August 12

FANFIC YOZISH ✍🏻

UCHUN QOʻLLANMA 💬

📖 Fanfic Yozish Qoʻllanmasi

1. Asosiy gʻoyani aniqlash 🔗

Fanfic — mavjud asar (drama, film, kitob, guruh, mashhur shaxslar) asosida yozilgan yangi hikoya. ✅

Yozishni boshlashdan oldin o‘zingdan so‘ra:

Hikoyang qaysi asarga yoki shaxslarga asoslanadi?
Qaysi davrda yoki paralel olamda bo‘lib o‘tadi?
Qaysi asosiy voqeani o‘quvchiga yetkazmoqchisan?

2. Janrni tanlash ❤️‍🔥

Har bir janr o‘ziga xos uslub talab qiladi:

💕 Romantika — his-tuyg‘ular, munosabatlar, ichki monologlar muhim.
❤️‍🩹 Drama — kuchli hissiy to‘qnashuv, murakkab vaziyatlar.
😁 Komediya — kulgili holatlar, yengil dialoglar.
☄ Fantastika / Ilmiy fantastika — yangi dunyo, qoidalar va texnologiyalarni aniq tasvirlash.
😱 Horror / Triller — keskinlik, sirli holatlar, qorong‘u atmosfera.

Bir necha janrni aralashtirish mumkin, lekin bitta asosiy janr markazda bo‘lsin....😌

3. Qahramonlar va rollar 👤

Asosiy qahramon: hikoya kim atrofida aylanadi, uning maqsadi va to‘siqlari aniq bo‘lsin. Muammolari boʻlishi oʻquvchini unga qiziqtiradi. Yechim topilishi esa oʻquvchini koʻnglini toʻldiradi.🧠

Yordamchi qahramonlar: asosiy voqeani rivojlantirish yoki qahramonga yordam/qarshilik qilish uchun xizmat qiladi.👤

Antagonist: qarama-qarshilik manbai ya'ni yovuz ham kerak. (odam, vaziyat yoki o‘z ichki qo‘rquvi ham bo‘lishi mumkin). 😈

Har bir qahramonning o‘z ovozi, gapirish uslubi va xarakter belgilari bo‘lishi kerak. 🤩

4. Joy nomlari va muhit 📌

Joy nomlari o‘quvchini hikoyaga chuqur kirgizadi.
Real joy bo‘lsa — haqiqiy detallar bilan tasvirla (ko‘chalar, manzaralar, iqlim, shaxarlar va hokazo). 📗

Xayoliy joy bo‘lsa — unga o‘ziga xos tarix va atmosferani ber. Ajoyib qilib tasvirla. Òquvchi tasavur qila olsin.🏞

Muhit voqeaga mos kelishi kerak:
Romantika uchun iliq va yorug‘ joylar boʻlgani yaxshi.📸

Triller uchun qorong‘i va tarang muhit....🖤

5. Voqeani qurish 🔍

Kirish: asosiy vaziyat va qahramon tanishtiriladi. 📘

Rivoj: to‘qnashuv yoki qiziqarli burilishlar boshlanadi. 🎈

Cho‘qqi nuqta: eng keskin, hal qiluvchi lahza. 🛡

Yakun: voqealar izohi va hissiy tugatish. 🔑

Burilish nuqtalari o‘quvchini doim qiziqtirib turishi kerak. 🔫

6. Dialoglar ⚔

Qahramon xarakterini ochib berish uchun ishlatiladi.📱

Sun’iy yoki ortiqcha uzun gaplardan qoch. 🚀

Har bir qahramonning gapirish uslubi boshqa bo‘lsin. 🔥

7. Hissiyot va tasvir 🎨

His-tuyg‘ularni aniq “ko‘rsat”, faqat “aytma”. Uni his qildir òquvchi uchun...🌙

❌ U xafa edi. — Emas....

✅ Ko‘zlari namlandi, lablari titradi, ovozi esa bo‘g‘ilib chiqdi. ... kabi ifodalardan foydalan 🌒

Muhit tasvirlari orqali ham kayfiyat yaratiladi.☄

8. Nom tanlash 🌜

Bu eng muxum bosqich. Bir yoki bir nechta soʻz bilan hikoyaning mavzusi va hissiyotini aks ettirsin.🌏

Juda uzun yoki tushunarsiz nomlardan qoch....💁🏻‍♂

Simvolik yoki metaforali nom kuchli ta’sir qiladi.🤙🏻

9. Tuzatish va tahrir ✍🏻

Birinchi yozgan varianting hech qachon mukammal bo‘lmaydi.🙆🏻‍♂

Voqealar oqimini, dialoglarni, tasvirlarni qayta ko‘rib chiq.👀

Keraksiz detallarni olib tashla. Qayerdadir imlo xatolar qilib qòygan boʻlishing mumkun. Ularni ham toʻgʻirlab chiq. Yetti oʻlcha va bir kes.🍃

10. Eng muhim maslahatlar 🕊

Qahramonlaringga jon ber — ularni haqiqiy insondek his qil.
O‘quvchini qiziqtiradigan sir yoki kutilmagan burilish qoldir.💫

Hikoyangni o‘zing ham sevib yoz, shunda o‘quvchi ham uni sevadi.❤️

📚 8 Qismli Fanfic Struktura Shabloni

Nega aynan sakkiz qism? Chunki odatda seriallar va qismli asarlar 8 qismdan iborat boʻladi. Ular tugaganidan soʻng muxlislar keyingi mavsumni soʻrasalar, 16 qismga choʻziladi. Shunda 1 ta mukammal asar paydo boʻladi. 👀

