August 30

πŸƒ LEAFFLY πŸ¦‹

1-qism πŸ’— | Uchunchi O'quv Yili 🌎

Hammaga salom. Sizlar bilan yana o'sha Pusanlik, parallel muxabbatlar qurboni va mukammallikka intiluvchi KIM TAEOH! πŸƒ

Siz meni "Parallel Muxabbatlar"ning oltita bo'limida tanidingiz. Keyin siz bilan "Jozibali Sevgi"da ko'rishdik. So'ng uch mavsum mobaynida sayr qildik. Mening chigal, chalkash va tushunarsiz sevgi tariximni kimlar tushundi, kimlar tushunmadi...🍁

Mayli, nima bo'lganda ham... hozir yangi fanficga qo'l urdim. Bu safar o'z shaxsim orqali hikoyani sizga so'zlab beraman. Ya'ni muallifdan emas, asar qaxramoning POVsidan eshitasiz hikoyani.❣️

Menimcha bu qiziqarli bo'ladi. Ikkinchi kursning so'ngida do'sti Inho, boshqa do'stlari va kursdoshlarini aldagan Taeoh... shu aldov nazdida Jisoodan butkul kechib yuborgan Taeohni taqdiri nima bo'ldi? U o'z izlagan baxtini topdimi? Yoki hali hanuz Jisooni sevib yashamoqdami?πŸŒ™

Shu va shu kabi savollarga LEAFFLY nomli, 8 qismdan iborat fanficda javob olasiz. Bu fanfic ham sizga manzur keladi degan umiddaman. Parallel Muxabbatlarning nomlanishiga o'ziga xos tarzda bir vaqtning o'zida bir nechta parallel munosabatlar bo'lgani sababchi bo'lgan edi. Jozibali Sevgi uchun esa "Joziba - Ya'ni Jisoo" sababchi bo'lgan. Bu safar esa kapalak sababchi...πŸ¦‹

Ha to'g'ri eshitdingiz, kapalak sababchi bo'ldi. Leaf - barg πŸƒ Butterfly esa kapalak πŸ¦‹ Men bu so'zlarni uyg'unlashtirdim va yangi hayotiy fanficim uchun ajoyib nom o'ylab topdim. Nima uchun kapalakga bunchalik urg'u berayotganimni asarni o'qib bilib olasiz.πŸŒ’

Unda menga sabr va ilhom...
Sizga esa maroqli mutolaa tilab qolaman!❀️

Bu fanfic uchun poster. Siz bilgan Lee Dong Wook yana Taeoh rolida. Qiz uchun esa Yorqin Tarvuzda oʻynagan aktirsa Shin Eun Soodan obraz sifatida foydalandim. ✍🏻

LEAFFLY πŸ¦‹ | 1-Qism ❀️
Muallif: #Kim_Taeoh πŸƒ

Adashmasam mening hayotiy hikoyamning finali 2-kurs paytimning so'ngida tugagan edi. Undan so'ng uchunchi kurs haqida umuman yozmadim. Yozgi ta'til haqida ham yozmadim shekilli. Mana endi hammasini bilib olasiz.🫢🏻

2-kursni bitirib kelganimdan so'ng yoz odatdagidek o'tdi. Dadam ham chet eldan kelgan edi. Oilamiz to'liq tarkibda bo'lgani uchun har bir lahza men uchun qadrli va tinch-totuv o'tdi. Turli muammolar bo'lmadi. Har zamonda kursdoshlarim Suhon va Inholar bilan videochat orqali salom-alik qilib, hol ahvol so'rab turdim.😌

Jisoo?
Ha, unga kelsak... uni ko'zim umuman ko'rmaganligi bois qalbim ham hecham Jisooga talpinmadi. Doimgidek har gal ta'tilda bo'ladigan voqea sodir bo'ldi. Bu voqea shundan iboratki, biror marotaba ham Jisooni yodga olmadim. Shunchaki 15-iyunda uning instagramdan yozgan tabrikini qabul qildim. Keyin 27-avgustda shu tabrikga javoban men ham uni tug'ilgan kun tabrigi bilan qutlab qo'ydim. Bori shu...πŸ“

