JODUGAR 🌀 | #BAHROMIDDIN 🍃
VIII boʻlim 🫀 | @Kim_Tae_Oh 💫
VIII bo'lim | 1-qism
NIQOB
Tug'ilgan kunim yaqinlashardi. Bundan xabardor Alik esa o'sha kunni u bilan o'tkazishimni so'radi. Kunduzi uchrashishni, kechki payt esa oyimning yonlarida bo'lishimni bildirdim. O'sha kuni erta tongda u uyimiz yonida kutib turardi. Qo'lidagi qirmizi atirgullar dilimni yayratdi. Shu paytgacha yigit kishidan gul olmaganim uchunmi, guldastani xidlab to'ymasdim. Biz shahardagi hashamatli bir restoranga kirdik. Ikki kishilik romantik stol buyurtirilgan, zalda boshqa hech kim ko'rinmasdi.
-Gullar ichida eng go'zali o'zingsan, Jiwoo -dedi u qo'limdan tutib, - Tug'ulgan kuning muborak bo'lsin! Bu yerda faqat ikkimiz, baxtimiz ibtidosini boshlaymiz.
Shunday deya Alik cho'ntagidan mitti qutichani chiqardi:
-Menga turmushga chiq, - dedi tiz cho'kib.
Bunday sahnalarni faqat kinolarda ko'rgandim. Ko'zlarimga yosh keldi. So'ng ikkimiz raqs tushdik. Sokin musiqa sadolari baxtim kuyini chalardi go'yo. Vaqt to'xtab qolgandek, dunyoda Alik va mendan boshqa kimsa yo'q edi. Raqsdan so'ng biroz tamaddi qildik. "Seni sevaman, Jiwoo" deb yozilgan besh qavatli katta tort keltirishdi. Bu hammasidan ham ajoyib sovg'a edi.
-Baxtimiz doim shirin bo'lsin! Sen va mening muhabbatimiz abadiy davom etad... u o'lmaydi, Jiwoo. To'g'rimi?
-Albatta, - dedim nim jilmayib - Barchasi uchun rahmat, Alik!
-Kerak bo'lsa yuz, ming yil nishonlaymiz bu kunni, jonim. Inson ming yil yashashi mumkinmi? Bu jodu haqida sendan eshitgandim. Nahot, iloji bo'lsa buni.
-Shundoq. Namjoon haqida sizga aytib bergandim-ku
-Ha, o'zini ko'rmaganim uchun ishonish qiyin bo'lganda.
-Istasangiz, tanishtirib qo'yaman.
-Mayli. Faqat keyinroq. Unga havas qilsa arziydi... Qani edni, biz ham ming yil yashasak, Jiwoo. Sen ham, men ham, muhabbatimiz ham o'lmaydi! Eng muhimi, ikkimiz doim birga bo'lardik.
U menga sinchkov nigohlarini tikdi. Avvaliga buni shunchaki aytyapti, deb o'ylagandim. Biroq suhbatimiz shu mavzudan boshqasiga o'tmay qoldi.
-Jiwoo! Baxtli bo'lishimiz uchun bariga rozi bo'lasanmi? Mening sendan bir tilagim bor.
-Mayli, ayting... - dedim yuragim g'ashlanib.
-O'limtopmas jodusini ikkimiz uchun tayyorlashingni itayman. Orzuim sen bilan abadiy yashash. Boshqa hech narsa kerakmas menga! Qaragin-a, bizga kasallik ham, keksalik ham, o'lim ham xavf sololmaydi. Dunyodagi eng baxtli, eng boy, eng mashhur insonlar bo'lamiz. Yashirib o'tirmaymiz hech kimdan. Dunyo bizning qo'limizda bo'ladi! Hamma o'lmaydigan juftlikka havas qiladi! Hech kim to'xtata olmaydi orzularimizni!
Men unga hayron boqib turardim. Nazarimda, u hozir chiroyli nutqdan so'ng "hazillashdim, o'libmanmi ming yil yashab", deb kulgandek tuyulardi. Biroq bunday bo'lmadi. U tobora jiddiylashardi.
-Ayt, qachon ishga kirishamiz? - dedi u gapining so'ngida.
