July 3

THE MOON BLOOMS...πŸŒ•

8-qism | Final | To'lin Oy πŸŒ•

β€” Haein! - deb baqirdim. U meni eshitdi, ammo to'xtamadi yurishdan.
β€” Haeiiin! To'xtang, menga qarang.. gapimni eshiting! - unga deyarli yaqin keldim yugurib.
β€” Haeiiin!!! Hoy qiz, bo'ldi hammasi joyida.
U javob berdi:
β€” Keting! Meni tinch qo'ying janob Hyon Vu!
β€” Sizni bu holatda tashlab qo'yolmayman Haein. Siz aybdor emassiz. Bu tasodifan sodir bo'ldi. Oddiy vazani deb bunchalik siqilishingiz shart emas.
β€” Yumin xonim haq edi, men bu oqshomni rasvo qildim. Bu uyga kelmasligim kerak edi! Onam aytgan edilar, ular kamdan kam yig'iladi, shu uchun bu oqshom ajoyib o'tishi kerak degan edilar.πŸ₯²
β€” To'xtang Haein, gaplashib olaylik... - dedim.
β€” Ortingizga qayting, men qaytmayman uyga. O'zimizning uyimizga ketyapman. Biroz sayr qilmoqchiman toza havoda! Tinch qo'ying meni janob.
β€” Uyga qayting, kech bo'ldi. Ertaga istagan joyingizga ketishingiz mumkin!
U menga quloq solmasdi.
β€” To'xtang agar hurmatim bo'lsa!
U yig'lagancha davom etardi.
β€” Haeeeeein!!!!
U to'xtamadi...
β€” Men Sizni Sevaman!!!

Bu gapni eshitgan Hein ham, bu gapni aytgan men ham birdan to'xtab qoldik. Hein ortiga o'girildi va ko'zlarimga tik qaradi. Keyin men tomonga qadam tashlay boshladi. Men esa unga qarab turardim. Ichimda o'ylardim uni ko'rib, "nima bo'lsa bo'ldi".

Nixoyat u qarshimga kelib so'zladi:
β€” Hozir nima dedingiz?
β€” Sizni sevishimni aytdim. Ha, nima? Buni nimasi hayratga sazovor?
β€” Hayratga sazovor emas deb xisoblaysizmi meni sevishingizni?
β€” Hada, nimasi hayratlanarli buni?
β€” Yeo xudo, siz qanaqa odamsiz janob? Meni nega sevasiz? Men axir xizmatkoringizni qiziman-ku... - uning yig'isi battar kuchaydi.
β€” Bu haqida hozir gaplashishni istamayman. Bexos og'zimdan chiqib ketdi. Hozir aytmoqchi emasdim buni. Keling yaxshisi uyga qaytaylik. Oyingizni o'ylang...
β€” ....
β€” Hein, yuring men bilan.
β€” ...
β€” Hein?

U faqat yig'lardi. Men uni shunchaki kuzatib tura olmasdim, shuning uchun yelkasiga qo'limni qo'ydim. Dalda bo'lishga harakat qildim, qanchalar hayajonli ish qilayotgan bo'lsam ham... U esa buni yomon qabul qiladi deb o'ylagan edim. Ammo bunday bo'lmadi. Ichiga sig'may turganidan, meni yelkamga bosh qo'yib yig'lay boshladi.

β€” Nega? Nega bunaqa bo'lishi kerak? Hyonu ayting, meni nima aybim bor edi? Men shunchaki sirpanib ketdim o'sha xashamatli marmarlaringiz ustida.
β€” Buni bilaman va sizni tushunaman Hein.
β€” Hammani oldida meni kamsitishi va jerkib tashlashlariga hech qachon guvox bo'lmagan edim. Men bunga loyiq ish qilmadim. Qilgan ishimdan pushaymon emas bo'lsam ekan, shunaqa bexurmatlik qilsa ham mayli edi.
β€” Singlim bilan gaplashib qo'yaman o'zim. Bo'ldi siz yig'lamang. Bu oddiy buyum. Siqilishga arzimaydi.
β€” Arzidiku mana, oddiy buyumni deb menga nimalar deb tashlamadi? Onamga ham gap tekizdim.
β€” Yumin uchun bu vaza qadrli edi. Buni 2 yil avval olamdan o'tib qolgan yaqin dugonasi bergan edi unga sovg'a sifatida. U narsa juda ham qadrli edi...
β€” Ha... boya aytdi buni.
β€” Ha, ana tushundingiz-ku o'zingiz ham Haein. Endi qaytamizmi? Biroz o'zizga keldizmi?

