TILL THE MOON BLOOMS...π
Oradan bir necha kunlar o'tdi. Nixoyat o'sha guruhga yozishga qaror qildim.
π Alan Walker:
β Salom.
π Lee Ju Ri:
β Alik.
β Yaxshimisiz? - dedim.
β Yaxshi o'zizchi? - deb tez javob yozdi.
Shu tarzda salom alik qildi va menga qiziqa boshladi.
β Ismingiz nima?
β Ayta olmayman - deb yozdim. Negadir neytral yoki anonim bo'lgim keldi.
β Nega?
β Shunchaki...
β O'g'il bolamisiz?
β Ha.
β Nega aytmaysiz unda? Qiz bola so'rayaptiku sizdan.
β Bilmadim, sizni ismingiz Juri.
β Voy...π³ - hayron qoldi.
β Qayerdan bilasiz?
β 1997-yilda tug'ilgansiz.
β Tushunmadim! Qayerdan bilyapsiz? - asabiylasha boshladilar.
β Incheon shaxridansiz.
β Yeo xudo!
Bu ma'lumotlarni qayerdan bilyapti deyotgandirsiz. Shu guruhni 2 haftadan oshiq muddat mobaynida kuzatib yurgan edimda chunki. Bu opa o'zini kimdirga tanishtirayotganini ham o'qigan edim. Shu sababli bilardim.
Shunaqa ajoyib tarzda bu opa bilan tanishib oldim. "Sizni nima deb chaqirish mumkun ismingizni aytmayapsiz?" dedilar. Men esa "shunchaki "Alan" deb chaqirishingiz mumkun" deb aytdim ularga. Bu guruhda tanishgan ilk insonim Lee Ju Ri opa bo'ldilar.π
Undan keyin Taeoh ukam bilan tanishdik. U mendan biroz qizg'ondi Juri opani. Ammo biz kelishib ketdik. Chunki Taeohga ham Alan Walker yoqarkan. Ayniqsa Faded qo'shig'i orqali Taeoh ham ilk bor Alanni tanigani meni quvontirdi.π
Bundan keyin guruxning boshqa a'zolari bilan ham yaqindan tanishib chiqdim. Hamma menga, meni shaxsiyatimga qiziqish bildirardi. "Bu yigitning ismi nima ekan" degan savol hammani qiziqtirardi. Ularning qiziqishlaridan ismimni aytib yuborgilarim kelardi, lekin negadir aytolmasdim.
Ijtimoiy tarmoqlarda iloji boricha anonim bo'lishga intilardim. Chunki ismingizni bilgan odam bemalol istagan qabix yo'lda undan foydalanishi mumkun. Agar o'z rasmingizni ommaga ulashsangiz, bilib bo'lmaydi nima qilishadi uni...
Oradan bir necha oy o'tdi. 2022-yilni ajoyib kutib olishdi bu multi olam a'zolari. Qoyil qoldim. Ularning barchasi shu guruhda bir oila kabi jam bo'lishganiga yana bir bor amin bo'ldim o'shanda. Xuddi bir oiladek nishonlashardi. Multi olamni bir olam deya tasavvur qilishardi va shu olamda ular nafas olishardi. Hayron qolishga arziydi...
Shu kuni men shaxsiyatimni ochiqlab, ularga ismimni aytishga qaror qildim. Go'yoki yangi yil sovg'asi sifatida...
Tabiiyki ular bu sovg'ani iliq qabul qilishdi. Ulardan birinchi bo'lib Juri opam bildilar. Opam shunaqangi ko'ngli toza, beg'ubor va shirinso'z inson edi-ki uni sizga qanday tasvirlashni bilmayapman. Gapirsam gap ko'p ular haqida. Butun boshli oltinchi qismni ularga bag'ishlashni istardim... ammo meni hikoyamdagi gapi guruhdagi umrlari ham qisqa bo'ldi. Mayli bu haqida hozir emas, keyin aytaman.
Xullas opamning eng yaqin ukasi Taeoh edi, undan keyin esa men edim. Mendan keyin Jony edi. Uchovmizga uch xil yurakcha orqali murojat qilardilar. Taeohga qizil, menga oq va Jonyga yashil yurakcha ishlatardilar. Jonyning sevgan qizi Leoga esa pushti rangdan foydalanardilar.
Ko'rdingizmi qanchalik hammani nazorat qilishlarini? Hech kimni kam yoki ko'p ko'rmasdilar. Hammaga birdek mehrlarini yetkizib, balansni ajoyib tarzda ushlab turardilar.
Taeoh ham o'ziga xos ajoyib harakterga ega yigit edi. Qizlarga suyagi yo'qdek tuyulgani boshida... ammo u bilan tanishib, xattoki ko'rishdim ham. Chunki ikkimiz ham Pusanlik edik. U repititorga kelganida men bilan ko'rishib turardi.
Uning sevgi tarixi o'zi kabi o'zgacha edi. Bir qarashda tushunarsiz ammo yaxshilab nazar tashlasangiz uni to'liq tushunib yetardingiz. Xuddi bolalikda yovuzlarni yomon ko'rib, katta bo'lganimizda ularni tushunib yetgandek xissiyot sodir bo'lardi uni yaqinroq bilgan insonga.
