February 16

“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️

5-Qism 🔮 | #BAHROMIDDIN 🍃

🖤 5-QISM: “Sir Uch Kishi Orasida” 🫀

Xonada jimjitlik hukm surardi.
Deraza ortida tong yorishayotgan edi. Yomg‘ir to‘xtagan. Havo nam...
Jennie divanda yotar, nafasi og‘ir edi. Yelkasidagi bog‘lam qon bilan namlanib qolgan.
Jungkook qo‘llarini sochlari orasidan o‘tkazdi.😶

— Men buni eplolmayman… — dedi o‘ziga o‘zi.😬

Yara jiddiy edi. U internetdan qaradi, lekin bu yetarli emasligini tushundi.
Telefonni oldi.
Bir necha soniya ikkilanib turdi.
So‘ng qo‘ng‘iroq qildi.

— Lisa… yordam kerak. 📞

🖤 Lalisa Manobal

Oradan yigirma daqiqa o‘tib eshik taqilladi.
Lalisa Manobal ichkariga tez kirib keldi. Oddiy kiyimda, sochlari shoshilinch yoyilgan.

— Nima bo‘ldi? Telefoningdagi ovozing g‘alati edi.😳

Jungkook uni divan tomon boshladi.
Lisa qotib qoldi.🫥

— Bu kim?🙄

— Men ham to‘liq bilmayman… lekin u yaralangan. O‘q tekkan.😕

Lisa darhol jiddiylashdi.

— Qanaqasiga u kasalxonada emas? Seni yotog'ingda yotibdi? Bu ishni sen qildingmi?

— Yo'q, men bilmayman. Men uni qutqardim. U qandaydir yomon narsaga aralashib qolgan tushunishimcha...

— Issiq suv, toza mato, spirt bor-mi?

— Bor.

Lisa ishga tushdi. Qo‘llari ishonchli, harakati aniq. U tibbiyot universitetida o‘qigan, amaliyot ko‘rgan.
Yarani ochdi.🫀

— O‘q ichida qolmagan. Bu yaxshi. Lekin qon ko‘p ketgan☹️

Jennie og‘riqdan ingradi, ammo hushsiz edi.
Lisa yarani tozaladi, qayta bog‘ladi, ukol qildi.

— Endi hushiga keladi. Lekin bir necha kun qimirlamasligi kerak.🙂

Jungkook chuqur nafas oldi.

— Rahmat. Senga katta rahmat sinfdosh....

Lisa esa hanuz Jenniega tikilib turardi.

— Jungkook… bu oddiy narsa emas. Sen nimaga aralashib qolding? Kim o'zi bu?

— Bilmayman, bilmayman sinfdosh uni. Yaqindan tanish emasman.

Jungkook javob bera olmadi.
Chunki o‘zi ham bilmasdi.

🖤 Bir yarim kunda Jennie hushiga keladi

Bir necha soatdan keyin Jennie ko‘zlarini ochdi.
Birinchi ko‘rgan yuzi — notanish.
Lisa.

Jenniening nigohi bir zumda o‘zgardi.
Sovuq.
Xavfli.

— Bu kim?

Jungkook yaqinlashdi.

— U mening eski sinfdoshim. Tibbiy yordam berdi.😊

Bir soniya.
Ikki soniya.
Jennie o‘tirishga harakat qildi, ammo og‘riqdan yuzini tirishtirdi.😣

— Men… senga… boshqa hech kimni aralashtirma degandim.😟

— Sen hushsiz eding! — dedi Jungkook. — O‘lib ketishing mumkin edi!😕

Jennie jim qoldi.
Ammo nigohi Lisaga qadalgan edi.

— Demak… endi sen ham bilasan, — dedi u past ovozda.😏

Lisa qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.

— Bilaman. Va aytib qo‘yay, agar yana qon yo‘qotsang, shifoxonaga olib boraman. Menga farqi yo‘q kimliging.😉

Jennie labini qiyshaytirdi.

— Jasur ekansan sen qiz o'zingcha, — dedi Jennie.🖤

— Shunchaki odamni saqlab qoldim. Bu doktorning burchi.🙃

— Ha Gippopatamus qasamimi?

— Gippokrat😟 — dedi Lisa jaxl ohangda.