1-qism: Kirish va tanishtirish 🍃

Asosiy qahramon(lar) tanishtiriladi: ism, yosh, xarakter, orzulari.
Muhit va joy nomlari kiritiladi.
Kundalik hayot va kichik bir voqea orqali o‘quvchi hikoyaga kiradi.
Yakunda sirli yoki kelajakda muhim bo‘ladigan kichik imo-ishora qoʻyiladi, keyingi qismlarga qiziqtirish uchun (foreshadowing). 🌏

2-qism: To‘qnashuv urug‘i 🌷

Yangi shaxs yoki voqea qahramon hayotini o‘zgartirishga boshlaydi.
Asosiy maqsad yoki konflikt aniqlanadi.
Asosiy qahramon ichki yoki tashqi qarama-qarshilikni his qila boshlaydi.
Yakunda kichik burilish — kelajakdagi katta voqeaga yo‘l ochiladi. 🌾

3-qism: Aloqa va aloqadorlik 🦋

Qahramonlar o‘rtasida munosabatlar chuqurlashadi (do‘stlik, sevgi, raqobat).
Yordamchi qahramonlar kiritiladi, ularning roli belgilanadi.
Muhit yanada boy tasvirlanadi (joy nomlari, atmosfera).
Yakunda kichik sinov yoki tushunmovchilik boʻladi. 🌒

4-qism: Birinchi burilish nuqtasi

Hikoya yo‘nalishi o‘zgaradi.
Qahramonlar qaror qabul qilishga majbur bo‘ladigan voqea ro‘y beradi.
Kutilmagan voqea yoki sir ochiladi.
Yakun: o‘quvchini hayron qoldiradigan cliffhanger.🌹

5-qism: O‘rtadagi keskinlik

Qahramonning ichki va tashqi kurashi kuchayadi.
Asosiy sevgi chizig‘i (agar mavjud bo‘lsa) chuqurlashadi.
Antagonist (yoki asosiy to‘siq) kuchliroq namoyon bo‘ladi.
Yakun: katta voqea oldidan taranglik (oldindan bo‘ron hidi).🌸

6-qism: Cho‘qqiga chiqish

Eng muhim voqea boshlanishi (urush, ajralish, katta sinov).
Qahramon barcha qo‘rquvlariga yuzlanadi.
Muhit tasviri va hissiyotlar eng kuchli darajada bo‘ladi.
Yakun: eng kuchli dramatik moment, o‘quvchi “endi nima bo‘ladi?” deb qoladi.☘

7-qism: Eng keskin burilish

Asosiy qarama-qarshilik yechim topa boshlaydi, ammo og‘ir yo‘l bilan.
Qahramon yutadi yoki yutqazadi (yo‘l tanlanadi).
Ba’zi sirlar ochiladi, boshqalari esa ochiq qoladi.
Yakun: oxirgi qism uchun kuchli intriga boʻladi....🌜

8-qism: Yakun va xulosa

Voqealar oqibatlari ko‘rsatiladi.
Qahramonning o‘sishi yoki o‘zgarishi aniq bo‘ladi.
Asosiy mavzu va hissiy chiziq yakunlanadi.
Oxirida o‘quvchida hissiy to‘lqin qoldiradigan so‘nggi sahna.
Agar davom bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ochiq yakun elementini qoldirish mumkin....🌟

Doim ham bu strukturaga amal qilinmaydi. Hamma oʻz uslubi va strukturasiga ega. Men shunchaki bularni sanab oʻtdim xolos...🍃

TELE TYPE boti qoʻllanmasi.

Hozirgi kunda telegprah sayti yaxshi ishlamayapti. Rasmlar qoʻyish imkoni boʻlmayapti. Shu sababli koʻpchilik @TeletypeAppBot dan foydalanishga oʻtib ketdi. 💎

Bu botni afzal tomonlari koʻp. Telegramdan chiqmagan holatda istagancha fanfic yoza olasiz.🍭

Uni ishlatish ham juda oddiy va juda qulay...🔥

Ingliz yoki rus tilini bilsangiz bu juda ham osonlashadi siz tushunib olishingiz uchun. 🌄

Birinchi bosqichda botga start tugmasini bosasiz. Keyin bot orqali roʻyhatdan oʻtish uchun REGISTER tugmasini bosing. Soʻng siz ròyhatdan oʻtgan va ishni istagan payt boshlash huquqiga ega boʻlasiz. ✅

IKKINCHI BOSQICH

Fanfic yozishni boshlash uchun NEW POST tugmasini bosasiz.

Keyin sizdan SARLAVHA tanlang. Deb soʻraydi Bot.
Siz esa fanfic uchun sarlavhani yuborasiz.

Undan keyin YOZISHNI BOSHLANG deydi.
Shunda birinchi qiladigan ishingiz QISM raqami hamda FANFIC rasmini yuborish boʻladi.

Keyin fanficingizni istagancha yozaverasiz.

3

Xoʻsh endi fanficni yozdiz.
Oʻrtlariga rasmlar qoʻyib, tekstlarni chotki qilib yozdiz xullas.

Endi nashr qilish kerak. Bu uchun siz FINISH POST tugmasini bosasiz. Keyin Bot sizdan soʻraydi nima qilay deb.

PUBLISH degan tugmani bosasiz.
(Опубликоват) Keyin bot sizga fanficni yuboradi.🍃

Easy peasy
Lemon squeezy😁

Shu bilan bu fanficni kanalga tashlasangiz boʻladi...🌚🫶🏻

Bu esa siz uchun bonus qoʻllanma.
Telegra.ph saytiga kirib shu tarzda ishlashingiz ham mumkun.
Bu saytning minus tomoni siz rasm joylay olmaysiz....🤷🏻‍♂

Ana shuning bilan hammasi tugadi. Endi biror savollar boʻlsa yozishingiz mumkun. Sizlar bilan @Bahromiddin_Botirov boʻldi...🍃