W I C K E D G A M E π«
7-qism πΈ | #BAHROMIDDIN π
Bu qism #Sena πΈ tomonidan to'liq yozildi. Thank you Sena...π―
Oradan bir hafta o'tdi.
Jungkook va Senaning munosabatlari biroz iziga tushgandek edi. Biroq shahar tashqarisidagi yashirin xonada o'tirgan Min Yoongi uchun bu kichik sulh hech narsani anglatmasdi. π»
U o'zining Β«PROJECT: COLLAPSEΒ» rejasi bo'yicha asta-sekin harakat qila boshlagandi. Yoongi kompaniyalar orasidagi yangi tizimga o'zining zararli dasturini kiritib, barcha maxfiy ma'lumotlar va ichki hujjatlarning ogirlab chiqishini uyushtirgandi.π²
Kutilmaganda kompaniyada favqulodda holat yuzaga keldi. Hamkorlik shartnomasi va yirik moliyaviy hisobotlar internetga sizib chiqib, kompaniya aksiyalari keskin tushib ketdi. Barcha shubhalar esa tabiiyki, ichki tizimga kirish huquqiga ega bo'lgan rahbarlarga β Jungkook va Senaga qaratildi.πΈ
Jeonlar xonadoni. Kechki soat o'n bir. Uyning eshigi qarsillab yopildi. Jungkook jaxl bilan uyga kirdi, uning ortidan esa Sena kirib keldi. Ularning yuzidagi charchoq va g'azab sezilib turgandi.π
β Qanday qilib bunga yo'l qo'yding, Sena?! β deb baqirdi Jungkook, qo'lidagi papkani stolga otib. β Tizimdagi parol faqat menda va sanda bor edi! Axborot qayerdan sizib chiqdi?!βΉοΈπ
β Sen nima demoqchisan? O'zingning xavfsizlik xodimlaring tekshiruvdan o'tkazmagan bo'lsa, bunga men aybdormanmi?! Menga ishonmayapsanmi yana?!π
β Gap ishonchda emas! Hujjatlar faqat bizning tarmoqdan ko'chirilgan! Kimdir shaxsiy parolingdan foydalangan!ππ
β Demak, men sotqinman demoqchimisan?! β Sena ko'zlariga yosh olib, Jungkookning yuziga tik bordi. β Shuncha vaqt birga kurashib, endi o'z oilangni shubha ostiga qo'yapsanmi? O'sha eski kunlarga qaytdingmi yana?! Hammasini o'zing boshqarmoqchisan-a?!βΉοΈ
Jungkookning jahli chiqdi, lekin singlisining ko'z yoshlarini ko'rib, ich-ichidan o'zini to'xtatmoqchi bo'ldi. Lekin asablar taranglashgandi.π
β Sena, yetarli! Hozir emotsiyalarga beriladigan vaqt emas! Kompaniya qulab tushyapti!π
β Agar menga shunchalik ishonmasang, bu uyda qolishimdan ma'no yo'q! β Sena o'zini tuta olmay qichqirdi. β Bas, yetdi! Seni ham, bu yolg'on ishonchingni ham ko'rgim kelmayapti!π
Sena o'zini tashqariga o'tish uchun eshikka yurdi. Jungkook uning ortidan baqirdiπ£
β Sena, to'xta! Hozir hech qayerga bormaysan! β deya baqirib qo'lini ushlamoqchi bo'ldi, lekin Sena uning qo'lini siltab tashladi-da, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi.π«
Tashqarida qalin tuman tushgan, ko'chalar esa bo'sh edi. Sena mashinasiga o'tirib, rulga musht tushurdi. Ko'z yoshlari yuzini yuvib ketgandi. U nafas olishga qiynalib, mashinani o't oldirdi va tezlik bilan uydan uzoqlashdi.π
Shahar chetidagi qorong'u ko'cha. Sena asabiylashib ketayotgani uchun mashinani to'xtatishga majbur bo'ldi. U rulga boshini qo'yib yig'layotgan bir paytda, to'satdan uning mashinasi ortidan qora rangli yirik mashina kelib to'xtadi.π€
Sena boshini ko'tarib orqa oynaga qaradi. U yerdan ikki nafar qora kiyimdagi niqobli shaxs tushib, uning eshigiga yaqinlashdi. Sena eshiklarni qulflashga ulgurmadi β haydovchi eshigi kuch bilan ochilib, uni tashqariga tortib olishdi.ππ»
β Kim sizlar?! Qo'yib yuboringlar meni! β Sena qarshilik ko'rsatib baqirdi, lekin og'iziga qora mato bosildi.π£
Xloroform hididan uning boshi aylana boshladi. Ko'z oldi qorayib, qarshilik ko'rsatishga kuchi qolmadi. Uni ko'tarib o'sha qora mashinaga solishdi va mashina qorong'ulik singari tezlikda izsiz g'oyib bo'ldi.π€·π»ββ
Yarim soat o'tgach.
