“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️
Xona jim-jit bo'lib qoldi. Tashqaridan kelayotgan aftomabil tovushlari ham eshitilmay qoldi.
Jungkook chuqur nafas oldi. Bu safar ortga chekinmadi.
Jenniening ko‘zlari qimirlamadi.
— Sen menga kerak emassan, — dedi Jungkook qat’iy. — Bu sevgi emas. Sen meni sevmaysan. Men ham seni sevmayman. 😡
So‘zlar havoni kesib o‘tdi.
Bir soniya.
Ikki soniya.
Jenniening yuragi ichida nimadir sinib, parchalandi.
Lekin yuzida hech narsa o‘zgarmadi.💔
— Tushundim, — dedi u sovuqqina.🙂
Jungkook javob kutgandi.
Bahs. Bosim. Qichqiriq kutardi.
Hech narsa bo‘lmadi.
Hech narsa sodir bo'lmadi.
Jennie ortga burildi.
— Dam ol. Hali sog‘ emassan. — dedi Jungkook.🌿
U xonaga kirib ketdi.
Jungkook esa joyida qotib qoldi.......
Kech tushdi.
Uy jim.
Jennie eshik ortida, qorong‘u xonada yolg‘iz o‘tirardi. Ko‘zlari ochiq. Shiftga tikilgan.
Bu gap takror va takror qulog‘ida jaranglardi.
Qo‘llari sekin musht bo‘ldi.
U telefonini oldi.
— Uni kuzating, — dedi past ovozda. — Uydan chiqsa, menga xabar bering dedi Jennie.
Yarim tunda Jungkook kurtkasini kiyib chiqdi.
Unga havo kerak edi. O‘ylarini tartibga solish u chun aylanish ayni muddao edi.
Ko‘cha salqin. Shahar chiroqlari xira.
U yo‘l bo‘ylab sekin yurdi....❤️🩹
Orqasidan qora mashina masofani saqlab harakatlanardi.
Telefon vibratsiya qildi.
Jennie deraza yonida turardi.
Tun qorong‘i, shahar jim.
Bir necha soniya sukut.
Keyin u sekin dedi:
— Agar sen o‘zing yonimga kelmasang… men olib ketaman. Jungkook Jenniedan qochar ekan, Jennie Jungkookni tutib oladi...😈
Jungkook burilishga yetganda, yonida mashina to‘xtadi.
Hammasi juda tez sodir bo‘ldi.
Eshik ochildi.
Qorong‘i kiyimdagi erkaklar tushdi.
U qarshilik ko‘rsatdi.
Ammo kuch yetmadi.
Qo‘llari ushlanib, mashinaga tortildi.
— Qo‘yib yuboring meni, sizlarga nima kerak!?
Eshik yopildi.
Mashina tezlik bilan harakatlandi.
Ko‘cha yana jim bo‘lib qoldi.
Jungkook ko‘zini ochdi.
Xushiga keldi...
Ko'rgan narsasi faqat qorong‘ilik.
Boshida kuchli og‘irlik his qilardi.
Qo‘llari erkin, lekin ko‘zlari bog‘langan.
U asta o‘tirib oldi.🖤
Bog‘ich yechildi.
Yorug‘lik ko‘zini qamashtirdi.
U atrofga qaradi.
Katta xona.
Qimmat mebellar.
Qalin pardalar.
Hamma narsa hashamatli.🫶🏻
Lekin sovuq.
Eshik shiqilladi.
U boshini o‘sha tomonga burdi.
Eshik sekin ochildi.🌙
Poshna tovushi marmar polga urildi.
Bir qiz ichkariga kirdi.
Nigohi sokin.😈