June 7

Sen Bilan Onlayn 🍁🪻

5-qism ❤️

Uchrashuvdan So‘ng Yurak 🤍

O‘sha tong, yuragim o‘zgacha urayotgan edi. Seul hali uyg‘onmagan, lekin men allaqachon uyg‘oqman. Ichimda hayajon aralash umid, ishonch va qo‘rquv. Oxirgi daqiqagacha Chae Youngdan xabar bo‘lmadi. Shunchaki kutdim. Go‘yoki u keladi. Yuragim, sezgilarim, har bir to‘qimam buni his qilyapti.😁

Soat 11:27. Telegramga xabar keldi:😌

— *“Siz hozir qayerdasiz?”*

Qo‘llarim titrardi... Tezda manzilimni yozdim Chaeyoungga. U uzoq emas ekan mendan. Oradan o‘n daqiqalar o‘tib, u yetib keldi. U menga qarab jilmayardi. Ichimda nimadir 'Boooom' etib portlagandek bo'ldi...🙃

— *“Salom.”*😊
— *“Salom, Park Chae Young.”*😄

Gaplarim titrab chiqdi, lekin tabassumim mustahkam edi. Bir-birimizga juda yaqin emas, biroz masofada turib suhbatlashdik. Oddiy mavzular — o‘qish, guruh, ob-havo... lekin yuragimda gumburlab boshqa hislar yurardi. U so‘zlarimga kuldi, ko‘zlarimga qaradi. Men esa qarashimni yashirmadim.😌

Bu uchrashuv juda qisqa bo‘ldi. Ammo ta’siri abadiy bo‘lishi mumkin edi. U ketdi. Men esa uzoq vaqt o‘sha joyda turdim. So‘ng telefonimga yozdim:

— *“Men uni sevib qolgan bo‘lishim mumkinmi?”*🙂‍↔️

O‘sha kecha uyga qaytishda qulog‘imda musiqa, yuragimda esa tinimsiz bir narsa urib turardi. Shu tongdan boshlab har kuni yozishishni boshladik. Dastlab oddiy, iliq aka-singil ohangida. So‘ngra... yurak yaqinligiga aylana boshladi. Har bir so‘zdan bir chimdim iliqlik va mehr, har bir jumladan bir oz samimiyat sizilib chiqardi.🥰

Kunlar o‘tdi. Hayotimdagi eng hayajonli daqiqalardan biri yetib keldi — imtihon natijalari...🥹

Ko‘zimni ekranga tikdim.
Nafas olishni unutdim. Natijalar ro‘yxati ochildi:

“Tabriklaymiz. Siz quyidagi oliy ta’lim muassasalariga grant asosida qabul qilindingiz.”🥳

— Seul davlat universiteti
— Kyongni universiteti
— Busan davlat universiteti
— Hanguk Xususiy Universiteti🫠

Ko‘zlarim charaqlab ketdi. Qo‘llarimni bosib turdim, ammo yuragim allaqachon osmonda edi. Bir zumda telefonim portlab ketdi. Minho, Jony, Taeoh, opam, singlim, onam, dadam — barchasi tabrikladi. “Multi Olam” guruhiga xabar yozganimda esa, butun guruhni shodlik qamrab oldi.🤩

Chae Young yozdi:

— *“Ajoyib! Men sizni chin dildan tabriklayman, Yoongi!”*😍
— *“Rahmat. Bu sen sababli ham sodir bo'ldi.”*🥰

Yozganimdan so‘ng yuragim yana bir bor urib, jim bo‘ldi. U “😳” emoji bilan javob berdi. So‘ng biror nima yozmoqchi bo‘ldi, lekin yozmadi.😄

Kecha kechga, kunduz kunga ulanib, men bir qarorga keldim. Oilam, do‘stlarim, o‘zim bilan maslahatlashib, grant asosida Hanguk Xususiy Universitetini tanladim. U yerdagi dastur menga juda mos edi, orzularimga yaqin.🐣

" Va nihoyat... Seul. "

Pusan bekatida oilamni quchoqlab, ko‘zlarim to‘lib ketgan holda poezdga chiqdim. Derazadan o‘tib borayotgan manzaralar orasida yuragim faqat bitta ismni takrorlardi:

Park. Chae. Young...🪻