JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 11-qism 🍃
"Yurakni yolg'on bilan ovutib bo‘lmas" ❤️🩹
Taeoh uzoq sukutdan so‘ng telefonini qo‘liga oldi. Ko‘zlari Arminning iztirobli xabarida edi. Yuragining chuqur qatlamlarida uzoq muddatdan beri bostirilib kelinayotgan haqiqat nihoyat yuzaga chiqmoqchi edi... ✨
U sekin yozdi:
— Kechir... Men seni sevmayman. Men hanuz Kim Jisooni sevaman. Buni aytayotganimdan juda afsusdaman, ammo hozir aytmasam keyin kech bo'ladi. Unga qaraganimda yuragim titraydi. Seni esa do‘stim sifatida juda qadrlayman, lekin yuragimda boshqa joy band... Men seni o'sha joyga kiritishga urunib ko'rdim, ammo Jisoo shu yerda ekan, bu imkonsiz ekan. Men shuni tushunib yetdim.🍃
Armin javob yozmadi. Javob o‘rniga darrov qo‘ng‘iroq qilishni boshladi. Telefon vibratsiyadan titrardi. Har bir titrash Taeohni battar asabiylashtirardi... Taeoh “Hozir gaplasha olmayman,” deb yozdi. Lekin Armin yana urindi. Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bor...❄️
Taeoh oxiri chidamadi. Ko‘ngli og‘ridi. U javob berdi.
— Ha, Armin... Alo!
— Bu rostmi?.. — dedi titragan ovozda Armin.🥲
— Ha... kechir... men boshidan boshlab o‘zimni majbur qilmoqchi bo‘lgan ekanman. Seni sevishga, o‘zimni aldashga... Ammo yuragim hali ham Jisoo bilan band ekan...🍓
— Nega Taeoh? Nega bunday qildiz? Uni sevar ekansiz nega men bilan munosabat qurdiz? "Seni Sevaman" deganingiz yolg'onmidi?
— Meni kechir Armin... sen bilan qurgan munosabatimiz juda ajoyib bo'ldi. Har bir kun o'zgacha hissiyotlarga boy edi... ammo oxirgi paytlar ko'p urushib qoldik. Men esa seni arazlaring, jaxling va qaysarliginga toqat qilolmayotganimni tushunib yetdim...🥲
— Ehhh, Xudo!
— Sevgida nuqsonlar bilan seviladi, ammo men senikidek sodda nuqsonni ham qabul qilolmadim. Bundan tushundim-ki, bizda sevgi hech qachon ikki taraflama bo'lmas ekan...🍃
Armin sukutda qoldi. Faqat ko‘z yoshlarining ovozi eshitilardi.🥲
— Men sizdan shunchalik ko‘p narsa kutgan edim-ki, Taeoh... — dedi u. — Nega menga umid berdingiz, agar sevmasangiz?🥹
— Menimcha, vaqt o‘tgach sevib qolarman deb o‘yladim. Sening muhabbating meni o‘zgartirar deb ishonardim. Meni to'g'ri tushunasan degan umiddaman! 😖
— Jin ursin! Shu Jisooyingizni yer yutsin! Sizni butkul o'zgartirib yubordi. Undan tashqari mana munosabatimizga ham uni deb nuqta qo'ydik...😭
Ular uzoq gaplashishdi. Har so‘z yurakni tirnar edi. Vaso'ngida... ular orani ochiq qilishdi. Armin guruhni tark etdi. Uning Taeohga yozgan oxirgi gapi shu bo‘ldi:
— Sizning qalbingizda joy yo‘qligini bilib turib sizni sevdim... Ammo yuragim endi charchadi... Xayr, Taeoh.🥲🕊
— Parvoz et Armin...🍃
Yuragida og‘riq bo‘lsa-da, Taeoh oldinga intilardi. Sessiyalar yaqin edi. U kun-u tun darslarga tayyorlanar, kutubxonadan chiqmasdi. Har bir fan uchun maksimal A+ olishni maqsad qilgan edi. U har bir daqiqasini puxta o‘ylab sarflardi. Harakat befoyda ketmadi — barcha fanlardan yuqori baho oldi.✨