Hozirgina baxtga cho'mib o'tirgan jussam seskanib ketdi. Ko'z oldimda Namjoon va Taeyoungning taqdiri keldi. Nahotki, tarix takrorlansa?
-Alik... buning iloji yo'q. Avvalo, men ming yil yashashni istamayman. Keyinbu qarg'ish joduni amalga oshirib baloga qolgim yo'q. Ming yildan keyingi avlodni kutib yashash naqadar og'irligini Namjoondan so'rang. Umuman, Namjoon bilan suhbatlashsangiz, aslo bu tilakni tilingizga olmasdingiz. Bu baxt emas, aksincha, azobning o'zi.
-Nahotki, birga toabad yashashimizni istamasang? - ranjidi u.
-Istayman. Xudo bergan umrimni siz bilan o'tkazishga roziman. Alik. Lekin... oddiy odamdek yashashni istayman, degandingiz. Jodugarlik qilishni istamasligimni bilasiz. Bunday fikrlar qayoqdan keldi sigza?
Alik jim bo'ldi. O'rnidan turib u yoqdan-bu yoqqa yurdi. So'ng menga qarab:
-Ketdik, holiroq yerda gaplashamiz, - dedi.
Noiloj ortidan ergashdim. Yollangan mashinada ancha yurib shahardan chiqib ketayotganimiz dilimni g'ash qildi. U miq etmas, yuzi jiddiy tus olgandi. Doim quvnoq yuradigan Allikni bu holatda ko'rib cho'chidim. Nahotki, jodulashni rad etib ko'nglini qoldirgan bo'lsam?
Biz kichik o'rmon yonida to'xtadik. U taksiga javob berdi.
-Tabiat qo'ynida piknikka nima deysan? - dedi u kulib.
Men ham kulib yubordim. U hazillashgan. Menga syurpriz qilish uchun o'ylab topgan buni! Alik bilagimdan tutib jilmaygancha meni o'rmon ichiga olib kirdi. Ancha ichkarilaganimizdan so'ng chindan ham daraxtlar tagida yozilgan kichik pushti dasturxon, ichimlik va qadahlarga ko'zim tushdi.
-Siz kutilmagan sovg'alarga boysiz, Allik!
-Aytganimdek, bari muhabbatimiz uchun, hayotim. Endi... marhabo, qadahlar tayyor! Joduni o'qi va uni sipqoraylik. shu lahzalardan boshlab esa muhabbatimiz rishtalari ming yillarga bog'lansin.
Yana shalvirab qoldim. Yuragimda olishayotgan ikki xil tuyg'ular girobida yerga cho'kdim va unga iltijoli boqdim.
-Allik, hafa bo'lmang, lekin qilolmayman. Muhabbatim rost, biroq...
-Jiwoo, muhabbatingni isbotla unda. Joduni tayyorla!
-Allik! Istamayman buni! - birdan baqirib yubordim.
-Shunaqami? O'zing ichmasang ichma, lekin menga tayyorlab ber! - baqirdi u ham, - shuncha urunishimni chipakka chiqarma, qiz! Shu jodu uchun amakilarimdan voz kechdim, ularni aldadim, ikki oydan beri atrofingda parvonaman, oxirgi chaqalarimgacha sarf bo'ldi! Ishsiz, uysiz odam uchun bilasanmi, bu qanchalik og'irligini?
Allikga qotib tikilib qoldim.
-Nega bo'zrayasan? Ha, shunaqaman men! Otam o'lgandan so'ng bir tiyinsiz qolib, amakilarimni topishga, ulardan ko'mak so'rashga majbur bo'ldim! Ijarada yashashdan to'ydim, diplomim yo'qligi uchun tayinli ishim ham yo'q! Sen haqingda eshitib, hayotimni o'zgartirish fursati kelganini angladim! O'limtopmas jodusi uchun qildim barini! Xor bo'lib yashashdan to'ydim, tushundingmi? Menga mol-dunyo, chiroyli hayot, obro' kerak! Muhabbating esa o'zinga siylov! Istasang men bilan bo'l, bo'lmasa ketaver. Lekin menga shu joduni tayyorlamay hech qayerga ketmaysan!