Xullas, Yangi o'quv yili boshlandi.
Endi uchunchi kurs β€” Taeoh.
Yangi umidlar ila o'qishga qadam qo'ydim.
Jisooni ham ko'rdim. Salom-alik qildim.πŸ“
Eunji ham o'zi bilan o'zi ovora, ancha yaxshi bo'lib qolganini kuzatdim...πŸŒ™
Ikkisi bilan ham uncha ishim bo'lmay qo'ydi.
Ularni ham man bilan ishi bo'lmay qoldi.
Hamma o'z yo'lidan ketdi.
Jisoo ham, Taeoh ham, Eunji ham...πŸƒπŸ“πŸŒ™

Sentabr oyi yangi fanlar, yangi o'qituvchilar, yangi o'quv yiliga moslashish bilan o'tdi. Vaqtim faqat taxsirlar jamiyati ya'ni o'sha 4 ta do'stim bilan chog' o'tmoqda edi. ( Jin aka, Inho, Suhon va Anhyeop ) ❣️

O'qishga Suhon bilan birga borib, qaytayotganda esa Inho, Anhyeop bilan qaytardik. Jin aka boshqa joyda yashagani uchun uni yo'li boshqa edi... Biz to'rt ovlonni chiqadigan aftobusimiz va yuradigan linyamiz bitta edi...πŸ«€

Oktabr oyi edi adashmasam o'shanda.
Doimgidek men, Suhon va Anhyeop o'qishdan qaytmoqdamiz, aftobusdamiz. Raqami ham esimda. Sakkizinchi raqamli aftobus...🚎

Bir qizni uchratdim shu avtobusda. Ko'zlari o'ziga yarashadigan darajada shahlo, qovoqlari ham o'ziga yarashadigan darajada katta-katta, nafis soch turmakka, ajoyib bo'y basdga ega edi. Ammo qaysidir tomondan u uzoq sharq pardozini qilib olgan arab qiziga ham o'xshab ketardi...πŸ¦‹

O'sha qiz

U bilan bir necha soniyaga nigohlarimiz to'qnash keldi. Ammo ko'zimni undan olib qochdim. Man yutqizdim bu ko'z urushtirish o'yinida. Odatda men odamlar bilan nigohim to'qnashsa ular ko'zlarini olmagunlaricha men tikilib turaverardim. Ammo bu qiz meni yengib qo'ydi.😍

Keyin u qiz deyarli menga qaramasdi. Telefoniga qarab ketdi. Men qaysidir otaxonga joyimni berdim va tik turdim o'rnimda. Qo'lida birinchi kurslarning kitobini ko'rib qoldim. Shunda o'yladim, u birinchi kurs ekan deb. Uni oldida ketayotganda ham juda ko'p bora unga qarab oldim...πŸ‘€

Keyin u avtobuslarning markaziy bekatida tushib qoldi. Deyarli shaxar markazida. Metroning oldida tushdi. Bu joy ko'pchilik uchun ilk uchrashish va shaxarning istalgan joyiga yo'l oladigan markaziy joy. Ko'p uchrashuvlar shu yerda bo'ladi odatda. Xullas, bu qiz o'sha yerda tushdi. Anhyeop ham tushib ketdi. Biz Suhon bilan doimgidek bir necha bekat naridagi jonajon uyimizga ketdik...πŸ‚

Oradan bir necha kun o'tdi... O'sha qizni yana ko'rib qoldim. "Listening" darsimiz bo'ladigan 523-xonada ko'rdim. Biz endi darsimiz uchun o'sha xonaga kelganimizda, ularning darslari tugab o'sha xonadan chiqib ketishar ekan... Ular chiqish β€” bizlar kirish jarayoni bo'layotganda u bilan ko'zimiz to'qnashdi yana...πŸ‘€

