August 13

AIZENNING QISMATI 🖤

1-qism 🫀

Men — Aizen.
Bu ism menga shunchaki qo‘yilgan emas, kuchim va qat’iyatimni ifodalaydi. Ammo kuchli bo‘lish — ba’zan hech kimga ko‘rsatmaydigan jarohatlarni ham ichingda olib yurishni anglatadi...🌑

Hamma narsa bir kunda birdan boshlangan edi… Universitetdagi navbatdagi mashg‘ulotlardan so‘ng dugonalarim bilan hovlida o‘tirib, mayda suhbat qilar edik...🦋

Gap orasida ular men bilan garov o‘ynashdi. Garovning sharti oddiy, lekin biroz noqulay: skameykada yolg‘iz o‘tirgan yigitning oldiga borib, gap otishim kerak edi.😒

— Agar yutqazsang, borib u bilan tanishasan, — dedi dugonam hazil aralash jiddiy ohangda.😌

Men esa kutilmaganda yutqazdim… Qochishning iloji yo‘q edi. Garov shartini bajarmaslikdan bosh tortish — mening g'ururimga xos emas edi...🦦

Naqadar g‘alati, o‘sha yigit uzoqdan ham ko‘zga tashlanardi: baland bo‘y, sokin qarashlar, qo‘lida kitob. Yoniga bordim va o'tirmoqchi bo'ldim.

— Salom, — dedim jilmayib, lekin ichimda biroz hayajon bilan.
U ham jilmaydi.

— Salom. Men Lucien. 😅

Uning ovozidagi sokin ishonch meni hayratga soldi. Bir necha daqiqalik oddiy suhbatimiz chog‘ida u juda tezkor harakat qildi — men sezmay ham qoldim, allaqachon Telegramimni olib bo‘lgandi. 💗

— Xo‘sh, endi sen bilan yaxshiroq tanishib olaylik, — dedi u.
Men esa qisqa sukutdan so‘ng gap boshladim:

— Men Aizen. Shu yerda o'qiyman, med yo'nalishda. Otam, onam va bir opam hamda bir akam bor. Opam allaqachon turmushga chiqqan, uning shirin qizalog‘i bor.😊

Bir lahza to‘xtab, chuqur nafas oldim. So'ng gapirishda davom etdim u yigitga...🫀

— Bilasanmi, hammada muammo bo‘lgani kabi menda ham bor. Mening oilamda adolatsizliklar juda ko‘p. Qaysi birini aytishni ham bilmayman… Mayli bu haqida boshqa safar...😁

Shu tarzda uni ham tinglab o'tirdim...
Ko‘zlarimni bir nuqtaga tikkancha jilmayishga harakat qildim.
Negadir uni oldida o'zimni juda ham qulay va tinch his qilayotgan edim.🍁

Mayli, keyingi qismda Lusien bilan baxtli onlarimiz va hayotimning og‘riqli daqiqalari haqida gaplashamiz. Men bilan birgamisiz qadrli o'quvchi?🫴🏻