Soniyalar ichida ayon bo'lgan haqiqat shuncha vaqt davomida yig'ilgan soxta tuyg'ular dastasini bir zumda uchurib yubordi. Qarshimda niqobini yechgan pastkash kimsa turardi. Qalbimda xo'rlanish emas, jirkanish paydo bo'ldi!
-Agar istasam, joduni tayyorlab beraman. Bu sen uchun munosib jazo bo'lardi! - boshimni tik tutib gapirdim men, - ammo men qasd olish uchun ham, omon qolish uchun ham, shunchaki zerikkanim uchun ham, umuman, jodugarlik bilan shug'ullanmoqchi emasman! Men, - shunday deya bo'ynimdagi zanjirni ko'rsatdim, - mana bu matohsiz hech kimman. Uni istagan jodugaringa olib borib o'qitib olaver joduyingni!
-Yo'q, azizam. Dunyo kezib jodugarlar izlashga vaqtimam, pulimam yo'q. Qarshimda tayyor o'lja turganda, nega kerak. Manavi - u shunday deb qo'njidan xanjarcha chiqardi, - seni harakatga keltirish uchun yetarli bo'lsa kerak!
VIII bo'lim, 2-qism | Xaloskorim
VIII bo'lim, 3-qism | "Men Tae Youngman!"
IX bo'lim, Final qism | Yangi hayot
VIII bo'lim | 2-qism
XALOSKORIM
Nafasim ichimga tushib ketdi. Shu payt yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, Alikning orqasida Namjoon pusib kelayotganini ko'rib qoldim. Qo'lida yog'och xoda bor edi. Menga jim ishorasini qildi. Miq etmay turishimdan Alik xiringlab kuldi:
-Endi o'zinga kelding, jonim!
Shu payt orqasidan bir zarb yedi-yu, tap etib yerga yiqildi.
-Sen esa o'zingdan ketding! - dedi Namjoon behush yotgan Alikga qarab.
-Voy, ishqilib o'lib qolmadimi? - uning tepasiga yugurdim.
-Qo'rqma, hushidan ketdi, xolos. Yo oshig'ingga joning achiyaptimi? - dedi Namjoon birdan sensirab.
-Shunchaki... tirilib ketsa meni yana izlashga tushadi-da!
-Shuning uchun uning xotirasini o'chir. Bu joduni senga o'rgatgandim, yodingda bo'lsa? Seni uchratgandan to shu kungacha bo'lgan voqealarni barini unutadi.
-Lekin ruhoniylarga jodu ta'sir qilmaydiku!
-Behush holatda ular ximoyalanmaydi. Faqat uyg'oqlikda ruhoniylarning ximoya qobig'i faollashadi. Bekorga uni urushga majbur bo'lganim yo'q.
Namjoon bilan tanishgan kezlarimiz u o'rgatgan barcha duolar esimda edi. Qo'llarimni uning peshonasiga qo'yib, ikkimiz uchrashgan barcha sahnalarni birma-bir esga oldim va duo o'qib ularni o'chirdim. Allik endi mening borligimni bilmaydi ham.
-Uzr, uchrashuvga halal berish niyatim yo'q edi. Nachora, doim ortingdan yurib, xomkallanga kelgan be'mani fikrlarni to'g'irlab yurishim kerak.
-Yaxshiyam, keldingiz - dedim unga minnatdorona boqib. Hozir bahslashish niyatim yo'q edi. Tan olaman, Namjoon haq. Doim haq bo'lib kelgan.
-Bo'lmasa men qilgan xato takrorlanardi... Uning ko'zlari aldayotganini boshidanoq sezgandim.
-Uning ko'zlarini qayerdan ko'ra qoldingiz? - hayron bo'ldim.
Namjoon nigohlarini yashirdi.
-Bir baloga yo'liqmagin deb... uchrashuvlaringni doim kuzatib yurardim. Bugun ham ortingizdan qolmadim. Kutganimdek, u sendan foydalanmoqchi bo'lgan. "Senga nima degandim", deyishni yoqtirmayman. Lekin bundan keyin o'zingni va tuyg'ularingni asra, Jisoo! Muhabbat oldi-qochdi latifalaru, bir dasta guldan iborat emas. Shuni unutma!
