JODUGAR 🌀 | #BAHROMIDDIN 🍃
II boʻlim 🫀 | @Kim_Tae_Oh 🕊
Jodugar🌀
II bo'lim | 1-qism
ILK JODU
O'ylaganimdek, dushanba kuni u kutubxonaga hech nima bo'lmagandek kirib keldi. O'zimni uni tanimaganlikka olib ishimni davom ettiraverdim. Uning qo'lida allaqanday tit-piti chiqib ketgan eski kitob. Har holda, bu yerniki emas. Stolga o'tirgancha ancha varaqladi. Keyin jiddiy tarzda yonimda paydo bo'ldi.
-Sizga isbot kerak bo'lsa, topaman, degandim. Mana, -u salom-alikni ham yig'ishtirib yonimga boyagi kitobni qo'ydi. -Bu jodugarlik kitobi. Muqovasiga qarab o'tirmang, muallifi ham, nashriyoti ham berilmagan. Sababi bu juda eski kitob.
-Ho'p, nima qilay? Sehrgarlik haqida eski-tuski kitoblar bizda ham to'lib yotibdi, -dedim ensam qotganini yashirmay -Istasangiz, olib beray...
-Sizlarniki fantaziya, xolos, -u ham kesatdo. -Marxamat! Mana bu satlarni o'qing... -u cho'natidan kichik shamcha chiqardi, -shunga nigohlaringizni tikkan holda.
-Siz haliyam sham yoqish dardida yuribsizmi? Ey xudoyim-ey!
-Bu sezr eng oddiy va boshlang'ich dars desa ham bo'ladi. Umuman, siz hammasini bilsangiz kerak deb, bunday kitoblarni yig'ishtirib qo'ygandim. Tuni bilan axtarib topdim.
-Eski sandig'ingizdanmi? -yana kesatdim.
-Ustimdan kulishni bas qilib, shuni o'qing, iltimos.
-Shu bilan tinch qo'ysangiz, bajonidil! -dedim uning tezroq bu yerdan ketishini istab.
Yigit atrofga nazar tashladi.
-Hamma mutolaa bilan band. Pichirlab, nigohlaringizni dam-badam shamga qaratishni unutmang...
-Ho'p-ho'p... -kitobga qarab menga notanish tilda yozilgan besh-olti qatorlik jumlalarni tirishih bazo'r o'qidim. Qanaqa til bo'lsa ham, juda g'aliz ekan. Ora-sira u aytgandek shamga boqdim. Shu bilan ko'ngli tinchisa, mayli.
-Bo'ldimi? -dedim o'qib bo'lgach. -Xo'sh, sham qachon yonadi endi, ertagami?
-Siz buni hazilga olyapsiz, tushunaman Jivu... Iltimos, bor fikringizni jamlab, unga ishonib o'qing.
-Kechirasizu, men o'zim tushunmagan jumlalarga ishonolmayman.
-Bu hech qanday diniy duolarmas. Havotir olmang. U shunchaki jodugarlik ilmi...
-Yana boshkandi! Mayli, oxirgi marta! -fikrimni jamlab, yonimdagilarni unutdim. Ko'zlarimni yumib biroz tin oldim. So'ng matnni o'qidim: bu safar oson tuyuldi. Shamga nigohlarimni tikdim. Bu safsataga o'zim ishonayotgandim, xuddi. Jumlani tugatishim bilan... yigitning qo'lidagi sham pov etib yonsa bo'ladimi!
-Voy! -baqirib yuborganimdan hamma kitobxonlar biz tarafga qarashdi. Men esa hozirgina o'chib turgan shamning alanga olganiga og'zim ochilgancha qarab turardim.
-Bo'larkan-ku! -dedi Kim Namjun, -demak, siz chindan ham o'shasiz. Qarang, taqinchog'ingizga!
Darxol uni qo'limga olib tikildim. Qizil toshchasi ojiz nur taratardi. Bir necha soniyadan so'ng esa o'chdi.
-Nima bu... -dedim tilim aylanmay -jodu, jodu...