Shundan so‘ng, u Pusanga qaytdi. U yerdagi osoyishtalik, oddiylik, ko‘hna binolar orasida yurib, o‘zining bolaligini esladi.🍃
Qish kunlari boshlanib, yomg‘ir bilan qor aralashgan tinimsiz ob-havo hukm surardi. Ammo uy ichida issiq choy, issiq joy hamda kompyuterda seriallar va kinolar bor edi. Taeoh ularni "Kanikulda tomosha qilaman" deb atay yig'ib kelgan edi..💕
Yangi yil arafasida uy yana insonlarga to'la bo‘ldi. 2024-yilni oila davrasida, bolalikdagi ikki do‘sti bilan, Jony va Leo bilan nishonladi. Ular bitta dasturxon atrofida o‘tirib, kulguli esdaliklarni gapirib, vaqtning qanday o‘tganini sezmay qolishdi. Kimdir yana shirinlik, kimdir salat olib kelar, hazil-mutoyiba bilan vaqt o‘tardi...💕
O‘sha tun, soat 00:00 da salyutlar osmonga o‘qday otilar, bolalarning qichqirig‘i, kattalarning kulgisi ko‘chani to‘ldirgan edi.🌸
Yangi yildan so‘ng Taeoh yana o‘zining “multi olami”ga — kinolar, manhwa, fanficlar, va yozuvlariga sho‘ng‘idi. Ayni shu vaqtda u o‘ziga g‘alati savol berdi: “Nega men Jisooni sog‘inmayapman?”🫣
Butun ta’til davomida Jisoo unga xayolida ham kirmadi. Endi u sog‘inchni emas, sokinlikni his qilardi. Bu chindan ham muhabbatmi? "Nega uni ko'rib turmasam, Pusanga kelsam, yoki universitetga bormasam sog'inmayman? Faqat ko'rsagina sevadigan qanday sevgi bo'ldi bu" derdi yigitcha o'ziga...🍃
Yanvar oxirida Taeoh yana Seulga yo‘l oldi. Oilasi bilan quchoqlashib xayrlashdi. O‘sha hissiyotlar go‘yo har safar ilk marta ketayotgandek kuchli edi.🫂
Seulga yetib kelganida uydagi xonadon egalari va do‘sti Suhon uni iliq kutib olishdi. Suhon “Voyvo katta odam bo‘lib qaytibsan!” deb hazil aralash quchoqladi.😁
Yangi semestr boshlandi. Endi ular ikkinchi kursning ikkinchi semestrida edi. Yilning boshida 71-guruhda o‘zgarishlar bo‘lgandi. O'sha vaqt 3 nafar yangi talaba qo‘shilgandi yigitlardan. Qolgan qo'shilganlarning bari qizlar edi.
🔹 Min Inxo — 2004-yilgi, ko‘zoynak taqib yuradigan sokin va aqlli bola.🤓
🔹 Seok Jin — 1998-yilda tug‘ilgan, yoshi kattaroq, har bir gapida hazil...😎
🔹 Anhyeop — 2005-yilda tug‘ilgan, Taeho bilan tengdosh. Hamda o'ziga yarashib turuvchi energiyaga ega pazitiv yigit.🥸
Taeoh va Suhon bu ikkisi bilan darrov tanishgan edi yil boshida. Inho esa o'tgan yili ham 71-guruhda o'qirdi. Ammo ko'pincha yakka o'zi yurardi. Shu sababli uncha yaqindan tanish emasdilar u bilan.😉
Har birining orzusi, qiziqishi, hayotga qarashi — Taeohni qiziqtirdi. Ayniqsa, Inxoning texnikaga bo‘lgan muhabbati va Anhyeopning hazil mutoyibaga bo‘lgan qiziqishi uni o‘ziga tortdi.😁
Endi esa yangi sahifa ochilayotgandi. Yangi do‘stlar, yangi o‘quv yili...
Lekin... Taeohning yuragi hanuzgacha nimagadir tayyor emasdi.
Yoki kim uchundir?..
Yoki kimdandir chiqib ketolmagandek...🍓