esa odatdagidek sovuq va qat’iyatli edi, hech qanday his-tuyg‘uni yuziga chiqaray demasdi. Prezentatsiya tugadi, lekin uning ta’siri hali ham hammaga og‘irlik qilardi. 🫀

Sangtae ich-ichidan ezilib, hafsalasi pir bo‘lib, lekin hech narsani tushunolmay, o‘z dunyosiga chekinib ketdi. Jisoo esa uning yonida turib, qalbida yangi o‘rnatilgan ishonchning parchalanishiga qarshi kurashdi. Bu kun, bu lahza, ularning orasida hech qachon unutib bo‘lmas voqea sifatida qoldi....❄️

Taeoh "Bazim avjiga chiqdi, bugun ichimliklar mening xisobimdan" deb baqirdi... Hamma uni olqishladi...🍃 Jisoo esa bu yerni tark etdi. Sangtae.... shunchaki o'tirgan joyida toshdek qotib qoldi. Party tugaganidan so'ng ham, bir necha daqiqa shu o'rnida bir nuqtaga tikilgancha o'tirdi...💔

Bu nuqta, prezentatsiyaning so'ngi slaydi edi.
Jiwoo suratga olgan, Sangtae chajangmiyon sotayotgan o'sha rasm edi...💔