July 1

TILL THE MOON BLOOMS...πŸŒ’

7-qism

Endi oldimda 2 oylik vaqtim bor edi xolos. Yozning uchunchi oyi avgust esa imtixon topshirish va mandat natijasini kutish bilan o'tishi kutilayotgandi.
Xullas endi bir yo'nalishni tanlashim va o'qishga kirishim kerak edi. Axir ota-onam, qarindoshlarim va otamni kompaniyasidagilar menga intiqlik bilan qarab turishgandi.
Men yagona o'g'ilman, ular chizgan chiziqdan chiqishga haqqim yo'qdek edi go'yo. Ammo men shunday qiyin vaziyatda ham shaxsiy qarorimga ega bo'ldim.
Biz kabi oilalar koreyada sanoqli. Ular katta ehtimol bilan farzandlariga kuchli bosim o'tkazishadi. Kuchli bosim ostida o'zlariga yoqmaydigan soxani o'rganishadi. Keyin esa o'zi yoqtirmagan ishda, o'ziga yoqmas insonlarni taxqirlab boshliq bo'lib yurishadi.
Shaxsan menga bu narsa kerak emasdi. Otam ham meni yaxshi bilardi va biznes soxasida ketmasligimni bilardilar. Shu sababli bir kuni oilaviy majlisda shunday dedilar.

β€” O'g'lim, meni eshiting. Bir necha oydan so'ng imtixon topshirishingiz kerak. Natija esa meni va oyingizni hafa qilmasligi kerak. Bilasizmi?
β€” Albatta dadajon.
β€” Shuning uchun o'zingizga biror soxani tanlashingiz kerak o'g'lim - dedi onam.
β€” Oyi, dada... bilaman ko'proq kompaniya vorisi bo'lishimni istaysiz. Ammo men hech qachon bu narsaga qiziqmaganman. Bizness men uchun emas. Kompaniya vorisi esa singlim bo'lishini xohlayman. Yumin bunga juda mos nomzod bo'la oladi, o'zingiz ham bilasiz. Menga kompaniyani kichik aksiyasini ajratib bersangiz ham kifoya.
β€” Demak istagingiz shu?
β€” Albatta dada.
β€” Siz nima deysiz qizalog'im?
β€” Hali yoshmanku dadajon, qanday sizni o'rningizni egallay olaman?
β€” Hozir egallaysiz demayaptilar singlim - dedim Yuminga.
β€” Qizalog'im, sizni maxsus shunga tayyorlaymiz. Sizdan ajoyib raxbar chiqadi. - dedi otam.
β€” Zo'r bizness lady bo'lasiz - deya onam qo'shimcha qildi.

Xullas shundan so'ng ingliz tili soxasini tanladim. Oldinda ikki oy shiddatli o'tardi. Har kuni qattiq tayyorlanardim. Dam olish kunlari esa faqat dam olardim. Shunday kunlarimning birida uyimizda bir yosh xizmatkorni uchratib qoldim...

Ko'rnishi aqlni ozdiradigan darajada chiroyli edi. Shuningdek maktab o'quvchisiga o'xshardi. "Bu qiz farishtaning o'zi-ku.. ammo kambag'al bo'lsa kerak. Maktabda o'qishiga qaramay, ishlash bilan ovora bo'lsa kerak" deb unga yuqoridan qara-a-ab turdim.
Nozik qo'llari bilan changlarni artishi biroz dilimni xira qilardi. Uni joyi bu yerda emasligi aniq edi. Bunday go'zalligi bilan YG yoki BIGHIT interteymentlarga ajoyib idol nomzodi bo'lardi u.

Shundan so'ng o'z xonamga kirib ketdim va 4 soatlik kunduzgi uyquni uxladim. Uyg'ongach zalga chiqmoqchi bo'ldim. Eshikni ochishim bilan "dub" etgan ovoz va eshikning qarshi kuchi menga yaqqol sezildi. Shuningdek yosh qizning "Aaa!" degan yoqimli ovozini ham eshitdim.
Darxol eshikni yopdim va unga qaradim. Bu o'sha qiz edi.
β€” Kechirasiz, men sizni bu yerdan o'tib ketayotganingizni bilmasdim. - dedim.
β€” Shunaqayam qattiq ochadimi eshikni! - deb baqirdi.
β€” Kechiring. Lat yemadingizmi?
β€” Ko'rmayapsanmi peshonamni ushlab o'tirganimni... - dedi...

Tushunyapsizmi? U hozir menga baqirdi va senlab gapirdi.