-Jodugarlik. Sizdan haqiqiy jodugar chiqadi!
-Buncha xunuk so'z... -bir nuqtaga tikilgancha hayolimni yig'ishga urundim. -Hozir bo'lgan hodisa ko'zimga ko'rinmadimi ishqilib?
-Hozir jodugar deganda yovuz kampirlar ko'z oldimizga keladi, to'g'ri. Ammo bu so'z qachonlardir faqat kuchli sehr egalariga nisbatan aytilgan. Jodu deganda yomonlikni tushunmang.
-Hech nimani tushunmayapman, shundog'am. Shu shamni men yondirdimmi?
-Menimcha, bugunga yetarli. Yana esingizdan og'ib qolmang, -kuldi u ahvolimga qarab. -Kecha mening ustimdan kulayotgandingiz? Hali bunaqa jodular oldinda. Men sizga barini o'rgataman!
-Nega, nima uchun? -ichimdagi savollarim ko'pligidan qay birini so'rashni bilmasdim. -Nega menga o'rgatishiz kerak? Siz kimsiz o'zi? Menchi? Men...
-Ertaga kelaman. Ungacha dam oling... -u shunday deb hayrlashmasdan ketib qoldi. Orqasidan savollarim bejavob qolaverdi... Ana endi... tuni bilan uxlamasligim aniq.
Lekin uyga kelib oyim bilan birga ovqatlandikda, o'tirib gaplashishga majolim yetmay dong qotib uxlab qolibmanm Ertalab bazo'r boshimni ko'tardim.
-Tur Jivu. Ishinga kechikma yana. Uyqichiliging yo'q edi-ku qizim. Nonushta tayyor... -oyimning ovozlaridan sergaklanib soatga qaradimu, choy ham ichmay ishga shoshdim.
Kelishim bilan Namjunni izladim. Kelmapti. Ish bilan chalg'iy desam-da, ikki ko'zim katta naqshinkor eshikda bo'ldi. Tushga yaqin u bamaylixotir kirib keldi.
-Bu safar tushlik qilsak... -dedi u salomlashgach. -Yana kechagidek kitobxonlarni cho'chitib yubormang, deymanda.
-Yaxshi...
Biz xoliroq qahvaxonaga kirdik.
-Nima aytamiz?
Nima istasa buyurishini aytdim.
-Kechasi yaxshi uxladingizmi? -so'radi u bilgandek.
-Qiziq... qotib uxlab qolibman.
-Bu tabiiy hol. Sehr kuchingizni oladi, to'yib uxlash orqali kuchni qayta to'playsiz. Shuning uchun kecha yetarli, degandim. Bo'lmasa ish vaqti uxlab qolardingiz. Bu degani, joduning ham me'yori bor.
-Kechagi xodisani yana bir sinab ko'rmoqchiman, -dedim maqsadga ko'chib.
-Bu safar boshqa usul, keyingi bosqichlarga ham o'tish kerak... -dedi u taom keltirgach. -Undan avval ovqatlanib oling, behol ko'rinasiz.
Nonushta qilmaganim uchun chindan ham ochiqqan edim. Tezgina ovqatlandik.
-Mana, endi bir finjon choy ustida suxbatlashsak bo'ladi, -u qo'ynidan kechagi eski kitobni chiqardi. Belgilangan betni ochib, menga ko'rsatdi.
-Bu ham oddiy usullardan. "Sovutish" deyiladi. Kechagi usul "Alanga" edi. Bu uning aksi. U ko'p asqatishi mumkin: avvallari jodugarlar yonayotgan uylar, odamlar, buyumlar, xattoki butun bir qishloqni shu duo bilan o'chirishgan.
-Ayni paytda biror nima yonayotgani yo'q, shekilli, -atrofga alangladim.
-Ana... -u qahvahona kaminiga ishora qildi, -keyin yana yoqa olasiz-ku?
-Yaxshi... -ko'rsatilgan jumlani diqqat bilan o'qidim, kaminga bor e'tiborim ila nazar tashladim. U shu zahoti o'chdi!