Javob qaytara olmadim. Namjoon ortiga burulib keta boshladi. Unga unsiz ergashdim...
Shundan keyin Alikni boshqa ko'rmadim. Namjoon uni rostdan ham xotirasini o'chganini tekshirish uchun kuzatib yurdi. Aytishicha, ijara uyiga qaytib, bekorchi do'stlari bilan qartabozlik qilayotgan emish.
Men esa o'tgan voqealarni unutish uchun ishga joylashdim. O'sha eski qadrli kutubxonamga. Bu yer menga endi shirin xotiralarni eslatardi. Namjoon bilan ilk tanishuv, uning saboqlari, mazali tushliklar... Uch yildan beri bu yerni ancha sog'inib qolgan edim. Namjoon ham har kuni shu yerda. Kitobxonlar qatori mutolaa qilib o'tiradi. Unga kitob o'qish yoqadi. O'qiyverib hamma nodir asarlarni yodlab olgan. Namjoon meni bir kun ham yolg'izlatmagani o'tgan noxush xotiralarni unutishimga yordam berdi. Iloji bo'lganda Alik bilan bog'liq xotiralarimni o'chirib tashlagan bo'lar edim...
Tushlik vaqtida Namjoon ikkimiz birga tamaddi qilamiz. Ko'pincha oyim pishirib bergan shirinliklar bilan uni mehmon qilaman.
-Sen ham oyinga o'xshab pazandamisan? - kuldi u, - ishga kirganingga yarim yil bo'lyaptiyu, biror marta osh bo'lsin, deb o'zing bir nima pishirib kelmading-a?
-Sizni uchratgandan beri oshxonaga kirishga vaqtim bo'lmadi. Mendan yaxshi jodugar chiqarish o'rniga, pazandalik sirlarini o'rgatganingizda ko'proq foydangiz tekkan bo'lardi. Kun bo'yi nimalarni titib o'tiribsiz o'zi?
-Sizlarga tegishli eski kitoblarimni o'qiyapman.
-Nega yana?
Namjoon jiddiy tortdi birdan:
-Tae Young bilan gaplashishim va jodudan qutulishim kerak. Faqat ugina biladi bir zumda keksaymay, yana 27 yashar yigitdek hayot boshlash sirini.
-O'lgan odam bilan qanday gaplashasiz?
-Bu sizning qo'lingizda. Marhumlar bilan hayolan gaplasha olasiz. Buning uchun Tae Youngning mana bu uzugini ushlab, Iskaptopar duosini o'qiysiz. Shunda hayollaringiz sizni qabriston tomon eltadi. U yerda Tae Youngning arvohini topasiz
-Esimda... onamni izlayotganimda qabristondagi arvohlarga duch kelgandik.
-To'g'ri. Xuddi shunday tarzda topasiz. Tae Young sizga yordam berishiga ishonaman.
-Mayli... sizga yordam berganimdan keyin mana bu taqinchoqni uloqtiraman.
-Sizni yana jodu bilan shug'illantirmoqchi emasdim, Jisoo. Buni istamasligingizni bilaman. Ammo Tae Young mening so'ngi choram.
O'sha kuni ishdan so'ng Namjoonning uyiga yo'l oldik. Shu yer tinchroq edi.
Oyimga dugonamning uyida qolishimni aytib qo'ydim. Borgach uzukni ushlagancha duoni o'qidim.
-Men yoningizdaman, - dedi Namjoon yelkamga qoqib.
Ko'z o'ngimda tashlandiq qabrlar gavdalandi. Cho'lga o'xshaydi. Nazarimda, yo'qolib ketgan qabriston edi bu yerda. Hatto, qumdan chiqib turgan suyaklarga ko'zim tushdi. Seskansam-da, qidiruvni davom ettirdim. Bir payt men tomon yaqinlashib kelayotgan bir nechta arvohlarga ko'zim tushdi. Ular orasida bittasi boshqalarga joyida turishlarini amr qildi-da, o'zi yonimga kelib:
-Jisoomisan? - dedi...
-Ha, siz Taeyoung bo'lsangiz kerak?