U meni yelkamdan boshini oldi.
β€” Menimcha ha..
β€” Aha qaytamiz.
β€” Ho'p.

Biz uyga qaytib kirdik. Vaziyat ancha yumshagan ekan hayriyatki. Oyim Yuminni ham dasturxonga qaytarib olib tushibdi. Chon hola esa yugurib keldilar Hein oldiga.
β€” Qayoqqa ketib qolding qizim? Nega meni bunday havotirga qo'yaverasan?
β€” Kechiring oyi.. - ota-onamga qaradi, - Meni kechiring xonim, meni kechiring janob - dedi.
β€” Hammasi joyida...
β€” Hechqisi yo'q Haein. Xuddi shunaqasidan olib kelamiz.
β€” Istasangiz pulini to'layman - dedi Haein.
β€” To'lashingizga ishonamiz qizim, lekin buni xojati yo'q. Endi kelib dasturxonga o'tiringlar. Chon xonim siz ham - dedi otam.

Yumin esa qiyo ham boqmay o'tirardi. Uni oldiga kelib, yelkasidan quchoqladim. Uni ovutishga harakat qildim.
β€” Bo'ldi yagonam, bu tasodifan sodir bo'ldi.
β€” Ha tushundim aka. Bo'ldi o'tiring.
β€” Meni kechiring xonim - dedi Haein bosh egib.
β€” Siz ham kechiring. Qo'polligim uchun uzr...
β€” Bunga xaqli edingiz.
β€” Baribir kechiring.
β€” Siz kechirgan bo'lsangiz bo'ldi. Menga muximi shu...
β€” Kechirdim.

Hammamiz ularning bu suxbatidan quvondik va kechlikni davom ettirdik.

* * *

Oradan uch kun o'tdi. Haein bilan bafurja gaplashib oladigan vaziyat bo'lmasdi. Darslar, uning ishlari, uning darslari, mening repititorim va uning repititori: xullas bir soniya ham bo'sh vaqtimiz yo'q edi. Hayriyatki yakshanba kuni aylanishga borishga ko'ndirdim.

Uyimizdan 2 km narida soxil bor edi. Shu yerga keldik va pungopang sotib oldik. Uyoq-buyoqdan gaplashib o'tirardik dengizga termulgancha.

β€” Ho'sh janob, nega meni bu yerga olib keldingiz?
β€” Umuman tinim bilmayapmiz, miyaga ham shunday dam berib turmasak... aniq kasal-pasal bo'lamiz.
β€” Dam olish haqida ham hech unutmaysiz, qanchalik band bo'lsangiz ham.
β€” Shunaqamanda...
β€” Ajoyib odamsiz janob.
β€” Ha, haligi... Haein!
β€” ( U menga qaradi )
β€” Yumin bilan urushib qolgan kuniz sizga bir narsa degan edim.
β€” Nima degansiz? Esimda yo'q.
β€” Anavu borku, haligi... - hayajon boshlandi.
β€” Qaysi?
β€” Nima desam ekan...
β€” Bir nima dengchi janob.
β€” Gapni qayerdan boshlasam ekan...
β€” Qarang, mana shunday savol kelib qoldimi... bir boshidan boshlayvering. Meni vaqtimni band qildingiz, demak bemalol sizni eshitishim mumkun.
β€” Ho'p. Ayni muddao.
β€” Aha...
β€” ( Gapirgim kelardi, lekin uning ko'zlari mendagi jasoratni sindirardi... )
β€” Aytmasangiz o'zim aytaman. Ha... men ham sizni sevaman.