-Kutganimdan ham tezkor ekansiz, sizga o'rgatish uchun ko'p vaqt ketadi, deb o'ylagandim.
-Doim a'lochi bo'lganman, -kuldim. Negadir bugun barini tabiiy qabul qilayotgandim. Xuddi yuz yildan beri jodugarlik bilan shug'ullanayotgandek. Ammo savollarim juda ko'p edi. Biroq Namjun bari vaqt-soati bilan ayon bo'lishini aytishdan charchamasdi.
-Endi yoqing gulhanni, -buyurdi u. -Mana, kechagi duo.
-Esimda... -qiziq, kechagi tushunarsiz jumlalar yodimda qolgan edi. Kaminga tikilib pichirladim. Kutganimdek, u gurullab yondi. Kichik qahvahonada bizdan boshqa kimsa bo'lmagani uchun bemalol ishimni bajarardim.
-Tasanno! Xotirangiz kuchli ekan. Bu kitobdagi hamma duolarni yodlab olsangiz, hali ko'p asqatadi. Oling, sizga bu... menga baribir kerak bo'lmaydi.
-Siz... sizni ham sehrgan deb o'ylagandim, rosti.
-Yo'q, mening qonimda bunday qobiliyat yo'q.
-Menga o'xshaganlar atrofda ko'pmi?
-Men faqat bir-ikkita avlodni bilaman. Asosan sizni avlodingizni. Hozir bo'lsa bordir, ular ham sizga o'xshab o'zining kimligini bilmay yashab kelar.
-Ajdodlarim haqida so'zlab bering!
-Albatta, vaqti kelib...
-Yana shu gap! Unda yana biror sehr o'rgating,
-Buguncha bo'ldi. Charchab qolasiz...
-Bo'lmasa, o'zingiz haqingizda gapirib bering.
-Juda qiziquvchansiz-da, Jisu, Sizni shunday chaqirsam maylimi?
Bosh silkidim.
-O'zim haqimda gapirsam, bu qahvahonada bir necha kun o'tirishimizga to'g'ri keladi. Sizga bir kun kundaligimni beraman.
-Haligi qalin dafatnimi?
-Ha. Undan men haqimda barcha savollaringizga ortig'i bilan javob olasiz.
-Kelishdik...🌙
Jodugar🌀
II bo'lim 2-qism
KUNDALIKDAGI BITIKLAR
Ikki oy ichida ancha-muncha narsani o'rganib oldim. Yozgi ta'til boshlangandan so'ng kutubxona deyarli bo'shab qoldi. Menning ishim ham kam. Kutubxonada o'tirgancha Kim Namjun bergan kitobni ipidan-ignasigacha o'rganib oldim. U ora-sira kelib, o'rganganlarimni tekshirardi. Bugun ham keldi. Kutubxona kimsasiz edi, bemalol o'tirib gaplashardik.
-Qarang! -deyman unga maqtanib, -anavi eshikni istasam ocha olaman: qo'l va oyoqsiz! Uzoqdan, nigohlarim bilan...
-Bilaman, Jisu. Lekin behuda ish qilishdan foyda yo'q. Joduni faqat o'ta zarur hollarda ishlating.
-Ha, ko'p aytgansiz... amal qilyapman. Tuzukroq sehr ishlatganim ham ho'q Uyda chiroq o'chib qolsa, imkonim bo'la turib qorong'ida o'tiraveramiz!
-Bu fojia emas-ku -kuldi Namjun. -Joduni inson hayoti havf ostida qolganda, unga yordam kerak bo'lganda, ya'ni, faqat o'zgalar uchun ishlating.
-Unda menga nima foyda? Hm...
-Jodugarlar o'z qobiliyatlaridan sira ma'mnun bo'lishmagan, o'zi. Sizning ming yil avvalgi katta buvingiz ham nuqul tajang yurardi.
-Xuddi ko'rgandek gapirasiz? -kulaman men.
Kim Namjun bir muddat jim qoldi.