β€” O'zingizni bosing, meni uyimda xizmat qila turib menga bunday baland ovozda gapira olmaysiz!
β€” Kim xizmat qilar ekan senga? - deb yana jaxlimni chiqardi.
β€” Yo tavba, birinchidan bu meni uyim, ikkinchidan siz xizmatkorsiz uchunchidan shuncha yo' turib aynan eshiklarga yaqin joydan yurishni men aytmadim sizga! To'rtinchidan va eng asosiysi shuki, bu xonadonda sizlab gapiriladi. Bu qonun!
β€” Ahh, advokatmisiz yoki sudiyami? Namuncha...
β€” Advokat ham sudiya ham emasman. Hozir peshonangizga nimadir olib kelaman - dedim.
β€” Kerak emas, - deb o'rnidan turdi.
β€” Ishonchingiz komilmi?
β€” Ha... va meni ham kechiring.
β€” Hechqisi yo'q.
β€” Men xizmatkor Chonning qiziman.
β€” Hong Hae In?
β€” Meni taniysizmi?
β€” Chon xolam aytardi doim siz haqizda...

β€” Tushunarli, men shunaqa qo'polroqman. Hafa bo'lmang va bu voqeani bo'lmadi deb tasavvur qiling. Oyimga yomon gap tegishini xohlamayman men tufayli.
β€” Havotir olmang, sizga ham oyingizga ham yomon gap tegmaydi. Chon holani butun oilamiz hurmat qiladi.
β€” Xabarim bor...

β€” Tanishib qo'ysak zarar qilmas, meni ismim Pek Hyon Vu. - unga qo'limni uzatdim.
β€” Ismimni bilarkansiz. - u qo'limni siqmadi, lekin men uzatib turaverdim.
β€” Unda yoshingizni bilsam bo'lar?
β€” 17 - deb qo'limni nixoyat ushladi.
β€” Tanishganimdan xursandman Haein.
β€” Men ham janob.
β€” Aha.
β€” O'zingiz necha yoshdasiz?
β€” 18.
β€” Tushunarli.
β€” Maktabda yana bir yilingiz qolibdida?
β€” Yo'q bitirdim.
β€” Qanaqasiga 17 yoshda?
β€” Bir yil erta borganman. Olti yoshlgimda.
β€” Tushunarli.

U bilan uzoq suxbat qurdik va yaqindan tanishib oldik. To'g'risini aytsam, Minsuni ilk ko'rganimda ham uni ilk ko'rganimchalik yuragim jiz etmagan edi. Haein umuman boshqacha qiz ekan. Uning ovozi ham shirali va yurakka juda yaqin ovoz edi.

Keyin bilsam, u ham men kabi ingliz tiliga tayyorlanayotgan ekan. Biz har kuni birga tayyorlanardik. Birga dars qilardik. U bilmasa doim o'rgatib turardim. Chon hola bizga har zamonda turli shirinliklar va sharbatlar olib chiqib turardilar.

Dars qilish bahonasida men shu go'zal qiz oldida yoqimli vaqt o'tkazib olardim. Unga termulib o'tirardim. Bir necha oy avvalgi depressiyaga tushib qolgan Hyonudan asar ham qolmagandi uni oldida.

Iyulning issiq kunlari edi. Repititorga ketayotganimizda uni ham olib ketardi xaydovchim. Biz bir mashinada ketardik va qaytishda ham birga qaytardik. Shunday kunlarning birida uni multi olamga taklif qildim.

β€” Haein?
β€” Labbay janob.
β€” Sizga bir Telegram guruh linkini yuboraman. Unga a'zo bo'ling.
β€” U qanaqa guruh?
β€” Kirsangiz uning a'zolari sizga qanday guruh ekanini bir kunda isbotlab qo'yishadi. Siz u guruhni sevib qolasiz.
β€” Chindanmi?
β€” Albatta...

Shunday qilib uni multi olamga ham kiritib oldim. Hamma bilan tanishtirib qo'ydim. Bir xonadonda yashasak ham, kechalari Haein bilan guruhni qizdirib yotardik. Lichkamda esa qiziq voqealar sodir bo'lardi.

Juri opam va Taeoh nimadandir shubxalanishardi.
β€” Siz o'zgarib qoldiz aka

β€” Uka bu qizga yozishlaringiz o'zgachami? Yuragizdan urdimi deyman?

β€” Depressiya kamayib borayotganini kechalari uxlashni boshlaganizni sezdim aka

β€” Voy ukaginam, aytavering uni yoqtirasiz-ku

Shu va shunga o'xshash gaplar aytib meni kuldirishardi. Men esa ularni ichini qizitardim. 'Yo'q unday emas' deb doim rad etardim. Lekin mundoq olib qarasak, ular haq edi...