Jungkookning telefoni jiringladi. U asabiy holda javob berdi
Telefon narigi tarafida tanish, sovuq va sokin ovoz eshitildi
β Salom, Jeon Jungkook. Singiljoningni qidiryapsanmi?π₯±
Jungkookning yuragi to'xtagandek bo'ldi.
β Kimsan?! Sena qayerda?!π
β U xavfsiz joyda. Hozircha... Lekin bitta narsani unutma, Jungkook. Sen o'zingdan uzoqlashtirgan, ishonmagan va yo'qotmoqchi bo'lgan hamma narsang endi mening qo'limda. O'yin endi boshlandi.π
Aloqa uzildi. Jungkook telefonini qattiq siqib, qotib qoldi. Uning ko'zlarida g'azab va qo'rquv aralashib yorqin porladi.π₯Ά
β Min Yoongi... β deb pichirladi u tishlari orasidan.π»
U darhol mashinasiga yugurdi. Jungkook endi bilardi bu shunchaki ma'lumotlar sizib chiqishi emas edi. Bu o'tmishdagi tugallanmagan qasosning eng og'riqli zarbasi edi.π
Shahar chetidagi tashlandiq omborxona. Sovuq va nam havo hukmron bo'lgan bu qorong'u xonada Sena asta-sekin ko'zlarini ochdi. Boshi g'ujillab og'riyotgandi. U qo'llari stulga mahkam bog'langanini, o'zi esa xonaning qoq markazida o'tirganini payqadi.β€οΈβπ©Ή
Xonaning burchagidan qadam tovushlari eshitildi. Qorong'ulikdan Min Yoongi chiqib keldi. Uning yuzida har doimgidek sovuq va kinoyali tabassum bor ediπ€
β Nihoyat uyg'ondingmi, Sena? β dedi Yoongi sekin ohangda.π
β Min Yoongi... β Sena unga nafrat bilan tikildi. β Bu nima qilganing?! Aqlingni yo'qotdingmi?! Menga qanday qilib bunday razillik qilishing mumkin Yoongiiiiπ‘
Yoongi uning oldiga kelib, egildi.
β Aqlimni o'tmishda, sen mendan yuz o'girgan kuning yo'qotgandim. Jungkook seni o'z qafasiga qamab qo'yganini ko'ra-ko'ra, baribir uning yonida qolding. Endi esa... uning ojiz nuqtasi kimligini o'zi ko'rib qo'yadi.π
Shu payt omborxonaning katta temir eshigi momaqaldiroqdek ovoz chiqarib, gumburlab ochildiπͺ
β Qayerdasan haromi Yoongi! β deb baqirdi kuchli va g'azabga to'la ovoz.π€¬
Eshik oldida Jeon Jungkook nafasini rostlay olmay turardi. Uning ko'zlari qonga to'lgan, yuzida esa qo'rquv va g'azab aralashib yotgandi. U hamma joyni qidirib, nihoyat bu yerni topgandi.π₯Ά
Yoongi istehzo bilan kulib yubordi
β Voy, qaranglar, qahramonimiz yetib kelibdi-ya! Yolg'iz o'zingmisan, Jungkook? Jasoratingga qoyil qolish kerak.π€¨
β Uni qo'yib yubor, Yoongi! β Jungkook tishlari orasidan gapirdi va unga tomon bir qadam tashladi. β Bizning o'rtamizdagi muammo shu yerda tugaydi. Senaga tegma!π¬
β Kech qolding, Jungkook, β Yoongi yonidan pichoq chiqarib, Senaning yelkasiga yaqinlashtirdi. β Sen unga hech qachon ishonmading. Uni faqat himoya qilish kerak bo'lgan buyum deb bilding. Endi esa kech...πͺ
Lekin Jungkook bir soniya ham kutmadi. U kutilmaganda Yoongiga tashlandi. Pichoq esa biroz Senani yuzini tilib qoΚ»ydi...π©Έ
