May 26

JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃

3-Mavsum 💖 | 4-Qism 🌵

" Seulga qaytish " ✨

Oradan taxminan yigirma kun vaqt o‘tdi. Uzoq emas, lekin yetarlicha...🕰
Bu kunlar davomida Kim Tae Oh hech narsa haqida o‘ylamadi — ayniqsa, Jisoo haqida...🍓

Na g‘am, na armon va na boshqa...💕

U shunchaki yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rdi: daftarlar, yangi kiyimlar, konselyariya... va hokazolar.
Go‘yoki yuragidagi varaqlar ham yangilanayotgan edi.📚

📞 Bir kuni ertalab, telefon jiringladi.
— "Salom, Taeoh, yaxshimisiz?"🍂

Suhon edi bu. Taeoh — o‘zining do‘stona ovozi bilan

— "Yaxshi, o‘zimcha, siz-chi, do‘stim?" — dedi tabassum bilan.🍃

So‘ng Suhon muloyimlik bilan so‘radi:
— "Siz bilan birga turadigan bo‘ldim. Uy bekasiga aytib qo‘yasizmi?"🌝

Taeoh hayron bo‘ldi:
— "Nega? Eski turgan qarindoshingizning kvartirasichi?"🌚

— "Qarindoshim, ya'ni amakimning o‘g‘li yaqinda uylangandi. Endi yosh oila bilan birga yashay olmayman. Shu sabab kvartira qidiryapman. Sizdan so‘ray dedim."😃

Taeoh hech ikkilanmadi.
— "Kelishdik, Suhon. Endi birga yashaymiz. Uy bekasiga albatta aytib qo'yaman."😁

Suhon va Taeoh — ikki yo‘lovchi shu ondan endi bir yo‘lda edilar.🫂

Va nihoyat, Taeoh yo‘lga chiqadigan kun ham yetib keldi.
Yomg‘ir yog‘masdi, quyosh ham qizitmas — osmon sokin edi.💜

Taeoh onasi bilan, opalari bilan quchoqlashib hayrlashdi. Jiyanlarining barisini navbatma-navbat quchoqlab, yelkalaridan bir siladi va yuzlaridan o'pib qo'ydi.✨

Miss Kim esa o‘g‘lini bag‘riga bosib, ko‘zlarida mayin yosh bilan pichirladi:
— "Ikkinchi kursing omadli bo‘lsin, bolam. O‘zingni ehtiyot qil..."🥲

— "Albatta, onajon. Siz ham baxtimga sog' bo'ling. O'zingizni ehityot qiling. Qaytgunimcha..." — dedi Taeoh, yengilgina jilmayib.😊

_ Seul _

Tanishing: bu katta shaharga endi allaqachon tanish bo‘lgan, ammo yuragi hanuz g‘alati urayotgan bir yigit — Taeoh qaytib keldi.🍃

Kvartiraga kirgach, darrov hamma narsalarini joylashtirdi.
Bir necha soatdan so‘ng, Suhon ham yetib keldi.🍂

Ular ikki do‘st kechki ovqat atrofida suhbatlashishdi.🪻

— "Erta tongdan o‘qish boshlanadi-a?" — dedi Suhon.
— "Ha, hayajon bor. Ammo bu yil, o'tgan yildagidan boshqacha bo‘ladi..." — dedi Taeoh.🍃

_ Tong _
Birinchi dars kuni. 🌅
Universitet atmosferasida yangi semestrning hidi va shukuhi bor edi.💫

Lekin bu safar kafedra boshqacha yo‘l tutdi.
Talabalarni GPA ballariga qarab ajratib chiqdilar. Birinchi kursdagi imtixonlaridan yig'ilgan natijalariga qarab o'rtacha nisbat bali aniqlanardi, bu esa GPA deb atalardi. GPA bali 3.5 dan yuqori bo'lgan barcha o'quvchilar KOR-71U guruhiga o'tkazilishi shart edi. Hamma o'zi bilan bilim borasida teng kursdoshlarga ega edi endi...🌼

Va mana shunda, Kim Taeoh, Kim Suhon hamda yana bir nechta KOR-73 guruhidagi iqtidorli talabalar — KOR-71ga o‘tkazildi.🌖

Bu guruh — eng a’lochilar sinfi edi.
Bu sinf — raqobat, jiddiylik va mukammallikka intilish maskani edi.🍃

🎓 Taeoh uchun bu sinf yangi bosqich, yangi sahifa, yangi o‘zlik edi...🌺

U endi shunchaki sevgi haqida o‘ylovchi yigit emasdi.
U o‘z maqsadlariga dadil yurayotgan, biroz jim, ammo ichida butun galaktika bor yigit edi.🌸

Endi unga kerak bo‘lgan narsa — o‘zini o‘zi topish edi.🌿

Bu jim jitliklar hali tugamadi.
Ammo bu jimlik endi — umidli.
Endi bu jimlik — quvvatli.
Endi bu jimlik — tinchlikka boshlovchi yo‘l edi.🌱

Taeoh endi har tong uyg‘onganda Telegramni emas, yuragini tekshirar edi...
Va yuragi unga pichirlardi:
"Hammasi endi boshlanyapti."❤️