-Ko'rganman, -dedi so'ng ko'zlarimga qarab -Endi o'zim haqimda so'zlab bersam ham bo'ladi...
Vujudim quloqqa aylanib unga tikildim. U haqda bilishni ko'pdan kutar edim.
-Menga necha yosh berasiz? -so'radi u.
-Mm... yigirma olti-yettilar bo'lsa kerak.
-Deyarli yaqin keldingiz. Bir mingu yyigirma yettidaman.
-Ming!? Inson buncha yashashi mumkun emas... -dedim unga boshdan-oyoq nazar tashlab... -Yoki... siz inson emasmisiz?
-Nega endi, oddiy odamman. Faqat... jodulangan odamman. Bundan ming yil oldin o'limtopmas duosi o'qilgan sehrli sharobni ichganman... uni sevganim tayyorlagandi. Ammo ma'n etilgan bu jodu sizning o'sha, tajang buvingiz payqab qoldi...
-Ho'sh... Keyin-chi? Sevganingizga nima bo'ldi?
-Juda uzun tarix, -Kim Namjun kirib kelgan ikki-uchta kitobxonlarga imo qildi -Vaqtingizni olmay. Yaxshisi, mana, kundaligimni o'qib chiqarsiz, -u menga daftarni tutqazdi. -O'qib bo'lgach qo'ng'iroq qiling.
-Buni o'qishga bir oy ham yetmasa kerak, -deyman og'irligidan qo'limda bazo'r turgan yirik daftarga qarab.
-Uzundan-uzun hayotimning barchasini o'qish shart emas, ko'z yugurtiring.
Namjun ketdi. Men qancha qiziqmayin, daftarni haltaga soldim. Kechqurun uyda tinchgina o'qiyman.
Ovqatni chala-chulpa yedim-da, oyimdan uzr so'rab xonamga qamaldim. Daftarning ilk varag'ini ochdim.
<<Ayni vaqt 1992-yilning avgust oyi. Hindistondaman. Bugun konselyariya do'koniga kirib, kattagina daftar xarid qildim. Kundalik yozish uchun. Shu paytgacha hamma narsani xotiramda turadi, deb o'ylardim. Biroq kuni kecha ukalarimning ismini eslashga tirishib, xotirlolmadim. Hali yana qancha yashayman, bilmayman. Kimligimni unutib qo'yish ham hech gap emas. Shu sabab bo'lib barchasini yozib qo'yaman. Ming yillik tarixni oqqa ko'chirish uchun oylab xonamdan chiqmasam kerak. Kundalikni yozib bo'lishim bilan bu yerdan ketaman. Shundog'am xindlarning goh u, goh bu shahrida yigirma yildan ortiq yashadim. Endi ketish kerak. Ikkinchi avlod almashguncha bu yerlarga qaytmayman. Shunda ular meni tanimaydi.
O'tgan safar Xitoyga ko'chishimdagi xato takrorlanmasligi kerak. O'shanda ham Xitoyga ellik yildan so'ng qaytgandim. Ellik yil avval sartarosh bo'lib ishlagan yigit chol ekan. Haliyam shu ishini qilyapti. Uni tanimapman, soqolimni oldirmoqchi edim. Biroq u meni tanidi. Yuzimga tikilib turdi-da, esi oqqandek "arvoh" deb sartaroshxonadan yugurib chiqib ketdi. Bir vaqtlar u bilan tengdoshlik chog'imiz shu yerda ko'p suxbatlashardik. U yerga ancha o'rganib qolgandim, ammo nachora ketish kerak edi. Atrofdagilar mening keksayayotganimni payqab qolishlari mumkin. Ming yil ichida qayerlarda bo'lmadim? Dunyoning ko'p mamlakatlarida umr kechirdim, necha tillarni o'rgandim. Biroq muqim vatan qilolmadim.