-Adashmading, - jilmaydi u. Ko'z oldimdagi kampir birdan meni o'ziga tortdi. Nafasim ichimga tushib ketdi. Ko'zlarimni ochishga urundim, ammo ocholmadim. Namjoon deya baqirdim. Atrofimni arvohlar o'rab olishdi. Tae Young esa yo'q bo'lib qoldi. Men harchand o'zimga kelishga harakat qilmay, uddasidan chiqa olmasdim.
-Endi shu yerda, biz bilan qolasan, - deyishdi yonimdagi arvohlar. - Tae Yooung bu kunni ming yil kutgandi...
Keyingi qismlar:
1. VIII bo'lim, 3-qism | "Men Tae Youngman!"
2. IX bo'lim, Final qism | Yangi hayot
JODUGAR 🌀
24 fevral 2024. Muallif: Bahromiddin Botirov
VIII bo'lim | 3-qism
" MEN TAE YOUNGMAN ! "
Asta ko'zimni ochdim. Qarshimda mendan ko'zini uzmay intiqib turgan Namjoonni ko'rib yengil tin oldim. Bari o'ylaganimdek bo'ldi.
-Juda terlab ketding, Jisoo? Ahvoling tuzukmi? Tae Youngni topdingmi?
-Albatta, men Taeyoungman!
-Tushunmaidm?
-Namjoon! Yoninga qaytish uchun juda uzoq kutdim. Nihoyat, qayta dunyoga keldim. To'g'ir, o'zga tanda, lekin ruhim o'sha. Tanimadingmi meni, Namjoon?
-Jisoo, Jisoo qani? - Namjoon o'rnidan turib ketdi.
-Uni o'rnimda qoldirdim. U ikkimizning uchrashuvimiz uchun bir vosita edi. U ishini uddaladi. Ming yillik muhabbatimiz sinaldi. meni unutmaganingni bilardim. Seni ko'rish ilinjida ruhim orom topmadi.
-Taeyoung... senmisan chindan?
-Ha, men. Sening muhabbating. Endi bir umrga birga bo'lamiz. Sen jodudan qutulasan va ikkimiz ming yil oldin erishmagan baxtimizni topib birga qo'sha qariymiz.
-Qanday qutulaman undan?
-Bu joduni hech kimga oshkor qilmadim, kitoblarda yozmadim, faqat sen uchun asrab keldim. Boshqalar undan foydalanishini xohlamadim.
Shunday deya qo'llarimni uning ko'ksiga qo'yib O'limtopmas jodusiga yakun o'qidim.
-Endi ozodsan!
-Shunchalar oson va tez.... - Namjoon ko'zlarimga tikildi. - Nega ming yil yashashga majbur qilding meni, Teyong?
-Yana qayta topishish uchun. Ming yildan keyingi avlodim niqobida bu dunyoga qaytishni reja qilgandim. Buning uchun sen ham shuncha yashashing kerak edi. Biz birga bo'lishimizni istadim!
-Ha, faqat sen istading... men esa doim aytganingga bosh egdim. Sen.. sen meni chindan sevganmisan o'zi, Teyong?
-Namjoon... - ranjidim undan - sendan o'zgani demaganman.
-Unda... nega o'zga bilan oila qurding, meni izlamading, seni topganimda esa men bilan ketmading?
Javob bergim kelmadi. Namjoon qachonlardir juda sodda edi, faqat meni tinglab o'tirishni yoqtirardi. Hozir esa bunday ginali gaplari ko'nglimga o'tirmadi.
-Barini unutaylik! Azobli kunlar o'tdi, ketdi. Yorug' kunlarga qaytamiz.
-Taeyoung. Bilaman, bu gapim jahlingni chiqaradi. Lekin... Jisooni qaytar. U sening g'alati orzularing yo'lida qurbon bo'lishi kerak emas. Bugun u so'nggi jodusini amalga oshirmoqda. Shundan keyin baxtli va betashvish hayotini boshlaydi. U o'liklar ichra sarson bo'lishga munosib emas. Uning jismidan foydalanishga haqqing yo'q asli!
-Fikrimdan qaytmayman, meni bilasanu, Namjoon - dedim uning yuzlaridan silab.
