COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
🔸 3-qism: “Yangi bosqich...” 🔸
Universitet hovlisi odamlarga to‘la edi. Bir-birini bilmagan yuzlab yoshlar, chalkash qadamlar, qo‘llarda fayllar va telefonlar. Hamma bir yoqadan bos chiqarib, yangi hayot sari qadam tashlardi.☄️
Hwang In Ho esa bu shovqinni ichkaridan eshitmayotgandek edi. U odatdagidek yolg‘iz yurar, atrofga qaramasdi. Odamlar uni ko‘rardi, lekin gapirmasdi. U ham shunday edi.❄️
Sinfga kirganida allaqachon deyarli hamma joy egallangan edi. Faqat orqa burchakdagi joy bo‘sh edi. In Ho o‘sha joyga o‘tirdi. Hech kimga qarab o‘tirmadi. Dars boshlanishiga biroz vaqt bor edi.
— Salom! Men Su Hon, — dedi yonidan o‘tayotgan baland bo‘yli yigit.🌗
In Ho qaradi, ammo javob bermadi. Yigit kulib qo‘ydi.
— Qiziq yigit ekansan. Men oldinga o‘tiraman.😏😄
U ketdi. Uning orqasidan kulimsiragan boshqa bir yigit keldi. U ham Su Hon bilan birga edi.
— Unga gapirdingmi? — dedi u Su Honga qarab.👀
— Ha, indamadi. Juda jiddiy odam ekan...
— Qiziq. Yaxshi bolaga o‘xshaydi, — dedi u yigit. U yigitning ismi Seok Jin edi.🕸
Dars boshlandi. Professor kursni tanishtirdi. Ularning yo‘nalishi — Ingliz tili filologiyasi edi. Birinchi topshiriq:
“3 kishilik guruhlarda kichik taqdimot tayyorlash.”❕
Zalda shovqin boshlandi. Hamma kim bilan ishlashni bilardi. In Ho esa bunday holatlarga tayyor edi. U doim yolg‘iz ishlashni xohlardi. Ammo bu safar bu imkonsiz edi...❌
— Hwang In Ho! — deb chaqirdi professor. — Siz hali guruh topmadingizmi?🙁
In Ho boshini chayqadi.
— Su Hon, Seok Jin — sizlar uni guruhingizga olinglar. Bu topshiriqda birga ishlaysizlar.😌
In Ho bir zum tikilib qoldi. Yana odamlar. Yana birga ishlash. Yana gaplar. U sevmaydigan holat.
— Xo‘p, — dedi Su Hon va In Honing yoniga bordi.
— Endi biz bir jamoamiz, bilib qo‘y.🙂
In Ho indamadi. Faqat bosh irg‘adi.
— Xo‘sh, qayerda uchrashamiz? Kutubxonada bo‘ladimi? — so‘radi Seok Jin.😁
— Menga farqi yo‘q, — dedi In Ho qisqa.🙁
Shu bilan uchovlon kutubxonada to‘planishdi. Su Hon matn tuzdi, Seok Jin esa dizayn va prezentatsiya bilan shug‘ullandi. In Ho esa tarjimaga kirishdi.📝
Hech kim uni gapga tutmadi. Hech kim unga nima qilishni buyurmadi. Ular faqat yonida bor edi. Shunchaki birga ishlashdi.🔗
Taqdimot kuni keldi. Guruh ishi yaxshi chiqqan edi. Professor maqtadi. Su Hon va Seok Jin tabassum bilan minnatdorchilik bildirishdi. In Ho esa faqat yelkasini qisdi.👤
Keyingi kun. In Ho kutubxonada eski kitoblarni varaqlayotgandi. Bir sahifa kerak edi. Ammo u sahifani topolmay qiynaldi. Ko‘zlari charchadi, kayfiyati ham.🫤
Ertasi kuni u sinfga kirganda, stoli ustida kitob bor edi. Toza, ochilgan holda, kerakli sahifasi belgilangan. Hech qanday izoh yo‘q. Faqat kichkina stikerda bitta so‘z:
“Topildi.”✌🏻
U kim ekanini darrov bildi. Faqat nigohi bilan Su Hon tomonga qaradi. Su Hon unga qaramayotgandek ko‘rinsa-da, bir zum jilmayib qo‘ydi.😄
Oradan vaqt o‘tdi. Darslar, jamoaviy ishlar davom etdi. Su Hon — tinchlikda yetakchi bo‘la oldi. Seok Jin esa kulgusi bilan og‘ir havoni yengil qilar, In Ho esa ular bilan o‘tirganida, o‘zini... g‘alati his qilardi.❄️🌗🕸
Va bir kuni, derazadan tashqariga qarab o‘tirgan In Ho, ichidan pichirladi:
— “Balki har doim yolg‘iz bo‘lish shart emasdir. Mana shu tentaklarga imkon bersammikin? Aftidan yomon odamga o'xshashmaydi...”🧠
U ilk marotaba — sukut ichra yonida turganlar borligini his qildi. ❄️