Koreyada ulkan rivojlanish bo'layotganini eshitgach, qaytish fikri tug'ulgan edi. Mening vatanim Xanson, ayni paytda Seul deb atashar ekan, bormaganimga yuz yil bo'ldi menimcha. Shunda ham har besh yilda yashash shahrimni o'zgartirgan holda. Endi tarjimayi holimni bitsam.
Men Kim Namjun, 996-yilning kech kuzida Xansonda tavallud topdim. Otamning kasb-kori misgar edi. Mening bolalik chog'larimda taxt tez goh u, goh bu hukmdorlarning qo'liga o'tardi. Biz kabi o'rtaxol oilalar doim o'z xunari bilan band edi. Oilada kattasi men, ortimda uchta ukam bor edi. Qiz yo'qligi uchun onam kuni bilan tinmasdi. Mo'ylovim sabza urgandan so'ng otamning ustaxonasiga borib yordamlashadigan bo'ldim. Besh-olti yil ichida o'zim ham yaxshigina misgar bo'lib yetishdim. Biz yasagan mis idishlar ichki bozorda xaridorgir edi...
Jodugar🌀
II bo'lim 3-qism
BIR QIZ
Hammasi bir maromda kechardi. To uni uchratmagunimcha men ham boshqalar qatori oddiygina odam edim. Boshqalar qatori oila qurib, farzand ko'rishim mumkin edi. Boshqalar qatori sakson-to'qson yil umr ko'rib tuproqqa singishim kerak edi. Lekin... sevib qoldim. Menga ming yildan beri yashash azobini bergan o'sha qiz odatiy kunlarning birida do'konimizga kirdi. Atrofga razm solib qaradi. Ko'zlarimni olib qochdim.
-Menga mis lagan kerak edi, -dedi u xitoy tilida. Ko'rinishidan xitoyliklarga o'xshamasdi. Ko'zlari katta-katta, kipriklari uzun, qoshlari tim qora, oppoq yuzi tarang. Savdogarlar bilan kelgan bo'lsa kerak, deb o'yladim. Ajnabiy bo'lsa, ehtimol ularda erkak va ayolning tanxo so'zlashuvi gunoh bo'lmasa kerak. Shuning uchun men ham unga tik qarashga jazm etdim.
-Marhamat!
Bir necha hil laganlarni ko'rsatdim. U laganlarni chertib ko'rib, eng yaxshisini tanlab oldi. Baxmal hamyonidan tanga chiqardi.
-Yetadimi?
Chindan ham Xitoy tangasi. U bizda deyarli ishlatilmasdi.
-Mayli, -dedim uni ranjitishni istamay. Ketishga chog'langan qizdan negadir ayrilgim kelmadi. Savolga tutdim:
-Xitoydan tashrif buyurdingizmi?
-Shunday. Biz ko'chmanchimiz. -dedi u nimjilmayib.
"Ko'chmanchi... demak, yuyechjilardan ekanda", deb o'yladim. Hozirda faqat yuyechjilar u yoqdan-bu yoqqa ko'chib yashashar, muqim joylari yo'q edi. Xitoy yuyechjilari!
O'ylanib qolganimdanmi, u dilimdagini o'qidi.
-Ha, yuyechjiman. O'xshamaymanmi? -kuldi u.
U sira ko'chmanchiga o'xshamasdi.
Tayinli gap ayta olmay bir muddat serrayib turganimdan so'ng u ketdi.Keta turib sehrli tabassumini ilinib ketdi. Shu-shu tunlari uing yodida kuyadigan bo'ldim. Uni boshqa ko'rmasligim, topa olmasligimni o'ylasam battar kuyaman. Ammo bir kuni...
Chin yurtining ko'chmanchilari katta bozorda fol ko'rayotgan emish, -deb qoldi ota-onamga. -O'lsin, insonlar bunga qarshi bo'lsa-da, xotin-xalaj atrofini o'rab olibdi. Hamma kaftidagi chiziqlarini ko'rsatish bilan ovora. Bir to'da yuyechjilar esa ertak to'qib yotibdi.
-Sen ham borib yurmagin, tag'in -ogohlantirdilar otam.
-O'libmanmi? Folga ishonmayman, bu gunohi azim.