Jungkook vaziyatni yumshatishga urindi.

— Hozir janjal qilish vaqti emas.😌

Jennie ko‘zlarini yumdi.
Lekin ichida boshqa his uyg‘ongan edi.
Rashk.❤️

🖤 Tashqarida

Shu paytda qora mashinalar bir necha ko‘chada aylanib yurardi.

— Topdinglarmi? — degan sovuq ovoz telefonda yangradi.

— Yo‘q. Izlar yo‘qolgan.

— U tirik. Qidiringlaaar, Jennie menga tiriklayin kerak!

Ammo ular noto‘g‘ri joyda qidirishardi.
Jennie hozir oddiy kvartirada, xavfdan bir necha qadam uzoqda edi.🫶🏻

🖤 Uy ichida — kechqurun

Jungkook dorixona uchun chiqib ketdi.
Uyda faqat Jennie va Lisa qoldi.
Xona jim.
Lisa suv ichib, stolga qo‘ydi.

— Sen unga xavf olib kelding.🙁

Jennie asta boshini burdi.

— U o‘zi aralashdi.😏 Sen qiz nimani ham bilarding?😒

— U yaxshi bola. Bilganim shugina!

Jenniening ko‘zlari toraydi.

— Yaxshi bolalar uzoq yashamaydi.😈

Lisa jahli chiqdi.

— Sen uni nimaga tortyapsan o‘zi? Sevgi deb o‘ylaysanmi buni? Nimaga chorlayapsan sinfdoshimni?😶

Sukut.
Jennie sekin o‘tirib oldi. Og‘riqqa qaramay.

— Jungkook faqat menga tegishli!!!

Havo sovidi.
Jenniening bu gaplari o'qdek uchib bordi.
Lisa kulimsiradi.

— Hayotingni saqlab qolganim uchun rahmating shumi?😏😆

Jennie oldinga egildi.
Ovozi past, ammo xavfli.

— Undan uzoq yur.👿

— Aks holda-chi?🥱

Jennie bir zum jim turdi.

— Hayoting qadrli bo‘lsa uzoq yur! Seni ogohlantirdim. Sen meni o'ldirolmaysan, Gippo qasami bilan. Ammo men o'z qasamim bilan seni o'ldirishga ont ichishim mumkun Oyimcha!🥴

Lisa endi chinakam jahli chiqdi.

— Meni qo‘rqitmoqchimisan? Sen yarador holingda ham buyruq berishga o‘rgangan ekansan. Kim deb o'ylayapsan o'zingni?😡

— Men buyruq bermayman, — dedi Jennie sovuq ohangda. — Men ogohlantiraman. Senga har qalay shunday qila qolaman, rahm qilib hayotimni asraganinga!🤨

— U seni tanlamagan edi, shundaymi? — dedi Lisa qattiqroq. — Shuning uchun majburlamoqchimisan?🤔

Bu gap yurakka urildi.
Jenniening ko‘zlarida chaqnash paydo bo‘ldi.

— Sen hech narsani bilmaysan.🤬

— Bilaman. Sen unga zarar keltirasan.😏

Shu payt…
Eshik qulfi shiqilladi.
Ikki qiz bir vaqtda o‘sha tomonga qaradi.
Eshik ochildi.
Jungkook ichkariga kirdi.
Va to‘xtab qoldi.🍂

Jennie tik o‘tirgan. Ko‘zlari o‘tkir.
Lisa qarshisida turibdi. Havoda ochiq dushmanlik xidi barq urib turardi.🫨

— Nima bo‘lyapti bu yerda?.. — dedi u sekin.🙄

Sukut.
Jennie birinchi bo‘lib gapirdi.

— Hech narsa.😼

Ammo ovozida muz bor edi.
Lisa esa Jungkookka qaradi.

— Sen buni bilishing kerak.🙁

Jungkookning nigohi ikkalasida almashdi.
Va qism shu yerda tugaydi.

FF qale ketvoti? Yoqvotimi? Mundo COMMENT va REAK bilan xursand qib turila mani. Mativatsiyam tushib ketmasin, Littolarim mani!
FF qale ketvoti? Yoqvotimi? Mundo COMMENT va REAK bilan xursand qib turila mani. Mativatsiyam tushib ketmasin, Littolarim mani!