🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙
Tungi Seul jimjit edi. Ko‘chalarni yengil shabada aylanib o‘tar, chiroqlarning nuri asfalt ustida mayin jilva qilardi. Yomg‘ir hidi hanuz havoda muallaq. Qushlar allaqachon uyquda, faqat uzoqdagi mashina motorining tovushi shaharni jimlikdan qutqardek eshitilardi.🚗🚕🚙
Sangtae va Jisoo kafedan chiqishgan, sokin yo‘lakdan yurib ketishardi. Ikkovlari ham jim edi. Yaqinda tugagan suhbatning izi hanuz yuraklarida joʻsh urardi. Jisooning sochlari shamolda o‘ynar, Sangtae esa unga qarab jilmayib qo‘yardi.
— Yaxshi yetib ol, — dedi u nihoyat.👋🏻
Jisoo yengil bosh irg‘adi.
— Rahmat bugungi kun uchun.😊👋🏻
Jisoo Taeohga aynan mana shunday tabassum bilan qoʻl silkitib salomlashardi yoki hayrlashardi. Taeoh ularni kuzatarkan mana shu Jisooning hayrlashuvi uni qalbini parchalab yuborgandek boʻldi. 💔
Sangtae indamay ketdi. Faqat ko‘zi bilan kuzatdi, u uzoqlashgan sari yuragi qandaydir iliq his bilan to‘lardi...💓
Ammo ulardan bir necha metr narida, qorong‘ilik orasida kimdir kuzatib turardi. Taeoh. Uning ko‘zlarida sovuq g‘azab, labida kulimsirash. U orqalaridan asta yurdi, soya kabi. Hech kim sezmasdi.🍃
Sangtae ketgisi kelmadi. Jisooni yarim kechasi qoʻyib yuborishni xohlamadi. Kuzatib qoʻyishga qaror qildi.🕊
Jisoo nihoyat uyiga yetib keldi. U eshik oldida to‘xtab, Sangtaega qaradi.
— Uyga kir, kech bo‘ldi, — dedi Sangtae.😊
— Sen ham. Yaxshi qol, — dedi qiz, jilmayib ichkariga kirdi.🥰
Sangtae esa joyida turib qoldi. Balki ko‘rmay qolarmikan degandek, u kirib ketgach ham uyi tomonga qarab turdi. Shu payt orqasidan kimdir asta yaqinlashdi....👤
— Juda mehr bilan kuzatarkansan, — degan sovuq ovoz eshitildi.🗣🍃
Sangtae orqasiga o‘girildi. Bu Taeoh edi. U qorong‘ilikda yanada vahshiy ko‘rinar, ko‘zlarida sovuq yaltirash bor edi.😈
— Nima bu deganing? — dedi Sangtae.😑
Taeoh kulimsiradi.
— Men seni ogohlantirgandim. Jisoodan uzoq yur, degandim. Eshitmading shekilli.👿
— Jisoo kimnidir “mulki” emas, — dedi Sangtae qat’iy. — U mustaqil huquqlarga ega va istagan ishini qilishga xaqli qiz...😬
Taeohning ko‘zlari yalt etdi.
— Shunday deysanmi? Unda senga o‘rgatish kerak shekilli, o‘zingni qayerda tutishni.😈
Shu so‘zlar bilan u Sangtaega zarba berdi. Dastlab bir urdi, keyin yana. Sangtae o‘zini himoya qilishga urindi, ammo Taeoh epchil edi. Qo‘llari chaqqon, zarbalari og‘ir. Sangtae yiqildi, ammo baribir qayta o‘rnidan turdi...💫
— Nega bunday qilyapsan? — dedi u og‘riqdan nafas ololmay.🫀
— Chunki sen joyingni bilmayapsan, — dedi Taeoh tish orasidan.😬
Keyingi zarba og‘ir keldi. Sangtae yerga qulab tushdi. Qoshi ostidan qon sizib chiqdi, lablari yorildi. So‘ng hammasi qorayib ketdi koʻz oldida. Taeoh esa jim turdi, so‘ng yengini qoqib, sekin orqaga yurdi.😐
Manzilga darxol tez yordamni chaqirdi. Chunki bu yigitga tibbiy yordam koʻrsatilmasa, aniq oʻlardi...🌊
Ertasi kuni maktabda Sangtae yo‘q edi. Gap tez tarqaldi. “U yiqilib hushini yo‘qotibdi”, “shifoxonada yotibdi” — degan so‘zlar yurdi sinfma-sinf.🗣
Jisoo bu xabarni eshitganda yuragi siqildi. Dastlab ishonmadi, so‘ng chaqqon o‘rnidan turdi. Lekin u avval Taeohni oldiga borishga qaror qildi.🍓
Oshxonada u stulni tortib, qarshisiga o‘tirdi.