Ikki erkak yerga qulab, mushtlashib ketishdi. Yoongi qasos o'tida yonayotgan bo'lsa, Jungkookning ko'z oldida esa faqat birgina narsa β singlisining xavfsizligi turgandi. Bor kuchini ishga solgan Jungkook Yoongini qattiq zarba bilan hushidan ketkazdi.ππ»
Jungkook og'ir nafas olib, darhol Senaning yoniga yugurdi. U arqonlarni shoshilib yechishga tushdi.ππ»
β Sena! Sena, yaxshisanmi? Seni qo'rqitib yuborishdimi? β uning qo'llari titrardi.π§
Arqonlar yechilgach, Sena o'zini tuta olmay yig'lab yubordi va bor kuchi bilan Jungkookning ko'ksiga o'zini urdi. Jungkook uni qattiq quchoqlab oldi, uning sochlaridan o'pib, tinchlantirishga urindi.π«
β Bo'ldi, hammasi ortda qoldi. Endi hech kim senga zarar yetkaza olmaydi. Va'da beraman...β€οΈβπ©Ή
Sena uning ko'ksidan boshini ko'tarib, ko'z yoshla to'la ko'zlari bilan akasiga tikildi.
β Men qo'rqdim... Senga biror nima bo'lishidan qorqdimπ
Jungkook uning yuzidagi yoshlarni sekin barmoqlari bilan artib qo'ydi. Uning o'zi ham hamon titrab turgandi. Yo'qotish qo'rquvi uning yuragini parchalab yuborgandi.β€οΈ
β Sena... β Jungkookning ovozi qaltirab chiqdi. U shu paytgacha ichida yig'ib kelgan, o'ziga ham tan olishdan qo'rqqan barcha hissiyotlarini endi yashira olmasdi. β Men seni yo'qotishdan o'lib qolayozdim. Faqatgina aka sifatida emas...π«₯
Sena hayratlanib unga qaradi.
β Jungkook... Nima demoqchisan?ππ₯Ή
Jungkook chuqur nafas oldi va uning ko'zlariga tikilib, rostgo'y, hech qanday qalin parda bilan yashirilmagan sirini ochdiβ€οΈ
β Men seni shunchaki singlim deb bilishdan to'xtaganimga ko'p bo'lgan, Sena. Sening har bir kulging, har bir g'azabing, yonimda borliging - mening yagona yashash sababimga aylangandi. Men buni o'zimdan ham, sendan ham yashirib keldim. Chunki o'zimizdan qo'rqdim. Lekin seni bugun yo'qotishga sal qolganimda tushundim...π
U qo'lini Senaning yuziga qo'ydi.
β Men seni shunchaki yaxshi ko'rmayman, Sena. Men seni sevaman. Seni yo'qotishgacha bo'lgan hamma narsadan voz kechishga tayyorman.β€οΈβπ©Ή
Sena bu so'zlarni eshitib, qotib qoldi. Uning yuragi gupillab urardi. Miyasida minglab o'ylar charx urdi, lekin bu e'tirof uning ham yuragidagi uzoq yillik yashirin tuyg'ulariga javob edi...β€οΈ
Ular bir oila edilar, lekin qon-qardoshlik rishtalari emas, balki bu taqiqlangan, chuqur va yonib turgan muhabbat ularni boshqacha bog'lab turgandi.β€οΈβπ₯
Sena ko'zlarida yosh bilan jilmaydi va akasining yuziga qo'llarini qo'ydiππ»
β Men ham seni sevaman, Jungkook... Juda uzoq vaqtdan beri. Shunchaki bir oila bo'lganimiz sababli buni senga oshkor qilishga menda jur'at yetmadi...π
Jungkook boshqa chiday olmadi. U egilib, Senaning lablariga o'z lablarini bosdi. Bu o'pichda o'tmishdagi barcha og'riqlar, qo'rquvlar va yashirin azoblar yuvilib ketdi. Ular endi butunlay yolg'iz edilar β butun dunyoga qarshi chiqishga tayyor bo'lgan ikki oshiq sifatida.π«¦