Bu gapni eshitganimdan so'ng, yeb turgan pungopangim tomog'imga tiqildi. Qattiq yo'talib yubordim. U esa ustimdan kulish bilan ovora edi. Yelkamga bir-ikki qoqib qo'ydi. O'zimga kelganimdan so'ng unga qaradim.
β€” Nima dedingiz?
β€” Men sizni sevaman janob...
β€” Men ham sizni sevaman Haein.
β€” Lekin, bizda juda ko'p "lekin"lar borda. Menimcha siz o'sha lekinlarni xal qila olsangiz kerak. Aks holda sevgingizni tan olmasdingiz, meni bu yerga yetaklab kelmagan bo'lardingiz Hyonu.
β€” Ha, aynan shunday... Ota-onam meni doim tushunishgan, bundan keyin ham tushunishadi. Ha, bilaman ancha ranjitaman ularni. Bittada ho'p deb Chon xolamning qizini olib berishmaydi. Buni yaxshi bilaman. Lekin men sevgim uchun kurashmoqchiman.
β€” Sizga ishonaman...
β€” Siz meni chin muxabbatimsiz Haein. Siz meni 180 gradusga o'zgartirgan, eski o'zligimga... yo'q aniqrog'i eskisidan ham yaxshiroq bo'lgan yangi o'zligimga qaytardingiz.
β€” ......
β€” Sizni yo'qotishni istamayman. Sizdan boshqani demayman.
β€” Uyaltirmang...
β€” Rost so'zlayapman...
β€” Sizga ishonaman Hyonu. Siz boy oilani farzandi bo'lishingizga qaramay, umuman boshqacha insonsiz. Juda ham samimiysiz... hech qachon og'zingizdan yomon so'z chiqqanini, yomon odamlarga qo'shilganingizni, kechasi ko'chaga chiqqaningizni va kimnidir sen deb murojat qilganingizni ko'rmadim.
β€” ( Hamma aytadigan gaplarni undan eshitarkanman, ko'zlari va lablaridan ko'zimni uzmasdim )
β€” Buni ilk to'qnashgan kunimizdayoq sezganman. Sizni senlab, sizga qattiq jaxl qilgandim eshikni menga ochib yuborganiz uchun. Lekin o'shanda kechirim so'rashingiz... xattoki yordam berishga harakat qilganingiz meni lol qoldirgan.
β€” Demak ikkimiz ham bir ko'rishda sevib qolgan ekanmiz bir-birimizni - dedim.
β€” Menimcha ham shunday Hyonu...
β€” Endi birga bo'lishimiz kerak.
β€” Bu sizga bog'liq janob.
β€” Voy endi janob demasangiz ham bo'ladi, Hyonu deyishingiz yoqimli ekan.
β€” Ho'p bo'ladi janob Hyonu.😌
β€” Janobni o'chirib tashlang.
β€” Ho'p.

Juda oson bo'ldi shundaymi?
Lekin baribir noodatiy narsalar o'zgacha bo'ladi.
Biz juda tez fursatda juftlikka aylandik.
Ammo qarshimizda turli sinovlar kutib turgandi.

* * *

Birinchi bo'lib Chon holamga aytishga qaror qildim. Reaksiyalarini bilish bilan birga, qizni unub o'stirgan insondan so'rashim eng ma'qul yo'l deb bildim. Ular mening ikkinchi onamdek edi. Men esa ularga o'g'lidek bo'lib qolgandim. Meni ranjitishni istamadilar. Chiroyli rad javobini berdi. "O'qishingizni va koryerangizni o'ylang o'g'lim, qizim sizning tengingiz emas" dedilar. Lekin men "niyatim jiddiy" deb aytdim holamga. Holam ham bilardi bir so'zli insonligimni va nimani xohlasam o'shanga erishishimni.
β€” Demak qaroringiz qat'iy?
β€” Albatta oyijon..

Bu gapimdan so'ng yuzlariga tabassum yugurdi. Lekin yelkamga bir urib qo'ydilar.
β€” Oyijooon... - ataylab yana aytdim.
β€” Unda otangiz va onangiz nima desa shu bo'ladi. Bir narsni unutmang ammo.
β€” Nimani oyi?
β€” Bizni kamsitilishimizni xohlamayman mansabim sababli...
β€” Albatta, buni o'zim ta'minlayman oyi.
β€” Agar rozi bo'lishsa, undan keyin hammi? Matbuot buni tagiga yetsachi? Yoki istalgan qarindoshingiz buni eshitsachi?
β€” O'zim xal qilaman, havotirga o'rin yo'q.
β€” Ho'p.
β€” Aha...

* * *

Otam bilan offislarida gaplashdim. Juda ham qiyin suxbat bo'ldi. Bir nechta qattiq gaplar eshitdim. Lekin gapim ustida qat'iy turib oldim. Omadim kelib o'sha payt onam ham offisga kelgan ekan. Kotiba kelib, "ayolingiz keldi janob" deganida, ichimda "bir o'q bilan ikki quyon" dedim.
β€” Bu yerda nima qilyapsiz o'g'lim, - dedilar meni ko'rib.
β€” Oyi, juda ham muxum masala bor. Sizni ham asabingizni yaxshigina charxlab qo'yaman.
β€” Shunchalik jiddiy nima ekan? Dadangni avzoyi ham aytib turibdi mudxish ishga qo'l urganing uchun.
β€” Yo'q, oyi hali bunday ish qilmadim.