Ha, men Haeinga allaqachon oshiq bo'lib qolgan edim. Ikkinchi muxabbatimni uchratdim-u darxol unga oshiq bo'ldim. Mening asl muxabbatim Hong Hae In edi...❀️

* * *

Bir kuni biz oilaviy kechki ovqat uyushtirgan edik. Otam, onam, men va Yumin biram xursand edik. Bir vaqt topib, u vaqtni bir oila bo'lib o'tkazish bizga o'zgacha baxt bag'ishlardi. Chon holamning mazali ovqatlari dasturxonni bezagandi.

Onam uni ham, Haeinni ham dasturxonga taklif qilgandi. Hammamiz bir bo'lib turli mavzularda suxbat qurardik. Xullas hammasi ajoyib ketayotgan edi.

β€” Chon hola menga yana guruch solib kela olasizmi? - dedi singlim.
β€” Albatta qizalog'im, - dedi Chon hola.
β€” Yo'q oyi, o'tiravering. Men olib kelaman - deb darxol Yuminni qo'lidan chinnini oldi.

U oshxonaga shoshib kirib ketdi. Shu tarzda shoshib chiqib kelayotgandi. Oyoqlari ostida silliq marmar borligini bir zum unutib qo'ydi. Oyog'i sirpanib ketdi Haeinni. Muvozanatni saqlab qolaman deb o'yladi. Ammo yiqildi. Shu bilan birga erkatoyimiz β€” Yuminning bolalikdagi dugonasi bergan vazani sindirib yubordi. Bu vaza Yumin uchun juda-juda qadrli buyum edi. Chunki buni sovg'a qilgan qiz saratondan vafot etgandi.

β€” Voooy doood! Nima qilib qo'ydingiz? Oyi-dadaa qarang, u nima qilib qo'ydi!!!
β€” Tinchlaning Yumin bu bexos sodir bo'ldi.
β€” Akaa! Bu Lehining sovg'asi edi! U arzimas xatosi bilan meni arzirli va qadrli sovg'amni chilparchin qildi. Lehi rahmatli uni menga sovg'a qilgandi. Lehidan qolgan yagona narsa shu edi menda!!!😭 - Yumin yig'lashni boshladi.

Haein va Chon holam ikkisi ham boshlari egilib Yuminga ta'zim qilishayotgandi. Kechirim so'rashardi. Ammo Yumin faqat Haeinga baqirib yig'lardi.

β€” Qanchalar kutgandim bu kechlikni, siz esa rasvo qildingiz!!!😭 Kechlikni ham esdalikni ham yo'q qildiz!😭
β€” Meni kechiring YuminπŸ₯Ί - Haein ham ko'ziga yosh ola boshladi.
Yumin yugurib xonasiga chiqib ketdi. Haein esa uydan tashqariga yugurib ketdi. Chon holm uni orqasidan "Qayoqqa" degancha yig'lab qoldilar.

Oyimni Yuminni ortidan ketayotganini ko'rdim. Otam esa Chon holani "Hammasi Joyida" deb tinchlantirishga urunardi. Meni esa hozir Haeinni holati havotirga solardi. Uning ortidan yugurdim. Hovlida yo'q edi. Tashqariga chiqdim. Eshik oldida turgan qo'riqchidan so'radim qayerga ketganini. Keyin uni ortidan yetib oldim.

β€” Haein! - deb baqirdim. U meni eshitdi, ammo to'xtamadi.
β€” Haeiiin! To'xtang, menga qarang.. - unga deyarli yaqin keldim.
β€” Haeiiin!!! Hoy qiz, bo'ldi hammasi joyida.

β€” Keting! Meni tinch qo'ying.
β€” Sizni bu holatda tashlab qo'yolmayman. Siz aybdor emassiz. Bu tasodif...
β€” Yumin xonim haq, men bu oqshomni rasvo qildim. Bu uyga kelmasligim kerak edi!πŸ₯²
β€” To'xtang - dedim.
β€” Ortingizga qayting, men kirmayman uyga.
β€” Uyga qayting, kech bo'ldi. Ertaga istagan joyingizga ketishingiz mumkin!

U menga quloq solmasdi.
β€” To'xtang agar hurmatim bo'lsa!
U yig'lagancha davom etardi.
β€” Haeeeeein!!!!
U to'xtamadi...
β€” Men Sizni Sevaman!!!