Keyin yana bir necha kundan so'ng 8-raqamli aftobusda yana u bilan to'qnash keldim... Bu gal ko'z-ko'zga tushmadi. U oyna tarafda o'tirardi. Yoni esa bo'sh edi... "Olg'a Taeoh" dedimda uni oldiga o'tirib oldim...😼

Ammo men gapira olmasdim. Gapirishga duxim yetmasdi. Gapirsam jaxl qilsachi degan fikr hayolimdan o'tardi. Chunki bir qarashda bu qizni urushqoq qiz deb o'ylagandim. Shu sababli indamay yonida ketdim o'tirib.🀭

U instagramda dugonalari bilan yozishib o'tirgandi. Shu payt juda sinchkovlik bilan ish tutdim. Ko'zimning qirini uni telefoniga qaratdim... " Kim Chongah " degan nikni ko'rdim va yonida qandaydir raqam bor edi. Uni ham darxol eslab qoldim...πŸ‘€

U qiz yana o'sha metro bekatida tushib qoldi. Man esa darxol instagramga kirib o'sha yodimga zudlik bilan saqlab olgan nikni yozdim. Aynan o'sha profil chiqdi. Keyin men unga follow tugmasini ariza qilib tashladim. Chunki u yopiq profil ishlatar ekan. πŸ“

Qachonki ruxsat berish tugmasini bossa, o'shanda uni instagramga qo'ygan postlari va istoriyalarini ko'rolardim. Har-har zamonda o'sha so'rov arizasini tashlab-tashlab turdim... U esa ochgisi kelmasdi, yoki meni payqamasdi. Oddiy obunachi deb o'ylagan shekilli.😁

Bir kuni Korean Festival bo'ldi o'qishimizda. O'shanda bizni yigitlar ustozlarga ko'p yordam qilishdi. Saxnada partlar va stullar toshishda yordamlashdik. Saxna ko'rinishlari uchun yordam berib turdik. Shu kuni uni ham ko'rdim talabalar orasida u bilan ko'zimiz to'qnash keldi. Bu safar ancha u mani tanib qolgan edi shekilli, nigohini uzoq ushlab turdi...😍

Va o'sha kuni yana aftobusda uchrashdik. U mendan sal nariroqdagi stulda, man esa buyoqroqda o'tirardik. Ikkimiz ham oyna oldida edik. Ko'p marotaba ko'zlarimiz bir nuqtada birlashdi...πŸ¦‹πŸ‘€πŸƒπŸ‘€

Unga qarashim...

O'sha payt u instagramiga tashlagan arizamni qabul qildi va manga instagramini ochib qo'ydi. Keyin uni hamma postlari, istoriyalarini ko'rib chiqdim. U bir qo'shiqqa video ishlagan edi. O'sha qo'shiqni ham YouTubedan topib, eshitib yoqtirib qoldim. Tinmay eshitadigan bo'lib qoldim...🌊

Noyabr shu tarzda o'tib ketdi. Shuningdek o'sha ilk bor payshanba kuni, Listening darsi oldidan ko'radigan holatim ham odat tusiga aylangan edi aytgancha. Har payshanba man uni o'sha xonada ko'rardim... Biz darsimiz boshlanishi uchun kirardik, ular esa darslari tugagach boshqa xonaga chiqib ketishardi. Bu onda nigohlar to'qnashardi...πŸ«€

* * *

Dekabr keldi.
Sessiya boshlandi.
Sessiya boshlanishidan oldin u instagramda so'rovnoma istoriya joyladi.
"Kimning imtixoni nechida va qayerda?" degan so'rovnoma edi.❄️

Man ham o'zimninki yozdim.
Hammaga birma-bir javob qaytarardi β€” har bir savol uchun alohida istoriya joylardi.
"Manga javob qaytarmasa kerago'v" deb turgandim, bir qarasam manga ham yozib istoriya qo'yibdi.πŸ˜…

Chongahning istoriyasi:
"Siz tajribali bo'lsangiz kerak. Imtixonga tayyorlanishda yordam bersangiz yaxshi bo'lardi" degan stories qo'ygan edi......πŸ’—

*to be continued...*