β€” Endi qilmoqchi - dedi dadam.

Men esa jilmayib qo'ydim.

Xullas bundan keyin nima bo'lganini tushundingiz. Ikkisining ham gaplari bir joydan chiqishi aniq edi. Meni qatiy rad etishdi. Chon xolamga bergan o'sha va'damni buzishimga ham majbur qilishdi. Ya'ni ularning xizmatkorligi ko'p tilga olindi. Men bir nima deya olmadim.

Bu safar omadim kelmadi. Boshqa kuni yana mavridi bo'lsa buni so'rab ko'raman deb offisni tark etdim.

* * *

Imtixonlar boshlandi. Ikkimiz ham bir yo'nalishga o'qishga topshirdik. Planimiz bo'yicha bir kursda o'qish va birgalikda o'qishni tamomlashimiz kerak edi.

Imtixonda kuchli hayajon bo'ldi. Savollar men uchun qiyinchilik tug'dirmadi. Topshirish uchun vaqt ham ayni menga yetarli qilib berildi. Imtixonni bir amallab, qo'ldan kelgan harakatimni qilgancha topshirib chiqdim.

Kunlar o'tmoqda edi.
Ota-onam bilan bir necha marta gaplashib ko'rdim.
Natija bir xil bo'lardi.
Oxirgi safargisi esa juda kuchli janjal bilan tugadi.
Borgan sari Haeindan uzoqlashib borayotgandek his qilardim o'zimni.
Nahotki unga erisha olmasam?
Nega?
Mansab tafovuti shunchalik og'ir bo'ladimi?
Narigi dunyoga mansabimizni ko'tarib ket olmaymiz-ku!

* * *

Mandat chiqdi. Butun mamlakat bo'ylab imtixon natijalari e'lon qilindi. Bunga ko'ra biz o'qishga kiribmiz. Haein kontraktga men esa budjetga. Harqalay kira oldi-ku deb uni chin dildan qutladim. Baribir bu kontraktlar meni zimmamda bo'ladi deb hazillashdim sevgilim bilan. U buni orzu qilardi, juda qattiq tayyorlanardi jonini berib. Men ham u kabi bilimga mehr bermagan edim ochig'i... Mana harakatlarimiz o'z natijasini berdi.

Ota-onam esa meni tabriklashdi. Kechlik uyushtirdik. Unda yana Haeinni tilga oldim. Chon hola bilan Haein oshxonada o'tirishgan edi. O'ylayman-ki bizni eshitishmasdi. Ota-onam ham ularning shu yerda ekanini inobatga olib yaxshi so'zlar ishlatardilar. Yumin esa shu yerda bu yangilikni eshitishi bilan biroz norozilik bildirdi.

β€” Ota-ona, yoki Haein yoki o'g'lingiz bu yerdan ketadi!
β€” Nimaa?
β€” Ha oyi, to'g'ri eshitdingiz. Mendan voz keching yoki Haein bilan baxtli bo'lishimga qo'yib bering.
β€” O'g'lim, necha marta aytaylik sizga? Sizni ne orzu havaslarda katta qilganmiz, nimalarni istashimizni bilasiz juda yaxshi. Nega bizni orzularimizga qarshi chiqyapsiz? - dedi otam.
β€” Meni bu qilayotgan ishim hecham sizni orzularingizga bolta urmaydi dadajon. Matbuotni, ommani va qarindoshlarni tilini bilaman. Nimalar o'ylashi va nima deyishini ham juda yaxshi bilaman. Ularni ham o'ylab qo'yganman.
β€” Ho'sh ularni chakagini qanday yopmoqchisiz akajon? - dedi Yumin ham ilk bor aralashib.
β€” Haein va Chon xolam haqida yolg'on ma'lumot beramiz. Ularni boy oiladan ekaniga qarindoshlarni ishontira olmasmiz, ammo ommani bemalol ishontirish mumkun!
β€” Jin ursin, siz ko'p film tomosha qilib yuboribsiz o'g'lim.
β€” Oyijon, iltimos... yana bir bor meni xohishimni qo'llab quvvatlanglar. Jon dadajon!