— Nima qilding unga?😑
Taeoh yelkasini qisdi.
— Kimga?🌚
— Haa… u ahmoqmi, — dedi Taeoh sovuq ohangda. — Ogohlantirishni eshitmadi, endi eslab qoladi.😁
Jisooning ko‘zlari yoshlanib ketdi. — Sen odam emassan, Taeoh.🥲
— Balki. Lekin men seni himoya qilaman, — dedi u istehzoli kulib.😈
Jisoo stulni siltab o‘rnidan turdi. — Unga endi tegma. Hech qachon! — dedi qiz. So‘ng orqasiga qaramasdan chiqib ketdi.🍃
Taeoh nimanidir bilgandek uning ortidan ketdi...🌤
Shu kuni u shifoxonaga bordi. Xonada oppoq yorug‘lik, Sangtae esa yostiqqa suyanib yotar edi. Yonoqlarida hali ham jarohat izlari bor, ammo u jilmaydi.
— Kechirasan, — dedi Jisoo past ovozda. — Men kech keldim shekilli.🥹
Sangtae kulib bosh chayqadi.
— Sen kelding-ku Jisoo buni oʻzi yetarli.😊
Tashqarida esa yana kech kirayotgan edi. Ularning bu suhbati haqida hech kim bilmasdi. Faqat deraza ortidagi soyada yana bir tanish qiyofa paydo bo‘ldi.
Taeoh...🍃
U jim turar, lekin yuzidagi ifoda endi g‘azabdan ko‘ra sovuqqonroq edi. U endi o‘ylay boshlagan edi. "Bu ish hali beri tugamadi." 🗣
Jisoo shifoxona xonasida jim o‘tirardi. Sangtae yostiqqa bosh qo‘ygancha uxlayotgandi. Uning qo‘li bog‘langan, lablari qurib ketgan. Jisoo stulda yarim soatga yaqin qimirlamay o‘tirdi. Hech narsa demadi. Faqat unga qarab turdi. Har safar Sangtaening nafas olishi bilan yuragi bir oz tinchigandek bo‘lardi.💫
Derazadan tushayotgan quyosh nuri oq parda orasidan xira ko‘rinardi. Tashqarida kuz shamoli esardi. Shifokorlar, hamshiralar o‘tib-turishardi, lekin Jisoo ularning hech birini sezmasdi.☘
U o‘rnidan turdi, ohista nafas oldi va eshik tomon yurdi. Qo‘li tutqichga yetgan payt orqasiga bir bor qaradi. Sangtae hali uxlayotgandi.😴
Jisoo tashqariga chiqqanda, oldida Taeoh turardi. Uning nigohlari sovuq edi. U jim turdi, Jisoo esa bir necha soniya nima deyishini bilmay qoldi.🍓
Taeoh bir qadam oldinga yurdi.
— “Bu yigitdan nima istaysan?” — dedi u past, lekin qattiq ohangda.🍃
Jisoo labini tishladi.
— “Biz do‘stmiz... shunchaki do‘stmiz,” — dedi u asta.🙃
Taeohning ko‘zlari yana toraydi.
Jisoo davom etdi:
— “Agar yana unga zarar yetkazsang... men o‘zimga nimadir qilaman. U qanday azob chekayotgan bo‘lsa, men ham xuddi shunday bo‘laman. Yuzi kokarsa men ham yuzimni koʻkartiraman. Qonatsang men ham oʻzimni qonataman...”🗣
Taeoh bir lahza jim qoldi. Uning yuzida og‘riq aralash g‘azab paydo bo‘ldi. Jisoo haqiqatdan ham Taeohga pichoq ustida turmaydigan oĝir va qattiq gap aytgandi sezgan boʻlsangiz....🌟
— “Senga men qadrliroqman deb o‘ylagan edim!” — deb qichqirdi u.🤬 — “U atigi uch kun oldin kelgan! Uch kun! Qayerdan chiqqani ham noma'lum!”😑😡
Jisoo orqaga chekinib, boshini egdi. Ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Uning yelkasi titray boshladi.🥺
Taeoh bir necha qadam oldinga yurmoqchi bo‘ldi, ammo qo‘riqchilar yugurib kelishdi. Ular Taeohni orqaga tortishdi.
— “Qo‘ying meni! Bu mening masalam!” — deb baqirdi u, lekin uni chiqib ketishga majbur qilishdi.🍃
Jisoo esa joyida qotib turardi. Uning yuragi hapriqib urardi. Shifoxona koridorida faqat uning asta yig‘isi eshitilib turardi...🍓🥲