-Taeyoung! Ko'zlaringni yum va ortinga qayt! Men... men seni sevmayman. Sevmagan ekanman. Ming yillik umr muhabbat aslida nimaligini bilish uchun kamlik qildi. Shunday bo'lsa-da, senga intilgan onlarim shunchaki havas bo'lganini angladim. Ayniqsa, hozir. Sen va men... biz begonalarmiz.
Qah-qah otib kuldim:
-Sen bilishimcha, o'sha voris qizni sevib qolgansan!
-Yo'q! Men ikkimiz haqimizda gapiryapman!
-Ha, ha! Xuddi shunday. Buncha uni qaytarishga urinasan? Yoningda bo'lishi uchunmi? Endi jodudan qutulding, balki u bilan kechirarsan kelgusi hayotingni?
-Tae Young...
-Bas, men ortga qaytmayman!
Shunday deganimni bilaman, Namjoon qo'llarimdan mahkam ushladi. Bo'ynimda turgan sharfni shart yechdi-da, barmoqlarim orasiga tiqishtirdi.
-Duoni o'qi va qaytar uni!
Uning vajohatli yuzini sira ko'rmagandim. Qarshimda chindan ham boshqa Namjoon turardi.
-Namjoon...
-Ha, to'g'ri. Men Jisooni sevaman. Buni sen aytmaguningcha sezmagandim ham. Bir lahza uni yo'qotib... naqadar kerak ekanini angladim. Taeyoung, shuncha yil sening yoding bilan yashadim. Ammo bari sarob ekan. Men senga emas, muhabbatimga intilgan ekanman. Haqiqiy muhabbatga! Buni esa Jisooning beg'ubor ko'zlarida topdim. Men usiz yashay olmayman. Tushun!
Ojiz jilmaydim. Namjoonning ko'zlariga tikilar ekanman, unda menga bo'lgan zarracha tuyg'uni topolmadim. To'g'ri... men o'z umrimda baxtli bo'lmadim. Namjoonni yo'qotdim. Yana topish ilinjida shuncha yil kutdim, ammo Namjoon ham muhabbatini yo'qotmasligi kerak. Kechikdim, men ancha kechikdim. Ha... kechikdim.
-Alvido, Namjoon. Bari uchun kechir meni, - shunday deb uni qattiq bag'rimga bosdim. Labidan qisqa bo'sa olib qo'ydim.
Keyin ko'zlarimni yumdim-u duoni o'qiy boshladim. Yana zulmat sari singib ketdim...
Keyingi qism: IX bo'lim, Final qism | Yangi hayot
JODUGAR 🌀
24 fevral 2024. Muallif: Bahromiddin Botirov
IX bo'lim | Final!
YANGI HAYOT
O'zimga kelganimda tong yorisha boshlagandi. Bilmadim, qancha vaqt qabristonda qolib ketdim, biroq bu lahzalar yillarga o'xshardi. Keyin bilsam, Tae Young mening vujudimga kirib, men bilan o'rin almashgan ekan. Bu haqida menga tepamda uyg'onishimni kutib, mijja qoqmay tongacha o'tirgan Namjoon aytdi.
-Kechir, Jisoo! Taeyoungni bunday istagi borligini bilganimda, aslo seni hayolot olamiga tashlamas edim. Sal qolsa... Hayriyat, bari o'tib ketdi. Rostdan ham o'zingsan-a? Tag'in Tae Young yana o'yin qilmayaptimikin?
-O'zim... - jilmaydim unga.
-Ha, tabasuming o'sha. Tanimay bo'lmaydi.
-Uni istagi nimekan o'zi? Sizni jodudan halos etish uchun o'rnimga qaytgan ekanmi?
-Ha. O'zi bog'lagan kkishanini yechgani qaytgan ekan. Bor gap shu. Keyin qaytib ketdi. Senga ziyon yetmasligi uchun juda shoshildik.
-Arvohlar bilan bir umr qolib ketamanmi, deb qo'rqib ketdim!
-Bunga yo'l qo'ymasdim...
Namjoonning mehrli ko'zlariga boqdim. Shunda Taeyoungning qaytish lahzasi birdan yodimga tushdi. U meni ortga qaytarish uchun yana bag'riga tortarkan:
-Namjoonni baxtli qi... - deganini ilg'adim.