Ularning suhbatidan so'ng asta sirg'alib ko'chaga otlandim. Bilaman, u ham o'sha yerda! Hech bo'lmasa bir bora ko'rish ilinjida katta bozorga tushdim. Rostdan ham, bir necha chodir tikib bozorga o'rnashib olgan yetti-sakkiz chog'liq yuyechjilar turfa usulda fol ko'rardilar: biri qartada, biri toshda, yana biri kaftlarga qarab... Nariroqda turib uni izlay boshladim. Va topdim ham. U bir chetda qarshisidagi ayolning qo'llaridan ushlab bir nimalarni so'zlardi. Barcha yeyuchjilar qatori u ham boshiga qizil ro'molni tang'ib olgandi.
Sekin u tomon yaqinlashdim. Ko'rganlar nima desa der. Biror yigit zoti fol ochirish tugul bu yerga yaqinlashmagan chog'i, bari lo'lilarning ko'zi menda. "Fol ochirmoqchiman", deganimdan so'ng bari atrofimni o'rab olishdi.
-Kel, senga qandoq juft uchrashini aytib beraman!
-O'g'lim, qarta eng ishonchli fol. Beri kel, taqdringni bilib beraman...
Men ularga e'tibor qilmay bir chetda meni miyig'ida kulgancha tomosha qilib turgan o'sha qizning yoniga bordim va kaftimni tutdim.
-Fol ochiq qo'ysangiz...
-Berishga aqlingiz bormi? -so'radi u.
-Pulim bo'lmasa, jonim... -bu jumla qayerdan hayolimga keldi o'zim ham hayronman. Birdan bulbuldek sayrab ketdim, - o'sha kundan beri sizni izladim. Mana va nihoyat sizni topdim. Endi...
-Endi bir fol ko'rarkanmiz-da, beringchi... - u nozik qo'llari bilan kaftimni ushladi, Butun badanim yonib ketgandek bo'ldi. Ahir shu vaqtgacha biror qizning barmoq uchi ham qo'llarimga tegmagan.
-Davlat chizig'i o'rtacha, boyib ham ketmaysiz, qashshoqlanib ham, -u sinchiklab kaft chiziqlarimga boqdi, -salomatligingiz ham joyida bo'ladi. Ho'sh... umr chizig'i... u judayam uzun. Ko'p yashaysiz, nasib bo'lsa.
-Muhabbat chizig'ichi? -so'radim ko'zlariga boqib.
-Unday chiziq bo'lmaydi, -kuldi u.
-Unda buni qanday aniqlasa bo'ladi?
-Nimani?
-Suyganimga yetishamanmi, yo'qmi? U ham meni...
-Ko'ngil ishiga aralashmayman, -qo'llarimni bo'shatdi u, -taqdiringizda bo'lsa, balki... Endi boring, boshqalar kutib qoldi.
Unga tanga uzatib, nari ketdim. Nariroqda kuni bilan unga tikilib o'tirdim. Oqshom yaqinlagach, ular buyumlarini yig'ishtirib, ketishdi. O'zimga bo'ysunmagan oyoqlarim ularning ortidan tushdi. Lo'lilar shahar chetidagi daryo bo'yiga o'rnashgan ekan. Erkak yeyuchjilarning jahli yomon deb eshitganim bor. Ular o'nlab chodir tikib, o'rtada gulxan yoqqancha ovqatlanib o'tirishardi. Ayollar ham ularning davrasiga qo'shilgach, kuy-qo'shiq boshlanib ketdi. Bir ayol qo'shiq aytdi, erkaklar nog'ora chaldi. Men g'ira-shira bo'lsa-da, uni ko'zdan qochirganim yo'q. U ham dugonalariga qo'shilib raqs tushdi. Tim qorong'u bo'lib, yeyuchjilar yoqqan gulxandan boshqa hech nima ko'rinmay qolgach, majburan uyga qaytdim. O'sha kuni otamdan do'konni ochmaganim uchun toza tanbeh eshitdim...>>