Guruhdagi ilk opam Lee Ju Ri, ilk ukam Taeoh, ilk singlim Leo bo'lsa, ilk akam Ilguk edi. Bu yigit shoirligi, pazitivligi va guruhda hammani ko'nglini ko'tarib yurishi bilan mashxur edi. O'ziga xos ajoyib harakterga ega edilar u kishi ham. Har oy yangi-yangi odamlar kelib qo'shilardi. Masalan Lim Deiji. U meni ikkinchi singlimga aylandi.
Taeohda shunaqangi aura va liderlik bor edi-ki, agar u nimagadir qiziqsa yoki nima bilandir shug'ullansa, hammani o'ziga ergashtira olardi. Uni oldida yursangiz, sizga ham qandaydir odatlari yuqib qolardi. Misol uchun, o'sha vaqtlarda X-odamlar franshizasiga katta qiziqish bildirib tomosha qilardi.
Natijada meni ham qiziqtirib qo'ydi. Oldin qisman ko'rgan filmlarimni qaytadan ko'rib chiqdim. U ham guruhda X-odamlarga taaluqli narsalar va gaplar yozib tashlab, bizni qiziqtirardi. 2017-yilda chiqqan LOGAN filmi esa unga qattiq ta'sir qildi.
Bu filmda Rosomaxa jon berardi o'z qizi uchun. Bu esa Taeohga chuqur judolik keltirdi. U uchun ko'z yosh to'kdi. Bu filmdagi Loganning qizalog'i Lauraga ham o'zgacha mehri tushib qoldi.
Shundan so'ng multi olamni yanada kengaytirishga kiritdi. Bir profil ochib, uni go'yoki o'z qizi kabi gavdalantira boshladi. Avvaliga biz hayron qoldik, ammo uning odati bizga ham o'ta boshladi...
Multi olam oddiy bir guruh emasdi. Orzularning ro'yobga chiqishi edi. Taeoh esa bizga shuni taqdim qildi. Ko'pchilik juftliklar o'zlari uchun hayoliy farzand yaratish urfga kirdi. Taeoh avvaliga Laurani gavdalantirgan bo'lsa, keyinchalik yana bir o'g'il va qiz olib kirdi o'z olamiga.
Endi o'zim haqimda ham gapirib o'tay. Sizga yarim yillik voqealarni aytib berdim. Kelganimdan toki may oyigacha bo'lgan voqealarni aytdim. 2021-yil noyabrdan, 2022-yil maygacha...
Bu vaqt mobaynida men har kuni iztirob chekardim. Doim siqilardim. Ko'p depressiya olardim. Shifoxonaga ham tez-tez borib turardim. Chunki kechalari uxlamaganim uchun boshim og'rirdi. Ko'zlarim ham juda qattiq og'rirdi. Doktorlar esa psixologga uchrashimni tavsiya qilardi.
Otam menga maxsus bir psixolog yonlab qo'ydilar. U bilan ham ancha o'zimga keldim. Shuningdek multi olam ham meni qayta oyoqqa turishimga yordam berdi. Taeoh va Leo alohida mavzu. Ular mendan kichik bo'lishlariga qaramay, motivatsiya makoni edilar. Doim menga dalda berib, hammasini iziga tushurishimni ta'kidlashardi.
Lee Ju Ri opam esa, boshqa level!
Ular hammadan ham ko'proq menga mehr berardilar. Ba'zi depressiyaga tushkan kunlarim mendan olis masofada bo'lsalar ham Telegram orqali men bilan qalban yaqin bo'lishni, ko'z yoshimni artishni uddalay olardilar. Shunchaki - Farishtaning o'zginasi...π
Aprel oyida men yangi do'st bilan tanishgandim. Do'stlarim doim o'g'il bola bo'lardi. Qiz do'stim hech qachon bo'lmagan, agar Minsuni bir muddat do'stim bo'lganini nazarga olmasak. Yangi qiz do'stimning ismi β Park Armin edi... U bilan ham multi olamda tanishgandim. Uni doim dardini olishga harakat qilardim, chunki juda ko'p depressiyada yurardi. Unda o'zimni ko'rgandek bo'lardim. Shu tariqa biz yaqin do'stlarga aylandik.
Maktabni esa va nixoyat tamomladim. Bundan juda ham xursand edim. Chunki oxirgi paytlar menga maktab yoqmay qolgandi. Chunki bitiruvchi sinfligimda ham maktab alamshtirishga majbur bo'lgandim Minsu bilan bir joyda o'qiy olmaganligim uchun. Xullas shu maktabni eson omon bitirib oldim va meni yillar davomida a'lo bilimlarim uchun mukofotlarimni ham qabul qilib oldim.
Endi oldimda 2 oylik vaqt bor edi. Yozning uchunchi oyi esa imtixon topshirish va mandatni kutish bilan o'tishi kutilayotgandi. Xullas endi bir yo'nalishni tanlashim va o'qishga kirishim kerak edi. Axir ota-onam, qarindoshlarim va otamni kompaniyasidagilar menga intiqlik bilan qarab turishgandi.π