Bu safar ham rad javobini oldim. Lekin ularga qat'iy maqsadimni yana bir bor isbotlab berdim. Shuningdek ketib qolaman deb taxdid ham qildim. Juda ko'p kurashishlarimdan so'ng nixoyat onamni ko'ndira oldim.

Yumin o'sha bilgan kunidan so'ng Haeinni tez qabul qildi. Multi olamda Yumin ham bor edi. Shundan ham u allaqachon bilib bo'lgan ekan so'rasam. U ham, onam ham otamni ko'ndirishga kirishdilar.

Natijamiz, xudoga shukurki ijobiy bo'ldi...πŸ“

* * *

Oradan 2 yil o'tdi.

Kunni qaysi qismida yoki tunning qaysi qismida o'qiyotgan bo'lsangiz, o'sha qismi hayrli bo'lsin. Hikoyamni birdaniga bugunga ko'chirib yubordim timeskip orqali.

2023-yil
13-noyabr
2024-yil
13-avgust

Bu ikki kun men va ayolim Haein uchun juda qadrli... Ayolim deganimdan keyin tushungan bo'lsangiz kerak u bilan turmush qurganimizni. Endi 13-noyabr va 13-avgust haqida tushuntiraman. Birida bizning to'yimiz bo'ldi, ikkisida esa hayotimizning mitti mazmuni dunyoga keldi β€” bizning jajji qizalog'imiz Mi In....πŸŒ™

To'ydan so'ng otam bizga yangi uy sovg'a qilgan edi. Shu yerning fayzini to'ldirib turgan inson bu mening qizalog'im ayni damda. Biz juda ham baxtlimiz. Shuningdek singlim ham ikki yilcha avval topib olgan yigiti bilan sevgi munosabatlarini qurib, o'zicha baxtli yurishibdi. Yigitining ismi Ji Su Hon...πŸŒ—πŸŒ“

Haein esa grand asosida o'tgan yili Amerikaga o'qishini ko'chirib o'tkazdi. Yilning 8 oyi Amerikada bo'ldi. To'rt oy bitta semestr o'qib qaytdi. Uni va qizalog'imni telbalarcha sog'indim. Qishda bir oy 2024-yilni kutib olib vaqt o'tkazdik. Ular yana ketib qolishdi. Yana navbatdagi to'rt oyni ularni intizorlik bilan kutgancha o'tkazdim. Yaxshiyam ularning o'qishi uch oylik ta'til berar ekan yozda. Hozir Haein ham, Mi In ham yonimda. Sentabr iloji boricha sekin kelishini istab, vaqtimni oila davrasida unumli o'tkzishga harakat qilyapman.πŸŒ˜πŸŒ™πŸŒ’

Otam-onam va Yuminni har oyda 2 yoki 3 marotaba bo'ladigan kechgi ziyofatda, yangi yil oqshomida va Koreya milliy xosil bayramida ko'ryapmiz. Chon holam esa aksincha bizni uyga deyarli har kuni tashrif buyurardi Mi Inga g'amxo'rlik qilmoq uchun. Shuning bilan mendagi qora kunlar ortda qolgandi. Osmonimdagi oy go'yoki endi hech qachon qora dog'larini ko'rsatmaydigandek edi...πŸŒ•

Baxtli yakun ila hayotiy hikoyamni yakunlayman va sizning mutolangizga kattakon rahmat aytaman. Fanfic tugadi, ammo fanfic qaxramonlariga baxt hali ko'p kulib boqadi...🌚

AFTOR: 8 qismli bo'lsa ham, juda uzun fanfic bo'lib ketdi. Menimcha 16 qismga ham bu baxtli juftlik haqida yetarlicha ma'lumot sig'dira olmagan bo'lardim deb o'ylayman. Chunki Burxoniddin akam va do'stim Kamola ochilmagan bir kitob... Burxon akamning singlisi Sabrina ham o'zgacha bir olam. Sabrina va Sarvar aka haqida ham boshqa bir fanficda albatta tanishasiz. Bu ikki juftlik, Komilov Timurga bag'ishlangan fanficda ikkinchi darajali obraz sifatida ishtrok etadilar. Shunda ularning sevgi tarixini ham bilib olasizlar.😍
Endi sizlardan reaksiyalar va commentlar yomg'irini kutib qolaman. Final haqida ham, bu qism haqida ham, umumiy barcha qismlar haqida ham...πŸ™‚β€β†”οΈ
#Bahromiddin πŸƒ