Bu haqda Namjoondan so'ramoqchi bo'ldimu, uyaldim. Negadir o'zimni yengil his etardim.
-Taqinchoq qani? - bo'ynimga nazar soldi u.
Qo'lim bilan yon-atrofimni paypasladim.
-U narigi olamda qoldimikin?
-Balki Teyong olib ketgandir. O'ziga tegishli taqinchog'ini... Gar shunday bo'lsa, bundan faqat xursandman.
-Men ham Namjun. Borsa kelmas makonga ketgan taqinchoqsiz endi men... oddiy insonman. Jodu bilan shug'ullana olmayman. Shunga o'zimni qushdek yengil his qilayotgan ekanman-da.
-Men ham boshqachaman. Hatto uyqisizlikdan biroz boshimga og'riq kirdi. Bosh og'rig'i boshdan kechirmaganimga naq ming yil bo'lgan, axir. Ko'z tegmasin!
-E, tavba! Istasangiz, bir umr boshingizni og'ritib yashayman, - deb yubordim behosdan.
-Yonimda bo'lsang bo'ldi... - dedi qo'lini kaftimga qo'yib.
...Oradan ko'p o'tmay oyim chiroyli dasturxon tuzadi. Maqsadlari men uchrashib yurgan yigit bilan tanishish edi. Ularga Allik ismli yigitning nobakorligiyu, ayni paytda Namjoon ko'nglimni zabd etgani haqidagi uzun hikoyani aytib o'tirmadim. Ha, yillar davomida dilimda bo'lgan mahbubim u, faqat u edi. Mehmondorchilik ko'ngilli o'tdi.
-Ishlasangiz kerak, Namjoon - dedi oyim jilmaygancha tinmay uni so'roq qilardi. - Qizim siz haqingizda ko'p gapirmaydi-da, aybga buyurmang...
-Albatta. Xunarmandchilik bilan shug'ullanaman. O'z ustaxonam bor. Buni uzoq vaqt orzu qilganman, nihoyat erishdim.
-U yasagan buyumlar antikvar! - dedim gapga qo'shilib, - sayyohlar uchun maxsus yasaladi. Tadbirkorlar Namjoonga buyurtma berishadi, ishi ko'pligidan bugun ham zo'rg'a ulgurdi mehmoningiz bo'lishga.
-Hunarli kishi xor bo'lmaydi, o'g'lim. Qizim esa o'qish, ish deb biror xunarga qiziqmagan ham. Hali ham kech emas, tikuvchilik yoki pazandachilikni o'rgan, deyman.
-To'g'ri. Ertagayoq Jiwooni turli xunar kurslariga yozdirib kelaman. Undan zo'r pazanda chiqishiga ishonaman.
Biz endi rostdan ham oddiy insonlar edik. Betashvish suhbatlashar, kulishar, ovqatlanardik. Orzu qilgandim bu kunlarni. Namjoon ikkimiz kechirgan har bir kun faqat yorug' niyatlarga to'la edi.
Ishxonamdan bir necha kunga ruxsat olib Daeguga ham borib keldik. Namjoon ikkimizning munosabatimizdan xabar topgan onam avvaliga hayron bo'ldi, so'ng oq fotiha berdi. Ularga to'y taklifnomasini berib qaytdik.
Bir kuni Namjoon menga syurpriz borligini aytib, ko'zlarimga lenta boyladi. Mashinadan tushgach, biroz yurdik.
-Marhamat! - ko'zlarimni ochganimda katta uy turardi, - Qani, kirib ko'r-chi?
Seki ichkariga qadam bosdik. Ikki qavatli inshootning o'rtasida favvora suv sochib turardi.
-Orqasida chiroyli bog'iyam bor, - dedi Namjoon uyni tanishtirar ekan.
-Kimning uyi bu? - dedim hayron bo'lgancha.
-Bizniki-da! Rosa izladim, ko'nglimga o'tirgani shu bo'ldi.
-Shuncha pulni qayerdan oldiz?
-Nima, ming yil yashab, shuncha ishlab, pul to'plab qo'yishga ulgurmaymanmi? - kuldi Namjoon. - Ko'chib yurganim uchun shu paytgacha uy xarid qilmagandim. O'z uying bo'lgani baribir boshqachada!
-Ha, juda chiroyli ekan.
Men shu paytgacha oyimning uyida yashaymiz, deb o'ylab kelgandim. Chunki Namjooning uyi yo'q edi. Endi esa bor. Oyiming yolg'iz qolishini o'ylab ichimdagini aytdim:
-Oyim bizsiz zerikib qolsalar kerak...
-Nega endi? Oying mana bu yerda yashaydilar. Zerikishga xojat bo'lmaydi biz bilan. - u birinchi qavatdagi kattaroq xonaga imo qildi.
-Chindanmi? - suyunib ketdim.
-Ahir oyingni yolg'iz tashlab qo'yolmaymiz. Farzand boqib, rohatlarini ko'rishi kerak-da.
Ichimda Namjoondan juda minnatdor edim.
-Yur, xonalarimizni ko'rsatay... - u meni yuqori qavatga olib chiqdi. Zamonaviy uslubdagi jihozlar bilan bezatilgan yotoqxona, mehmonxona va bolalar xonasini ko'rib lol qoldim. Buncha ish qilishga u qachon ulgurgan ekan?
O'sha kuni uyimiz oshxonasiga kerakli ro'zg'or buyumlarini xarid qildik. To to'ygacha uyni bezatish, liboslar xarid qilish, taklifnoma tarqatish va mayda chuyda tashvishlar bilan bo'lib ikkimiz ham rosa charchagandik.
Bahor kunlarining ajoyib bir kunida to'yimiz bo'lib o'tdi. Sobiq o'limtopmas va jodugarning nikoh marosimida shukurki, hech qandan ko'ngilsizliklar sodir bo'lmadi. To'yda men tanigan va tanimagan barcha insonlar bizgaa chin dildan baxt tilashdi. Ikki onajonim esa hammadan shod edilar. Shu tariqa, Namjoon ikkimizning baxtli hayotimiz boshlandi.
...Biz mitti farzandlarimizga tanishuv tariximizni ko'p so'zlab berganmiz. U ertaklardagidek tanishuv edi. Bilamiz, katta bo'lib qolishsa, bu cho'pchakka sira ishonishmaydi:
"Yigit sehrlangan edi. Kutubxonachi qiz esa uni jodudan halos bo'lishiga yordam berdi. Ikkisi bir-biriga ko'ngil qo'yishdi. Chiroyli to'y bo'ldi. So'ng sizlar dunyoga keldingiz... Kim Yeong Ro, Kim Di Rim va Kim Seo Jun... Ular dunyodagi eng baxtiyor oila ekan!"
Asar qahramoni Namjoonning hayotida lo'li qiz paydo bo'lgach, barchasi ag'dar-to'ntar bo'ldi. Jodugarlar avlodiga mansub qiz unga abadiy muhabbat va tavqi la'nat tashlab ketdi.❤️🩹
O'limtopmas yigit va jodugar qiz hayotidan so'zlovchi fantastik fanfic sizni o'tmish asrorlari va chin muhabbat voqeasi bilan tanishtiradi. Ushbu asarni bir nafasda o'qib, fantastika olamiga sayohat qilasiz.❤️
*Nodirabegim Ibrohimova - Jodugar yoxud 1000 yillik hayot*
Fanfic shu yerda o'z nixoyasiga yetdi. Uzoq vaqt mobaynida ushbu asarni mutolaa qilganingizdan xursandman. Sog' bo'ling - salomat bo'ling!
Rollarda:
Kim Nam Joon, Kim Ji Woo, Lim Tae Young, Kim Suk Jin, Aleksandr, Lho Tae Geun.
Real-qiyosiy personajlar:
🍃 Bahromiddin - Kim Nam Joon
🕊 Madina - Kim Ji Woo
🔥 Asilzoda - Kim Yeong Ro
💧 Orzu - Kim Di Rim
🐳Bilol - Kim Seo Jun
*Bahromiddin Botirov - Jodugar 🌀*
https://t.me/kim_tae_oh kanalga obuna bo'ling!
Fanficga fikrlaringizni va reaksiyalaringizni bildirib keting.
Har taraflama mukammal boʻlishga harakat qiling. Bir berishsa oʻnni bering...🕊